Polshaga kelganimga tahminan 6 oy bo’ldi. Shu 6 oy tinimsiz IT bo’yicha ish qidirdim. Lekin topshirgan 100dan ortiq kampaniyalarimdan ko’pchiligi O’zbekistondagi tajribamni yetarli deb hisoblamadi shekilli, qaytib javob ham yozishmadi.
Oradan vaqt o’tib, Yanvarda nihoyat ishga taklif oldim. Lekin ular ham biroz muddatdan keyin man bilan kontrakt tuzmasligini aytishdi. Yaxshigina depressiya bo’ldi.
Yevropada ish topish bo’yicha platformalarga emailingizni kiritsangiz, sizga tinimsiz reklamalar kelishni boshlaydi. Bir kun shunday email keldi, qarasam yaxshi oylik, yaxshi kompaniya, yaxshi texnologiyalar. Lekin oddiy kompaniyalar xatto CVimni ko’rmayotganda, bularni o’ylamasam ham bo’ladi deb bu emailni ham jiddiy olmasdan, javob yozmadim.
Oradan 2 kun o’tib shu emailga qo’shimcha email keldi. Unda manga email yozishganligini va man nima deb o’ylashimni so’rashibdi. Ha mayli deb umidsizlik bilan ishga topshirib qo’ydim. Tanishuv intervyusiga link keldi. Kompaniya bilan tanishib oldim. Keyin yana 2 ta intervyudan bir amallab o’ttim. So’ngi intervyu qoldi. Naqd 4 soatlik. Unda dunyodagi eng kuchli universitetlardan Columbia University va Northeastern University bitiruvchilari bo’lgan, hozirda jamoada senior lavozimda ishlayotgan dasturchilar bilan kod yozishim kerak edi. Ular qayerni bitirganligini ko’rib, ishga umuman umidim qolmadi.
Interview kuni keldi. To’g’risini aytsam boshidagi 3 soat o’ylaganimdan osonroq bo’ldi. Lekin oxirgi soatta katta xatolar qilib qo’ydim. Hullas ishga olishmaydi deb o’yladim. Ikki kundan keyin telefon qilib offer berishmoqchi ekanligini aytishdi va shu kunning o'zida kontrakt imzoladik.
Shunday qilib karyeramning yangi bo’limini o’zim tassavvur ham qilmagan kompaniyada boshlaydigan bo’ldim.
ITda pul ko’p to’g’ri, lekin bu o’ziga yarasha qiyinchiliklar bilan birga keladi. Agar kimdir hozir yoki keyinchalik shu holatda bo’lsa, shunchaki taslim bo’lmasdan oxirigacha kurashishini so’rab qolgan bo’lardim.
Bu 6 oy davomidagi qiyin vaziyatlarimda doim yordamga tayyor bo’lgan akam, kenayim, ota-onam va Azimjon akaga o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Telegram | Instagram

Dasturlashga kirmoqchi bo'lib, lekin qaysi dasturlash tilidan boshlash kerakligini bilmay yurganlar uchun yaxshi maslahat bo'libdi: https://youtu.be/tVfJXSK2NTs?t=3141
Telegram | Instagram
Telegram | Instagram
YouTube
.NET meetup
Xabaringiz bor, 12-fevral kuni Mohirdev'da Elbek Normurodov, Shuhrat O'taboyev va Muhammadkarim To'xtaboyev ishtirokida .NET haqida tadbir bo'lib o'tdi.
2 soatdan ortiq vaqt davomida so'zga chiquvchilar nima uchun aynan .NET sohasini tanlash kerakligi,…

Twitterning Recommendation Algoritmi rasman open source: https://github.com/twitter/the-algorithm
Telegram | Instagram
Telegram | Instagram
🤘 Metallica sindromi
🎸 Dave Mustaine Amerika musiqa guruhlaridan birida asosiy roldagi ijodkor edi. Guruh o’zining ilk albomi ustida ishni boshlashdan 1 hafta oldin Daveni qo’liga chipta uchun pul berib, u endi guruh a’zosi emasligini aytishadi.
🚌 Dave uyiga avtobusda qaytayotganda, nega ular bunday qaror qilganligi tushunmasdan, ulardan ham yaxshiroq guruh ochishga va ular qilgan ishiga pushaymon bo’lishiga va’da beradi va Megadeth musiqiy guruhiga asos soladi. Megadeath yillar davomida o’nlab davlatlarda stadion-u konsert zallarini muhlislari bilan to’ldiradi. Millionlab qo’shiq sotadi. Millionlab muhlislarga ega bo’ladi. Qisqacha qilib aytganda, ijodkor orzu qilishi, hayoliga sig’dira olishi mumkin bo’gan barcha orzularga erishadi.
🏟 Uni chiqarib yuborgan guruh esa Metallica edi. Metallica millionlab emas, balki milliardlab qo’shiqlar sotadi. Kattaroq stadionlarni to’ldirib, ko’pchilik tomonidan tarixdagi eng yaxshi rock guruhi deb tan olinadi. Umumiy hisobda Megadeahdan muvaffaqiyatliroq bo’ladi.
🎙 Aynan shu sababli, 2003-yilda bo’lib o’tgan intervyuda Dave Mustaine ko’z yoshga to’lib hali ham o’zini failure yoki muvaffaqiyatsiz deb hisoblashini tan oladi. Tushunayabsizmi? Dave 99,99% ijodkor yetisha olmaydigan marraga erishdi, lekin hali ham o’zini omadsiz hisoblaydi.
💸 Bundan tushunishingiz mumkinki, muvaffaqiyat - bu siz qancha pul topishingiz, nechta odam sizni kuzatishi yoki qaysi kompaniyada ishlashingizga emas, balki siz muvaffaqiyatni nima deb hisoblashingizga bo’gliq. Agar Dave o’z baxtini topgan puli, qurgan oilasi, yoki muxlislari soni bilan o’lchaganda edi, u hozir eng baxtli odamlardan biri bo’lgan bo’lar edi. Lekin u baxtni uni chiqarib yuborgan guruhdan o’zib ketish deb hisobladi va oxir oqibat eng baxtsiz odamlardan biriga aylandi.
🫵 O’zingiz uchun muvaffaqiyat nimaligini aniqlab oling va bunda adashmang!

🇺🇿 Kvartirada 4 kishi turibmiz. Qolganlarni Instagramda foydasiz video ko'rib o'tirganini yoki juda kichkina mavzuni muhokama qilib o'tirganini ko'rib qolsam, "dunyoni AGI (Insonlar bilan bir hil fikrlay oladigan Su'niy intellekt) bosib ovotti, qib o'tirgan isheni qara" deb hazil aralash aytib qo'yardim. Lekin bu videoni ko'rib, AGI uyoqda tursin, hozir qo'limizda turgan AI ham hayotimizni qanchalik barbod qilishi mumkinligi tushundim. VIDEONI KO'RING.
🇺🇸 I am living with my 3 friends. When I see others scrolling through social media or discussing some insignificant topic, I was half-jokingly saying, "AGI is taking over the world, and look at what you are doing." However, after watching this speech, I realised that AI that we currently have, let alone AGI, is capable of destroying our lives. MUST WATCH.

People ask why we can’t reform the education system. But right now students’ incentive is to go to the most prestigious college they can get into so employers will hire them – whether or not they learn anything. Employers’ incentive is to get students from the most prestigious college they can so that they can defend their decision to their boss if it goes wrong – whether or not the college provides value added. And colleges’ incentive is to do whatever it takes to get more prestige, as measured in US News and World Report rankings – whether or not it helps students. Does this lead to huge waste and poor education? Yes. Could the Education God notice this and make some Education Decrees that lead to a vastly more efficient system? Easily! But since there’s no Education God everybody is just going to follow their own incentives, which are only partly correlated with education or efficiency.
Telegram | Instagram
Telegram | Instagram
Forwarded from Azim Pulat
Yozda Birga Kod Yozamiz ☀️ 2023
Dasturchilar uchun yozgi intensiv kurs
▶️ Boshlanadi: 10-iyul
📅 Davomiyligi: 4 hafta
💸 Qatnashish narxi: $1
🚦Yo'nalishlar:
- Front-end
- Back-end
- Algoritmlar
🔗 Topshiring: ybky.42.uz
👨🏫 Mentorlar:
- Azimjon Pulatov @ Amazon
- Diyorbek Sadullaev @ Pinterest
Dasturchilar uchun yozgi intensiv kurs
▶️ Boshlanadi: 10-iyul
📅 Davomiyligi: 4 hafta
💸 Qatnashish narxi: $1
🚦Yo'nalishlar:
- Front-end
- Back-end
- Algoritmlar
🔗 Topshiring: ybky.42.uz
👨🏫 Mentorlar:
- Azimjon Pulatov @ Amazon
- Diyorbek Sadullaev @ Pinterest