Telegram Web
Bu manzara tanish, lekin biroz zamonaviy 🤖 Sizni qaysi do‘stingiz esingizga tushdi? Ularga jo'nating!

Telegram| instagram| Facebook
🔥9😁4👍2😎2👏1
Forwarded from CyberScience.uz
Robototexnika va dronsozlik bo'yicha musoboqa "SUMMER ROBBO-FEST 2025" da ishtirok etishga taklif qilamiz. Musobaqalar quyidagi uch yo‘nalish bo'yicha o‘tkaziladi:

Yuk tashish uchun UUAni loyihalash
Robot futbol
Robot tortishuv
- arqon tortish bo'yicha

Ro‘yxatdan o‘tish 2025 yilning 17 maydan - 30-maygacha ochiq.
📅 Musoboqa sanasi 2-iyun kuni o‘tkaziladi.

💰 Mukofot jamg‘armasi:
1-o‘rin – 5 mln so‘m
2-o‘rin – 3 mln so‘m
3-o‘rin – 1 mln so‘m


Innovatsion ko‘nikmalaringizni namoyish etishga ulgurib qoling!

‼️Musobaqa talablari
Yuk tashish uchun UUAni loyihalash
Robot futbol
Robot tortishuv (arqon tortish bo‘yich)

☎️ 99 028 89 88
🌐 www.cyberscience.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 “RoboCup-2025”: Buxoro robototexnika jamoasining Rossiyadagi xalqaro musobaqasidagi ulkan yutug‘i! 🤖🏆

2025-yil 13–15may kunlari Rossiyaning nufuzli oliygohlaridan biri Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universitetida boʻlib oʻtgan “RoboCup-2025” xalqaro musobaqasida o'quv markazimiz o‘quvchilari yuksak natijalarga erishishdi!

👨‍🎓 Ergashev Navruz jamoa rahbarligida Kamolov Kamronbek va Safarov Rustam quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 1-o‘rin — HuroCup: Sprint
🥈 2-o‘rin — HuroCup: Marathon
🥈 2-o‘rin — HuroCup: All-Round
🥈 2-o‘rin — Humanoid Soccer Entry (Junior)
🥈 2-o‘rin — FIRA HuroCup: Турнир Человекоподобных Роботов

🎓 Yosh ishtirokchilarimiz Ismailova Ziyoda va Arifov Javohir ham faxrli natijalarni qo‘lga kiritdi! Ikkalasi ham “Junior Rescue Line” yo‘nalishida TOP-5 talikka kirdi!

🇺🇿 Bu natijalar — Buxoro ta’lim tizimida robototexnika sohalariga qaratilgan chuqur e’tibor, zamonaviy metodikalar va ustozlar fidokorligining mevasidir.

Telegram| instagram| Facebook
🔥124👏3🎉3👍2
🤩🥳 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichida g‘olib bo‘lgan "RobotsAndMe" o'quv markazi o'quvchilari bilan tanishing.

🔥Joriy yilning 21-24-may kunlari Toshkent shahridagi Toshkent iqtisodiyot universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Buxoro viloyatidan 20 nafar yoshlar o'zlarining loyihalari bilan ishtirok etishdi. Maxsus komissiya tomonidan qo‘yilgan ballar natijalariga ko‘ra 11 nafar ishtirokchi g'olib deb topildi. Bulardan 3 nafari o'quv markazimiz faollari :

🌟Murodov Javohirshox Ma’murjon o‘g‘li — Aqlli hassa. Buxoro tuman

🌟Ramazonov Jahongir Abdurasul o‘g‘li — Harbiy Robot Dog. Romitan tuman

🌟Sheraliyev Akobir Husen oʻgʻli — AquaWipe. Gʻijduvon tumani

💰Tanlov g‘oliblari bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida pul mukofotlarini qo‘lga kiritib, sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Telegram| instagram| Facebook
👍5🎉32👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 1 IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI MUBORAK! 🤖🌈

Bugun — kelajagimiz egalari, orzulari cheksiz, intellekti porloq bolajonlar bayrami!
Robototexnika orqali o‘sib kelayotgan avlodning ijodkorligi, texnik tafakkuri va ixtirochilik salohiyati yanada yuksalmoqda!

🔧 Biz ishonamiz: har bir bola o‘zining ilk roboti, dasturi yoki konstruktori orqali dunyoni o‘zgartirishga qodir!
💡 Ilmga chanqoq, texnologiyaga qiziqqan yoshlar bizning faxrimiz, kelajagimizdir!

📢 Barcha kichkintoylarni, ularning ota-onalarini va ustozlarini ushbu go‘zal bayram bilan tabriklaymiz! Farzandlaringiz har doim ilmli, zukko va baxtli bo‘lishsin! 💙

#1iyun #robototexnika #bolalarbayrami #robotlarvaorzu #kelajaktexnologiyasi

Telegram| instagram| Facebook
5🔥2
24-an'anaviy bolalar anjumani yakunlandi

🗣Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan 24-an'anaviy bolalar anjumani yakunlandi.

🏆 Yopilish marosimida anjuman doirasida o‘tkazilgan loyiha va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan bolalar hamda jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi.

🏆 Xususan, “G‘oyalar maydoni” loyihasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan, “Aqlli hassa” startapining muallifi — buxorolik Javohir Murodov ya'ni "RobotsAndMe" o'quv markazi o'quvchisi diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘asi bilan mukofotlandi.

Mazkur loyiha kreativ g‘oyalar va innovatsion tashabbuslarga ega bo‘lgan bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etib, kelajakda ko‘plab iqtidorli muhandis va innovatorlarning yetishib chiqishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Telegram| instagram| Facebook
👍53🔥2
🚨 O‘zbekiston robototexnika tarixida yangi sahifa ochildi!

🤩 O'quv markazimiz o'quvchilari Rossiyada o‘tgan xalqaro robototexnika olimpiadasida ilk bor ishtirok etib, BRONZA medalini va yana bir nechta yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindor bo‘lishdi!

📍 Murmansk, Rossiya
📅 24–26 iyun, 2025-yil

🔧 “Bo‘lajak muhandislar” yo‘nalishida Butunrossiya sport dasturlash bo‘yicha:
🥇 Safarov Rustam – 1-o‘rin
🥈 Kamolov Kamronbek – 2-o‘rin

🛠Bo‘lajak muhandislar” yo‘nalishida milliy final bosqichida:
🥉 Safarov Rustam – 3-o‘rin
🥉 Kamolov Kamronbek – 3-o‘rin
🥉 Hamdamov Ozodbek – 3-o‘rin
🥉 Arifov Javohir – 3-o‘rin

⚖️ Yana bir e’tiborga molik holat:
🇺🇿 Ergashev Navruz Xakimovich ushbu olimpiadada rasmiy hakam sifatida ishtirok etib, Rossiya robototexnika federatsiyasi tomonidan rasman hakamlik malakasini olgan va musobaqa hakamlar hay’atida faol ishtirok etdilar.

💬 “Bu oddiy natija emas — bu O‘zbekiston robototexnika sohasining xalqaro maydonga chiqqan yana bir qadami!”

Telegram| instagram| Facebook
🔥21👏54👍4
☄️Buxoro yoshlari xalqaro robototexnika musobaqasida yuksak natijalarga erishdi!

“RobotsAndMe” o‘quv markazi o'quvchilari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 2025-yil iyun oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “First Tech Challenge Dubai Off-Season” xalqaro robototexnika musobaqasida ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.


🥇 Yakkaxon bahslar bo‘yicha — 1-o‘rin
🥈 Umumjamoa hisobida — 2-o‘rin
🎖 “Eng yaxshi boshqaruv” nominatsiyasi g‘olibi


⚙️ Ushbu yutuqlarda quyidagi Buxorolik o‘quvchilar alohida ajralib turdi:

🔹 Sodikov Shukrullo – 12-IDUM maktabi
🔹 Narziyev Akbarshoh – 1-maktab
🔹 Nazarov Asadbek – 33-maktab
🔹 Azimov Mirsaid – 20-maktab
🔹 Hafizov Shohruhmirzo – 17-maktab


🏆 Bu yutuqlar – ularning fidokorona mehnati, robototexnikaga bo‘lgan qiziqishi va “RobotsAndMe” o‘quv markazida olgan bilimlari natijasidir. Bunday xalqaro muvaffaqiyatlar – nafaqat Buxoro yoshlari, balki butun O‘zbekistonning texnologik kelajagi porloq ekanining yaqqol dalilidir!
2👍7🔥51👏1
2025/07/08 14:20:09
Back to Top
HTML Embed Code: