Telegram Web
Forwarded from Digital.uz
Yevropa qizlar olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta medalni qo‘lga kiritishdi

🏆 “EGOI-2025” – Yevropa qizlar olimpiadasining yakuniy natijalar e’lon qilindi. Unga ko’ra, O‘zbekiston terma jamoasi qizlari umumiy hisobda 2 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi.


🥉Bronza medali — Oysha Mirzatillayeva, Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf o’quvchisi.
🥉Bronza medali — Malika Xojamuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 9-sinf o‘quvchisi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazining yarim yillik natijalari sarhisobi bilan tanishing

📖2025-yilning ilk yarmida Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi qator muhim tashabbuslarni amalga oshirdi. Quyida markaz tomonidan erishilgan asosiy natijalar va ko‘rsatkichlar bilan tanishishingiz mumkin.

⬇️6 oylik natijalar sarhisobiga koʻra:
➡️Samarqand va Fargʻona viloyatlarida “IT shaharcha”lar foydalanishga topshirildi;
➡️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining ilk 130 nafar bitiruvchilariga diplom topshirildi;
➡️Uzbekcoders.uz portalidan 571 mingdan ziyod foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi, shulardan 327 mingdan ortigʻi sertifikatlarni qoʻlga kiritdi;
➡️“IT-talents” loyihasi doirasida IT akademiyalarga 668 mln soʻm subsidiya ajratildi;
➡️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida 1000 nafardan saralangan 80 nafar oʻquvchilar Nukus shahrida taʼlim olishni boshlashdi;
➡️Xalqaro IT sertifikat olgan 1858 nafar yoshlarga jami 7,7 mlrd. so‘m miqdoridagi xarajatlari qoplandi;
➡️“Leader Online” bilan hamkorlikda 658 nafar oʻquvchi kiberxavfsizlik kursida oʻqitildi;
➡️“InfoTeach-2025” forumi doirasida 5000 dan ortiq informatika fani oʻqituvchilarining malakalari oshirildi;
➡️ITStudy.uz platformasi orqali 35 mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari zamonaviy IT kasblarga o‘qitildi.


⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4👏4🎉2
🎓 Abituriyentlar uchun ochiq muloqot boshlandi!

2025/2026-o‘quv yili uchun test sinovlari yakuniga yetdi. Endi esa oldingizda eng muhim qarorlardan biri turibdi — qaysi universitet va qaysi mutaxassislikni tanlash kerak?

Agar siz kelajagingizni axborot texnologiyalari sohasi bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, ushbu ochiq muloqotda qatnashing.

🗣Jonli efirni quyidagi havolalar orqali ko'rishingiz mumkin.


➡️YouTube: https://www.youtube.com/live/UC1aFPl39Xc?si=lk-s4n-Hzs4weAaL

➡️ Facebook: https://www.facebook.com/share/v/16anrkEifQ/


📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2
“Maʼlumotlar tahlili” asoslari boʻyicha bepul onlayn kurslar boshlanadi

📖Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi Armanistonning “Armenian Code Academy” taʼlim markazi bilan hamkorlikda “ACA Navigator II” loyihasini boshlamoqda.

Loyiha ishtirokchilari nimalarni o‘rganadilar?
➡️Ma’lumotlar tahlili nima?;
➡️Ma’lumotlar bilan ishlash asoslari;
➡️Tahlilchi asboblari;
➡️Samarali rezyume tuzish.

⚜️Siz uchun ajoyib imkoniyat:
➡️O‘qitish tili: oʻzbek tili;
➡️Format: onlayn;
➡️Qulay vaqt: soat 20:00;
➡️Davomiyligi: 1,5-2 soat;
➡️4 ta vebinar (haftasiga 2 ta vebinar);
➡️Narxi: bepul.


🔗Batafsil maʼlumot olish hamda roʻyxatdan oʻtish uchun havola (https://bootcamps.aca.am/danavigatoruz);

❗️Arizalar 10-avgustga qadar qabul qilinadi!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍1💯1
Forwarded from Digital.uz
Yaponiyaning Orion Computer kompaniyasi Oʻzbekistonda IT va yapon tiliga ixtisoslashgan maktab tashkil etadi

Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari R. Karimjonov hamda vazir maslahatchisi Sakuray Akihiro boshchiligida Orion Computer kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan Oʻzbekistonda IT va yapon tiliga ixtisoslashgan maktabni tashkil etish rejasi haqida maʼlumot berildi.

💡Uchrashuvda quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:

– Orion Computer tomonidan IT va yapon tili maktabini ochish;
– Yaponiya uchun IT sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tezlashtirish va autsorsing salohiyatini rivojlantirish;
– Yaponiya standartlariga mos oʻquv dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
– Yapon kompaniyalari va Oʻzbekiston IT sohasi oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish.


✏️Orion Computer kompaniyasi joriy yil sentabr oyida boʻlib oʻtadigan ICT Week tadbirida ishtirok etishni va ushbu tashrif doirasida Oʻzbekistondagi rasmiy vakolatxonasini ochish masalasini yakuniy hal qilishni rejalashtirmoqda.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ICT WEEK UZBEKISTAN 2025
ICT Week Uzbekistan 2025 дунёдаги етакчи экспертларни келажак технологияларини муҳокама қилиш учун бирлаштиради

23–26 сентябрь кунлари Тошкентдаги CAEx мажмуасида мамлакатнинг энг йирик IT тадбири бўлиб ўтади.

50 дан ортиқ давлат, 300 дан ортиқ компания ва 20 000 дан ортиқ иштирокчи сунъий интеллект, рақамли трансформация ҳамда келажак технологиялари ҳақида фикр алмашиш учун йиғилади.

Ҳамкорлар: Uzum, Startup Qatar, Huawei, ZTE, Datavolt, Yandex Uzbekistan, IT Park, Uztelecom, Beeline, HP, INHA, Sarkor Telecom ва бошқалар.

Рўйхатдан ўтишга шошилинг: https://ictweek.uz/oz/register/visitor

Батафсил

☎️ (+998) 55-511-07-77
📧 [email protected]

Telegram
👍4
Forwarded from Digital.uz
🏢 Qoraqalpog‘istonda “IT-shaharcha” ochildi

🏷Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun 60 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy “IT-shaharcha” o‘z faoliyatini boshladi.


🌟 Loyiha doirasida 5–11-sinf o‘quvchilari boshlang‘ich darajadagi raqamli texnologiya va xorijiy tillar bo‘yicha yangi bilimlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

↪️Chimboydagi “IT-shaharcha”da quyidagi yo‘nalishlarda ta’lim beriladi:
Dasturlash
Ingliz va koreys tillari
Grafik dizayn va robototexnika

🔺 Bugungi kunga qadar Sirdaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida faoliyat yuritayotgan “IT-shaharcha” larda 1 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar zamonaviy IT va xorijiy tillarga o‘qitilmoqda. Ularda jami 25 nafar tajribali mentorlar faoliyat olib bormoqda.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/81773

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥6👏2
2025/10/22 15:19:23
Back to Top
HTML Embed Code: