Telegram Web
Dunyodagi eng zo'r ishlaydigan top 10 Android smartfonlar (global ro'yxat)

Smartfonlarning ishlashini baholashda eng ko'p ishlatiladigan AnTuTu platformasi jamoasi joriy yilning aprel oyiga ko'ra eng yaxshi ishlaydigan dunyodagi top 10 Android smartfonlar ro'yxatini e'lon qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.05.2023
Razr 40 va Razr 40 Ultra buklamafonlarining ehtimoliy rasmiy renderlari tarqalib ketdi!

Buklamafonlar bozori kundan-kunga yangi o'yinchilar bilan to'lib, buklanadigan smartfonlar ommalashishda davom etmoqda va biz endilikda bir vaqtning o'zida ham oddiy va ham flagman modellar taqdim qilinadigan davrga qadam qo'ymoqdamiz – Motorola kompaniyasi tez orada o'zining Razr 40 buklamafonlari seriyasini taqdim qilishga tayyorlanmoqda.

📣 IT news | © Terabayt.uz  12.05.2023
Eski Google akkauntingiz o'chirib yuborilishi xavfi ostida!

2020-yilda Google bo'sh joy yaratish uchun foydalanilmayotgan akkauntdagi kontentni (akkauntni o'zini emas) o'chirib yuborishini ma'lum qilgan edi. Biroq, endi kompaniya "aktiv bo'lmagan akkaunt" bilan bog'liq qoidalarini yangilamoqda va endilikda ular to'liq o'chirib yuboriladi. Bu haqda u o'z blogida xabar bermoqda (9To5Google orqali).

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.05.2023
Yoz Motorola'ning yangi buklamafonlari bilan boshlanadi!

Garchi buklamafonlar bozorida yetarlicha tanilib bo'lgan bo'lishsa ham, Motorola va Samsung kompaniyalari o'zlarining bu mashhurliklarini saqlab qolish uchun kurashishlari kerak – buklamafonlar bozoriga yangi raqobatchilar qo'shilishi fonida Samsung va Motorola ham o'zlarining yangi avlod buklamafonlarini taqdim qilishga shoshishmoqda. Ikkala kompaniyalar ham o'zlarining o'tgan yilning avgustidagi taqdimotlaridan so'ng bu yilgi buklamafonlarini ertaroq, iyun oyida taqdim qilishlari kutilmoqda. Janubiy Koreya kompaniyasi o'zining Galaxy Z buklamafonlarini 26-iyul kuni taqdim qilishi mish-mish qilanayotgan bir vaqtda Motorola'ning yangi avlod Razr'lari undan ham ertaroq taqdim qilinishi rasman ma'lum bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.05.2023
Telegram'dan xavfsizlik zaifligi topildimi?

Google injinerlaridan biri, Dan Reva messenjerning macOS versiyasida xavfsizlik zaifligini aniqladi va bu kiberxavfsizlik bo'yicha tadqiqotchi Mett Yoxansen orqali e'lon qilindi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  17.05.2023
ChatGPT endi smartfoningizda!

O'tgan yilning noyabr oyida taqdim qilingan ChatGPT xizmati qisqa vaqt ichida juda katta auditoriyani o'ziga jalb qildi – garchi OpenAI buni rasman tasdiqlamagan bo'lsa ham, ba'zi tahminlarga ko'ra sun'iy intellekt chatboti foydalanuvchilari soni joriy yilning yanvar oyiga kelib 100 milliondan oshgan. Shunga qaramay kompaniya endigina uning mobil ilovasini chiqardi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  19.05.2023
Meta kompaniyasi Twitter "qotili"ni tayyorlamoqda!

Twitter'ni sotib olgach, Ilon Mask unda ko'plab sezilarli o'zgarishlarni amalga oshirdi, biroq ularning hammasi ham ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yoqmadi va ular Twitter muqobillarini qidira boshladilar. Natijada Mastodon kabi boshqa platformalar ancha ommalashdi. Hozir ham Twitter obunachilarini yo'qotishda davom etar ekan, uning o'rnini egallash uchun xuddi shunday mikroblogging platformalar ishlab chiqilmoqda: biri sobiq Twitter rahbari, Jek Dorsi tomonidan yaratilayotgan BlueSky bo'lsa, yana biri ijtimoiy tarmoqlar giganti, Meta tomonidan tayyorlanayotgan yangi ilova bo'ladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.05.2023
INFINIX’dan mobil o‘yinlarning yangi darajasi

2023 yilning 16 may kuni poytaxtimizdagi eng hashamatli mehmonxonalardan biri – InterContinental’da yangi modellar taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahilarimizda xabar bergandik. Unda Terabayt.uz sayti tahririyati ham ishtirok etib, taqdimotni onlayn tarzda Instagram va Telegram orqali jonli efirda yoritib bordi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  20.05.2023
Xuddi Galaxy S23 smartfonlari kabi Xiaomi Civi 3 ham o'zining maxsus chipsetiga ega bo'ladi

Xiaomi o'z smartfonlari orasida eng "chiroyli"sining yangi avlodini chiqarishga tayyorlanmoqda – kompaniya bu yilgi Xiaomi Civi 3 haqidagi ilk ma'lumotni ochiqladi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  21.05.2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy taʼlim kerakmi? I SariqDev bilan suhbat
#motivatsiya

@SariqDev, @MohirDev, @MohirAIChatBot va boshqa bir qancha foydali loyihalar muallifi va nihoyat Osmondagi bolalar koʻrsatuviga chiqibdi.

Tuli xildagi tentakcha give'larga vaqt ketkazmasdan ilmli insonning suhbatidan bahramand boʻling.

Toʻliq intervyu

♻️ IT news | Tg Bots kanalini kuzatib boring
Xiaomi Civi 3 qachon chiqarilishini rasman e'lon qildi

Bir necha yil avval Xiaomi o'z smartfonlari orasida tashqi ko'rinishiga ko'proq urg'u beriladigan Civi modelini taqdim qilgan edi. Bu yilga kelib esa kompaniya uning uchinchi avlodini namoyish qilishga tayyorlanmoqda – taqdimot sanasi yaqinlashar ekan Xiaomi Civi 3 rasmiy suratlarda ko'rsatildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  22.05.2023
Xayr WinRAR yoxud Windows 11 endi RAR fayllarni ortiqcha dasturlarsiz ochish imkoniyatiga ega bo'ladi!

Microsoft Build dasturchilar konferensiyasining bu yilgi soni kechadan boshlandi va u bir necha kun davom etadi. Ilk kundanoq kompaniya o'zining servislari bilan bog'liq ko'plab yangilik va o'zgarishlarni e'lon qildi. Kutilganidek, tadbir sun'iy intellektga boy bo'ldi va shu bilan birga Windows ham chetda qolib ketmadi yoxud operatsion tizimga ham muhim yangiliklar qo'shilayotgani ma'lum bo'ldi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  24.05.2023
Taniqli Android ilova sizning ham ovozingizni har 15 daqiqada yozib kelgan bo'lishi mumkin

Smartfon ekranini videoga yozib olish imkonini beradigan "iRecorder – Screen Recorder" nomli Android ilova 2021-yilning sentabr oyida Google Play Store do'koniga kiritilgan edi. Avvaliga "toza" va ishonchli ko'ringan dastur oradan bir yil o'tgach "asl basharasini" ko'rsatdi. Bu haqda ESET tadqiqotchilaridan biri – Lukas Stefanko tomonidan xabar bermoqda (The Verge orqali).

📣 IT news | © Terabayt.uz  25.05.2023
YouTube'da "hikoya"lar o'z yakuniga yetmoqda

Asli Reels nomi bilan 2017-yilda taqdim qilingan YouTube'ning Stories funksiyasi yo'l oxiriga kelgan ko'rinadi – kompaniya ushbu funksiyani olib tashlayotganligini e'lon qildi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  26.05.2023
Xiaomi Redmi Note 12S smartfoni O‘zbekistonda sotuvga chiqarildi

Bugun yangi Xiaomi Redmi Note 12S smartfoni O‘zbekiston bozoriga kirib keladi, u flagman darajasidagi funksiyalarni yanada osonlashtirishga, iste’molchilarning ortib borayotgan talablarini qondirishga va soha standartlarini oshirishga mo‘ljallangan eng yangi smartfondir.

📣 IT news | © Terabayt.uz  29.05.2023
Motorola o'zining Razr 40 va Razr 40 Ultra buklamafonlarini taqdim qildi!

Bir necha oylik mish-mishlar va ma'lumotlar tarqalishidan so'ng, vanihoyat, Motorola o'zining yangi avlod Razr buklamafonlarini rasman taqdim qildi. Ular "Razr 40" va "Razr 40 Ultra" deb nomlanadi. Agar ularni "Razr (2023)" va "Razr " deb atalayotganini eshitsangiz ham hayron bo'lmang – ular AQSH bozori uchun shunday nomlangan. 

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.06.2023
Toshkentda Lenovo Store brend do‘konining ochilishi bo‘lib o‘tdi

Brend do‘kon kompaniyaning O‘zbekistondagi birinchi do‘koni bo‘lib, mijozlarga 140 kv/m maydonda shaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, mobil qurilmalar va Lenovo aksessuarlarining to‘liq assortimentini taqdim etadi.

📣 IT news | © Terabayt.uz  02.06.2023
Ўзбекистон қизлари «Technovation Girls Uzbekistan 2023» халқаро танлови доирасида рекорд миқдорда мобил илова ишлаб чиқишди

Қизлар учун Ўзбекистондаги энг йирик STEM-дастур – «Technovation Girls Uzbekistan» танловнинг навбатдаги мавсумни якунламоқда. Дастур Tech4Impact ННТ томонидан Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Инновацион ривожланиш агентлиги ва «Yandex GO» онлайн-сервиси билан ҳамкорликда ташкил қилинди.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.06.2023
Ўзбекистон қизлари «Technovation Girls Uzbekistan 2023» халқаро танлови доирасида рекорд миқдорда мобил илова ишлаб чиқишди

Қизлар учун Ўзбекистондаги энг йирик STEM-дастур – «Technovation Girls Uzbekistan» танловнинг навбатдаги мавсумни якунламоқда. Дастур Tech4Impact ННТ томонидан Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Инновацион ривожланиш агентлиги ва «Yandex GO» онлайн-сервиси билан ҳамкорликда ташкил қилинди.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.06.2023
Ўзбекистон қизлари «Technovation Girls Uzbekistan 2023» халқаро танлови доирасида рекорд миқдорда мобил илова ишлаб чиқишди

Қизлар учун Ўзбекистондаги энг йирик STEM-дастур – «Technovation Girls Uzbekistan» танловнинг навбатдаги мавсумни якунламоқда. Дастур Tech4Impact ННТ томонидан Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги Инновацион ривожланиш агентлиги ва «Yandex GO» онлайн-сервиси билан ҳамкорликда ташкил қилинди.

📣 IT news | © Terabayt.uz  04.06.2023
2025/06/14 06:41:02
Back to Top
HTML Embed Code: