Cybertronians 🤖 gathered to celebrate the C-day. ))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Forwarded from Shunchaki...
#bugun
Bugun Prezident maktabining eski jamoasi - sobiq hamkasblar bilan uchrashdik.
Hammamiz turli ta'lim muassasalaridan kelgan bo'lsak-da, suhbatni bir odam qilgani uchunmi, fikrlashi, qadriyatalri o'xshash mutaxassislar yig'ilgan va bittada chiqishib ketgan edik.
Birga ishlagan kezlarimizni, o'quvchilarni, maktabda yuz bergan qiziq hangomalarni esladik..
Men ishlagan jamoalarning turli rahbarlaridan nuqul bir xil gap eshitardim: "nezamenimiy kadr yo'q, tartib yoqmasa, ketavering, o'rningizga boshqa xodim topish qiyin emas!"
Ammo shuncha ishlab bildimki, yaxshi kadr, siz tan olasizmi-yo'qmi, benazirdir! Uning o'rniga kelgani HECH QACHON uning o'rnini bosolmaydi! Yaxshi ustoz - betakror! Uni bo'shatib yuborib olgan mutaxassisingiz aynan o'sha mavzuni o'tishi mumkin, lekin U kabi emas.
Yaxshi rahbar, qanday qilib bo'lmasin, o'z kadrlarini saqlab qolishga tirishadi, chunki maktabni maktab qiladigan avval ustozlar, keyin rahbarlar!
@suvaydo

❤9👍3
Bir kun ham dars o‘tmagan bitiruvchiga 2-malaka toifasini berish - o‘sha bitiruvchi qizil tugul, safsar diplom olgan bo‘lsa ham - mantiqsizlikdan bo‘lak narsa emas.
Faqat mutaxassis degan “toifa” bekor qilinsa, o‘shanda bu “enavatsiya”ni tushunish mumkin. Aks holda bunday g‘alati yondashuv bugungi ta’lim tizimimiz ahvoliga tashxis bo‘lib xizmat qiladi, xolos.
Faqat mutaxassis degan “toifa” bekor qilinsa, o‘shanda bu “enavatsiya”ni tushunish mumkin. Aks holda bunday g‘alati yondashuv bugungi ta’lim tizimimiz ahvoliga tashxis bo‘lib xizmat qiladi, xolos.
👍2❤1
Soat 13:00 atrofida yo‘lga otlangandik. Taksida bir o‘zim. Endi dovondan tushdik.
❤1
***
Қанийди, қор бўлсам – кўксингга қўниб,
Сингиб кета олсам юраккинангга.
Ё айланиб қолсам юзингга иниб
Изғириндан қолган нимпушти рангга.
Майлига, шамолга айланиб қолай,
Ҳар лаҳза сочларинг силаб ўтмоқ-чун.
Қўлда бўлса эзгу орзулардан най,
Бир умр мадҳингни куйлаб ўтмоқ-чун!
Қанийди, қор бўлсам – кўксингга қўниб,
Сингиб кета олсам юраккинангга.
Ё айланиб қолсам юзингга иниб
Изғириндан қолган нимпушти рангга.
Майлига, шамолга айланиб қолай,
Ҳар лаҳза сочларинг силаб ўтмоқ-чун.
Қўлда бўлса эзгу орзулардан най,
Бир умр мадҳингни куйлаб ўтмоқ-чун!
❤7🔥2
Kun.uz | Расмий канал
Пахта ва ғалла фермерлари учун рейтинг жорий этилади
Muharrirlarga qirg‘in kelibdi, shekilli.
❤1
Ushbu so‘rovnomada qatnashish uchun vaqtingizni ayamasangiz, yosh tadqiqotchilarga yordam bergan bo‘lardingiz.
rahmat
@suvaydo
rahmat
@suvaydo
Google Docs
So'rovnoma
Bu so'rovnoma O'zbekistondagi havo sifatining maktab o'quvchilariga ta'sirini o'rganish maqsadida tuzildi. (so'rovnoma mutlaqo anonim holatda o'tkaziladi)
Bugun kaminani O‘zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan uchrashuvga taklif qilishdi. Asli bu uchrashuv ancha ilgari bo‘lishi rejalashtirilgan edi, muayyan subyektiv sabablar bois kechikib ketdi.
Biror soatda tugasa kerak deb o‘ylagandim, to‘rt soatdan ziyod davom etdi. O‘quvchilarni asosan xorijiy o‘quv yurtlarida o‘qishga doir savollarning javoblari qiziqtirishini oldindan taxmin qilgandim. School Counselor sifatida tajribaga egaligim tufayli baholi qudrat barcha savollarga javob berishga harakat qildim.
Qolgan shu mavzuga aloqador savollarga kanalning muhokama guruhida Toshkent PS bitiruvchilari ko‘magida javob olishni taklif qildim. Yordamingizni ayamaysiz, degan umiddaman!🙏
Biror soatda tugasa kerak deb o‘ylagandim, to‘rt soatdan ziyod davom etdi. O‘quvchilarni asosan xorijiy o‘quv yurtlarida o‘qishga doir savollarning javoblari qiziqtirishini oldindan taxmin qilgandim. School Counselor sifatida tajribaga egaligim tufayli baholi qudrat barcha savollarga javob berishga harakat qildim.
Qolgan shu mavzuga aloqador savollarga kanalning muhokama guruhida Toshkent PS bitiruvchilari ko‘magida javob olishni taklif qildim. Yordamingizni ayamaysiz, degan umiddaman!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
***
Derazangga urilar Aqrab,
Umidini uzolmay sarson.
Sen-chi, kulib xayol surarsan
Sirlaringga sadoqat saqlab.
Kuz oftobi kabi yoqimli
Tabassuming - omonat juda.
O‘rtamizda bepoyon jimlik
Cho‘li yotar chuqur uyquda.
Seni hatto koʻrmaganman ham
Bilganim shu – koʻzlaring qora.
Balki koʻngling toʻkis, yo bir kam
Balki bagʻring butun, yo pora.
Koʻzing oq-u qorasi shatranj
Kabi chorlab, tinmay mot qilar.
Yurak goho tarang, goho lanj
Tomirlarim oʻynab tortqilar.
Jilovini uzgan, beqaror
Xayollar ham pala-partishday.
Aylanadi tinmayin, bedor
Savollarim – tilla gardishda.
Asli koʻngil xayol ichra gʻarq,
Lekin seni ehtiyot qilib –
Atay oʻzim tutaman befarq
Andishaga oson yengilib.
Pirovardi – men yana yolgʻiz,
Senga na yor boʻldim, na gʻanim.
Tuzalmadim, qaytaga qoldi
Bir dardimni ikki qilganim.
Derazangga urilar Aqrab,
Umidini uzolmay sarson.
Sen-chi, kulib xayol surarsan
Sirlaringga sadoqat saqlab.
Kuz oftobi kabi yoqimli
Tabassuming - omonat juda.
O‘rtamizda bepoyon jimlik
Cho‘li yotar chuqur uyquda.
Seni hatto koʻrmaganman ham
Bilganim shu – koʻzlaring qora.
Balki koʻngling toʻkis, yo bir kam
Balki bagʻring butun, yo pora.
Koʻzing oq-u qorasi shatranj
Kabi chorlab, tinmay mot qilar.
Yurak goho tarang, goho lanj
Tomirlarim oʻynab tortqilar.
Jilovini uzgan, beqaror
Xayollar ham pala-partishday.
Aylanadi tinmayin, bedor
Savollarim – tilla gardishda.
Asli koʻngil xayol ichra gʻarq,
Lekin seni ehtiyot qilib –
Atay oʻzim tutaman befarq
Andishaga oson yengilib.
Pirovardi – men yana yolgʻiz,
Senga na yor boʻldim, na gʻanim.
Tuzalmadim, qaytaga qoldi
Bir dardimni ikki qilganim.