Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
6466 - Telegram Web
Telegram Web
Joriy yilning 5 may kuni Qoʻqon mintaqaviy temir yoʻl uzeli filiali bosh muhandisi U.R.Majidov tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Z.G‘.Narzullaevning 29.10.2024y kunidagi bayonnomasi qaroriga asosan  Qoʻqon stansiyasida og‘irlikni o‘lchovchi statistik elektron tarozi qurilishi jarayonlari yakunlanib, tarozini oʻrnatish jarayonini ko'zdan kechirildi hamda ishlarni jadallashtirish va ish sifatini oshirish boʻyicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram
O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.SH.Narimov rahbarligida Fargʻona transport prokurori I.A.Akbarov, “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i B.P. Milladjanov Andijon viloyatidagi Xonobod stansiyasi va vokzaliga xizmat safari uyushtirdi.

Safar davomida u stansiya va vokzal hududini ko‘zdan kechirdi, mavjud infratuzilma, texnik jihozlanganlik darajasi va harakat xavfsizligi ta’minlanishi bo‘yicha holatni batafsil o‘rgandi.

Shuningdek, stansiyadagi ishlar tashkil etilishi, xodimlarning mehnat sharoitlari va xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha monitoring o‘tkazildi. B.P. Milladjanov xodimlar bilan suhbatlashib, ularning ish faoliyati, xizmat intizomi va mas’uliyat darajasini muhokama qildi.

Ushbu tashrif davomida aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish va stansiya ishini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Mashinistning elektron marshruti – Raqamli texnologiyalar orqali temir yo‘l sohasida yangi bosqich

🚉O‘zbekiston temir yo‘llari sohasida yana bir muhim raqamli yechim – “Mashinistning elektron marshruti” axborot tizimi yakuniy sinov tariqasida foydalanishga topshirildi. Ushbu tizimni joriy etishdan asosiy maqsad – lokomotiv mashinistlarining harakatini, rejalashtirilgan va real vaqtdagi yo‘nalish ma’lumotlarini raqamlashtirish orqali nazorat qilish, xavfsizlikni oshirish va ish jarayonlarini optimallashtirishdir.

Tizimning asosiy afzalliklari:
Raqamli boshqaruv: Endilikda mashinistlar yuritadigan an’anaviy qog‘ozli hujjatlar elektron shaklga o‘tkazildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha marshrut, to‘xtash punktlari va texnik ko‘rsatkichlar elektron qurilmalar orqali taqdim etiladi.
Real vaqt monitoringi: Har bir lokomotiv va yo‘nalishga chiqgan mashinist va mashinist yordamchilari haqida ma’lumotlar, marshrutga amal qilinishi va vaqti real vaqt rejimida markaziy boshqaruvga uzatiladi. Bu esa nazorat tizimini yanada kuchaytiradi.
Xavfsizlik va intizom: Elektron tizim yordamida mehnat intizomi va mashinistlarning ish yuklamasi kuzatib boriladi. Favqulodda holatlarda esa tezkor ogohlantirishlar yuboriladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtlari va ko‘rsatkichlari.
Tejamkorlik: Qog‘oz aylanishi kamayadi va ortiqcha vaqtdan yutiladi.
Oylik maosh: Mashinist har bir yo‘nalishga borib kelib elektron marshrut yakunlangandan so‘ng mashinistning shaxsiy kabinetida unga yozilgan maosh puli onlayn ko‘rinib turadi.

🚉“Mashinistning elektron marshruti” axborot tizimi – bu temir yo‘l transportida samaradorlik va xavfsizlikni ta’minlovchi zamonaviy yondashuvdir. Uning joriy etilishi O‘zbekiston temir yo‘l sohasida raqamli transformatsiyaning yana bir amaliy natijasi bo‘lib, transport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

App Store / Play market

#elektronmarshrut #EMM #mashinist

https://youtu.be/s_1UOlMuC-U?si=IbsNmYMNM8yjif6b
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harakat xavfsizligi kuni doirasida tekshiruv o‘tkazildi
📅 2025-yil 7-may kuni Qo‘qon MTU filiali bosh muhandisi U.R. Majidov tomonidan Harakat xavfsizligi kuni munosabati bilan Pop-2 va Qo‘shminor bekatlarida amaliy tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida temir yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha belgilangan talablar, xo‘jaliklarning texnik holati, ishlab chiqarish intizomi va mavjud infratuzilma holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
📌 Xususan:
Harakat xavfsizligiga oid normativ talablarning bajarilishi,
Bekatlarda tozalik va tartib-intizom holati,
Xodimlarning bilim darajasi va ishga munosabati,
Mavjud kamchilik va ularning sabablari tahlil qilindi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mutasaddi mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ularning bartaraf etilishi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.
Bunday tekshiruvlar harakat xavfsizligini ta'minlash, texnik holatni doimiy nazoratda saqlash va temiryo‘l infratuzilmasining uzluksiz ishlashini ta'minlashga xizmat qiladi.
2025/05/19 03:09:15
Back to Top
HTML Embed Code: