Telegram Web
#xalqaro_hamkorlik

Soliq qo‘mitasi Raisi Yevropa Soliq administratsiyalari tashkiloti (IOTA Bosh assambleyasining 29-yig'ilishida ishtirok etdi


Ozarbayjon Respublikasi Davlat soliq xizmati rahbari Orxan Nazarli taklifiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev Yevropa Soliq administratsiyalari tashkiloti (IOTA)*ning Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun Boku shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Sherzod Kudbiyev IOTA Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda Alix Perrignon de Troyes xonim o‘z tashkiloti O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Mazkur tashrifni O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiyasi, shuningdek Oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganligi sifatida baholash mumkin.

Ikki davlat soliq idoralari o‘rtasida samaradorligi isbotlangan ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha muntazam tajriba almashinuvi yo'lga qo'yilgan.

Xususan, Ozarbayjon tomoni O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish tajribasini katta qiziqish bilan o‘rganib, uni o‘z tizimida qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Soliq qoʻmitasi Ozarbayjonning tabiiy gazni qazib olish va tashish jarayonida uni oʻlchash va hisobga olish tizimini yaratish boʻyicha tajribasini, shuningdek, ikki tomonlama soliqqa tortishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar qoidalarini amalga oshirishda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga qiziqish bildirmoqda.

Umuman olganda, Soliq qo'mitasi rahbariyatining mazkur tashrifi nafaqat O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, Yevropa Soliq administratsiyalari tashkiloti bilan o'zaro hamkorlik aloqalari uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

*IOTA – 43 ta aʼzo davlatdan iborat tashkilot bo‘lib, xalqaro ekspertlar tomonidan soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilishda ilg‘or tajribalarni tizimlashtirish va ularni amaliyotda tatbiq etish yo‘nalishida yetakchi platformalardan biri sifatida eʼtirof etilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon

❗️Hurmatli OAV vakillari va blogerlar

🏓 O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi Sizni 2025-yil 26-iyun – 2-iyul kunlari ilk bor Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi 29-Osiyo chempionatiga taklif etadi.

Ushbu musobaqada dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 400 nafardan ziyod yosh stol tennisi ustalari ishtirok etadi.

Sizni ushbu sport bayramining jonli ishtirokchisi bo‘lishga chorlaymiz!

📍Manzil: "Humo Arena", Toshkent shahri

📩 Akkreditatsiya uchun mazkur havola orqali ro'yxatdan o'tish so'raladi.
___
#объявление

❗️Уважаемые представители СМИ и блогеры!

🏓 Федерация настольного тенниса Узбекистана имеет честь пригласить Вас на международный турнир 29-й Азиатский чемпионат по настольному теннису среди молодежи, который впервые пройдёт в Ташкенте с 26 июня по 2 июля 2025 года.

Ожидается участие более 400 юных теннисистов из более чем 20 стран мира. Турнир является знаковым событием для развития юношеского настольного тенниса в Центральной Азии.

Будем рады видеть вас среди гостей турнира!

📍 Место проведения: "Humo Arena", г. Ташкент

📩 Для аккредитации просим пройти регистрацию по ссылке.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦
# Mehnat va rag'bat

E’tirof – mehnatga berilgan yuksak baho!

👍Nurafshon shahar soliq inspeksiyasi xodimi Yunusova Aziza Dexqonbayevna Soliq qo‘mitasi raisi tomonidan e’tirof etildi!

👍Jumladan  “Nurafshon va  Uchqun ”  mahallasiga biriktirilgan soliq inspektori A.Yunusova muhim samaradorlik koʻrsatkichlari yuqori natijalarga erishgan  hodimlardan biri sanaladi.

👍A.Yunusova tizimdagi mehnat faoliyati davomida o'ziga biriktirilgan hududlardagi soliq to‘lovchilarga soliq siyosatidagi yangiliklar bo‘yicha qonun hujjatlarda belgilangan tartiblar asosida tushuntirishlar berib, ularning muammoli masalalarni hal etilishida soliqchi ko'makchi tamoyili bilan ish olib borayotganligi hamda budjet tushumlarini ta'minlashda qo‘shimcha mablag‘larni jalb etib, yuqori natijalarni qayd etib kelayotganligi munosabati bilan Soliq qo‘mitasi raisining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Toshkent  viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Yirik savdo tarmoqlarining tovar aylanmasi 2025-yilning 5 oyida 7,1 trln soʻmdan oshdi

Soliq maʼmurchiligida onlayn-NKT hamda raqamlashtirishning boshqa faol mexanizmalarini joriy etish orqali taksi, dori vositalari kabi isteʼmol bozorlarining rivojlanish dinamikasini kuzatish imkoniyati yaratilgan. Endilikda tahlillarda yirik chakana savdo sohasi ham qamrab olinmoqda.

Fiskal cheklar, elektron hisobvaraq-fakturalar va yettita yirik savdo tarmogʻining soliq hisobotlari asosida ularning tovar aylanmasi, savdo hajmi, xaridorlar soni va shu sohada band boʻlgan aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantirilmoqda.

2025-yilning yanvar–may oylarida yirik chakana savdo tarmoqlarining umumiy tovar aylanmasi 7,1 trln soʻmdan oshdi.

🛒 Yirik chakana savdo tarmoqlarida xaridlar boʻyicha oʻrtacha chek miqdori qariyb 77,8 ming soʻmni tashkil etdi. Umumiy hisobda 12,5 ming turdagi tovarlar sotilgan.

Soliq mobil ilovasi orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklar asosida qaytarilgan keshbek summasi qariyb 38,7 mlrd soʻmni tashkil etdi.

👥 Mazkur davr mobaynida umumiy xaridorlar soni 1,9 mln nafarni tashkil etdi, shundan 24,7 ming nafari kuniga ikki va undan ortiq marotaba xaridlarni amalga oshirgan.

Yirik chakana savdo tarmoqlarida jami 22,7 ming nafar fuqaro ish bilan band.

Joriy yilning yanvar–may oylarida mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi 655,3 mlrd soʻmni tashkil etib, shundan deyarli yarmi – 311,3 mlrd soʻm 30 yoshgacha boʻlgan xodimlarga toʻgʻri kelmoqda.

Sohada oʻrtacha oylik ish haqi 5,8 mln soʻmni tashkil etmoqda.

Sohani raqamlashtirish orqali maʼlumotlarni hududlar, alohida savdo nuqtalari hamda tovar kategoriyalari kesimida kuzatish imkoniyati yaratilmoqda.

Raqamlashtirishdan koʻzlangan maqsad – noqonuniy aylanmalar hajmini qisqartirish, biznes jarayonlarining shaffofligini oshirish, shunigdek, davlat va iste'molchilar manfaatlarini samarali himoya qilishdan iborat.
__________
#онлайн_ККТ

Товарооборот крупных торговых сетей за 5 месяцев этого года превысил 7,1 трлн сумов

Внедрение в налоговое администрирование онлайн-ККТ и других цифровых инструментов позволяет наблюдать за динамикой развития таких потребительских рынков, как такси, лекарственных препаратов, а теперь и крупной розничной торговли.

На основе информации, поступающей из фискальных чеков, электронных счетов-фактур и налоговой отчетности семи крупных торговых сетей, формируются сведения по обороту, объёмам продаж, количеству покупателей и занятости населения в этой сфере.

За первые 5 месяцев 2025 года общий товарооборот крупных ритейлеров составил более 7,1 трлн сумов.

🛒 Средний чек по покупкам в крупных розничных сетях достиг почти 77,8 тысяч сумов. Всего было продано 12,5 тысяч видов товаров.

Сумма кешбэка по чекам, зарегистрированным через мобильное приложение Солиқ, почти 38,7 млрд сумов.

👥 Общее число покупателей за этот период - 1,9 млн человек, из которых 24,7 тысячи совершали повторные покупки более двух раз в день.

В крупных розничных сетях страны трудоустроено всего 22,7 тысяч человек.

Фонд оплаты труда за январь–май текущего года составил 655,3 млрд сумов, из которых почти половина или 311,3 млрд сумов приходится на сотрудников в возрасте до 30 лет.

Средняя заработная плата в отрасли составляет 5,8 млн сумов.

Через цифровизацию сферы появилась возможность отслеживать данные в разрезе регионов, отдельных торговых точек, товарных категорий.

Цифровизация направлена на сокращение теневого оборота, повышение прозрачности бизнеса и защиту интересов как государства, так и покупателей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#QQS #keshbek

Chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklariga QQSning 50%i qaytariladi


🗓2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan budjetga to'langan QQSning 50%i har oyning 25-sanasiga qadar qaytariladi.

QQSni qaytarish uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinet orqali ariza yuborilishi kerak.
Xizmatlar 🔜 Yuridik shaxslarga o‘rni qoplanishi lozim bo'lgan QQS summasini qaytarish

Talablar:
✔️ soliq davrida (oylik) o‘zida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar go‘shti, suti hamda parranda go‘shti va tuxumini realizatsiya qilishdan olingan umumiy tushumi (MXIK bo‘yicha) jami tovar aylanmasining 90 %dan kam bo‘lmasligi;

✔️ mulk yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega ekanligi;

✔️ hisobot davrida QQS bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga to‘liq to‘langanligi.

Murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali shakllanadi va ko‘rib chiqiladi.

🗓 Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin uch oydan kechiktirmasdan to‘langan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

👉
VMQ-745 son 07.11.2024-yil

Ma'lumot uchun, joriy yilning 23-iyun holatiga (16-iyunidan boshlab) 21 ta chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklaridan 338,9 mln so‘mlik to‘langan QQSni qaytarish bo‘yicha arizalar kelib tushgan. Shundan, 325,4 mln so‘m QQS qaytarilgan, 13,5 mln so‘mi esa boshqa soliq qarzdorligiga hisoblangan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi #quyosh_panellari

Uyimizga 10 kVtli quyosh paneli oʻrnatganmiz. Bizga soliqdan imtiyozlar bormi

✔️ Ha, quyidagi soliq imtiyozlari qo‘llaniladi:

- har yili hisoblangan yer soligʻi summasi 1 BHM (375 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi, bunda imtiyoz yer uchastkasiga egalik huquqi mavjud va ro‘yxatdan o‘tkazilgan holatlardagina beriladi.
👉Soliq kodeksi 436-modda

- har yili
hisoblangan mol-mulk solig‘i summasi 2 BHM (750 000 so‘m)dan oshmaydigan summaga kamaytiriladi.
👉Soliq kodeksi 421-modda

✏️ Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun soliq idoralariga asoslantiruvchi hujjat – ko‘chmas mulk joylashgan joy bo‘yicha energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan QTEMdan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishi kerak.

📌Ma’lumotnomada:
- ko‘chmas mulk manzili (kadastr raqami);
- QTEM o‘rnatilgan sana;
- elektr energiyasini to‘plash tizimiga ega bo‘lganda elektr energiyasini to‘plash (akkumulyator) foizi (25%dan kam bo‘lmagan) haqida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Soliq imtiyozlari umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo‘lgan QTEM o‘rnatilganda har bir obyekt bo‘yicha bir marotaba qo‘llaniladi.

Soliq imtiyozlari quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
🗓 umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan QTEMdan foydalanilganida – o'rnatilgan oydan boshlab 3 yil davomida;
🗓 quyosh panellari quvvatidan 25%dan kam bo‘lmagan elektr energiyasini to'plash tizimiga ega QTEMni o'rnatilganida – ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 10 yil davomida.
______________
#вопрос_ответ #налог_на_имущество #земельный_налог #солнечные_панели

Мы установили солнечную панель мощностью 10 кВт на собственный дом с участком. Имеются ли для нас налоговые льготы?

✔️ Да, вы можете воспользоваться следующими налоговыми льготами:

- ежегодно уменьшать начисленную годовую сумму земельного налога на сумму, не превышающую 1 БРВ (375 000 сумов), при этом льгота предоставляется при наличии и регистрации прав на земельный участок.
👉ст.436 НК

- ежегодно уменьшать начисленную годовую сумму налога на имущество на сумму, не превышающую 2 БРВ (750 000 сумов).
👉 ст.421 НК

✏️Чтобы применить льготу следует самостоятельно представить в налоговые органы по месту расположения установки возобновляемых источников энергии (ВИЭ) подтверждающий документ – справку, выданную энергоснабжающей организацией.

📌 В справке должны быть указаны:
- адрес недвижимого имущества (кадастровый номер);
- дата установки ВИЭ;
- мощность в процентах аккумулятора – системы накопления электрической энергии (не менее 25%).

Льготы применяются один раз по каждому объекту с установленной ВИЭ общей мощностью более 1кВт.

Налоговые льготы применяются:
🗓 при использовании ВИЭ общей мощностью не менее 1 кВт до 100 кВт - в течение 3 лет с месяца установки;
🗓 при установке ВИЭ с системой накопления мощностью не менее 25% от мощности солнечных панелей – в течение 10 лет с месяца ввода этих панелей в эксплуатацию.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instgram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/24 18:38:48
Back to Top
HTML Embed Code: