Telegram Web
Hozir blog yuritishni boshlamasangiz, nima yo‘qotasiz?

Bugun odamlar ikki toifaga boʻlingan – blog yurituvchilar va yuritmaydiganlar. Agar hali ham 2-toifada boʻlsangiz, endi koʻp narsadan chetda qolasiz!


1. Algoritmlar kuchini yo‘qotasiz

Instagram, TikTok, Telegram, YouTube — ularning algoritmlari “faol foydalanuvchi”ni yaxshi ko‘radi.
Blog yuritishni ertaroq boshlaganlar algoritmga moslashib oladi, ularning kontenti ko‘proq va tezroq tarqaladi.

2. Brendga aylanish imkoniyatini boy berasiz

Bugun odamlar kompaniyalarga emas, insonlarga ishonadi.
Shaxsiy blog — bu sizning onlayn vizitkangiz. Bu kimligingiz, nimani bilishingiz, odamlarga nima bera olishingiz haqida olamga ma’lum qilishning eng tezkor yo‘li.

📌 Siz blog yuritmayotgan bo‘lsangiz ham, boshqalar allaqachon bu ishni boshlagan va siz izlab yurgan mijozlarni jalb qilib bo‘lgan. Yana qancha mijozni blogi borlarga berib yubormoqchisiz?

3. Potensial mijozlaringiz sizni topolmaydi

Siz yaxshi SMMchisiz, zoʻr targetologsiz yoki mobilograf. Ammo blogingiz yo‘q. Odamlar sizni qayerdan taniydi? Qanday topadi? Axir “koʻrinmas” odamdan kim ham xizmat sotib olardi?

📌 Forbesda yozilishicha, odamlar biror mahsulot sotib olishdan oldin o‘rtacha 7-9 marta o‘sha shaxs yoki brendga tegishli kontentini ko‘rib chiqar ekan.

4. Sun’iy intellekt sizni ortda qoldiradi

AI hamma sohada ishni yengillashtirdi. Siz kontent qilishga qoʻlim tegmayapti deb oʻtirganingizda boshqalar AI yordamida bir kunda 3 tadan post chiqarib, 2 tadan reels tayyorlayapti. Muammo vaqt yoʻqligida emas, qat’iyat yetishmasligida emasmikin?

5. Eng katta yo‘qotish — o‘z ovozingizni yo‘qotish

Blog yuritish nafaqat marketing, bu — shaxsiy o‘sish, oʻz fikrni ifoda qilish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish vositasi. Fikrlaringizni miyangizga qamab qoʻymang, ular haqida odamlarga soʻzlab bering, hamfikrlaringizni toping va maqsadlarni haqiqatga aylantiring.

❗️ Shunchaki boshlang. Ideal bo‘lishi shart emas. Sizniki boʻlsin va siz haqingizda odamlarga eng yaxshi ma’lumotni bersin. Internet — bu sahna. Chiqish vaqti endi sizniki!

@spaceacademy1
6👍2👏1
Shaxsiy Blog boshlashda 3 ta oddiy qadam

Shaxsiy Blog yuritishni boshlash uchun avval professional kamera, mukammal dizayn kerak emas.
Asosiysi — boshlash kerak


🔹 1-qadam: O‘zingizni tanishtiring. Kimligingizni va nimani yaxshi bilishingizni qisqacha yozib chiqing.

🔹 2-qadam: Odamlar sizdan nimani kutishini aniqlang. (Maslahatmi? Tajriba? Motivatsiya?)

🔹 3-qadam: Har hafta 2-3 ta post chiqaring. Idealmi? Farqi yo‘q. Muhimi — muntazamlik.

❗️ Har bir 1000 chaqirimlik yo‘l ham birinchi qadamdan boshlanadi.
Bugun boshlang, ertaga o‘zgarishlarni sezasiz.

@spaceacademy1
👍721🥰1🏆1
🧠 SMM mutaxassisi uchun kerak bo‘ladigan 4 ta sun’iy intellekt vositasi

1️⃣ ChatGPT
Post matni, sarlavha, CTA, reels ssenariylari yozishda yordam beradi.
Qisqa vaqt ichida kuchli copywriting.

2️⃣ Midjourney yoki DALL·E 3
Unikal vizuallar yaratishda yordam beradi.
Dizaynerga to‘liq bog‘lanmasdan kreativ kontent tayyorlashingiz mumkin.

3️⃣ Notion AI
Kontent-reja, rubrikalarni tez va strukturali yozib beradi.
SMM strategiyani tezda tuzish uchun ideal format.

4️⃣ Veed Captions
Videolaringizga subtitir qo’yib beradi va video sifatli yuklab beradi.
Instagram/Reels formatda uchun moslashgan.

Ma'lumotlarni saqlab qo'ying va brendingiz uchun foydalaning😊

@spaceacademy1
👍3🔥2
❗️Space Academy Mas'uliyatli Grafik Dizayner izlamoqda!

Talablar:

- Grafik dizayn sohasida kamida 1 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Adobe Photoshop, CorelDRAW, Illustrator, Figma dasturlarini bilish (qo'shimcha dasturlarni bilish afzal ko'riladi);
- Kreativ fikrlash;
- Vazifalarni sifatli bajarish va mas'uliyat;
- Dizayn trendlarini va ijtimoiy tarmoqlardagi vizual kontent xususiyatlarini tushunish;
- Jamoada ishlash va samarali muloqot qilish qobiliyati;

Vazifalar:
- Ijtimoiy tarmoqlar uchun vizual kontent yaratish (postlar, storis, bannerlar);
- Reklama uchun kreativ materiallar tayyorlash;
- Landing sahifalar, taqdimotlar va boshqa marketing materiallarini bezash;
- SMM mutaxassisi bilan hamkorlikda ishlash;

Takliflar:
- Shinam ofis;
- Do‘stona va rivojlanuvchi jamoa;
- O‘sib boruvchi oylik;
- Ta'lim sohasida portfolio qilish imkoniyati

📩 Portfolio yuborish: @maftuna_space

P.s: Ishga mas'uliyat bilan yondashsangizgina, murojaat qiling!
👍71
PESTEL tahlili – kompaniyaning faoliyatiga tashqi omillar ta’sirini o’rganuvchi tahlil usuli
hisoblanadi va unda: Political – siyosiy, Economic – iqtisodiy, Social – ijtimoiy, Technological –
texnologik, Environmental – tabiy, Legal – qonuniy omillar o’rganiladi.

MA – maqsadli auditoriya. Biznes faoliyat yuritadigan mijozlar to’plami.

CJM (Customer Journey Map) – kompaniya mijozlarining qaysi nuqtada kommunikatsiyaga
kirishayotganligi yoki mijozlarning qaysi bosqichda ekanligini ifodalovchi ko’rsatkich.

#Marketolog_lugati
@spaceacademy1
🏆4
🎙️ Bu intervyuda oʻzimiz ham kutmagan fikrlarni oldik

Kursga sarflangan pullar oʻzini oqlaydimi? Nega ayrimlar har kuni biznesmenlardan taklif oladi-yu, boshqalar yillab ish topa olmaydi?

Bu savollarga javobni aynan shu intervyudan olasiz. Daromadingizni oshirish yoʻlini izlayotgan yoki IT va SMM’dan birini tanlashga ikkilanayotgan boʻlsangiz, albatta tomosha qiling.


https://youtu.be/ijG9NiSXWxM?si=47Y1Dvj4hDf6bdOC
🔥3👍21👌1
🎙 Biznes, yoshlar, Instagram vabosi!!!

Bu safar mehmonim – ustozim Azizbek Umaraliev, seriyali tadbirkor, Space Group asoschisi va biznesda 10+ yillik tajribaga ega inson.

📌 Suhbat davomida quyidagi mavzularni muhokama qildik:
-Qanday qilib biznes boshlanadi va nega ko'pchilik boshlaydi?
-Tadbirkorlikdagi F*ck up hikoyalar
-Xodim topish vs. o'stirish muammosi
-Xitoyliklar va yangi raqobatchilar
-Nega ko'pchilik brend yaratishni istamaydi?
-Yaxshi ustoz qanday tanlanadi?

Va yana ko'plab dolzarb masalalar...


https://youtu.be/HuzRcC_tHOY?feature=shared
Diqqat: Quiz-Time!

Miyani uygʻotib, oʻzingizni sinab koʻrishga nima deysiz? Ijtimoiy tarmoqlar va SMM boʻyicha bilimingizni hoziroq tekshirib koʻring. Tayyormisiz?

🔥 Unda boshladik!
🔥32
Nega odamlar postlaringizni o'qimay o'tib ketadi, deb o'ylaysiz ?
Anonymous Quiz
14%
Vizual yoqmaydi
31%
Uzun matn
24%
Noaniq sarlavha
30%
Foydali emas
Auditoriya bilan muloqot qilishda eng kuchli vosita bu...?
Anonymous Quiz
37%
Kommentda javob berish
46%
Poll (so'rovnoma) qilish
17%
Yopiq community (chat, kanal)
Mijozlaringiz sizning instagram sahifangizdan nimani kutadi deb o'ylaysiz?
Anonymous Quiz
12%
Tez-tez yangilanish
6%
Sifatli dizayn
42%
Foydali ma'lumot
41%
Soddalik va oson tilda tushuntirish
Kontentga odamni jalb qiluvchi birinchi narsa nima?
Anonymous Quiz
81%
Vizual (rasm/video)
10%
Matn ohangi
4%
Profildagi link
6%
Kommentlar soni
Instagram postda nechtagacha heshteg qo'llashi mumkin?
Anonymous Quiz
23%
5
16%
10
8%
15
53%
Cheksiz
Ijtimoiy tarmoqda post joylash uchun eng yaxshi vaqt qaysi?
Anonymous Quiz
10%
Ertalab
20%
Kechqurun
2%
Hafta oxirida
68%
Bu sizning auditoriyangiz va platformaga bog'liq
B2B (Business to Business) - bu tushuncha kompaniyaning korporativ mijozlar bilan yuritadigan
ishini anglatadi.

B2C (Business to Consumer) - bu sxemada iste'molchi xaridor vazifasini bajaradi.

B2G (Business to Government) - bu sxemada davlat iste'molchi, ya'ni xaridor vazifasini bajaradi.

#Marketolog_lugati
@spaceacademy1
Strategiya Shablon.xlsx
11.2 KB
📊 Targ'ib qilish strategiyasidan foydalanishingiz uchun tayyor shablon

Agar siz yangi ochilgan brend ustida ishlayotgan bo‘lsangiz yoki mavjud kompaniya uchun marketing yo‘nalishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lsangiz ushbu strategiya namunasi aynan siz uchun!

🧩 Bu fayl sizga Instagram, Telegram, TikTok yoki boshqa platformalarda brendingizni tanitishga va reklama strategiyasini yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.
Foydalaning va ulashib qo'ying!

@spaceacademy1
🎉2🤩2👍1
2025/10/18 17:19:11
Back to Top
HTML Embed Code: