Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
🇺🇿 #Kun_tadbiri

📚 Yakkabog‘da “Til – millatning ruhi, mustaqillikning belgisidir” mavzusida badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi

Bugun, 21-oktyabr kuni Yakkabog‘ tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 2-sonli politexnikum bilan hamkorlikda “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi.

Tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari Sayyora Muhammadiyeva hamda Axborot-kutubxona markazi direktori R.Shaxabova ochib berishdi. Ular o‘z nutqlarida ona tiliga hurmat bajo keltirish har bir insonning muqaddas burchi ekanligini, til esa millatning ruhi va xalqning faxri, sharafi ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir davomida ona tilini ulug‘lovchi she’rlar, qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari ijro etilib, tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashildi.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
3👍1
21-oktabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida Vatanimiz tarixiga abadiy muhrlangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni sifatida belgilangani esa uning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi ahamiyatini yanada oshirdi.

Bugun bayram munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda davlatimiz rahbarining xalqimizga tabrigini o‘qib eshittirdim.

Qutlovda so‘nggi sakkiz yilda amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar natijasida o‘zbek tili rivojida yangi davr boshlangani ta’kidlangan. Tilimizning davlat tili sifatidagi o‘rni va maqomini mustahkamlash, zamonaviy ilm-fan, axborot texnologiyalari va xalqaro munosabatlar tiliga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar qilinayotgani qayd etilgan.

Shu bilan birga, til siyosatini yanada takomillashtirish, raqamli olamda o‘zbek tilidagi axborot va manbalarni ko‘paytirish, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanib ona tilimizni rivojlantirish zarurligiga e’tibor qaratilgan.

Qayd etilganidek, bu dolzarb masala ijodkor ziyolilarimiz, ta’lim-tarbiya, madaniyat, yoshlar, mahalla, xotin-qizlar tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari faoliyatida doimo markaziy o‘rinda turishi, butun jamiyatimizda umummilliy harakatga aylanishi kerak.

Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan jonajon o‘zbek tilimiz yanada ravnaq topishini tiladilar.

21 октября навсегда вписан в историю нашей Родины как день, когда узбекскому языку был придан статус государственного. По инициативе Президента Шавката Мирзиёева этот день был объявлен Праздником узбекского языка, что еще больше усилило его значимость в общественно-политической жизни страны.

Сегодня на торжественном мероприятии, посвященном этому празднику, я зачитал поздравление главы нашего государства народу Узбекистана.

В поздравлении отмечается, что в результате исторических реформ, проводимых в последние восемь лет, в развитии узбекского языка начался новый этап. Подчеркиваются широкомасштабные усилия по укреплению его статуса как государственного языка, превращению его в язык современной науки, информационных технологий и международных отношений.

Одновременно в поздравлении обращается внимание на необходимость дальнейшего совершенствования языковой политики, наращивания информации и источников на узбекском языке в цифровом пространстве, а также использования возможностей искусственного интеллекта для развития родного языка.

Как отмечается в послании, этот актуальный вопрос должен находиться в центре внимания творческой интеллигенции, представителей сфер образования и воспитания, культуры, молодежных, махаллинских, женских организаций, средств массовой информации и превратиться в общенациональное движение.

Президент в своем поздравлении выразил пожелание, чтобы узбекский язык, являющийся источником самосознания нашего народа, становился все богаче и прекраснее с каждым днем.

Facebook|Instagram|X
1👍1
❗️DIQQAT!

⚡️TA'MIRLASH ISHLARI KETMOQDA. 

📌 Yakkabog' tumani:
📆 22.10.2025 yil:

🔹 Chinor 35/10 kv nimstansiyasidan chiquvchi Qoratut, Yakkabogʻ, Sharq Yulduzi, Oʻrta, Sanatoriya, Adiba havo elektr uzatish tarmog'i Chinor 35/10 kv T-1 ta’mirlash ishlari olib borilishi tufayli Xonaqa, Ishkent Shar-sharbogʻot, Eski Yakkabogʻ,Darxon,Xiyobon, Dustlik, Oʻrta,Ishkent,Beshoʻgʻil, Kenguzar MFY hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta'minotida uzilishlar bo‘ladi.
#Happy_birthday

Yakkabog‘ tumani hokimligi Bosh mutaxassisi Muhammad Jo‘rayevni tavallud ayyomi bilan tabriklaymiz.

Tug‘ilgan kun egasiga Yakkabog‘ tumani hokimligi nomidan mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ijodiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Yakkabogʼ tumani hokimligi jamoasi
👍19🎉9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирлари ўтказилади
2025/10/22 20:18:41
Back to Top
HTML Embed Code: