Telegram Web
🛣 Yo'l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

🚧 Toshkent shahar IIBB YHXB Ekspluatatsiya-montaj boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxt ko’chalarida yo’l yotiq chiziqlarini chizish hamda yo'l belgilarini, svetofor qurilmalarini o’rnatish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

👉 Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati
Joriy yilning 24-may kuni “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiri davomida poytaxtdagi ayrim maktab o’quvchilari tomonidan tegishli hujjatlarsiz avtomashina boshqarish holati aniqlanib, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan qonuniy qaror qabul qilingan.
27-may kuni Toshkent shahar IIBB YHX boshqarma boshlig’i tomonidan avtomashina boshqargan voyaga etmagan haydovchi va ularning qonuniy vakillari bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi, uchrashuv davomida mas’ullar ota-onalar va ularning farzandlariga tegishli hujjatlarsiz avtomashina boshqarmaslik, o’zi va o’zgalar hayotini xavf ostiga qo’ymaslik, shuningdek so’nggi paytlarda sodir etilayotgan og’ir oqibatli holatlarni misollar bilan so’zlab berishdi.
Bu kabi uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.
Joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig’i tomonidan “NATIONAL AUTOSPORT & KARTING FEDERATION OF UZBEKISTAN” federatsiyasining mas’ul rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazildi, o’tkazilgan uchrashuv davomida federatsiya mas’ul rahbari tomonidan so’nggi besh yillikda erishilgan yutuqlar haqida so’z yuritib va shu kungacha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha so’z yuritdi.
Federatsiya bilan YHXB o’rtasida hamkorlikda bir qator tadbirlar o’tkazish boyicha kelishib olindi.
2025/05/30 10:55:14
Back to Top
HTML Embed Code: