tgoop.com/ArxBlog/1558
Last Update:
Buxoro shahri markazi buziladi, stadion o‘rniga turistik majmua quriladi
Agar bu amalga oshsa, menimcha, Yangi O‘zbekiston tarixidagi eng noto‘g‘ri va yomon loyihalardan biri bo‘ladi.
Rejaga ko‘ra, Buxoro shahri markazidagi 29 ta bino va inshoot buzilib, 32,6 gektar yerda Buxoro turizm markazi qurish rejalashtirilgan. Buzilishi mumkin bo‘lgan binolar orasida viloyat va shahar hokimliklari, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi binosi ham bo‘lishi mumkin. Shuningdek, buzilishi aniq bo‘lgan obyektlardan biri bu yaqindagina katta pul evaziga taʼmirlangan Buxoro markaziy stadionidir.
Loyiha yuzasidan ayrim fikrlarimni bildirmoqchiman:
1️⃣ Eng avvalo bir narsani yaxshi tushunishimiz kerakki, Buxoroga turistlar zamonaviy sunʼiy ko‘l yoki sunʼiy markazni ko‘rish uchun kelmaydi. Bunaqa narsani ko‘raman desa, tinchgina Dubayga boradi, ham arzon, ham biz qurmoqchi bo‘lgan joydan ming marta zo‘r.
Turistlarga tariximiz kerak. Tamom. Bu bahslashadigan masala emas.
2️⃣ Garchi bu xususiy pullarga qurilyapti, deyilgani bilan, davlatdan ham xarajat ketadi. Kichkina summa emas. Buxoroda haligacha 3 smenali maktablar bor paytda shunchaki tayyor binolarni buzish yoki ko‘chirish uchun bunaqa katta xarajat sarflash kelajak avlod uchun adolatli emas. Undan ko‘ra, tayyor binolarni buzishga sarflanadigan pullarni taʼlimga sarflagan to‘g‘ri emasmi?
3️⃣ Bu kabi turistik markazlar bizga kerakmi, aniqrog‘i ayrim shaxslarga emas, davlat va jamiyatga foydasi bormi o‘zi, degan savollarga aniq javob yo‘q. Javobni qanday olish mumkin?
Eng avvalo Samarqandda qurilgan xuddi shunaqa turistik markaz bor. Avval 4-5 yil kutaylikchi, o‘sha markaz qanaqadir foyda keltirsa, keyin boshqa joyda ham shunaqa qimmat loyiha haqida o‘ylab ko‘rish mumkindir.
4️⃣ Bir narsani to‘g‘ri tushuning, masalan, mana shu turistik markazni 5 yildan keyin qursak, biz taxminan 5 yil vaqt yo‘qotamiz. Tamom.
Lekin ehtiyojimiz bo‘la turib, maktablarni 5 yildan keyin qursak, biz taxminan 50 yil yo‘qotamiz.
5️⃣ Mayli, xo‘p, turistik markazni hozir qurishimiz shart ekan. Ayrimlar kutib turolmas ekan, tushunarli. Lekin shuni xuddi Samarqanddagi kabi shaharga tutash bo‘sh maydonda qursak bo‘lmaydimi? Shaharning qoq markazidagi shuncha binoni, sport obyektlarini buzish shartmi?
Agar maqsad turist ko‘paytirish bo‘lsa, balki, turistlarni ko‘paytirishning boshqa, konkret yo‘llarini qilib ko‘rarmiz. Masalan, havo yo‘llari monopoliyasini yo‘qotish, logistikani yaxshilash, PRni kuchaytirish va h.k.
Maʼlumot uchun: ijtimoiy tarmoqlarda #saveBukhara xeshtegi orqali ko‘pchilik ushbu loyihaga qarshiligini bildirmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
BY Arx-Blog
Share with your friend now:
tgoop.com/ArxBlog/1558