Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#ВазирВаЁшлар #ЁшларОйлиги
#ОчиқМулоқот

Бугун Тошкент шаҳрида жойлашган “Миллий электр тармоқлари” АЖ бош биносида Энергетика вазири ҳамда вазирлик тизимида фаолият юритаётган ёшлар ўртасида "Вазир ва ёшлар" учрашуви бўлиб ўтди.

Учрашув очиқ мулоқот шаклида ўтказилиб, ёшлар ўзларини қизиқтирган масалалар юзасидан вазирга бевосита мурожаат қилиш, соҳадаги муаммолар ва истиқболли таклифларини баён этиш имкониятига эга бўлдилар.

Маълумот учун, мазкур тадбирда “Шўртан газ кимё мажмуаси” МЧЖдан ҳам бир гуруҳ иқтидорли, билимли ва қисқа фурсат ичида ўз соҳасининг мутахассисига айланган ёш мутахассислар фаол иштирок этди. Ёшларимиз ҳам вазирга ўз таклиф ва саволлари билан мурожаат қилиб, мулоқотда фаол қатнашдилар.

👇Бизни кузатинг

🌐
web-sayt |📹instagram |
👍 youtube |👨facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#futbol_chempionati

“O‘zbekneftgaz” AJ Kubogi–2025: Finalga yo‘llanmalar aniqlandi


“O‘zbekneftgaz” AJ Kubogi–2025 musobaqasi korxonalar jamoalari o‘rtasida sog‘lom raqobat, jamoaviy ruh va sport madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

👉
Batafsil

👇Bizni kuzating:

web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook
Forwarded from MINENERGY.UZ
Bugun, shuningdek, yoshlar “O‘zbekneftgaz” AJ Burg‘ilash ishlarini boshqarish va Modellashtirish markazlari faoliyati bilan ham tanishishdi.

Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazning eng muhim vazifalaridan biri — real vaqt rejimida burg‘ilash jarayonlarini kuzatib borishdan iboratdir.

Burg‘ilash ishlarini raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar va masofaviy monitoring tizimlari tufayli, markaz mutaxassislari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya va baxtsiz hodisalarni tezkorlik bilan aniqlash va uni oldini olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Modellashtirish markazning asosiy faoliyati — uglevodorod konlarini 3D usulda modellashtirish, mavjud geologik-texnik ma’lumotlarni raqamlashtirish va yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish hamda uni doimiy ravishda yuritish hisoblanadi.

—————

Сегодня
молодежь также ознакомилась с деятельностью Центров управления буровыми работами и моделирования АО «Узбекнефтегаз»

Одной из важнейших задач Центра управления буровыми работами является мониторинг процессов бурения в режиме реального времени.

Благодаря цифровизации буровых работ, современным технологиям и дистанционным системам мониторинга специалисты Центра смогут оперативно выявлять и предотвращать возможные аварии и несчастные случаи.

Основной деятельностью Центра моделирования являются 3D-моделирование месторождений углеводородов, оцифровка имеющихся геолого-технических данных, а также формирование и постоянное ведение единой базы данных.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#ChaqqonBarmoqlar #YoshlarOyligi

🎉 “Chaqqon Barmoqlar” musobaqasi g‘olibi aniqlandi! 🎉

Yoshlar oyligi doirasida "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJda tashkil etilgan tez yozuv bo‘yicha “Chaqqon Barmoqlar” musobaqasi yakuniga yetdi!

📅 2025-yil 19-iyun kuni Majmua test markazida o‘tkazilgan ushbu qiziqarli bellashuvda ishtirokchilar 1 daqiqa ichida kompyuter klaviaturasida eng tez va aniq yozish mahoratini namoyon etishdi.

🏆 Musobaqa g‘olibi – Ro‘ziyev Xumoyun Muzaffar o‘g‘li (Umumiy ovqatlanish bo‘linmasi boshliq o‘rinbosari) bo‘ldi!
U musobaqa davomida e’tiborlilik, aniqlik va tezkorlik fazilatlarini namoyon etib, barcha ishtirokchilardan o‘zib ketdi.

🎁 G‘olib joriy yilning 26-iyun kuni Majmua faollar zalida tashkil etiladigan "Zakovat Quiz" musobaqasi doirasida diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

Barchaga ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Yoshlarimizga shijoat va ijodiy parvoz tilaymiz!


@sgcc_uzb|@shgkm_uzb|@sgcc_yi
#YoshlarOyligi #MuruvvatUyi #SHGKMYoshlari

Mehr va e’tibor — eng katta tuhfa!


Yoshlar oyligi munosabati bilan, 2025-yil 24-iyun kuni "Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ Yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan bir guruh faol va ezgulikka oshufta yoshlar Qarshi shahridagi Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari huzuriga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida tarbiyalanuvchilarga gigiyenik vositalar, shishiriladigan basseyn va o‘yinchoqlardan iborat sovg‘alar topshirildi.

Mazkur tashrif nafaqat bolajonlar, balki yoshlarning o‘z qalbida ham chuqur iz qoldirdi. Mehr, shukronalik va insoniy qadriyatlar bilan boyigan bu kun yoshlarga katta saboq, tarbiyalanuvchilarga esa cheksiz quvonch bag‘ishladi.

Yoshlik — faqat orzu emas, balki javobgarlik, mehr va insoniylik timsoli hamdir.
Mazkur ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, uning amalga oshishiga o‘z hissasini qo‘shgan faol yoshlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Bunday tashabbuslarimiz bardavom va doimiy xarakter kasb etadi, degan umiddamiz!

Hurmat bilan,

SHGKM Yoshlar boshlang‘ich tashkiloti


@sgcc_uzb|@shgkm_uzb|@sgcc_yi
#КасабаУюшмалари120Йил #ЁшларФоруми2025 #ШГКМЁшлари

🇺🇿 “Касаба уюшмалари ёшлари – Янги Ўзбекистон бунёдкори” Республика ёшлар форуми бошланди!

Ўзбекистон касаба уюшмалари ҳаракатининг 120 йиллиги муносабати билан, ёшлар орасида юксак маънавият, ижтимоий фаоллик ва фидойилик ғояларини тарғиб этишга қаратилган мазкур форум тантанали тарзда ўз ишини бошлади.

25–26 июнь кунлари бўлиб ўтаётган тадбир Ўзбекистон Миллий боғидаги Алишер Навоий ҳайкали пойига гул қўйиш маросими билан бошланди. Бу анъана юртимизда истиқлол, миллий қадриятлар ва бирдамликка бўлган юксак ҳурмат ифодасидир.

Форумда Қашқадарё вилоятидан йирик корхона ва ташкилотларда фаолият юритаётган, турли соҳаларда ишлаб келаётган фаол ва ташаббускор ёшлар иштирок этмоқда.

Маълумот учун, ушбу нуфузли анжуманда “Шўртан газ кимё мажмуаси” МЧЖ Лойиҳалар офиси муҳандиси, ёш олим Жалилов Абдикаримбек Абдиҳалил ўғли ҳам мажмуа номидан муносиб иштирок этмоқда.

👇Бизни кузатинг

🌐
web-sayt |📹instagram |
👍 youtube |👨facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/25 07:26:13
Back to Top
HTML Embed Code: