Telegram Web
Haqiqiy sabr - qiyinchilikda ham, yengillikda ham Qur'on va Sunnatga bardavom ergashishdir.

#kitobdan
186
Eng afzal amal nafslar yoqtirmaydigan narsalardir.
195
Bugun darsda bir ish bo'ldi.
Darsga bordim xonada ustoz bor ekanlar, bir mavzuga ya'ni o'tilgan darsga tayyorlanishimni aytdilar. Menda dars boshlangunigacha 1 soatlarcha vaqt bor edi.
Telefonimning interneti ham ishlamayotgan edi, konspekt daftarim ham yonimda emas edi.
Ustozdan "Ustoz kitobingizni berib tura olasizmi tayyorlanib olar edim" dedim. Ammo ustoz bermadilar.
"Senga hech kim tayyor darslikni qo'lingga tutmaydi sen unga o'zing tayyor bo'lib kelishing kerak, izlanishing kerak edi" dedilar.

O'sha onda bir narsani yaxshiroq yanayam anglaganday bo'ldim.
Inson har qancha kitob o'qimasin, darsliklarni yozib olmasin agar uni takror qilib yodida olib qolishga harakat qilmasa kitobisiz darsliklarisiz u hech kim bo'lib qolar ekan.
174
notes
Bugun darsda bir ish bo'ldi. Darsga bordim xonada ustoz bor ekanlar, bir mavzuga ya'ni o'tilgan darsga tayyorlanishimni aytdilar. Menda dars boshlangunigacha 1 soatlarcha vaqt bor edi. Telefonimning interneti ham ishlamayotgan edi, konspekt daftarim ham…
Bizda har yili yangi bosqichga o'tilganda har bir talabaga alohidadan kitoblar ajratilmaydi. Ustozda bitta bo'ladi va keraklar olib navbatma navbat dars mobaynida foydalanib olishadi. Yoki bo'lmasa barcha talaba jam bo'lgan guruhga bazigi joylari yuboriladi.
Ma'lumotlarni esa talabalar o'zlari izlashadi boshqa manbalardan, kitoblardan.

Bu usul kitobni va uni ichidagilarni olishga talabani rag'batini yanayam oshirishda yordam beradi deb o'ylayman.
Keyin dars mobaynida esa talaba jamlagan ma'lumotlarini ustozga va guruhga taqdim etadi ya'ni topshiradi.
164
Insonni mamnun qiladigan narsalar aslida oddiy narsalarda, bizni ko'zimiz ko'rib o'rganib qolganlarida emas.
225
Inson qadr topgan yerida gullaydi.
26
194
Qur'on - qalblarning tabibidir, Uning zikri - gunohlarni mahv qiluvchidir, Uning nuri esa g'ayblar siridir.
243
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ushbu videoni saqlab olganman negadur ko'p tomosha qilib turaman, har gal tomosha qilsam hayolimga birgina izoh kelaveradi:

"Ustoz bilan"

Alloh ustozlarimizdan rozi bo'lsin.
226
Bir kun keladiki, o'shanda hamma ismingni ijtimoiy tarmoqdan qidiradi, ammo buni o'rniga "tarmoqda emas" yoki "bog'lanib bo'lmayapti" yozuvlar chiqadi. Do'stlaring kelishingni kutadi, sen esa ularning oldiga kira olmaysan. Telefoningga maktublar (smslar) jo'natadilar, sen esa ularga javob qaytara olmaysan. Tarmoqga ulanishingni kutadilar, sen kira olmaysan. Qaysi aloqa vositasidan qidirishmasin sen bilan bog'lana olishmaydi. "Tarmoqda emas"
"bog'lanib bo'lmayapti"
U kunda ular bilan aloqaga kirishishing yakuniga yetgan bo'ladi..

Chunki sen dunyodan o'tgan bo'lasan...
295
Inson o'zidagi g'am tashvishlarni eslashdan avval o'zidagi ne'matlarni eslashi, saodat sirlaridandir.
215
Адашиб бошқа поездга чиқиб қолсангиз биринчи бекатдаёқ тушиб қолинг . Чунки масофа узайган сари қайтиш қийинлашиб боради .
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
217
Har gal o'qishga ketishimdan bir kun avval opoqim va buvimning sekingina yonlariga chaqirib "Mana buni ol, bizniki boshqa-da" deb qo'limga pul tutkazishlari juda ajib hol.

Bu onlarni hech unutmasam kerak.
287
239
O'qimoq sizlarni uydan chiqarib umuman boshqa yerlarga yuboradi, o'qimoq savollar keltiradi, o'qimoq qiziqish uyg'otadi, o'qimoq javoblar izlatadi, o'qimoq yechim topishni o'rgatadi O'qimoq eng yaxshisi...
2411
Hamma narsa faqat biz ularga beradigan qiymatga ega bo'ladi.

Moler.
263
Bir payt qo'liga kapalak qo'ndi. Uni ancha payt tomosha qilib turdi. Uchib ketgach, ortidan yugurdi.
Ota-onasi bundan bexabar qoldilar. Rosa chopdi. Nihoyat, tinka-madori quridi.

- Charchadim, - dedi Katta Shahzoda.
- Baxtga yetmoqchi bo'lsang, horimoqqa tayyor tur, — dedi Kapalak.
- Sen baxtmisan?
- Baxt yolida o'zingni fido etish baxtdir!
Kapalak shunday dedi-yu uchdi-ketdi.
265
2025/10/16 17:06:19
Back to Top
HTML Embed Code: