This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

🎩 U – dunyoning eng tartibsevar izquvari!
Uning mo‘ylovi – faxri, tartibi – quroli, ko‘zlari esa... mushuknikiday o‘tkir! 🔍
Uyingizdan chang izlashdan ko‘ra uning uyidan jinoyat izlash qiyinroq!
U – bo‘ychan emas, ammo yuksak ziyraklik egasi.
Har bir tafsilotga e’tiborli. Har bir jinoyatga – o‘ziga xos yondashuv.
📂 “Afsona va haqiqat” ijodkorlari bu gal Erkyul Puaroning izidan bordi!
Ammo bu oddiy safar emas — uning asl shaxsi ochiladi!
Kim edi u aslida?
Afsona ortidagi haqiqat qanday?
📺 Bugun soat 21:00 da "Afsona va haqiqat" ko‘rsatuvini tomosha qiling!
🕵️♂️ Jinoyatlar orasidagi tartibni, tartib ortidagi haqiqatni birga kashf etamiz!
🎬 O‘tkazib yubormang!
🔹 Telegram 🔸 Instagram
♦️ Youtube ▪️ Facebook

#yumorvatarix
📜 Amir Temur bugun yashaganida, Google Maps o‘zining xaritasini undan o‘g‘irlagan bo‘larmidi?
XIV asrda dunyoni titratgan Sohibqiron o‘z yurishlaridan oldin:
Yo‘lni topish uchun yulduzlarga qarang, agar osmonda bulut bo‘lsa – yurakni tinglang! – degan ekan.
Tasavvur qiling, u bugun yashaganida:
📱“Men hozir Dehliga yetib boraman, ammo Yandex Probka ko‘rsatmoqda: Dehli-Kobul yo‘nalishida tirbandlik…”
deya yurishlarini rejalashtirarmidi ?
Amir Temurning “Tuzuklari” bugungi LinkedIn’dagi motivatsion postlarga sabab bo‘lardi:
🔹 “Lider bo‘lish – pichoq bilan emas, zehn bilan qilinadi.”
🔹 “Har kun 5 daqiqa strategiya o‘ylang – qolganini tarix yozadi.”
Siz nima deb o‘ylaysiz, sohibqiron bugun yashaganida, Imperatorlar uchun master-klass ocharmidi?

⚔️ 1866-yilgi Erjar jangining fojiali yakuni
1866-yil O‘rta Osiyoda Buxoro amirligi va Rossiya imperiyasi o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlarning eng muhim sahifalaridan biri bo‘ldi. Jizzax qal’asining bosib olinishi, ayniqsa, Erjar jangidagi mag‘lubiyatdan so‘ng amir Muzaffar qo‘shinlarining mintaqadagi so‘nggi mustahkam qal’asini yo‘qotishi bilan tarixda chuqur iz qoldirdi. Bu fojia nafaqat harbiy mag‘lubiyat, balki qo‘mondonlarning tajribasizligi va rejasiz harakatlarining oqibati sifatida yodda qoldi.
* Davomi bor!

🔗 Husayn Boyqaro naslidan qolgan yagona shahzoda taqdiri
Tarixda ayrim avlodlar bor – ular shonli boshlanadi, ammo sarguzashtli va fojiaviy yakun topadi. Temuriylar sulolasining so‘nggi qudratli hukmdori – Sulton Husayn Boyqaro ham aynan shunday taqdirni boshdan kechirdi.
1506-yili Husayn Boyqaro vafot etgach, u qoldirgan yuksak madaniyat, adabiyot va san’atni ko‘z qorachig‘iday asraydigan avlod qolmadi. Uning 10 dan ortiq o‘g‘illari Shayboniylar bilan bo‘lgan janglarda halok bo‘ldi. Faqat Badiuzzamon Mirzo va undan tug‘ilgan nabira – Muhammad Zamon tirik qoldi.
Muhammad Zamon Temuriylar sulolasining so‘nggi tirik vakili edi. Ammo uning hayoti ham doimiy quvg‘in, isyon, sodiqlik va xiyonatlar bilan to‘ldi.
🗡 Chaldironda turklar bilan jang, Astrobodda xonlik, Qobulda Bobur bilan ittifoq, so‘ngra isyon...
Boburning qizi Masuma Sulton Begimga uylangan bo‘lsa-da, bu qarindoshlik uni tinchlantirmadi. Humoyunga qarshi bosh ko‘tarib, Gujorotga bosh olib ketdi. Portugallar bilan til biriktirib hokimiyat orzusini davom ettirdi. Ammo baribir na Hindistonda, na Eronda, na Gujorotda o‘ziga joy topa oldi.
1539-yil, Hind daryosi bo‘yidagi Chausa jangida, u nihoyat o‘z sulolasining nomusini tiklash orzusida Sherxon Surga qarshi kurashdi... va halok bo‘ldi.
📜 Muhammad Zamonning o‘limi bilan Temuriylar sulolasining Husayn Boyqaro avlodi butkul yo‘qoldi. Endi bu nasl haqida tarixgina guvohlik bera oladi.

* Davomi
1866-yilning oktyabrida Rossiya qo‘shinlari general Krijanovskiy va Romanovskiy boshchiligida, Jizzax qal’asini egallash uchun yurish qildi. Ularning 1200 askari va 14 zambaraklari bor edi. Buxoro amiri esa Jizzaxni himoya qilish uchun 10 000 sarboz va 18 sarkardani, shu jumladan, Olloyor devonbegi va afg‘on askarlari sardori Iskandarbekni yubordi. Qal’ada 6 000 dan 17 000 gacha mudofaachi, hatto mahalliy aholi qurol olib jangga kirishdi. Qal’a devorlari 4 metr balandlikda, 53 zambarak bilan mustahkamlangan edi.
15-oktyabrda jang boshlandi. Mudofaachilar aniq rejasiz harakat qildi: shahar tashqarisida afg‘on askarlari va 2000 dan ortiq sarboz ruslarga qarshi faol kurashdi, ammo qal’a ichidagilar notoʻgʻri yondashuv bilan darvozani tuproq bilan ko‘mib, o‘zlarining chekinish yo‘lini yopdilar. Bu xato ularning oxirgi nafasigacha kurashishiga va ommaviy qirg‘inga olib keldi. Rus ofitserlarining guvohlik berishicha, mudofaachilarning jasorati hayratlanarli bo‘lgan: 16 000 dan ortiq odam, shu jumladan, Olloyor devonbegi boshliq 16 sarkarda halok bo‘lgan, ba’zilari o‘zlarini portlatib yuborgan, 2000 kishi asir olingan. o‘liklardan “tepaliklar” hosil bo‘lgan.
Jizzax fojeasining asosiy sababi qo‘mondonlarning bilimsizligi va strategik xatolarni tahlil qilishda yetishmovchilik edi. Agar mudofaachilar yaxshi reja bilan harakat qilganida, 1200 kishilik rus qo‘shinini yengish qiyin bo‘lmasdi. Afsuski, rejasizlik va ichki nizolar bu fojiali yakunni keltirib chiqardi.
Jizzax qal’asi shafqatsiz talandi, deyarli hech kim tirik qolmadi. Ruslar katta talofot ko‘rgan bo‘lsa-da, rasmiy manbalarda ularning yo‘qotishlari atigi 9 kishi deb yozilgan. Bu raqam haqiqatdan yiroq bo‘lib, jangning shiddatini yashirishga xizmat qilgan.
Jizzaxning bosib olinishi nafaqat Buxoro amirligining zaiflashuvini, balki strategik rejalashtirish va birlikning muhimligini ko‘rsatadi. Bu fojia o‘zbek xalqining jasorati va fidoiyligini, lekin ayni paytda rahbariyatdagi kamchiliklarning og‘ir oqibatlarini eslatadi. Tarixni yodda saqlaylik va undan saboq olib, kelajakni mustahkam quraylik!
Manba: Terentyev” Istoriya zavoevaniya Sredney Azii”,
H.Ziyoev “Turkistonga Rossiya tajovuzi".
Jizzax fojeasi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozing!