tgoop.com/Arduino_Market_Uz/2971
Last Update:
Lirik chekinish⚠️
Nasiyachilarning turlari ham bir-biridan ajoyib "vey":
-Sergap
-Serva'da
-Sermuddat
-Serbahona
-Serg'iybat
-Doim esidan chiqadigan
-Doim aldaydigan
-Doim puli yo'q
-Doim karta qidirgan
-Doim ilovasi ishlamagan
-Doim kartasi bloklanib qolgan
-Doim paynet qidirib topolmagan
-Doim kimdandir pul kelishini kutgan
-Doim "bir joydaman hozir qaytaraman" deydigan
-Doim yolg'on gapiradigan
-Doim o'zini oqlaydigan
-Doim o'zini o'zgachaligini ro'kach qilaveradigan
-Doim pand beradigan
-Doim ibodatgo'yligini tiqishtiradigan
-Doim "halolligini" eslatadigan
-Doim "tepamda xudo turibdi" deyaveradigan
-Doim birovlar bilan o'zini taqqoslayveradigan
-Doim mijozini ayblagan
-Doim oylik tushishini kutgan
-Doim "erkakcha lavz" deb lavzida turmaydigan
-Doim qarzdor bo'la turib, haqdorni so'kkan
-Doim olgan tovaridan ayb qidirgan
-Doim ovqatlangan
-Doim teli o'zidamas
-Doim trafigi yo'q, antennasi yo'q, qishloqda, go'rda, baloda-battarda, ammo hech o'z joyida emas
-Doim masjidda
-Doim janozada
-Doim to'yda
-Doim kasal
-Qasamxo'r
-"Mashennik pro max"
-Foydasiga aqllilik qilaveradigan
-Qaysidir kasb egasiligini eslataveradigan
.
.
.
va h.k.-h.k.
P.S. bular menga uchraganlari, hali yana qancha turi mavjud, xudo biladi...
Yana qanaqalarini bilasiz?🤔
BY Arduino Raspberry Market
Share with your friend now:
tgoop.com/Arduino_Market_Uz/2971