Telegram Web
#GILAMLAR_JILOSI_2025

XALQARO KO‘RGAZMA-FESTIVALI

Bugun “Arda Xiva” turizm majmuasida “Gilamlar jilosi” nomli xalqaro ko'rgazma festivali bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekistonning barcha viloyatlari , shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjondan kelgan hunarmandlar va dizaynerlar o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqdalar.

🎨 Festivalning maqsadi — ming yillik tarixga ega gilam to‘qish san’atini, milliy naqshlar va bezaklarning ramziy ma’nosini, hamda bugungi zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashuvini keng jamoatchilikka ko‘rsatishdir.

Festival doirasida:
Turli viloyatlarga xos gilamlar ko‘rgazmasi
🪡 Qo‘l mehnati bilan to‘qilgan tabiiy bo‘yoqli gilamlar
🎭 Madaniy dasturlar, kuy-qo‘shiqlar va xalq raqslari
👩‍🏫 “Gilam tariximiz va bugunimiz” mavzusida konferensiya
🎁 Milliy suvenirlar va xalq amaliy san’ati mahsulotlari yarmarkasi o'tkaziladi.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
#Talabaga_qulaylik

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida zamonaviy o‘quv muhitini yaratishga qaratilgan yana bir yirik loyiha – Intellektual texnologiyalar fakultetining yangi binosi qurilishi boshlandi.

Loyiha “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bino 8 qavatli, 55,2x18,6 metr o‘lchamdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida barpo etiladi. Tashqi devorlari gazoblokdan, fasad qismi esa dekorativ travertinli suvoq bilan bezatiladi. Binoning kirish qismida keng vestibyul zonasi, qulay rekreatsiya yo‘laklari va mavjud binoga o‘tish yo‘lagi loyihalangan. Har bir qavatda 2 ta lift, evakuatsiya zinapoyalari, texnik va yordamchi xonalar, shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus sharoitlar yaratiladi.


🏢Binoda joylashadigan asosiy xonalar:

2 ta 100 o‘rinli va 2 ta 80 o‘rinli ma’ruza zali
60 o‘rinli ma’ruza xonasi
24 ta 30 o‘rinli o‘quv xonasi
20 ta 20 o‘rinli kompyuter xonasi
Multimedia xonasi, magistrlar, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar uchun alohida xonalar
Axborot-resurs markazi, ta’lim sifatini nazorat qilish xonasi, kafedralar, garderoblar va boshqa zarur bo‘limlar


💡 Ushbu bino zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or ta’lim infratuzilmasi va qulay o‘quv muhitini o‘zida mujassam etgan holda, talabalarga bilim olish, ilmiy izlanish va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
UrDPIda yangi zamonaviy o’quv binosining qurilishi boshlandi

Urganch davlat pedagogika institutida navbatdagi yangi binoning qurilish ishlari boshlanmoqda. Xabaringiz bor, bundan bir yil avval institut talabalari uchun yangi 7 qavatli TTJ binosi (davlat-xususiy sheriklik asosida) qurib topshirilgan edi.

Bugun, 20-oktabr kuni yangi 1000 o’rinli zamonaviy o’quv binosining qurilish ishlari boshlandi. Ushbu bino zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or ta’lim infratuzilmasi va qulay o‘quv muhitini o‘zida mujassam etgan holda, talabalarga bilim olish, ilmiy izlanish va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: https://uza.uz/posts/773411

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | «Gilamlar jilosi» xalqaro ko'rgazmasi

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Бугун вилоятимизда “Ўзбекистон Республикаси фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш ва бундай вазиятларда ҳаракат қилиш давлат тизимининг Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилояти ҳудудий қуйи тизими бошқарув органлари, фавқулодда вазиятларни бартараф этиш куч ҳамда воситаларининг аҳолини ва ҳудудларни муҳофаза қилишдаги ҳаракатлари” мавзусида ҳамкорликдаги қўмондонлик- штаб ўқув машқи бошланди.

Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазири Ботир Қудратхўжаев, вилоят ҳокими – фуқаро муҳофазаси бошлиғи Жўрабек Рахимов, Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши раиси Фарход Эрманов ўқув машқидан кўзда тутилган мақсад ва вазифалар хусусида тўхталдилар.

Қўмондонлик-штаб ўқув машғулотлари давомида қатор амалий тадбирлар ҳамда махсус-тактик ўқув машқлари ўтказилиши белгиланган.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1989-yilning 21-oktabr kuni mamlakatimizda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, unga ko‘ra o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.

“O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunining 1-moddasi bilan 21-oktabr sanasi o‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Millatlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy belgilaridan biri bu – til. Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

Har bir inson o‘z ona tilini bilishi, uni ulug‘lashi va shu bilan birga boshqa millatlarning ona tiliga ham hurmat bilan qarashi lozim. Shundagina tilning, millatning qadri va obro‘yi, nufuzi oshadi.

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Bugun insoniyat yangi sivilizatsiya bosqichiga – sun’iy intellekt davriga dadil qadam qo‘ymoqda.

Bunday texnologiyalar iqtisodiyotdan tortib, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqaruv tizimigacha chuqur kirib bormoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, kim bu jarayonda qattiq izlanib, aniq natija qilsa, bir qadam oldinda yursa, marra shuniki bo‘ladi
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Yil boshida 2030-yilga borib, dunyo iqtisodiyotida sun’iy intellekt hajmi 15 trillion dollarga yetishi prognoz qilingan bo‘lsa, hozirgi tahlillar bu raqam 20 trillion dollardan ortishini ko‘rsatyapti.

Facebook|Instagram|X
2025/10/23 18:41:09
Back to Top
HTML Embed Code: