Telegram Web
Sizni dream schoolingiz qaysi? Va nega?
Starbucksni shunchaki marketingi kuchli set of cafes deb o'ylardim bir ichimligini tatib ko'rmagunimcha😚😚😚

Iced white chocolate mochaπŸ˜‹
Library❀️❀️❀️

NatLib yoqardi-yu lekin bir tomondan borgim kelmasdi chunki judayam qattiq tekshiruv va ba'zi xodimlarning muomalasi sabab. Tekshiruvdan o'tiiib sumkalarni tashlaaab tepaga chiqib joylashgunimcha bir soat o'tib ketadi. Baribir borardimπŸ₯Ίβ€οΈ. Atmosfera zo'rda.

USda esa hatto kutubxonaga kirish kartamni hech kim tekshirmadi😳. Chiqib ketayotganimda ham. Vaholanki biror kitobni ko'tariib chiqib ketmayotganimga hech kim kafolat bermaydi. Qoyil qoldim.

Kutubxonaga kirib o'tirdim va wifi bormikan borib kod so'rab kelay deb endi o'rnimdan turmoqchidim laptopda telegram ishlab ketdi. Qarasam wifini kodi yo'q va automatic ulanib qolibdi (wow). Wifi ishlamaydigan NatLibga o'rgangan men uchun bu wow ediπŸ˜‚πŸ™ˆ.

Kitoblarni uygayam olib ketsa bo'lishi, hatto 50 sentga ham sotiladigan kitoblar borligini aytmay qo'ya qolay. Uyimdan 4 daqiqa uzoqlikda joylashganini aytsam aniq hasad qilasizlar, kutubxonasevarlarπŸ˜‹πŸ˜š.

Shunaqa gaplaar. Menga juda yoqdi. Muomalasi ham ayniqsa xodimlarni.

Yours, Marvarid
Unicorn Grant Space Academy & Nisa School.pdf
359.4 KB
Qizlar uchun imkoniyat ekan. Botda share qilishdi😍

@thoughts_different
Yaxshi audiobook kerak inglizcha. Eshitib yurishga. Nomini aytsangiz, o'zim topvolamanπŸ€“πŸ˜Œ
Nimadir taklif qilishganda "kerakmas" deyish uchun

I don't need emas
No, I'm good deyiladi Amerikada

#americanenglish
Model OSCE πŸ“£ Delegates are invited to participate in the Model OSCE 2022!
β €
🌐The Model OSCE will provide an opportunity for young people to gain insights in functioning of a multilateral institution and consensus-based decision-making processes.
β €
πŸ“In addition, participants will take part in a series of briefings and interactive sessions on negotiation and diplomacy led by international and local experts, and will meet with the team of the OSCE Programme Office in Bishkek.
β €
πŸ“All costs will be covered by the organisers.
β €
πŸ“Who can apply?
πŸ”Ήyoung people under 30 years old;
πŸ”Ήcitizens of the OSCE participating States;
πŸ”Ήgood command of English;
πŸ”Ήthe opportunity to be in Kyrgyzstan throughout the event;
πŸ”Ήthe participation of graduate students (undergraduates, PhD students) and young specialists is encouraged.
β €
πŸ”—Application form:
https://bit.ly/3tv05R0

πŸ“§ For any inquiries, please contact via email address: [email protected].
β €
πŸ“† Deadline: 3 July 2022 (midnight)

Yours, Marvarid @thoughts_different
AMERIKADA FAST FOOD ROSTDAN HAM ZO'RMI?

Afsuuus. Men Amerikaga kelishdan avval lavaaaash, burger, hot dog va boshqa fast foodlarni eng zo'ri shu yerda deb o'ylardim. Chunki eng zo'r brandlar borku Amerikada masalan Mc Donald's. Kelib tushundimki lavash umuman Amerikanikimas va Amerikada yo'qπŸ˜‚πŸ™ˆ. Men sevib yeydigan lavash endi hayotimdan chiqib ketdi butunlay. Buyoqda hamma wrap degan narsa yeydi. Xuddi lavashni xamiriga o'xshaydi lekin bizni Maxwaylar, Evoslarni lavashiga yaqin ham kelmaydi ta'mi😭😭😭. Arablarni lavashini yeb bo'lsa, oshqozonim buzilib tamom bo'ldi umuman yoqmadi.

Burgerga kelsak, halolini topish juda qiyin. Faqat turklardan olish mumkin ishonib. Yaxshiyamki boshqa joylar halolmas ekanligini aytishadi so'rasak. "Halol, halol olorilaa" deb ovqatini o'tkazmaydi. Tanlov cheklangan shunchun. Bir-ikkita joyni burgerini yeyishga majbur bo'lasiz.

Hot-dogni yaxshi ko'rib qolgandim men Anjanda. Anjanlilar bo'lsa bilishadi "Baraka" degan joyni hot dogi favourite bo'lgandi mengaπŸ˜ŒπŸ˜‹. Lavashiyaaam❀️. Lekin Amerikada hot dog unaqa narsamasakanπŸ˜’πŸ˜‚. Halol umuman ko'rmadim. Unutdim muhabbatimni.

Pizza😍😍. Bu zo'r lekin. Men shu yerga kelib sevdim pizzani. Avval sevmasdim. Ayniqsaaa, dressinglar bilan qo'shib yeyishlariii mmmmm endi bildim pizzani qanday yeyishni.

Amerikada Mexican food ham ko'p yeyiladi. "Chipotle" degan mexican food restoranlari mashhur. Wrap qilishadi ular lavashni xamiri ichiga har balo solib. Menga yoqmaydi bir necha marta yoqtirishga harakat qildim o'xshamadi.

O'zbekistondagi ovqatga hech qayerniki yetmas ekan men uchun. Sizga qanday bilmadim. Oddiy hot dog ham zo'r Uzbda. Amerikadagi KFCni ta'mi yo'q qanotchalari-yu, Mc Donald'sni halalmas burgerlaridan ancha zooo'r.

Uzbe food or American?

Yours, Marvarid @thoughts_different
Lekin inson hamma narsaga o'rganarkan. Birinchi marta xuddi Sophia bakeryga o'xshagan joyga kirganmiz. Buyoqda 85 degan set of bakeries. Perashkiga o'xshagan narsa olganman. Xamiri🀒🀒🀒🀒🀒🀒. Lekin odamlar mazzza qilib yeydiπŸ˜’. Hozir usha narsalarga ham o'rganib ketdim.

Ancha yashab keyin Uzbga borsa, Uzbni ovqatlari yoqmasmish😐
https://aviatraining.uz/uz/pervonachalnaja-podgotovka-bortprovodnika-vozdushnogo-sudna/

Havo yo'llari bort kuzatuvchilikka training boshlayapti ekan. O'qib keyin syuardessalikka tanlanish MUMKIN. Aniq emas ;)

Tepada link berdim. Hamma ma'lumot bor. Omad.

Yours, Marvarid @thoughts_different
Forwarded from M A R V A R I DgaπŸ’Œ
Oyga birinchi chiqqan inson?
Anonymous Quiz
66%
Yuri Gagarin
29%
Neil Armstrong
5%
Valentina Tereshkova
This is SF, baby

Homeless people everywhere. Shularni hayotida ma'nosi nima ekan deb o'ylanaman har ko'rganimda

Jinni desam, shuncha ko'p jinni bo'lishi mumkinmi bir shaharda. Sog' desam sog' odam bunday yashamaydiku ko'chada...
Boshida rosa qo'rqardim homelesslardan. Ko'chada to'g'ri kelib qolsam 3 metr naridan o'tib ketardimπŸ˜‚. Hozir menga bir tushirsachi deb o'ylardim. A yoo'q, ular zarar yetkazishmas ekan. Kamdan kam bunaqa holat. Lekin baribir xavfli.
San-Franciskoda halol kafe topish qiyin. Kafe topilganda chiroyli, cozy, o'tirsa bo'ladiganini topish qiyin. Bittasiga bordik. Menga juda yoqdi joyi. Ovqati unchamas. Chunki qo'y qo'shtini ta'mi shunnndoq kelib turarkan. Amerikada bunaqa go'sht yeyish odatiy emas. Chunki qo'y go'shtini hidi yo'q bo'lib ketadi. Bu kafeda yeb hayron bo'ldim. Yoqmadi.

Lekin atmosfera yaxshi❀️. O'zbekistonda oddddiy kafelarniyam chiroooyli qilishadi. Amerikada esa ovqatga e'tibor beriladi. Joyga unchalikmas. Toshkentdagi Socials, Retro, Secret shunga o'xshagan kafelarni umuman ko'rmadim. Hammasi oddiy.

Men Amerika desaa, woooow kafelar tasavvur qilardimπŸ˜‚. Bularga ichkilik, raqs bo'lsa zo'r restoran hisoblanadi menimcha. Unaqasiga kirib shartta qaytib chiqdikπŸ˜‚πŸ˜‚.

Turk, arab va Mediterranean kafelardan ovqat olamiz biz. Ko'pincha uyda pishiramiz. Hamma masalliq bor. Bemalol o'zbek ta'mini his qilsa bo'ladi.

Endi faqat SF haqida yozaman. Mari in SF deb qo'ysammikan kanal nomini deb kechasi bilan o'ylab chiqyapman🧐πŸ₯±
Amerikada uy qimmatmi?

😭😭😭og'riqli nuqta. Har bir shtatda narxlar har-xil. Eng qimmat shtat California. San-Francisco shahrida uylar qimmat. Eng arzoni studio degan uylar. Ular 1 xona bo'ladi. Usha 1 xonani ichida oshxonasi bir burchagida, bir burchagida yotadigan joyi, stol-stuli bo'ladi. Shunaqa tipdagi uyni oyiga $1500 to'lanadiganidan topsa bo'ladi.

1 bedroom uylar ham yaxshi. Ularni alohida living roomi, ushani bir burchagida oshxonasi va alohida yotoqxonasi bo'ladi. Lekin qimmatroq $2000dan past emas. Shunaqa qilib nechta bedroomi borligiga qarab narxi balandlab ketaveradi. Bu uylar xohlasangiz, 2 qavatli kinolardagi uylardan, xohlasangiz domlardan olsangiz bo'ladi. Facebookda marketplacedan topishadi uyni asosan.

Buyoqda shartnoma asosida ko'chasiz uyga. 1 oy yashab boshqa yaxshirog'ini topib shartta ko'chib ketmaysiz. 1 yil, 6 oy, 3 oyga shartnoma qilinadi. Qancha ko'p vaqtga shartnoma qilinsa narxi ham ozgina pastlaydi.

Shunaqa gaplaaar. Savollar bo'lsa qoldiring. Yana nima haqida yozay?
2025/06/29 17:29:30
Back to Top
HTML Embed Code: