Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
315 - Telegram Web
Telegram Web
Refinement haqida xech kim yozmadi, bir-ikkita taxminlarim bor, javoblarga qarab bu temani chuqurroq yozish keremi yo'qmi bilib olaman :)
Anonymous Poll
0%
Bu mavzu qiziq emas
67%
Refinement haqida tushuncha ko'p emas yoki yo'q
15%
Kompaniyada bu tadbir boshqacharoq nomlanadi
19%
Manga o'xshab prosto javoblarni ko'rish uchun :)
Salom, salom! 🌟

Ohirgi so'rovnoma bo'yicha bir o'ylab qoldim. Qarasam asosan Discovery yo'nalishida juda ko'p post yoqibman, lekin Product managerning ishidagi ajralmas qismi Delivery qismi deyarli qolib ketibdi. Ya'ni qanday qilib g'oyani amalga oshirish, Product backlog, Sprint backlog, Tashabbus, Epic va User storylar haqida umuman post qo'ymagan ekanman.

Qo'ldan kelgancha shu mavzularda ham postlar qo'yishga harakat qilaman, lekin undan avval Fintech yo'nalishida hali deyarli amalga oshirilmagan bir qiziq g'oyani chiqarish arafasida turibmiz, shuni yakunlab, u haqda ma'lumot berishga harakat qilaman 🙂

NDA buzilmasligi uchun, avval prodga chiqib olishimiz kerak😅

@temur_pm_blog
Salom, salom! 🌟

Bugun offtop post yozmoqchiman. Rekruting sohasidan juda qiziqarli ma’lumotlar topdim.

Bir necha kun avval Rossiyada o'tkazilingan bir tadqiqotda, ish beruvchilar (50%) nomzodlardan offer bo'yicha javobni faqat 2-3 kun kutisharkan, har to'rtinchi ish beruvchi (25%) nomzodlarga offer o'ylab ko'rishga bir xaftacha vaqt berishar ekan.
Lekin 13 % ish beruvchilar nomzodga offer bo'yicha o'ylab ko'rishga maksimum bir kun vaqt berishar ekan, keyin esa yangi nomzodlarni qidirishni boshlasharkan.

Nomzodlar bilan muloqot qilish kanaliga keladigan bo'lsak

36 % ish beruvchilar xabarlar qo'ng'iroqqa qaraganda ko'proq samara berarkan, sababi nomzodlar kirish qo'ng'iroqlarni ignor qilisharkan.
34 % ish beruvchilar ham xabarlar, ham qo'ng'iroqlar bir xil samara beradi deb hisoblashar ekan.
24 % ish beruvchilar esa haligacha eng samarali usul bu qo'ng'iroqlar deb hisoblashar ekan.

O'zimga keladigan qo'ng'iroqlar faqat oila, qarindoshlar va eng yaqin do'stlar uchun gaplashish usuli bo'lib qolgan, qolgan hamma bilan muloqot Telegram orqali :)

@temur_pm_blog
Senior Product manager sifatida Click dagi oxirgi ish kunim.

Taxminan bir yilcha oldin Click jamoasiga qo‘shildim.
Men uchun bu oddiy ish emas edi - bu millionlab odamlar hayotiga ta’sir qiluvchi mahsulot ustida ishlash imkoniyati edi.

Bu davr ichida biz jamoa bilan birgalikda ko‘plab yuruqlarga erishdik:
A/B testlar o'tkazdik, gipotezalarni tekshirdik, metrikalar daraxtini yaratish bilan shug'ullandik.

Eng muhimi - bu vaqt davomida mahsulot ustida emas, odamlarni hayotini yaxshilash uchun ishlashni ko'proq o‘rgandim.
Jamoada esa o‘z ishining ustalari bilan birga bo‘lish - alohida sharaf bo‘ldi.

Bugun Click dagi faoliyatim nihoyasiga yetmoqda.
Ichimda yangi bosqichga o‘tish vaqti kelgani degan tuyg‘u paydo bo‘lgan edi - yangi muammolar, yangi g‘oyalar, yangi qarashlar.

Ketishdan oldin esa yana bir maxsus narsani yakunlashga ulgurdik.
Bu oddiygina funksiya emas — bu fintechdagi foydalanuvchi tajribasiga boshqacha qarashga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarish bo'lishi kerak.

Tez orada batafsil yozaman.
Kuzatishda davom eting.

@temur_pm_blog
Seni yangi kompaniyada birinchi kunni o’tkazgan do’sting 😆

Mana kecha yangi kompaniyada birinchi ish kunni ham eson-omon o’tkazib oldik. Eng asosiy fikr: Xech narsa tushunarsiz lekin qiziq 😀 (o’zimni Junior Product managerdek his qivordim🤣). Bu aslida normal holat, yangi kompaniya, yangi maxsulot, yangi protsesslar, tushunib olishga ozgina vaqt ketadi.

Yangi ishda o’tkanda amal qilish kerak bo’lgan qoidalarim bor:
- Agarda tezda jamoaga kirishib ketish uchun ko’proq yangi hamkasblarni eshitishga harakat qil (ming expert bo’lsang ham yangi joyda birinchi kundan aqllilik qilish kerak emas, sababi u yoki bu qaror shu ko’rinishda qabul qilinishiga sabablar bo’lgan)
- Ahmoqona savollar berishdan qo’rqish kerak emas. Aksincha savollarni berishga qo’rqqan odam ahmoqona ko’rinadi. Savol berishdan oldin birinchi etadigan gapim: Ahmoqona savol bersam bo’ladimi? 😆 Shu yo’l bilan qisqa vaqt ichida ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lib, tezroq hamma bilan bitta ritmga tushib olish imkoniyati bor
- Jamoaga tezda kirishib ketish uchun eng katta yordam bu sening odamiyliging, yangi hamkasblarga bo’lgan hurmat bilan muomilang, agar qaysidir qaroriga qo’shilmasang darrov san noto’g’ri gapirvossan dib etmasdan balki yumshoqroq qilib “mani amaliyotimda shu masala mana bu yo’l bilan hal bo’lgan, natija mana bunaqa bo’lgan deb etish”

Eng asosiysi birinchi kunlarda ko’proq eshitib, ko’proq o’rganishdir.

@temur_pm_blog
Salom, salom! 🌟

Yangi kompaniyaga qo’shilgandan so’ng ishga tezroq kirishib ketish uchun nima qilayotganim haqida qisqacha post yozmoqchiman.

Onboarding boshlandi, endi o’zim shug’ullanadigan productlarni o’rganishni boshladim. O’rganish jarayonini 4 ta bosqichga bo’ldim:

1. Kompaniya strategiyasi va chorakga (kvartal) qo’yilgan maqsadlar:

Kompaniyaning strategiyasini o’rganish, qaysi yo’nalishlarda rivojlanishni rejalashtirganini tushunish juda muhim. Bu ma’lumotlar, o’zim ishlaydigan productni rivojlantirish uchun qaysi tomonga ko’proq qarashimni aniqlashda yordam beradi.

2. Productni o’rganish:

Bu bosqichda qiladigan ishlarim:
- Productning CJM (Customer Journey Map) ni o’rganish.
- Productning user flow si bilan tanishish, foydalanuvchi qayerdan boshlaydi va qayerda tugatadi.
- Product va texnik dokumentatsiyalar bilan tanishish (texnik dokumentatsiya hali zarur emas, lekin kelajakda biron jinniroq g’oya kelganda, texnik tomondan tayyormizmi, yo’qmi, bilish uchun kerak).
- Qisqacha productning arxitekturasi bilan tanishish (bu ham asosiy ish emas, qo'shimcha).

3. Metrika va analitika:
- Dashboardlarni ko’rib chiqish, qaysi metrikalar bilan ishlashayotganini tushunish, voronkalarni o’rganish.
- O’zimga kerak bo’lgan lekin dashboardga aks etmagan metrikalarni ro’yxatini tuzish.
- Metrikalarda o’sish nuqtalarini belgilab chiqish.

4. Jamoa bilan tanishish:
- Dasturchilar, dizaynerlar, analitiklar va marketing jamoasi bilan birma-bir tanishish.
- Kim nima uchun javobgar, qarorlar qanday qabul qilinadi — bularni o’rganish.
- Kimga vazifa yuklanadi, kim bilan vazifalarni kelishish kerakligini tushunish.

Hammasi o’tilgandan so’ng, product bo’yicha o'rganishni yakunlab, roadmap tuzib, takliflar bilan chiqish niyatidaman.

Siz, Product manager sifatida yangi kompaniyaga o’tganingizda birinchi bo’lib nima ishdan boshlagansiz?

@temur_pm_blog
Salom, salom! 🌟

Bugun greydlar haqida yozishga. Greyddlarsiz kompaniyada ishlashni tasavvur qilish qiyin. Har bir jamoa a’zosi uchun o’z darajasi, vazifalari va mas’uliyatlari bo’ladi. Ayniqsa Product manager sifatida sizning greydingiz, kompaniyada qanday rolni bajarishingiz va qanday maqsadlar qo’yganingizni belgilaydi.

Greydlash nima?

Greydlash — bu xodimning kompaniyadagi pozitsiyasini va tajribasini aniqlovchi tizim. Greyddagi farqlar jamoada qanday ishlashni, qanday mas’uliyatlarni o’z zimmasiga olishni va qanday yuksalish imkoniyatlarini borligini ko’rsatadi.

Product Manager g’reydi

Product manager sifatida sizning greydingiz, kompaniya va mahsulotga bo’lgan hissangizni, jamoaning rivojlanishiga ta’sir qiladigan harakatlaringizni belgilaydi.

Greydlashda qanday farqlar bor?
Junior Product Manager – Bu bosqichda siz yangi boshlovchisisiz. Ko’pincha jamoaning yordamchi a’zosi sifatida ishlaysiz, mas’uliyatlar minimal bo’ladi, lekin asosiy ishlarni bilishga va o’rganishga qaratilgan.
Mid-level Product Manager – Siz bu darajada mustahkam tajribaga egasiz. Ko’proq mas’uliyatni o’z zimmasiga olish, yangi funksiyalarni ishlab chiqish va jamoaning ba’zi jarayonlariga rahbarlik qilish sizning asosiy vazifangiz bo’ladi.
Senior Product Manager – Endi siz katta tajribaga ega bo’lasiz. Katta va murakkab loyihalarni boshqarasiz, yangi mahsulotlar yaratish va kompaniyaning strategiyasini shakllantirishda faol ishtirok etasiz.
Lead Product Manager – Jamoaning yetakchisi. Siz boshqa product managerlar uchun mentor bo’lasiz, kompaniyaning barcha mahsulot strategiyasini boshqarasiz va resurslarni optimal ravishda taqsimlaysiz.

Qanday qilib greydda o’sish mumkin?
Yangi imkoniyatlarni qidirish — Yangi mas’uliyatlarni o’z zimmasiga olish va murakkab vazifalarni hal qilish orqali o’sishingiz mumkin.
Mentorlik — O’z tajribangizni boshqa jamoa a’zolariga o’tkazish, jamoa bilan ishlash orqali greyddingizni oshirishingiz mumkin.
Tajribani oshirish — Yangi texnologiyalarni o’rganish, mahsulotni boshqarish tajribasini kengaytirish orqali greyddingizni yuqoriga ko’tarishingiz mumkin.

Xulosa: Greydlash — bu sizning jamoada qanday ishlashingizni va qanday natijalarga erishishingizni aniqlovchi vosita. Har bir daraja sizning maqsadlaringiz va yutuqlaringizni yanada aniqroq belgilaydi.

@temur_pm_blog
Aqlli gaplarni chetga qo'yib etadigan bo'lsam Greydlar man uchun ozgina abstrakt narsa dib bilaman. Har bir Product manager qaysidir yo'nalishda kuchli bo'ladi, kimdir tadqiqot bo'yicha, kimdir ko'proq raqamlar bo'yicha, kimdir dizayn tomondan a kimdir bo'lsa toza soft skillari kuchli. Keyin domen ekspertizasi bor, misol Fintechda Senior bo'seys EdTech ga o'tib qosey srazu Senior bo'lishiz qiyinroq sababi domenniy qismini yaxshi bilmiysiz.

Oddiy misol man Fintech yo'nalishi, aynan Daily banking bo'yicha beymalol ko'pchilik bilan baxlashaman, lekin EdTech bo'yicha mani beymalol Strong Junior Product manager yeb qo'yishi mumkin 😁

@temur_pm_blog
Salom, salom! 🌟

Bugun sizlarga Clickdagi men uchun eng katta yutuqlardan birini aytib bermoqchiman. Bu, albatta, demo- rejim yoki “bezavtorizatsion zona” ning ishga tushirilishidir.

Agar menga Clickda ishlagan vaqtingda eng katta yutug'ing nima deb so’rasalar, ishonch bilan ayta oladigan yutug'im: biz yangi foydalanuvchiga ro‘yxatdan o’tmasdan mahsulotni sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etganimizni ayta olaman.

Tasavvur qiling: siz nima borligini ko'rish uchun biror do‘konga kirishni istaysiz. Lekin kirishdan oldin sizdan pasport, telefon raqami, SMS tasdiqlashni so‘rashadi, lekin sizga do'kon ichidagi mahsulotlar yoqmasligi mumkin va xech narsa harid qilmasligingiz ehtimoli ham bor. Do'konga kirib ko'rmasdan turib ro'yxatdan o'tishga qanchalik sizda motivatsiya bo‘ladi?

Endi boshqa holatni tasavvur qiling: sizni hech qanday ortiqcha tekshiruvlarsiz ruxsat berishadi, nima borligini ko‘rishingiz mumkin, va faqat o‘zingizga kerakli narsani topganingizdagina o‘zingizning ma’lumotlaringizni berasiz. Shunday yo'l tutish ancha mantiqli emasmi? Biz ham shuni o‘yladik.

🚀 Click endi yangi foydalanuvchiga ilovani o‘rnatib, nima mavjudligini ko‘rish imkoniyatini beradi, va faqat keyinroq — ro‘yxatdan o‘tishga taklif qiladi. Bu faqat UX yechimi emas — bu bizning fintech mahsulotlari bilan birinchi uchrashuvni o‘zgartirishga bo‘lgan urinishimizdir.

Albatta, bu hozircha faqat MVP (Minimal Viable Product).
Ishonchim komilki, bu g‘oya O‘zbekiston fintech sohasidagi barcha o‘yinchilarga o‘ylash uchun motivatsiya beradi.

Bu g'oyaga ishonib, uni relizgacha olib chiqqan barcha jamoa a'zolariga hammasi uchun katta rahmat!

Men uchun bu Clickdagi so‘nggi loyiha edi, va bu hikoya har doim eng sevimli hikoyalarimdan biri bo‘lib qoladi.

@temur_pm_blog
Boshqa Click ilovasini reklamasi bo'yicha post qo'ymiyman dib tantanali ravishda va'da beraman😂😂😂

Xazl, xazl bilan, bu asosan reklama emas ya'ni Product manager sifatida qilgan o'zgarishlarimni bo'lishgim keldi, chunki agar Product manager o'zining qilgan ishidan faxrlanmasa, demak ushbu mahsulotga unchalik ko'p value olib kelolmaydi deb bilaman sababi unda mahsulotni yanada qulay qilishga bo'lgan ehtiyoj unchalik baland bo'miydi ))

@temur_pm_blog
O’zimcha aqllilik qilib bir narsalarni tayyorladim, agar hamkasblarim toshbo’ron qilib tashlashmasa, shu bo’yicha ham post tayyorliyman.

Fikrimcha har bir kompaniyada hamma bir to’lqinda bo’lishi uchun va oshkoralik prinsipi bo’yicha ish olib borish uchun o’zining marosimlari bo’lishi kerak.

Asosiysi marosimlar sonini oshirvormaslik kerak 😅

@temur_pm_blog
Salom, salom! 🌟

Bugun sizlarga CJM (Customer Journey Map) haqida qisqacha gapirib bermoqchiman. Bu — foydalanuvchining maxsulot yoki xizmatga ehtiyoji tug’ilishidan boshlanib, uni olishgacha bo’lgan yo’lini tasvirlaydigan xarita.

CJM orqali nima qilishimiz mumkin?
- Foydalanuvchining product bilan o’zaro aloqasini va qayerda qiyinchiliklar yuzaga kelishini aniqlashimiz mumkin.
- Foydalanuvchi uchun xarita tuzish orqali bizning mahsulotda qanday muammolar va nozik tomonlar borligini ko‘rishimiz mumkin.

CJM qanday tuziladi?
1. Foydalanuvchining productdagi yo’li - U qanday yo’lni bosib o’tadi? Qaysi bosqichlarda turadi?
2. Foydalanuvchi bilan aloqaning yo’llari - Biz foydalanuvchi bilan qanday kanallar orqali aloqada bo’lamiz (email, push-notifikatsiyalar, telefon qo’ng’iroqlari)?
3. Foydalanuvchining taassurotlari - Har bir qadamda foydalanuvchi qanday his-tuyg’ularni boshdan kechiradi? Bu jarayonda qanday qiyinchiliklar bor?
4. Muammolar va kamchiliklar - Mahsulotdan foydalanish jarayonida foydalanuvchi qaysi muammolarga duch kelishi mumkin? Ular qanday tuzatishlarni kutmoqda?

Misol uchun: Bir internet do’koni orqali telefon sotib olishni xohlaysiz. Foydalanuvchi telefon tanlash, buyurtma berish va kuryerdan yetkazib olish jarayonida bir qancha bosqichlardan o’tadi. Har bir bosqichda, jumladan SMS kodi olish, buyurtma qilish jarayonidagi kechikishlar va boshqa noqulayliklar yuzaga kelishi mumkin. CJM tuzib, biz bu jarayonlarda qanday muammolarni hal qilishimiz kerakligini aniq bilib olishimiz mumkin.

Savol: O’zingizning productingizda CJMni tuzib ko’rganmisiz? Foydalanuvchining har bir bosqichdagi his-tuyg’ularini tushunishga va mahsulotdagi kamchiliklarni aniqlashga qanday yondashyapsiz?


@temur_pm_blog
Salom, salom! 🌟

Foydalanuvchilar biron bir sayt yoki mobil ilovadan har-xil foydalanishadi. Agarda foydalanuvchilar sayt yoki mobil ilovadan har-xil foydalanishga ularga qanday qilib samarali ta’sir o’tkaza olamiz? Albatt ularni segmentlaymiz!

Segmentlash – bu foydalanuvchilarni xatti-xarakatlari bir biriga o’xshashligigi bo’yicha ularni guruxlarga bo’lishdir. Segmentlash bizga foydalanuvchilarga samarali ta’sir o’tqazish uchun ularni sayt/mobil ilovadagi xatti-harakatlariga qarab guruxlarga bo’lib, yaxshiroq tushunishimiz uchun kerak.

Ovqat yetkazib berish xizmati misolida ko’rib chiqadigan bo’lsak. Bizda xatti-harakatlari bir-biriga o’xshash bir necha guruxlarimiz bor. Ularni: o’rtacha chek, bir oyda beriladigan buyurtmalar soni yoki kunning aynan qaysi vaqtida buyurtma berishiga qarab segmentlashimiz mumkin. Biz foydalanuvchilardan bir oyda beriladigan buyurtmalar soni bo’yicha ularni segmentlashga urinib ko’ramiz. Demak bizda to’rtta gurux bor:
A) Bir oyda 1-2 marta ovqat buyurtma beradigan foydalanuvchilar guruxi;
B) Bir oyda 3-5 marta ovqat buyurtma beradigan foydalanuvchilar guruxi;
V) Bir oyda 6-10 marta ovqat buyurtma beradigan foydalanuvchilar guruxi;
G) Bir oyda 11 dan 25 tagacha ovqat buyurtma beradigan foydalanuvchilar guruxi;

To’rtta guruxdagi barcha foydalanuvchilar ovqat buyurtma qilishadi, lekin ularning xatti-xarakatlari bir biridan farq qiladi. Ularni segmentlab (bir biriga o’xshab ketadigan xarakatlariga qarab guruxlab) har bir gurux bilan aloxida samarali ishlashimiz mumkin. Bir oyda kam buyurtma beradigan foydalanuvchilar guruxi bilan buyurtmalar sonini oshirish bo’yicha ishlarni amalga oshirib, bir oyda ko’p buyurtma beradigan foydalanuvchilar bilan esa buyurtmaning o’rtacha chekini oshirish bo’yicha ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Shu bilan foydalanuvchilarni guruxlarga bo’lib ularga samarali ta’sir o’tkazishimiz mumkin.

Siz foydalanuvchilarni guruxlarga bo’lib segmentlaysizmi?

@temur_pm_blog
Salom, salom! 🌟

Yangi productni ishga tushirishni rejalashtiryapsizmi? Ushbu product aynan qanday ko’rinishda bo’lishini bila olmayapsizmi? Top menedjerlar uchun yangi product haqida gapirib berish uchun 50-60 varaqlik prezentatsiya tayyorlayapsizmi? Top menedjerlarga yangi g’oyangiz haqida gapirib berish uchun juda ko’p vaqt ketqizyapsizmi? Nima dib o’ylaysiz ushbu ketkazayotgan vaqtingizni tejash imkoniyati bormi? Vaqtingizni tejashga sizga Lean Canvas usuli yordam beradi! Lean Canvas orqali siz kattagina biznes planning eng asosiy ma’lumotlarini bir varaqning o’zida jamlashingiz mumkin. Esimizdan chiqarmaymiz! Lean Canvas bu asosiy biznes plan emas! Balki asosiy ma’lumotlar ixcham ko’rinishda bo’lishi uchun foydalaniladigan qo’shimcha instrumentdir!

Lean Canvas 9 ta blokni o’z ichiga oladi:
1.
Foydalanuvchilar segmenti, bizning productimizdan birinchilardan bo’lib foydalanadiganlar;
2. Muammo va uning alternavit yechimlari;
3. Productimizning qolgan productlardan ajralib turadigan jixatlari;
4. Productimiz foydalanuvchining muammosini qanday qilib xal qiladi;
5. Productimizni qaysi yo’llar bilan reklama qilamiz;
6. Bizga qayerdan foyda keladi
7. Qanday xarajatlarimiz bor
8. Productimiz muvaffaqiyatli bo’lishi uchun aynan qaysi ko’rsatkichlarga e’tibor beramiz.
9. Productimizda qanday yashirin afzalliklari bor.

Hamma 9 bloklarni yozib chiqsak rejalashtirish davrida productimiz haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lamiz.

Productni tayyorlash vaqtidagi rejalashtirish davrida siz qanday instrumentlardan foydalangansiz?

@temur_pm_blog
Yandex Go ilovasida endi o'zingizni reytingizni ham ko'rishiz mumkin ekan. Bu funksiyani boshqa davlatda ishga tushirib bo'lishgan edi, O'zbekiston uchun ham yetib kelibdi.

Foydalanuvchi sifatida manga nima berishini hozircha tushunmadim, to'g'ri tushungan bo'lsam qanchalik reytingim baland bo'lsa shuncha tezroq moshina keladi. Marketing tomondan bo'lsa esa yaxshi narsa, ko'pchilik bir-biriga reytingini ko'rsatadi yoki haydovchi yomon baho qo'ymasligiga harakat qiladi.

Oldinlari haydovchi 5 ta yulduzchani bosvoring desa endi birinchi siz manga bosing deb etarkanmizde😂

Agarda keyinchalik reyting shkalasiga qarab bonuslar berishsa ancha qiziq geymifikatsiya bo'ladi dib o'yliyman, uyog'ini kuzatib boramiz.

@temur_pm_blog
2025/06/15 05:56:46
Back to Top
HTML Embed Code: