Telegram Web
⚡️Dashtobod temir yoʻl stansiyasi boshligʻi pora olgan vaqtida ushlandi
 

“Temiryoʻlinfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshligʻi ixtisoslashmagan doʻkonlarda boshqa tovarlar chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ tomonidan Tojikiston hududidan Oʻzbekistonga olib kelinadigan koʻmir mahsuloti ortilgan 100 ta yuk vagonlarini oʻzining tanishlari orqali bojxona koʻrigidan navbatsiz oʻtkazib berish, stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temir yoʻl jarimasini qoʻllamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olinganligi boʻyicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga MCHJ vakilidan har bir vagon uchun 100 AQSH dollaridan jami 10 ming AQSH dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshligʻi 40 ta vagon uchun 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlar hamda ularning sifat tarkibi

Kanalga ulanish: 

@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindiston, Janubiy Koreya, Moʻgʻuliston, Germaniya, Isroil va Yevropa Ittifoqining mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar toʻgʻrisida axborot berildi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Oliy sud raisiga o‘rinbosarlar saylandi

Prezident taqdimnomasi va Oliy Majlis Senatining tegishli qaroriga asosan Ikram Tuxtamuratovich Muslimov besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosarisudlov hayʼati raisi lavozimiga hamda Olimjon Xamitovich Ismailov besh yil muddatga Oliy sud raisining o‘rinbosarisudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
2024/09/22 02:14:08
Back to Top
HTML Embed Code: