Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
19583 - Telegram Web
Telegram Web
#tarjima

Og‘riqning kinoyali jihati shundaki, xoh jismoniy, xoh ruhiy bo‘lsin - unga sababchi bo‘lgan odam seni ovutishini xohlaysan.
Forwarded from Orif Tolib
Kambagʻallashish kibrni davolaydi.

Shved maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍1
O‘zbek tilidagi “juftakni rostlamoq” iborasi ingliz tilidagi “beat a hasty retreat” iborasiga mos keladi.
Kechagi o‘yindan keyin )
❤‍🔥2
Nemo sinfdosh o‘rtoqlaridan ajralmaslikka intilib, to‘garaklarga qiziqishi pasayib ketdi. Rasm ham chizmay qo‘ydi.

Nima qilishga bosh qotdi. Maktabini o‘zgartiraylikmikan...
#tarjima #iqtibos

Qo‘pollik - zaif erkakning kuchli bo‘lib ko‘rinish uchun taqlididir.

© Eric Hoffer
#tarjima #iqtibos

“Muvaffaqiyatsizlik – toʻkisroq aql bilan qaytadan boshlash imkoniyati demakdir”.

©️ Henri Ford
🔥1
Forwarded from Virtual 207🫆
#tarjima

Muvaffaqiyatsizlikdan ko‘ra qiyinchilikdan ko‘proq qo‘rquvchilar ularning ikkalasini ham totib ko‘rishga mahkumdir.
Bugundan isitish mavsumi boshlandi biznikida. Uy muzlab ketgani yo‘q, lekin Mohlaroyim ustiga ko‘rpa yoki adyol yopishni yoqtirmaydi. Miko esa kechasi ochib tashlaydi, qunishib yotaveradi, lekin sovuqqotganini bilib, ustini yopib olmaydi qaytadan 🤦‍♂, shu darajada dangasa, erinchoq bo‘ladimi, deb qolaman - menam bu darajada erinchoqmasman-da. Melisa bo‘laman deydi, bu ketishda bo‘ladiyam ))
Nemo ukasining aksi - ikki qavat ko‘rpaga burkanib, boshiniyam ichkariga tiqvolib uxlaydi.

Faqat O‘zbekoyim normal uxlaydi. Lekin yonida yotgan odamning biqinidan darcha ochib qo‘yishi mumkin oyog‘i bilan tepib 😂

Xullas, menga to‘zim bersin. Amaldorlarga esa insof (bizda gaz bor, harqalay. Aks holda, bir soat ham olib o‘tirmasdim bolalarni qishloqda).
👍1
#tarjima

Sen boringni berib sevgan inson senga boshqa bunchalik qattiq sevmaslikni ham o‘rgatib ketadi.
Rasmga kulgili izoh yozamiz ))
#tarjima #iqtibos

Agar ma’noga ega bo‘lsa, har qanday og‘riqqa chidash mumkin.

© Haruki Murakami
Forwarded from Virtual 207🫆
#personal

Хайрли кун, азиз ўқувчилар!

Ҳозирда бир китобнинг таржимаси, аниқроғи, спринт таржима устида ишламоқдаман. Дарсларимизда сиз ҳозирда олаётган билимлар эртага керак бўлмай қолиши мумкин, деб кўп бора айтганман. “Нега?” - барчанинг саволи шундай бўлган. Мана жавоб:

"Слова «То, что вы узнаете на первых двух курсах, устареет прежде, чем вы покинете университет» стали уже привычными для студентов".

Афсуски, бизнинг талаба (ўқувчи)лар ўртасида урфга айлангани йўқ бу сўзлар!!!

#CharacterEducation
1
Inglizcha “beat around the bush”, “gapni cho‘zish” iborasini o‘zbekcha “gapni olib qochish” iborasi bilan ifodalash mumkin.
1
Bugun o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabr kuni davlat tili maqomi berilgani eslanadigan kun.

Taqvimdagi qolgan 364 kunda esa o‘zbek tilini xo‘rlaymiz, zo‘rlaymiz, oyoqosti qilamiz.

21-oktabrda esa birdaniga eslab, alqab, ona tilimlab qolamiz.

22-oktabr kuni yana aslimizga qaytamiz va kelasi yil 21-oktabrgacha o‘zbek tili bilan ishimiz ham bo‘lmaydi.

Bir o‘zbek ziyolisi ta’kidlaganidek, o‘zbek tiliga bayram emas, yordam kerak.
👍4
2025/10/23 07:06:10
Back to Top
HTML Embed Code: