Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
📚 Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida kitobxonlar klubi o‘tkazildi
Bugun texnikumda “kitobxonlar klubi”ning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar faol ishtirok etib, sevimli yozuvchilari, asarlari va qahramonlari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
📖 Uchrashuv davomida kitobxonlar Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini o‘qishga kelishib oldilar va 25-oktyabr kuni asar yuzasidan bahs-munozara tashkil etishga qaror qilishdi.
Tadbir yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, adabiyotga mehr va erkin fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.



Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|



https://www.tgoop.com/tistinfouz
11😍3💋3🤯2💘2🔥1
Forwarded from И.Н.Зияев
#kuzgisemestr

O'quvchilar diqqatiga!


🗓 2025-yil 13-oktabr(dushanba)dan boshlab Sirtqi ta'lim shakli 3-bosqich o'quvchilari uchun nazariy darslar haftaligi boshlanadi.

🕐Darslar 2-smenada soat 13:20 da boshlanadi. Barcha 3-bosqich Sirtqi ta'lim shakli o'quvchilari qatnashishlari lozim.
(Yo'l sharoiti va tirbandliklarni inobatga olgan holda iloji boricha barvaqt yo'lga chiqishingizni tavsiya qilamiz)

SHUNINGDEK:
☝️Darslarga o'z vaqtida qatnashmagan, 72 soatdan ortiq dars qoldirgan hamda to'lov-shartnoma talablarini o'z vaqtida bajarmagan o'quvchilar tegishli tartibda o'quvchilar safidan chetlashtiriladi.

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumining rasmiy sahifalari:
| Telegram | Facebook |Instagram|
💋5🔥4🆒2
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida “Davomat va tig’” tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 2025-yil 16-oktyabr kuni, Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida Yangi hayot tumani ichki ishlar bo‘limining voyaga yetmaganlar bilan ishlash profilaktika inspektorlari ishtirokida “Davomat va tig’” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilar o‘rtasida darslarga muntazam qatnashish, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yoshlarni mas’uliyatli va intizomli bo‘lishga undashdan iboratdir.
Tadbir davomida inspektorlar tomonidan ta’limga e’tiborning ahamiyati, dars qoldirishning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzi va huquqiy madaniyat haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:

| Telegram | Facebook |Instagram|


https://www.tgoop.com/tistinfouz
10👍3🔥3👏1
🏸 Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi o‘quvchisi Yunusov Jaloliddin — faxrli 1-o‘rin sohibi!

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumining 1-bosqich o‘quvchisi Yunusov Jaloliddin “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichida o‘tkazilgan badminton sport turida faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Ushbu g‘alaba natijasida Yunusov Jaloliddin respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Texnikum jamoasi o‘z o‘quvchisining ushbu yutug‘i bilan faxrlanadi va unga keyingi bosqichda ham yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi! 🎉

Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|


https://www.tgoop.com/tistinfouz
5👍4🎉3🔥1💯1🆒1
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” mavzusida ommaviy diktant tadbiri o‘tkazildi

2025-yil 21-oktabr kuni Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” mavzusida ommaviy diktant tadbiri tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar qalbida ona tiliga bo‘lgan muhabbatni mustahkamlash, savodxonlikni oshirish hamda davlat tilining nufuzini yanada yuksaltirishdan iboratdir.
Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va boshqa xodimlar faol ishtirok etdilar. Diktant jarayonida ishtirokchilar o‘zbek tilining imlo va grammatik qoidalarini amalda qo‘llash, yozma nutq madaniyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|

https://www.tgoop.com/tistinfouz
4💋1💘1
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi o‘quvchilari O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar

2025-yil 21-oktabr kuni O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumi o‘quvchilari hamda pedagog-xodimlari O‘zbekiston xalqining faxri, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy va boshqa ulug‘ adiblar xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar Alisher Navoiy va boshqa adiblarning haykallari poyiga gulchambarlar qo‘yib, ularning beqiyos merosi, o‘zbek tili va madaniyatining rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z yuritdilar.
Bu tashrif yoshlar qalbida milliy iftixor, ona tiliga hurmat va adabiyotga mehr tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Toshkent
iqtisodiyot va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|


https://www.tgoop.com/tistinfouz
8👍3🔥3
Forwarded from Bunyod Radjabov
Bugun — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Bu sana – bizning milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimizning eng muhim timsolidir.

Til – yurakning ohangi, xalqning ruhi.
Uni asrash, rivojlantirish va faxr bilan so‘zlash – har birimizning burchimiz.

Ona tilimiz – faxrimiz, g‘ururimiz va kelajagimiz!

telegram | facebook | instagram
3
Forwarded from OTFIV | Toshkent
Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Batafsil: https://uza.uz/posts/773411

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram |Facebook | Telegram-bot
3
📰🖤 TOSHKENT IQTISODIYOT VA SOLIQ TEXNIKUMIDA “ONA TILIM – QALBIM QUYOSHI” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI

📅 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumida bayramona ruhdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Ona tilim – qalbim quyoshi” deb nomlanib, o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ishtirokida yuksak saviyada tashkil etildi.
🎤 Tadbir davomida talabalar tomonidan ona tilimizning go‘zalligi, qadri va ahamiyatini tarannum etuvchi she’rlar, qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Ustozlar esa yoshlarga tilga ehtirom va uni asrab-avaylash haqida samimiy tilaklarini bildirdilar.
📚 Bayram tadbiri so‘ngida faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday ma’naviy tadbirlar yoshlarning ona tiliga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 🇺🇿

Toshkent iqtisodiyot Va soliq texnikumi rasmiy saytlari:
| Telegram | Facebook |Instagram|

https://www.tgoop.com/tistinfouz
9👏5🥰4💋2🤗2🔥1💘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirdan qisqa video lavhalar📸🖇️
🔥159🥰2👏1🤮1😍1💘1
2025/10/22 14:29:09
Back to Top
HTML Embed Code: