Telegram Web
Ishonchli deganimni sababi - o'zim to'ldiriberaman, hahaha
๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ฟ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฆEmbassy of Canada presents:

Studying and Working in Canada
Have you ever thought of studying or working in Canada?


Come and find out how to do it right!

Tashkent, Uzbekistan 24 October 2022 at 16.00. Registration:
https://forms.gle/fL5HU17DzaW3Xuuv8

Tashkent, Uzbekistan 25 October 2022 at 14.00. Registration:
https://forms.gle/QYXyMtXqdbZ2JrV7A

Samarkand, Uzbekistan 26 October 2022 at 12.00. Registration:
https://forms.gle/UhR9TTNLY7YRntvs9

Advanced registration required; Language: Russian

Organizer: Embassy of Canada, Moscow, Russia
www.canada.ca/immigration

โœ…๏ธYours, Marvarid @thoughts_different
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Canadaga qiziqqanlar uchun. Borsela bo'ladiโค๏ธ
AMERICADA BEPUL TECHGIRLS๐Ÿ‡บ๐Ÿ‡ธ

15-17 yoshli qizlar uchun loyiha. Iyuldan avgustgacha Americada o'tkaziladi. Kelajakda STEM sohasida o'qishini davom ettiradigan, technologyga qiziqadiganlar uchun dastur.

Rasmda to'liq requirementlar keltirilgan. Bugundan boshlab topshirish mumkin. Deadline: 16-dekabr

Mana link: https://bit.ly/2H4Iozm

Yours, Marvarid @thoughts_different
Talablarga mos kelsangiz, albatta topshiring. Yutsangiz, maza qilasiz zo'r experience. Yutqizsangiz, xatolarni analyze qilib ustida ishlaysiz. Buyam zo'r experience.
Education USA fair

Yoshlar ijod saroyida Education USA ko'rgazmasi bo'larkan. American universitylar haqida, topshirish haqida ma'lumot olishingiz mumkin borib. Bepul. Zo'r bo'ladi. Boringlar.

Vaqt: 27-28-oktyabr
Joyi: Mustaqillik metrodan chiqqanda

Registratsiya shartmas

https://www.tgoop.com/EducationUSA_Tashkent/2470

Yours, Marvarid @thoughts_different
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavr va magistraturaga fully funded scholarship yutmoqchi bo'lsangiz, quyidagi formani to'ldiring. Maftuna va uni jamoasi saralab olib aloqaga chiqishadi.

Rostdan ham qiziqqanlar to'ldirsin. Ular yordam berishadi.

https://forms.gle/8cDwxaiob9riThdB9

Kim to'ldirsa, commentda yozsin๐Ÿ˜

Yours, Marvarid @thoughts_different
Har kuni qiladigan foydali odatlarimni ilhom berish uchun tashlayapman sizlarga ham.

Bularni qaysi birlaridir qolib ketishi tabiiy hol. Hammasiga ulgurish uchun robot emasmiz. Lekin bugun qolib ketsa ertaga qo'shilishi kerak. Shunaqa ro'yxat tuzib, 70-80-90%ini kun davomida amalga oshirib, โœ… qo'yib boring. 100 bo'lsa, qanday maza

Hamma o'zinikini o'zi tuzishi kerak. 10-20 kundan keyin bularsiz yasholmaydigan bo'lasiz. Eng qiyini shu ilk 10-20 kun. Shu kunlar davomida consistency ya'ni davomiylikni mahkam ushlab qo'yvormaslik kerak. Consistency and discipline is the key.

Kun oxirida o'zingizni rag'batlantiring. Masalan, men kecha o'zimdan qoniqqanim uchun bugun 9gacha uxlashga ruxsat berdim o'zimga๐Ÿ˜Œ. Bu yomon. Siz boshqa treat qiling.
Sizlarga kam post yozyapman. Menga mavzular kerak. Commentda yozing.
DANGASAMAN. NIMA QILAY?

E'tibor bersam, hammani muammosi dangasalik. Dangasalik bu har bir insonda bor narsa. Lekin uni boshqarish, yengib, ishga/o'qishga kirishishni hammayam eplolmaydi.

Qanaqa odam eploladi? Oldida o'zi uchun QIZIQ, KUCHLI, ANIQ maqsadi bor odamni ko'ziga dangasalik ham, charchoq ham, uyqu ham ko'rinmaydi. Maqsad noaniq, kuchsiz, o'ziga qiziqmas bo'lsa, qanaqadir dangasalik yengadigan kurslar, motivatsion videolar, bloggerlardan maslahatlar hech qanaqasiga yordam berolmaydi.

Maqsad qo'ying. Bitta long time katta maqsad bo'lsin. Siz o'zingiz xohlaydigan, eshitganda yuragingiz dukillab, ko'zingiz yonadigan ish bo'lsin! Masalan, meniki bir paytlar UGRAD yutib Americaga ketish, Erasmus bilan Europeda o'qish kabilar edi. Har eslaganimda boshqacha hislar o'tardi mendan.

Keyin usha katta maqsadga yetishish yo'lini kichkina maqsadlarga bo'ling. Masalan, UGRAD yutish bittada erishadigan narsa emas, ungacha General Englishni yaxshilashim (deylik, intermediate), communityga biror commitment qilishim (masalan, bepul biror loyiha), xohlasam volunteering kabi kichkina maqsadlarga bo'lib ular ustida ishlashni boshlang.

Hamma narsani bo'yinga olib, bosim bilan siqilib yurish shartmas! Avval bitta eng muhimi (priority), unga harakat yaxshi yo'lga qo'yilgandan keyin ikkinchisi, keyin uchinchisi va hammasi simultaneously davom etishi mumkin. Lekin birdan boshlab, time manage qila olmay o'tirish emas.

Katta maqsadlarga kichkina qadamlar bilan lekin asosiysi TO'XTAMASDAN davomiy ravishda boriladi. Hammaga omad!

Dangasamisiz? Yetarlicha kuchli maqsadingiz bormi?

Yours, Marvarid @thoughts_different
Eng yaxshisi, yozing. Maqsadlaringizni va ularga borish uchun nimalar qilish kerakligini. Yozish menga doim yordam bergan
Bugundan boshlab, sizlarga postlar yozib turaman. Juda erkalanib ketdim, sizlarni unutib qo'ydim.

Kutganingiz uchun rahmat! Commentni ochmasam kerak. Reaksiya orqali bilolaman, xolos sizga qiziqmi yo'qmi. Shunga reaksiya bosinglar endi. Yurakchalaaar bosinglar๐Ÿ˜
http://Uzbekvoice.ai/bosqich/2 bunga qatnashyapsizlarmi? Google'da o'zbekcha ovozlar yangrashi uchun hissa qo'shishingiz mumkin ekan. Ovoz berish yo'li bilan saralanarkan.

@uzbekvoicebot'da ro'yxatdan o'tiladi. Tepada bergan saytimda hamma ma'lumotlar va yutuqlar๐Ÿ˜‹ yozilgan. Qatnashib ko'ringlar.
๐Ÿ“Big Sur, California, US
O'ZBEKISTONDA MEN VA AMERICADA MEN

Menda Americaga kelganimdan keyin ko'p narsalar o'zgardi. Men o'zgardim. Yangi meeeen๐Ÿ˜๐Ÿ˜ƒ. Xo'sh, nimalar? Bir-nechtasini sanab o'taman.

1. Kiyinishimga uncha e'tibor qilmaydigan bo'ldim. Concerned emasman endi. Avval yangi kiyim kiysam, o'rganguncha rosa siqilardim "voy o'zi yaxshi turibdimikin, hamma menga g'alati qarayotgandeykuu" deb. Yoki modadan o'tgan kiyim kiyishni xohlamasdim, uyalardim to'g'risi. Hozir o'ylab qarasam, ko'proq atrofdagilarni impress qilish uchun chiroyli kiyingan ekanman. Hozir esa o'zim uchun. Va modaga moslab emas. Va concerned bo'lmasdan kiyinaman. Chunki Americada meni kiyimim bilan itniyam ishi yo'q.

Hamma xohlagancha kiyinadi. Jazirama issiqda kurtkada o'tib ketsam ham hech kim e'tibor bermaydi menga. O'zbekistondagidek "endi kurtkaga o'tursek bo'larmikin, odamlar nima kiyyapti ko'chada, bor, derazadan qarachi, etikka o'tishibdimi?" degan gaplar yo'q๐Ÿคช

2. Tax! Ya'ni soliq. Supermarketga kirsangiz, Americada kiyimlarga ham, groceriesga ham doim soliqni ham qo'shib hisoblanadi, shunga narxiga qaraganda ham miyamda soliqni hisobini chiqarvolaman. Masalan, kofta $35 + tax $3.5. Hamma shtatda tax foizi har-xil. O'zbekistonda esa, kofta 35 ming, kassada ham 35 ming to'lanadi. Qanday maza.

3. Avval O'zbekistonda yashaganimda ham, viloyatlarga ko'p sayohat qilardim va ko'p vaqtimni atrofni tomosha qilishdan ko'ra rasmga tushishga sarflardim๐Ÿ˜ฃ. Hozir esa, aksi. Ko'proq tomosha qilaman, toza havodan nafas olaman, ayni lahzadan zavqlanaman. Rasmlarga qarab bu hislarni tuya olmayman

4. O'zbekistonda svetaforda meni yo'lim bo'lsa ham, mashinalarga 15 marta qarab o'tardim. Buyoqda esa hali yo'l oldiga yetmasimdan, haydovchilar meni ko'rib to'xtaab turishadi, hatto katta avtobuslar ham. Uyalib ketaman buncha e'tibordan๐Ÿ™ˆ. O'zimni muhim shaxsdek tasavvur qilib, albatta "thank youuu" deb tabassum bilan o'tib ketaman.

Nimagadir O'zbekistonda hamma qayergadir shoshadi, judayam asabiy. Buyoqdagilar shoshishmaydi hech qayerga๐Ÿง๐Ÿง.

Buni davomi bor. Falsafiiiy gaplarim ham bor hali o'zgarishlarim haqida. Kutib turinglarโค๏ธ. Men esa challenge'imga sodiq qolib vazifalarimni bajaraman.

Comment yopiq, shunchun reaksiya orqali gaplashamiz faqat๐Ÿ˜š. Tushundingiz, xullas

Yours, Marvarid @thoughts_different
Daylight saving time. Spring forward, fall back

6-noyabr yakshanbadan bizda (Americada) 1 soat qo'shiladi. Va sizlar bilan 13 soat farqimiz bo'lishni boshlaydi (shu paytgacha 12 soat edi). Bizda soat 9.00 a.m bo'lsa, sizlarda 10 p.m. bo'ladi shunda

Har yili 6-noyabrda qishki vaqtga o'tiladi ya'ni bir soat qo'shilib qoladi. Va 13-martda yozgi vaqtga o'tiladi yana 1 soat olib tashlanadi.

Bu Yevropada ham bor. Kuzda bir kun 25 soat, bahorda bir kun 23 soat davom etadi. Soat birdan o'zgarib qolishi kechasi 2da bo'ladi.

Vaqt o'zgarib turishini maqsadi - quyosh nuridan, yorug'likdan as much as possible foydalanib olish. Daylight saving time 1-jahon urushidan beri qo'llaniladi

Menimcha, hozir shirin uyqudasizlar, bugun yakshanba sizlarda. Erta turgan bo'lsangiz, delfincha bosing

Yours, Marvarid @thoughts_different
AMERICADA 3 OY EXCHANGE PROGRAM

21-28 yosh oralig'idagi young activist bo'lsangiz Americada bo'ladigan 3 oylik community engagement exchange dasturiga topshiring.

๐Ÿ“ŒDeadline: 30-noyabr

Harajatlar qoplanadi. Tepadagi postni commentida qoldirdim kimlar topshira olishi haqida ma'lumot. Til sertifikati talab qilinmaydi

โœ…Link: irex.org/cee

Yours, Marvarid @thoughts_different
Yaaay, va nihoyat Global UGRADga qabul ochildi O'zbekiston uchun.

โœ…1-2-3-kurs universitet talabasi bo'lsangiz

โœ…inglizchani yaxshi bilsangiz (gapiroladigan va yozoladigan darajadaุŒ til sertifikati talab qilinmaydi)

โœ…Jamiyatda active bo'lsangiz yoki volontyorlik tajribangiz bo'lsa

โœ…Universitetda o'qishdan tashqari hayotda ham active bo'lsangiz

Albatta topshiring. 2ta essay yoziladi. Bittada yozib topshirib yuborishni tavsiya qilmayman. Uzoq vaqt ustida ishlang applicationni. Hozirdan boshlang.

Deadline: 15-dekabr. 38 kun qoldi.

https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/global-undergraduate-exchange-program/

Agar siz talablarga mos bo'lsangiz, delfincha bosing๐Ÿ˜

Yours, Marvarid @thoughts_different
Bugun o'zimni hujjatlarimni qayta tashlab qo'yaman. Namuna sifatida.
2025/06/28 16:14:04
Back to Top
HTML Embed Code: