Telegram Web
Harflab yozmabdiyam shukur... 😅
Qo'li "Otpravit" tugmasiga yopishib qolgan shekilli

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
21 май 04-1126 ВММТБ.pdf
347.4 KB
⚡️«So'nggi qo'ng'iroq» bayram tadbirining tantanali qismi uchun namunaviy ssenariy

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida «So'nggi qo'ng'iroq» tadbirining tantanali qismini o'tkazish uchun namunaviy ssenariy ishlab chiqildi

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Bugun 22-may "Хorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida" gi muhokamaga joylangan loyihaga taklif kiritish yakunlanadi. Hozirgacha sertifikatlar bo'yicha 5340 ta takliflar kelib tushgan.
Murojaatlar shu qadar ko'pligidan takliflarni ko'rib chiqish imkoni bo'lmayapti. 5340ta murojaatni barchasini yuklab chiqish uchun soatlab kutishga to'g'ri kelyapti.
Takliflarni ko'rish imkoni bo'lmasada, asosiy qismini ingliz tili o'qituvchilarining TKT sertifikatini imtiyozda saqlab qolish bilan bo'liq takliflar tashkil qilishini taxmin qilish mumkin.
Vazirlikdan barcha takliflarni sinchiklab o'rganib, eng to'g'ri qarorni qabul qilishlariga umid qilib qolamiz!

P.S.: Barcha bildirilgan takliflarni yuklanishini yanayam qiyin qilmaslik uchun, boshqa taklif kiritmaslikni tavsiya qilaman. Sonni bundanam oshiramiz deb shuncha yozilgan takliflarni umuman ko'rinmaydigan qilib qo'yishingiz mumkin.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Nega qaror loyihasidan TESOL/TEFL sertifikati o'rin olmagan?

Aslida TESOL/TEFL juda ham kuchli sertifikat. Uni olish oson emas. Uni o'qitish ham o'ziga yarasha mashaqqat. Chunki bu haqiqiy o'qituvchilikka tayyorlaydi. O'qituvchining hamma ko'nikmalari bilan birgalikda sinfni boshqarish, muammolarga yechim berish, turli o'rganuvchilarga turlicha yondashish, dars rejalarini tuzish, metodlar bilan boyitish, baholash xullas o'qitishga oid jamiki bilimlarni qamrab oladi. Va bu 1-2 oylik jarayon emas!
Buni ESN loyihasida yoki ishonchli TESOL kurslarida o'qiganlar juda yaxshi bilishsa kerak.
Oldinam aytganman bu sertifikatni olishdan ko'ra C1 olish osonroq aslida deb. Lekin shunday sertifikatni yo'qqa chiqarayotganlar ham shu mashaqqati og'ir bo'lgan sertifikatni bir oyda oberishga va'da berayotgan ayrim tashkilotchilar va ularga yugurib borib pul berib kelayotganlar. Haqiqatdan A2 darajada bilmaydiganlar ham shunday sertifikatlarni olib, ustama, dars talab qilyapti lekin 3 yildan beri oddiygina B2 talabini bajara olishmayapti.
Vazirlik o'rinli savolni qo'yyapti:

Nega 450 ming so'mlik CEFR turganda, nega 2 millionlik IELTS turganda, o'qituvchilar 15-20 million turadigan sertifikatlarga o'qishyapti?

Shaxsiy taxminimcha, TKT sertifikati ham aynan shularning kasriga qolyapti.
Chunki 5117 qarorda aynan C1 sertifikatiga ega bo'lgan ustozlarga ustama to'lanadi deyilgan. Shu sabab vazirlik daraja bermaydigan (metodika) sertifikatlardan yoppasiga voz kechayotgan bo'lishi mumkin. Balkim 5 mingdan ortiq ustozlar tomonidan bildirilgan fikrlar, vazirlik mas'ullarini bee'tibor qoldirmas. Natijasini qaror chiqqanda bilib olamiz.

Yangiliklarimizni kuzatib boring!

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
1 iyundan oliy ma'lumotli bog'cha tarbiyachilarining maoshi oshadi

Davlat bog'chalarida ishlovchi oliy ma'lumotli pedagog xodimlarning maoshi maktab o'qituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Bu prezident qarorida belgilangan.

Davlat rahbarining 2023 yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024 yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi oliy ma'lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o'rta ta'lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim.
Amaldagi qonunchilikka ko'ra, davlat bog'chalarining oliy ma'lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so'm olishi belgilangan.

Maktablarning oliy ma'lumotli boshlang'ich va yuqori sinflari o'qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so'm oladi.
SHundan kelib chiqilsa, bakalavr diplomiga ega bog'cha tarbiyachilarining maoshi 2 mln so'mdan oshirilishi kutilmoqda.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Kuzda attestatsiya imtihoni bo'ladimi?

2023-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 692-son qarori tasdiqlandi.

Yangi nizomga ko'ra, malaka toifasini olish bo'yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o'tkazish belgilab qo'yildi.

Ya'ni, oldingi nizomda bahor va kuzda ikki marta o'tkazish belgilangan edi. Yangi nizomda esa eng kamida bir marta o'tkaziladi deb o'zgartirildi. Bu degani vazirlik istasa bir marta, istasa ikki marta attestatsiya o'tkazishi mumkin. Buni o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilaydi.
Shu sabab kuzda attestatsiya bo'ladi deb aniq aytib bo'lmaydi. Qonunchilikka ko'ra, vazirlikning tashkil qilish yoki qilmaslik huquqi bor.

📚 @AttestatsiyaINFO
❗️O'qituvchilarni bolalarni ro'yxatga olishga jalb qilish mumkinmi?

Assalomu aleykum. Men maktabda rus tili o'qituvchisi bo'lib ishlayman. Maktab o'qituvchilariga ilmiy mudir tomondan "HUDUDIY BO'LAK" deb nomlangan daftar berilib uyma uy yurib aholi, maktabga keladigan bolalar ma'lumoti yozib chiqish topshirigi berilgan. SAVOLIM: o'qituvchi majburmi uyma uy yurib aholi, maktabga keladigan bolalar haqida ma'lumot yig'ishga??? Bizga maktabda bu ish har bir o'qituvchini vazifasi deyilgan. Shu qanchalik qonunan to'g'ri?

YURIST JAVOBI:

🙅‍♂ Bu majburiy mehnat emas.

Pedagogning maqomi to'g'risidagi qonun 5-moddasiga muvofiq pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

☝️E'tibor bergan bo'lsangiz, qoidada kasbiy faoliyatga bog'liq bo'lmagan ishlarga deyilgan. Bunda hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilish, aholining soliqlar, kommunal to'lovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi ta'minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish va boshqalar pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlar toifasiga kiradi.

Endi qarang! Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumta'lim maktabi to'g'risida”gi nizomning 39-bandiga ko'ra maktab yoshidagi bolalarni umumiy o'rta ta'limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta'lim muassasasi tomonidan ro'yxatga olish orqali amalga oshiriladi.

Bunda biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari inobatga olinadi.

☝️E'tibor bergan bo'lsangiz, bolalar umumta'lim muassasasi tomonidan ro'yxatga olinishi belgilangan.

Shunga ko'ra bu masalada maktab direktor bu vazifani bajarish uchun maktab xodimlarni jalb qilishga haqli.

Bunda Umumiy o'rta ta'lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlash haqidagi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 20 - dekabrdagi 565-sonli buyrug'iga 37-ilova asos bo'ladi.
Manba: @Yurist_Xizmati

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2023-2024-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Nazorat ishlari

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
40 Sample certificates.pdf
47.9 MB
40 different sample school certificates. Can be used for rewarding pupils.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? (yoki toifa sertifikatlari qachon tarqatiladi?)

Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra toifa olgan pedagoglarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar beriladi.

Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra pedagoglarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

💵 Pedagoglarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

🗓 Yanvar iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirgi kuni 31-may hisoblanadi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'quv yili yakuni bilan barchangizni tabriklayman, qadrli ustozlar! ☺️
I congratulate you on the end of school year, dear teachers! 🎉

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
O'zbekistonda endi abiturientlar avval test topshiradi, keyin OTMni tanlaydi

2024/2025-yillardan boshlab oliy o'quv yurtlari, kollej va texnikumlar uchun imtihonlar “avval test, so'ng tanlov” tamoyili bo'yicha o'tkaziladi.

Qabul tartibi:
• 5 iyun - 25 iyun: hujjatlarni topshirish;
• Iyul - avgust: imtihonlar
• 15 kun ichida: OTMni tanlash

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Keyingi yildan chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta'lim yo'nalishlariga sertifikat olish majburiy bo'ladi

2025/2026 o'quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta'lim yo'nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Ya'ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo'nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo'lsa, o'sha yo'nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Sertifikat olib berishni va'da qilgan shaxslar ushlandi

Buxoroda til sertifikati uchun imtihonlardan oʻtkazib berishni va’da qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati ma’lum qildi.
 
Qayd etilishicha, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. bir fuqaroga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishni va’da qilgan va ushbu va’da evaziga 2 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro S.O. boshqa bir fuqaro A.B. ga tanishlari yordamida “TOEFL iBT” nomli “C1 ” sertifikatini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib berishini aytgan va bu uchun 1 800 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchini mehnatini, vaqtini, sog'ligini qadrlashni qachon o'rganimiz?

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
9–11-sinflar uchun yakuniy davlat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlar va o‘tkazilish sanalari ma’lum qilindi

Umumta’lim muassasalaridagi 9–11-sinflar uchun yakuniy davlat imtihonlari 12-iyunga qadar davom etadi.Bu haqida bugun boʻlib oʻtgan jonli muloqotda ma’lum qilindi.
9-sinflar uchun:
 
– Ona tili va adabiyot – 27-may (yozma);
– Matematika 30-may – (yozma);
– O‘zbekiston tarixi – 6-iyun (yozma va og‘zaki);
– Davlat tili (o‘zbek tili) – 3-iyun.
 
11-sinflar uchun:
 
– Ona tili va adabiyot – 29-may (120 daqiqa vaqt ajratiladi, yozma);
– Matematika – 1-iyun (3 soat vaqt ajratiladi, yozma);
– O‘zbekiston tarixi – 7-iyun ( yozma va og‘zaki);
– Chet tili – 10-iyun (yozma va og‘zaki);
– Tanlov fani – 4-iyun (4 ta fandan biri tanlanadi);
– Davlat tili (o‘zbek tili) – 12-iyun.
 
Endi har bir o‘quvchi oliy ta’limda tanlagan mutaxassisligiga qarab induvidual tarzda fan tanlash huquqiga ega.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
📣 Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 30-31-may kunlari attestatsiyadan oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-aprelidan 20-may kuniga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

❗️ Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 30-31-may kunlari attestatsiya sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz.

✔️ Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

👉 Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
⚡️Yillik baho va yakuniy attestasiya natijalariga ko'ra «Qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o'qishga qoldiriladi

Savol:


Bitiruvchi o'quvchilar fanlardan o'tkaziladigan yakuniy attestasiya imtihonida belgilangan tartiblarni buzsa yoki "qoniqarsiz" baho olsa, shunday o'quvchilarga maktab ma'muriyati qanday chora ko'rishi mumkin?

Javob:

🖊 "Umumiy o'rta ta'lim oluvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi to'g'risida"gi Nizomga muvofiq:

➡️ Bitiruvchi og'zaki yoki yozma yakuniy attestasiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestasiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi.

➡️ Bitiruvchi yakuniy attestasiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestasiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestasiya bayonnomasiga yozib qo'yiladi. ("Qoniqarsiz" baho olgan hisoblanadi)

➡️ Bir yoki ikki fandan o'tkazilgan yakuniy attestasiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestasiyadan keyin ikki hafta o'tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestasiyadan o'tish huquqi beriladi.

➡️ Yillik baho va yakuniy attestasiya natijalariga ko'ra, umumiy o'rta ta'lim davlat ta'lim standartlari talablarini bajarmay, «qoniqarsiz» baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o'qishga qoldiriladi.

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
2023-2024-o'quv yili uchun INGLIZ TILI fani bo'yicha sizga quyidagi hujjatlarni taklif etamiz

👉 Ish rejalar 👉 E-maktab (4-chorak)

👉 Student's book 👉 Workbook (4-chorak)

👉 Konspektlar (4-chorak)

👉 1-SOATLIK DARS ISHLANMALAR

👉 Tarqatmalar (4-chorak)

👉 Nazorat ishlari

👉 Tezislar (4-chorak)

👉 Choraklik testlar

👉 To'garak hujjatlari

☝️ Namunalari bilan tanishib chiqish uchun ko'k yozuv ustiga bosing. Murojaat uchun ➡️ @uzteachers_admin

🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/28 20:13:33
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243