tgoop.com/Android_Developer_n1/333
Last Update:
AQSH prezidentlari telefon ishlatadimi?
▪️AQSH prezidenti Jo Bayden dunyoning eng kuchli odami bo'lishi mumkin, lekin u o‘zi xohlagan smartfonni ishlatish imkoniga ega emas. Sababi prezidentlarning telefonlari eng ko‘p hakerlik hujumlariga uchraydi.
▫️Barak Obamaga qadar Oq uyda hatto Wi-Fi ham bo‘lmagan. U smartfon ishlatishga erishish uchun xavfsizlik xodimlari bilan ancha muzokara olib borgan. 2010-yilda iPad chiqqach, Obama uchun "Obamapad" ishlanib, xavfsizlik tizimi takomillashtirib berilgan.
▫️Donald Tramp Twitter'da juda faol bo‘lganiga qaramay, uning telefonlari ham xavfsizlik sabab tez-tez almashtirib turilgan. Tramp asosiy ishlarini hatto kompyuterga ham ishonmay, qog‘ozda bajargan.
▫️Jo Bayden ham texnikalarni juda yaxshi ko‘rishi uning suratlaridan seziladi. Biroq prezident bo‘lish uni ba'zi narsalardan voz kechishga, smartfon ishlatsa ham, ko‘p qulayliklaridan foydalanmaslikka majbur qilishi mumkin.
Manba: Xpress.uz
BY Android Developers World

Share with your friend now:
tgoop.com/Android_Developer_n1/333