Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Sentabr oyida nashr qilingan yangi kitoblar

✔️ Oʻtgan oy mobaynida kitobxonlarga taqdim qilgan asarlarimiz ketma-ketligi bilan tanishtiramiz!

📚 Kuz faslida bir piyola choy ustida oʻqiladigan kitoblar:

“Sentabr. Xazon fasli” – xazonlarda qolgan muhabbat qissasi.

“Laylo” – 16 yoshli bosniyalik musulmon qizning asirlikda kechgan hayot uchun kurashi.

“Dengiz boʻrisi” – adabiyotshunos yigit va kema kapitani o’rtasidagi ziddiyatlar, dengizdagi muhabbat qissasi.

“Hesse. Gʻildiraklar ostida” - iste’dodli oʻsmirning orzulari va jamiyat bosimi oʻrtasidagi kurash.

Sentabr oyida qishga ulgurmaganlar, yuqoridagi kitoblarning qaysilarini oktabr oyida mutolaa qilishni reja qildingiz? 👀

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
183❤‍🔥3🔥3🎉2🕊1😍1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳 “Salom, Pekin!” TEZ KUNDA SOTUVDA!

Bir qarashda bu oddiy safar, aslida esa butun hayotni o‘zgartiruvchi yo‘l edi. Xiyonatdan so‘ng qalbi chil-parchin bo‘lgan qizning Pekindagi hikoyasi sizni aniq befarq qoldirmaydi.

📍 Asmo begona shaharda o‘zini yo‘qotmaydi – yangi madaniyat, yangi insonlar va kutilmagan muhabbat orqali yashashga qayta ishonch topadi.

💌 Muhabbat va e’tiqod sinovlari haqida indoneziyalik mashhur yozuvchi Asmo Nadiya qalamidan yozilgan bu roman qalbingiz tubiga yashiringan tuygʻularni uygʻotib yuboradi.

Tez kunda Qamar do‘konlarida!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😢2015🥰31👏1🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ertak — kichkintoyingiz uchun yangi sarguzasht!

Bolalik bu – tasavvur olami.
🧚‍♀️ Ertaklar esa bolaning orzularini parvoz qildiradigan sehrli qanotdir.

📖 Ertak o‘qish orqali:

Bolangizning tasavvuri va ijodiy fikrlashi rivojlanadi;
Yaxshi-yomonni ajratishni o‘rganadi;
Til boyligi va nutqi chiroyli bo‘lib boradi;
Siz bilan vaqtini unumli o‘tkazadi❤️

Bugun kitob sovg‘a qiling – ertaga u bilimdon, dono va dunyoqarashi keng inson bo‘lib ulg‘ayadi!

Bolajonlaringiz uchun eng sara ertak kitoblarini tanlang va ularni sehrli olamga yo‘llang!

Oxirgi marta qachon farzandingizga kitob xarid qildingiz? 😇

📍 Videodagi kitoblarni kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
15❤‍🔥42👏2🕊2🔥1😍1
SOTUVDA!

📚 “Sabot ul-ojizin” – So‘fi Olloyor hazratlari tomonidan yozilgan mashhur aqiydaga oid nazmiy asar bo‘lib, o‘zbek mumtoz adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Asarda tavhid, ilm, taqvo, nafsga qarshi kurash, sabr, halollik kabi mavzular bilan bir qatorda, Allohga muhabbat, dunyo ishlariga bog‘lanmaslik, pokiza axloq va sof iymon g‘oyalarini targ‘ib etilgan.

“Sabot ul-ojizin” – har bir musulmon uchun qalbni poklash, axloqiy yuksalishga chorlovchi bebaho ma’naviy qo‘llanmadir.

• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifasi - 112 bet.

📚 “Ustodi avval” 1328-hijriy (1909-milodiy) yilda toshkentlik Mulla Sayyid Rasulxo‘ja domla Sayyid Azizxo‘ja Maxdum muftiy o‘g‘li tomonidan ta’lif etilgan va toshbosma yo‘li bilan nashr etilgan edi.

Kitobcha saboqlarning izchil bir tartibda bayon qilinganligi, qoidaga mos misollarning ko‘pligi, soddadan murakkablik tomon yo‘nalishi, jumlalar va hikoyatlarning katta ta’limiy ahamiyatga ega ekanligi jihatidan boshqa alifbolardan ajralib turadi.

• Muqovasi - yumshoq;
• Sahifasi - 108 bet.

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17❤‍🔥5😍31
Qalbingizga taskin kerak payti har qanday so’z alohida ahamiyatga ega bo’ladi

📖 Yiqilgan joyingizdan turishingiz, boshlamagan boʻlsangiz boshlashingiz, baxtli ekanligingizni his qilishingiz uchun yozilgan – "Qalbga taskin bitiklar" aynan siz izlagan kitob!

🤍 Bu kitob – qalbingizga quvvat, ruhingizga chiroq, hayotingizga yo‘l-yo‘riq bo‘la oladigan samimiy satrlardan iborat.

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 184 bet.

⏩️ Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10❤‍🔥9👏61🥰1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤️‍🩹 “Yashamoq”dan keyin yashab ketganlar bormi?

▶️"Yashamoq"ning darsi – oʻlim. Kelmoq va ketmoqning orasi – "Yashamoq".

Fugui otasi, onasi, ayoli, oʻgʻli, qizi, kuyovi va nabirasini tuproqqa qoʻyib ham yashashda davom etdi. Inson qanchalar sabrli qilib yaratilganini koʻrsatib berdi.

Asar hayotni, yoningizdagilarni qadrlashga chaqiradi, shukr hissini uygʻotadi. Tili sodda, yurakka yaqin. Oʻqish oson, lekin unutish qiyin...

📕 Daryo-daryo koʻz yoshlariga sabab boʻlgan bu asarni oʻqimagan boʻlsangiz, hozir boshlashning ayni vaqti!

• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 278 bet;

📍 Kitob doʻkonlaridan soʻrang!

@qamarnashriyoti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27🥰5😁4🔥3😢3😍1
2025/10/04 03:01:55
Back to Top
HTML Embed Code: