Telegram Web
Bir ertak eshitganmisiz — turklardek gapira olasiz, degan?

Turklardek gapira olish, degani nima degani o'zi sizningcha?
Yuqorida ''turklardek gapirish'' degan jumla haqida savol qoldirgandim. Ko'p kanallarda ko'rayapman, sichqonga pishloq hidlatgandek ''klient'' jalb qilish uchun o'zi ham tushunmaydigan jumlalarni qo'shib va'dalar berib tashlagan bo'ladi. Miyani ''qonatvoradigan'' boshqa jumlalar mayli, ''turklardek gaplasha olasiz'' degan jumlaga to'xtalib o'tmoqchiman.

O'zi turk tilini o'rganib turklardek gaplasha olamizmi? Qaysi darajda bunga yetisha olamiz?

Turk tilida yuqori darajalar sifatida C1 va C1+/ C2 darajarini közdan kechiradigan bo'lsak, bu darajalarda bir xorijlik suhbat qurayotganida miyasida nimalar yuz berishi haqida oddiy usulda tushuntiraman.

C1 darajasi: Kishi tilni ravon, mantiqan bog‘langan va samarali tarzda ishlata oladi. Akademik va rasmiy muhitlarda bemalol muloqot qila oladi. Ammo hali ham mahalliy ohanglar, hazilni tushunishi, yoki iboraviy ifodalarida turklarga qaraganda kichik farqlar bo‘ladi.

C2 darajasi: Kishi tilni deyarli ona tili darajasida tushunadi va ishlata oladi. Badiiy matnlarni tushunadi, ibora va majozlarni tahlil qila oladi. O'zida ham ma'lum ibora va majoz boyliklar hosil bo'ladi. Ammo bu darajadagi qobiliyatlar boshqa davlatda uni o'sha millat oldida “bu odam bu yerda xorijlik emas” degan taassurotni to‘liq bermaydi. Tildagi mahorat shakllanadi, lekin madaniy sezgi yetishmaydi. Aksent, urg‘ular va tabiiylik odatda farq qiladi.
C2 darajasida ham kishi turk tilida ba'zida kichik talaffuz xatolari yoki o'rinsiz ifodalar ishlatishi mumkin. Mahalliy shevalarni tushunishi qiyin kechadi.
Masalan, Istanbul turkchasini juda yaxshi bilsa ham, Qora dengiz shevasi yoki Tarsus shevasini tushunishi va ishlatishi oson bo‘lmaydi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkin, C1/C2 darajasidagi xorijlik turk tilida juda yaxshi, ravon, to‘g‘ri va samarali gapirishi mumkin. Ammo “turklardek gapirish” — faqat grammatikani bilish bilan emas, bolalikdan shakllangan madaniy kodlar yoki juda uzoq vaqt turklar orasida yashash va faoliyat yurutish bilan shakllanadigan hislat.

C2 darajasida, ko‘p turklarni o'zi ham bu darajada aniq va ravon gaplasha olmaydi.

@sherzoddavlatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turklardek gapirishni o'rganasiz, deganlarga videoni yuborib, "Kursizda shunaqa gapira olamanmi? deb so'rashni ham unutmang!
Turk tili onlayn kursida noldan boshlagan guruh uchun qabul davom etyapti. Dars kunlari seshanba, payshanba va shanba soat 21:00 da.

Guruhga qo'shilish uchun
@sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.
Turkiyaning Top1000 talikda(THE, QS) bo'lgan 🇹🇷O'rta Sharq Texnika Universiteti(Orta Doğu Teknik Üniversitesi)ning magistratura va doktorantura uchun qabuli ochiq. 16-mayda qabul yakunlanadi. Natijalar 27-iyunda ochiqlanadi.

Hujjatlar onlayn topshiriladi.

Batafsil ma'lumot uchun
@sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura darslari odatda har hafta berilgan kitobda 50-70 sahifalik qismini o'qib, o'sha qismdan taqdimot tayyorlab har hafta dars davomida 1 soatcha taqdimot qilish bilan o'tadi. Bitta darsda shunaqa bo'lsa ham mayli, 3-4 ta bo"lsa azobdan boshqa narsaga aylanmaydi. Kamiga oraliq va yakuniy imtihon ham olinadi. Alam qiladigani esa, imtihon natijalari semestr bahosining 10 foizinigina tashkil qiladi. Qolgan 90 foizini esa taqdimotlar, davomat va darsdagi aktivlik qamrab oladi.

Bugun taqdimotim bor edi. Universitetga halloslab keldim. Kompyuterimga universitetdagi projektor apparatini kabeli tushmaydi. Taqdimotim bor kunlari alohida sotib olgan HTML kabelimni olib boraman.  Avtobusdan tushiboq o'sha o'lgur kabel qolib ketgani esimga tushdi. Avtobusdan tushib qarshi tomonga o'tib, yana uyga qaytib kabelni olib, dars boshlanishidan yarim soat kechikib halloslab o'qituvchini xonasiga chiqsam eshik oldida kursdoshlar to'planib turishibdi. O'qituvchi kelmabdi. Yarim soat o'tgan. Oralaridan bittasi ham o'qituvchiga telefon qilmabdi. Bakalavrdagi o'qishimdan bilaman, o'qituvchilarni telefon raqami kursda faqat bir qizda yoki o'ta a'lochi yigitda bo'ladi. Boshqa hech kimda bo'lmaydi. U o'quvchi ham yilda bir marotaba "yadroviy xavflar" vaqtida telefon qilmasa deyarli o'qituvchiga telefon qilmaydi. Kursdagi qolgan "qora xalq" o'qituvchiga shoshilinch gapi bo'lsa e-pochtasiga xabar yozadi. Unda ham javob ololsa oldi, bo'lmasa xonasini oldida qorayadi.

Guruhimda bitta ham xorijlik yo'q. O'zbekman-da, qiziqqonman. Maishiy masalalarda(gina) haqqimni talab qilishda qoni qaynaganlardanman. "Qiiil telefon!" dedim. İmranibgina telefon qildi. "Tamam, tamam" deb telefonni qo'ydi. "Kattalar kech qolmaydi, ushlanib qoladi" deb yaxshi niyatda tursam, dars esidan chiqib ketibdi, deb qoldi.  Dars vaqtidan bir soat o'tib o'qituvchi kelib xonasini ochdi. Xonadagi pahmoq kresloga uzanib o'tirganimdan keyin hovurimdan tushdim. Taqdimotni boshlashim mumkinligini aytdi. Uyga qaytib olib kelgan kabelimni ulab taqdimotni boshlay deb turganimda kotiba opa hammamizga bir "bardak"dan choy olib keldi. Taqdimotim chetda qolib gap qizib ketdi. Orada bir qizimiz "Ustoz, ishlab magistraturada o'qish qiyin bo'lyapti" deb qoldi. Orada bir yigitimiz ishlab o'qishdan noliyotgan qizimizdan oilalimisiz, deb so'rab qoldi. Qizimiz turmushga chiqmabdi hali. Men u yigitni yaxshi tushundim. Juda yaxshi his qildim.

İshlab o'qishdan nolimayman. Lekin oila bilan o'qish...(o'qirlarim orasida ayol-qizlarimiz bo'lmasa juda aniq so'z bilan ifodalab berardim)

Bakalavrni deyarli boshidan oxirigacha ishlab o'qib bitirdim. Ba'zi haftalar 10 dan ortiq imtihonga kirardim. Ba'zi kunlar qaysi fandan imtihonga borayotganimni ham bilmasdim. Ba'zan imtihonlarni yarmidan yiqilib yana qaytadan kirardim. Shunday qilib bir oyda 15 talab imtihonga kirardim. Bakalavr davrida kamida 100 marotaba imtihonga kirgan bo'lsam kerak.

Darsdan uyga qaytayotib liftdagi oynaga qaragandim. 2018-yilda Turkiyaga kelgan "Men"dan asar ham qolmabdi. Aytgandek, oynaga qaraganingizda sizda nechta ajin chiziqlari ko'rinyapti?

@sherzoddavlatov
Dars o'tishim davomida kursda ko'p kishi, har xil kasb egalari bilan yuzlashaman. Orasida doktorantlar, yuzlab talabalarga universitetda dars o'tadigan katta o'qituvchilar va akademik hayotgan endi qadam tashlayotgan yoshlar yoki tengdoshlar bilan ham ko'p muloqotda bo'laman. Afsus, ba'zi kishilar, ayniqsa oliy ma'lumotga ega kishilar bilan bog'liq achinarli holatlarga duch kelaman. Bir-ikki kunda bu haqida batafsil yozaman. O'qituvchilarimiz, tengdosh zamondoshlarim to'g'ri qabul qiladi, degan umiddaman.
Yarim kechasigacha taqdimot tayyorlab ertalab uyquga to'ymay darsga ketayotganimda mana shu tekinxo'r rayis shunaqa yotgan edi. Turkchada "Ruhsal iskence" deyiladi bunga. "Bilinçaltı iskencelenme"

Bularga yo'qmi mindey bir bog'chami, maktabmi yoki ishmi?
Anonim savol-javob.

Men haqimda qiziqtirgan va bilishni xohlagan (shaxsiy)savollaringiz bo'lsa quyidagi link orqali yo'llashingiz mumkin. İsmingiz yoki telegram manzilingiz menga ko'rinmaydi. Butunlay anonim. Qiziq savollar bo'lsa post ko'rinishida ham javob yozaman.


(İltimos, savollaringiz Turkiyada o'qish masalasida bo'lmasa yaxshi bo'lar edi. Bu masalada @sherdav_aloqa manzilidan o'zimga yozishingiz mumkin)

Anonim xat yozish
Anqarada joylashgan Anqara Yildirim Boyazid Universiteti(Ankara Yıldırım Beyazıt Üniversitesi)ning xorijliklar uchun bakalavr qabullari 19-mayda ochildi. Qabul 13-iyunda yopiladi.

Maktab attestati yoki kollej diplomi bilan topshirishingiz mumkin. Attestat bahongiz 5 ballik baholash tizimida 3.5 ball va undan yuqori, yoki 100 ballik baholash tizimida 70 foiz yoki yoki undan yuqori bo'lsa qabul qilinish ehtimolingiz ortadi. E'tibor bering, qabul qilinasiz emas, qabul qilinish ehtimoliz ortadi. Misol uchun "Bank ishi" yo'nalishida xorijliklar uchun bu yilgi qabulda 10 ta kvota berilgan. Sizni balingi 3.5 dan yuqori, ya'ni 4 yoki 5 bo'lgani bilan siz bilan birga shu yo'nalishga hujjat topshirgan boshqa nomzodlarning sizdan ko'proq yutuqlari yoki biror xorijiy til sertifikati bo'lsa siz qabul ro'yxatida pastlashingiz mumkin. Bu shunchaki ehtimollik. Tushuntirish berish uchun bu misolni keltirdim.

Hujjat topshirayotganda universitet tomonidan 50 dollar miqdorida olinadigan to'lov bor.

Natijalar 18-iyulda ochiqlanadi.


Kontrakt to'lovlari yillik 1000 dollardan 4500 dollargacha. Misol uchun ikki yillik kasbiy ta'lim yo'nalishlari 1000 dollar. 4 yillik bakalavr yo'nalishlarida eng kam kontrakt miqdori 1500 dollar.

Yaxshi universitet. Topshiring! Yaxshi imkoniyat.

Hujjatlar onlayn tarzda universitet rasmiy sayti orqali topshiriladi.
Universitet rasmiy sayti: aybu.edu.tr

Hujjat topshirishda ishonchli va sifatli xizmatlar uchun @sherdav_aloqa manzilidan yozishingiz mumkin.
Qiziq ma'lumot

Turkiyaga kelgan vaqtlarimda İstanbuldagi Osiyo va Yevropani tutashtiruvchi ba'zi ko'priklardan o'tayotgan transportlardan pul olinishiga hayron bo'lgandim. Xalqniki bo'lsa, nega pul to'lasin, deb qo'yardim.

Yaqin kunlarda Turkiya iqtisodiga qaratilgan bir tahliliy video ko'rayotganimda Turkiyadagi bir ko'prikning xavfsizligi uchun davlat xorij mamlakatlariga falon mlrd dollar to'laganini eshitib qolgandim. Shu masalada manbalarni titkilab izlanib ko'ray, degandim, ajib ma'lumotlar bilan tanishdim. Sizga ham ulashay dedim.

Tushunishimga ko'ra, davlat xorijdagi gigant kompaniyalarga "Kel, bizni mana shu joyda ko'priq qur. Harajatlar va ishchi kuchi sendan bo'ladi. Bu loyihaning hammasi yoki katta qismi senga oid bo'ladi. Qurib bo'lganingdan keyin bir necha yil bu ko'priklardan o'tish to'lovini sen olasan va muddat tugaganidan keyin ko'prik to'lig'icha bizniki bo'ladi va xayrlashamiz" deydi. Qizig'i, bu ko'priklar qurilishidan oldin har kunlik mashina o'tish soni bo'yicha Turkiya kafolat ham bergan. Misol uchun, "Osmangazi Köprüsü(quyida OK)dan  kun davomida kamida 40 ming transport o'tishi kafolati berilgan. Bu degani, har kuni o'tgan 40 ming transport to'lovi xorij valyutasida xorij kompaniyasiga Turkiya tomonidan to'lab beriladi. Agar qaysidir kun 40 mingtadan kam o'tsa Turkiya davlat g'aznasidan o'sha kamomatni to'ldirib to'lab beradi.

Hozirgi kunda OKdan bir marta o'tish narxlari quyidagicha:

• Yengi avtomobil: 20 dollar
• Mini avtobuslar: 33 dollar
• Motosikl: 14 dollar

Og'ir yuk tashuvchi transportlar:
• G'ildirak o'qi 3 ta bo'lgan transportlar: 39 dollar
• G'ildirak o'qi 4 ta bo'lgan transportlar: 52 dollar
• G'ildirak o'qi 5 ta bo'lgan transportlar: 60 dollar

Ya'ni, xalq yuqoridagi qaysidiri transport bilan o'tganida o'sha vaqtda belgilangan o'tish summasini to'laydi. Davlat kunlik hisob oladi. O''tishlar soni kuniga 40 mingta bo'lgan o'sha vaqtda belgilangan summani valyutada xorij kompaniyasiga o'tkazib beradi. Odatda bu to'lovlar yillik yoki yarim yillik hisobida amalga oshiriladi.

2023-yilda OK qurilishida ishtirok etgan xorij kompaniyalariga tahminan 2 mlrd 300 mln turk lirasi to'langan. O'sha yilgi dollar kursi bo'yicha  78 mln dollar to'langan. 2024-yilda esa 87 mln dollar.

Turkiyaning OK qurilishida Janubiy Koreyaning, orasida Hyundai kompaniyasi ham bo'lgan bir nechta kompaniyalar ishtirok etgan. Bu ko'prikning o'tish to'lovlari manbalarga ko'ra, 22 yil-u 4 oy xorij kompaniyalariga tegishli bo'ladi. Ko'prik 2016-yilda foydalanishga topshirilgan. Qurilishi 3 yil davom etgan.  Bu kabi ko'prik va tunellar bir nechta bor. Bularni orasida o'rish narxi eng qimmat bo'lgani Osmangazi Köprüsü. Quyida rasmlarini ham qoldirdim.

Bu kabi katta loyihalar xorij kompaniyalariga nega topshirilgan?

Bir nechta sabablar bilan davlat bu kabi loyihalarni xorij kompaniyalari bilan amalga oshiradi.

Asosiy sabab, ayni davrda loyiha harajatlari davlat g'aznasini "qiynamasligi" uchun. Bundan tashqari infratuzilma yetishmasligi. Oxirgi darajalarda turadigan sabablar esa, xorij kompaniyalaridan bu kabi loyihalarni qisqa vaqtda sifatli qurish taklifi tushishi, loyihani amalga oshirayotgan davlat bilan siyosiy aloqalarni yaxshilash bo'lishi mumkin.

Ashinaqa...

Post tayyorlanishida foydalanilgan manbalar: Link

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov
Turk tilini örganishda ChatGPTdan qanday foydalanish kerak?

Til örganishingizda ChatGPT 24/7 beminnat öqituvchi. Eng asosiysi xato qilsangiz jaxli chiqmaydi va asabi buzulib sizni ham asabingizni buzmaydi. Lekin töğri foydalana olmasangiz yetarli samaradorlikni ololmaysiz,yoki eng kamida zerikib qolasiz. Bunda esa sizdan bitta narsa talab qilinadi - klaviyaturada erinmay yozish. Chunki hozircha bu dasturning ovozli suhbat vaqti chegaralab qöyilgan. Örtacha 5 daqiqa gaplashganizdan keyin blokka tushadi. Yana 24 yoki 72 soat kutishiz kerak böladi.

Erinmay yoza oladigan bölsangiz marra sizinki

* Birinchi navbatda kompyuterda yozishing. Kompyuteringizga turkcha klaviyatura örnating.

* Buyruqlarni anıq bering. Misol uchun turk tilida menga har kuni 5 ta yangi söz örgat deb buyruq berib qöying. Yoki biror sözning ma'nosini bilish uchun yozayotgan bölsangiz ''Şu ne demek'' deb emas, ''Bu kelime hangi durumlarda kullanılır/ Bu kelimenin eşanlamları ve onların anlamlarını yaz'' deb buyruq berishingiz samaraliroq.

* Buyruq berish uchun ham turkchangiz yaxshiroq bölishi kerak. Agar hali boshlanğich darajada bölsangiz yoki yuqori darajada bölsangiz ham ayni damda buyruq berishda qöllaniladigan bir nechta sözni turkchasini bilmay qolsangiz buyruğingizni özbek tilida tushunarli shaklda ham berishingiz mumkin. Misol uchun: ''Men hozir sen bilan turkcha gaplashmoqchiman. Kel bir dialog shaklida gaplashamiz. Sen kafeda ofitsiantsan men mijozman. Eshikdan kirib keldim. Buyurtma berishim kerak. Sen ofitsiant sifatida turkcha gapir men esa mijoz sifatida turkcha gapiraman.'' deb buyruq berishingiz ham mumkin. Bundan tashqari ''Shu dialogimiz davomida xato yozsam yoki savolinga xato javob bersam xatomni töğirla yoki ösha savolingga eng yaxshi javob nima bölishi mumkin edi, buni ham bildirib öt'' deb qöshimcha buyruq berishingiz ham mumkin. Özbek tilida bersangiz ham böladi bu buyruqni.


* Örganayotgan saviyangizdagi matnlar berishini sörashingiz mumkin. Misol uchun: ''A2 seviyesinde metin öner'' deyishingiz mumkin.

Bularni bajarar ekansiz özingizda ham qanday foydalanish borasida fikrlar kela boshlaydi. Yozaverib zerikib qolmaslik uchun kunda bir yoki ikki-uch kunda bir ovozli suhbat ham qurib turing. Ovozli suhbatga ötishdan oldin ham oldindan buyruqlar berib qöying. Misol uchun: ''Hozir men bilan B1 saviyasida gaplash. Murakkab sözlarni sekinroq dona-dona qilib talaffuz qil. Men javoban senga gapirganimda talaffuzimdagi xatoliklarni töğirla'' deb boshidan buyruq berib qöyishingiz mumkin.

Sizda yana qanaqa savollar bor ChatGPTda tilni mashq qilish borasida?


@sherzoddavlatov
Turkiya qahvalar diyori(mi?).

İnternetdagi rasmlarda Turkiya manzarasini odatda chiroyli funjonlarda qahvalar bilan ko'ramiz. Shunday ekan Turkiya qahvalar diyori, deya olamizmi? Bir tomondan ha, ikkinchi tomonda esa yo'q!

Turkiyada asrlardir qahva suvdek iste'mol qilinadi. Bizda chekka hududlarda "kofe" madaniyati deyarli yo'q. Turklarda esa hatto chekka qishloqlardagi uylarda ham bir "cezve"(qahva pishiriladigan idish topiladi. Hatto Birinchi va İkkinchi Jahon Urushi davrlarida ocharchilik bo'lib qahva sotib olishga puli yetmagan turk xalqi no'xat, loviya, arpa, bug'doy kabi dukkakli va donli mahsulotlarni tegirmonda un holatiga keltirib qahva o'rnida qahvadek pishirib ichishgan.

Turklar uchun qahva bir xalqqa hos madaniyat holatiga kelib qolgan. Turkiya Jumhuriyatining otasi sifatida ko'riladigan Mustafo Kamol Otaturk ham kuniga kamida 3 funjon qahva ichgani aytiladi. 1900-yillar haqida gap ketyapti.

Tarixga nazar solsak turklar uchun qahvaning o'rni naqadar muhim ekanligini anglaymiz. Lekin, qiziq tomoni Turkiyada qahva yetishtirilmaydi. Turkiyaning ob-havosi qahva yetishtirishga mos emas. Turkiyada iste'mol qilinadigan qahvalar Braziliya, Vyetnam, Kolumbiya, Hindiston, Efiopiya, Gvatemala, Gonduras, Peru davlatlaridan olib kelinadi. Odatda xom holatda import qilingan qahvalar Turkiyada qovuriladi va yanchiladi.

Turklar odatda "Arabica" qahvasini iste'mol qilishadi. Qovurilgan qahvani un holatiga kelgunicha yanchishadi va "cezve"(jezve) deb nomlangan idishda suv va shakar bilan qo'shib pishirishadi. Greklar, armanlar va O'rta Sharq mamlakatlari ham shu usulda ichishadi. Starbucks kabi qahvaxona tarmoqlarida ko'radiganimiz "Esperesso" apparatida tayyorlangan qahvalardan farqi, turklar qahvani sizdirmay ichadi. Ya'ni filtrlamaydi. Shuni hisobiga funjon ostida quyqali cho'kmalar qoladi. Qo'shiladigan suv qahvaga nisbatan kam bo'lgani uchun achchiq bo'ladi va kofein miqdori ko'p bo'ladi.

Aslida qahvaning turkcha usulda tayyorlanishi bilan "Espresso" apparatida tayyorlanganda foydalaniladigan qahva miqdori deyarli teng. Faqat turkcha usuldagi tayyorlangan qahva juda kichik parcha(un) holatida bo'lgani uchun qahvadan olinadigan ta'm konsentratsiyasi yuqori bo'ladi. "Espresso"da tayyorlanadigan qahva un shaklida yanchilmaydi. Shakarga yaqin shaklda bo'ladi deyish mumkin. Ta'm o'tkirligidagi farq esa suv miqdoriga bog'liq. Starbucksda ichgan "Americano" nomli qahvangizga ko'p miqdorda suv qo'shilgani uchun achchiqlik darajasi turkcha usulda tayyorlangan qahvadan pastroq bo'ladi. Turkiyaga kelib qahvaxonada turk qahvasi ichib ko'rgan tanishlaringizdan "O'zi mittigina funjonda  olib keldi, ikki qultumda ichib tugatib qo'ydim. Juda achchiq ekan" degan gaplarini eshitgandirsiz. Aslida o'sha qahvadan olinadigan kofein miqdori bilan "Espresso" apparatida tayyorlangan jimjimador katta stakanlardagi qahvalardan olinadigan kofein miqdori deyarli bir xil. Shunchaki  "Espresso" apparatida tayyorlangan qahvalar sut, aromat va boshqa allambalo mahsulotlar bilan kishi tomog'ini achitmaydigan yoqimli holatga keltirilib Espresso, Doppio (double espresso), Americano, Macchiato, Latte, Cappuccino, Flat White, Mocha, Ristretto, Cortado nomlari ostida iste'mol qilinadi.

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov
Turk tili onlayn kursda noldan boshlayotgan A1 guruhi, B1 ni boshlayotgan guruhlarda qabul ochiq.

Murojaat uchun quyidagi tugmani bosing!
Turk tili onlayn kursida noldan boshlanadigan yangi guruh ochilyapti. Bu guruh darslari dushanba, chorshanba va juma soat 21:00 da.

Bu guruh noldan boshlashadi va sentabrdagi imtihonda B2 sertifikat oladigan darajaga chiqadi. Joylar soni chegaralangan. Guruhga yozilish uchun @sherdav_aloqa manzilidan murojaat qilishingiz mumkin.
Turkiyada xodimlar qancha maosh olishadi?

Aksar davlatlarda bo'lgani kabi Turkiyada ham xodimlar daraja, tajribasiga ko'ra darajalantirilgan maosh olishadi.

Quyidagi ro'yxat turk vatandoshlarining 2025-yildagi tahminiy oylik maoshlari. Ayni kundagi valyuta kursi bo'yicha tl da berilgan summani 3 ga bo'lib ketidan 3 ta nol qo'ysangiz so'mdagi miqdori chiqadi.

Davlat maktablari o'qituvchilari:

• Davlat shtatidagi o'qituvchi — 52 ming tl

• Mutaxassis o'qituvchi — 58 ming tl

Universitet o'qituvchilari:

• Dotsent — 98 ming tl
• Professor — 96 ming tl
• Fan doktori — 80 ming tl
• Eng kamida magistratura darajasi bo'lgan o'qituvchilar — 70 ming tl
• İlmiy xodim/ Asistent — 64 ming tl

Shifokorlar:

• Mutaxassis shifokor — 109 ming tl
• Umumiy amaliyot shifokorlari(UASh) — 66 ming tl
• Bosh shifokor — 134 ming tl

Bank xodimlari:

• Bank ishchisi(mijozlarga xizmat ko'rsatish xodimi, kredit bo'yicha kutaxassis, kassir) — 35 ming tl dan 45 ming tl gacha

• Filial boshlig'i — 65 ming tl dan 90 ming tl gacha

Restoran ishchilari(chivilardan tashqari):

• Tajribasiz ofitsiant — İsh boshida 22 ming tl

• Tajribali ofitsiant — 25 ming tl dan 30 tl gacha

• Oshpaz — eng kam maosh 33 ming 300 tl

O'rtacha maosh 41 ming 600 tl

Eng yuqori maosh 130 ming tl

Sanitar ishlarda ishlovchi oliy ma'lumoti bo'lmagan xodimlar:

• Tajribasiz xodim — 22 ming tl
• Tajribali xodim — 25 mingdan 30 ming tl gacha

• Shifoxonadagi sanitar xodim — 38 ming tl gacha

Market ishchilari:

• Kassir, rasta xodimlari — 25 ming tl

• Shef, ma'sul xodimlar — 30 ming tl dan 40 ming tl gacha


Turkiyaning o'zida bu maoshlarning darajasini solishturish uchun ba'zi ma'lumotlar:

Bir restoran ofitsianti poytaxtda ikki xonali o'rtacha ta'mirli uyda ijarada tursa ijara uchun maoshining deyarli 70 foizini ijaraga beradi.

Davlat shtatidagi bir maktab o'qituvchisi bir oylik maoshining yarmi  bilan o'rtacha saviyadagi bir konditsioner ololadi.

Bir bosh shifokor 6 oylik maoshini hech ishlatmasdan o'rtacha saviyadagi haydalgan "sedan" mashina ololadi.

Bankning oddiy xodimi uch oylik maoshi bilan oxirgi modeldagi İphone ololadi(Turkiyani o'zidan)

Bir UASh xodimi uylanmoqchi bo'lsa,  dabdabasiz o'rtacha hashamat bilan to'y qilishi uchun bir oylik maoshi bilan arzonroq to'yxona harajatini qoplayoladi.

Kanalga ulanish: @sherzoddavlatov
2025/05/28 21:11:31
Back to Top
HTML Embed Code: