Telegram Web
🔈 Test kodi:3762
📌Savollar soni: 25 ta

🟢 Boshlanish vaqti: 2025-29-04 19:00
🔴 Tugash vaqti: 2025-29-04 21:00

🔜 Bugun 21:00 gacha javoblar qabul qilinadi!

📊Test javoblarini @TeastMebot ga yuboring va o'z natijangizni bilib oling!

@TeastMebot
@TeastMebot
@TeastMebot
@TeastMebot

🔈 Do'stlarni ham chorlang va kuch sinashing!

https://www.tgoop.com/prmaktab
https://www.tgoop.com/prmaktab
https://www.tgoop.com/prmaktab
https://www.tgoop.com/prmaktab

🇺🇿 Respublika bo'ylab Prezident maktablariga tayyorlov maxsus kanali: @prmaktab

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⭐️

😎Telegram| 😎Instagram|

😎Facebook|😎You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Test tugash vaqti 22:00 gacha cho'zildi
Hamma bemalol ishlashi mumkin

Faqat test kodini 3764 qilib yuborasiz!

@Prmaktab
Forwarded from TeastMe
3764 raqamli IMO 3 testi yakuniga yetgan, to'liq ma'lumot:

Boshlangan vaqti: None
Tugagan vaqti: None

To'g'ri javoblar: bcabadddbbaabdbcbacbabacc
Qatnashchilar soni: 42 ta

Natijalarni ko'rish uchun quyidagi tugmadan foydalaning.
Forwarded from Hilola Umarova
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi Al-Xorazmiy universiteti tashkil etiladi;

Universitet faoliyatini strategik rivojlantirish maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri raisligida Kuzatuv kengash tomonidan amalga oshiriladi. Bunda Kuzatuv kengashi tarkibi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

Universitetda taʼlim jarayoni 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab tashkil etiladi, talabalarni oʻqitish davlat va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;

Universitetda taʼlim jarayoni Yangi Oʻzbekiston universiteti tajribasi asosida Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy Xalq Respublikasi, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boriladi;

V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining Urganch filiali faoliyati Universitet binosida yoʻlga qoʻyiladi hamda har bir ilmiy xodimga talaba biriktirish amaliyoti joriy qilinadi;

Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

Universitet huzurida Sanoat kengashi va salohiyatli talabalar uchun Sanoat hamkori stipendiyasi tashkil etiladi.

👉 Shuningdek, mazkur qaror bilan:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali tashkil etiladi va bu yerda oʻquv jarayoni 7 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha olib boriladi;

oʻquvchilar tanlovi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining matematika va informatika fanlari boʻyicha qobiliyati bor 4-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;

ixtisoslashtirilgan maktabning muhandislik taʼlim dasturlari Al-Xorazmiy universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;

muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini Al-Xorazmiy universitetining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishida 2-bosqichdan davom ettirish imkoni yaratiladi.

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

Murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

Shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirayotgan ilmli, munosib o‘quvchilarimizga omad tilayman!

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

🤩 Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli joriy yilning 1–20-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

QULAYLIKLAR:
📞 1206 call-markaz ishga tushdi (09:00–18:00);
🤖 piima_admission chatboti orqali savollarga javob beriladi;
👨‍💻Agentlik tizimidagi har bir maktabda maxsus shtablar tashkil etildi (09:00–18:00).

🟢HUJJAT TOPSHIRISH SAYTLARI:
▪️my.gov.uz
▪️ariza.piima.uz

Kirish imtihonlari: 2025-yil iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

🕊Telegram |🕊X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Prezident_maktablari
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

☎️ Call-markaz: 1206

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоларига табрик

Поздравление членам национальной сборной команды Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Top-10 talik universitetlarga kirish uchun yangi imkoniyat!

💥 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatida respublikamiz va dunyo tajribasining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassam etadigan zamonaviy o'quv dasturlari asosida ta'lim beriladi.

O‘quvchilar dunyoning yetakchi universitetlariga muvaffaqiyatli kirish uchun tayyorlanadi.

Ariza topshirish 25-iyungacha onlayn tarzda
my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789


@alberuniyuzb
2025/06/14 03:21:04
Back to Top
HTML Embed Code: