Telegram Web
Forwarded from Digital.uz
💻 Coursera Day'da ta’lim va mehnat bozoridagi tendensiyalar muhokama etildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Ta'lim Uyushmasi, Raqamli Ta'limni Rivojlantirish markazi hamda Coursera platformasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda sun’iy intellekt, ta’lim va mehnat bozoridagi yangiliklar muhokama etildi.

100 dan ortiq yoshlarni qamrab olgan mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov 300dan ortiq xalqaro universitetlar hamda kompaniyalarning dasturlarini o’z ichiga olgan Coursera ta’lim platformasi yordamida kelajak kasblarida ta’lim olish, IT yo’nalishida xalqaro darajada ta’lim sertifikatlarini qo’lga kiritish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/54465

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Digital.uz
GameFest 2025 — Oʻzbekistonda oʻyinlar va animatsiya ekotizimini rivojlantirish sari muhim qadam

16-may kuni Toshkentdagi IT Park Uzbekistan hududida Oʻzbekistondagi eng yirik raqamli kreativ tadbirlardan biri — xalqaro GameFest 2025 festivali boʻlib oʻtdi.

Festival Raqamli texnologiyalar vazirligi va Uzbekistan Creative Association tomonidan tashkil etilib, oʻyin ishlab chiquvchilar, animatorlar, startapchilar, investorlar va xalqaro akademiyalar hamda studiyalar vakillarini bir joyga jamladi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/54556

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
APIO 2025 boshlandi: Unda 40 ta davlatdan 900 ga yaqin Iqtidorli yoshlar bellashmoqda

🏆 17-18-may kunlari O‘zbekiston tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi bu yil 40 dan ziyod davlatdan 900 ga yaqin o‘quvchi yoshlarni qamrab oldi.

🌐Quvonarli jihati, onlayn shaklda tashkil etiluvchi APIO musobaqasida joriy yilda 🇸🇬Singapur, 🇨🇳Xitoy, 🇰🇷Koreya, 🇹🇼Tayvan, 🇲🇾Malayziya kabi Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlardan tashqari, 🇲🇽Meksika, 🇧🇷Braziliya, ⭐️Saudiya Arabistoni, 🇯🇴Iordaniya, 🇹🇳Tunis kabi davlatlar ham ishtirok etmoqda. Bu esa musobaqa o‘zining an’anaviy mintaqasidan tashqariga chiqayotganidan dalolat beradi.

APIO Toshkent vaqti bilan 17-may soat 07:00 dan 18-may soat 19:00ga qadar, jami 36 soatlik vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa qoidalari bo‘yicha, har bir davlat ro‘yxatdan o‘tish jarayonida o‘ziga qulay 5 soatlik vaqt oralig‘ini belgilagan. Ishtirokchilar aynan shu belgilangan 5 soat davomida berilgan masalalarga yechim ishlab taqdim etishi lozim.

📍O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun APIO 2025 18-may kuni soat 10:00da boshlanadi. Bunda saralab olingan iqtidorli yoshlar Toshkentdagi School 21 dasturlash maktabida bellashadi.

🎆Biz barcha ishtirokchilarga omad, tezkor fikrlash va murakkab masalalarni yechishda muvaffaqiyat tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥4🎉1
"Bir million o‘zbek dasturchisi" loyihasi doirasida 280 mingdan ortiq yoshlar IT kurslarni bepul oʻqib, sertifikatga ega boʻlishdi

⭐️Oxirgi 4 oy davomida "Bir million o‘zbek dasturchisi" loyihasi doirasida uzbekcoders.uz platformasi orqalii 300 mingdan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tdi.

↗️ Eng yuqori oʻsish koʻrsatkichlari Sirdaryo, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan.

⭐️Shuningdek, ushbu loyihada ishtirok etgan qizlar ulushi 51 foizdan oshganini ham kuzatish mumkin.

Uzbekcoders.uz platformasida bepul taqdim etilayotgan onlayn kurslar hamda loyiha haqida oʻz fikringizni izohlarda qoldiring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥2👏1
2025/10/24 20:23:39
Back to Top
HTML Embed Code: