Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
5832 - Telegram Web
Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Ertalabki koʻrsatuvlar

Bugun soat 06:05 dan 08:00 ga qadar   efirga uzatiladigan koʻrsatuvlarni ushbu video-jadvaldan bilib olishingiz mumkin.

Kuningiz yoqimli o‘tsin!

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Navbatdagi koʻrsatuvlar

Bugun soat 08:30 dan 10:30 ga qadar   efirga uzatiladigan koʻrsatuvlarni ushbu video-jadvaldan bilib olishingiz mumkin.

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
🔥 Pasport olgan... mumiyo?!

Eng qadimgi “xorijga chiqqan” pasport egasini bilasizmi?

Bu — Misrning buyuk fir’avni Ramzes II!
Ha, to‘g‘ri eshitdingiz: tug‘ilganidan 3200 yildan o‘tib ham pasportsiz yurish taqiqlangan. Hatto o‘liklar uchun ham!

1974-yilda Ramzesning mumiyolangan jasadi ilmiy tadqiqot uchun Fransiyaga olib ketiladigan bo‘ldi. Fransiya qonunlariga ko‘ra, mamlakatga kiruvchi har qanday shaxs — tirik yoki o‘lik — pasportga ega bo‘lishi shart edi!

🔖 Shu sababli Ramzes II nomiga rasmiy pasport tayyorlanadi. Unda quyidagicha yozilgan:
Kasbi: "Vafot etgan qirol".

Tarix hanuz hayratda qoldirishda davom etmoqda...

📌 Sizningcha, bu qanaqa byurokratiya — kulgilimi yoxud hurmat ko‘rinishimi? Izohlarda yozing!

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Navbatdagi koʻrsatuvlar

Bugun soat 12:00 dan 14:00 ga qadar   efirga uzatiladigan koʻrsatuvlarni ushbu video-jadvaldan bilib olishingiz mumkin.

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
💥 O‘zbekxon va uning Oltin O‘rdadagi islohotlari

Tarixdagi muhim shaxslaridan biri – O‘zbekxon (1312–1342) Oltin O‘rda hukmdori sifatida adolat, mardlik va islohotchiligi bilan dunyoning yetti buyuk hukmdorlaridan biri sifatida ta’riflangan.

O‘zbekxon Chingizxon avlodlaridan bo‘lib, uning hayoti dramatik voqealar bilan boshlangan. Otasi taxt talashgan paytda No‘g‘ayxon tomonidan Chingiziylar yo‘q qilinayotgan paytda, o‘gay onasi Mariya Boyalun xotun va xolavachchasi Qutlug‘ Temur yordamida O‘zbekxon Shimoliy Kavkazdagi Jo‘lot ulusiga olib ketilgan. U 14-15 yoshigacha Qo‘ng‘irot urug‘i orasida o‘sgan. Qutlug‘ Temur O‘zbekxonni taxtga olib chiqishda muhim rol o‘ynaydi, bu esa uning kuchli rahbar sifatidagi faoliyatining boshlanishi edi.

Davomi bor!

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Navbatdagi koʻrsatuvlar

Bugun soat 14:30 dan 16:00 ga qadar   efirga uzatiladigan koʻrsatuvlarni ushbu video-jadvaldan bilib olishingiz mumkin.

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
#yumorvatarix

💥 Tarixdagi qaroqchilar & zamonaviy qaroqchilar: yumorli taqqoslash

🏴‍☠️ Tarixdagi qaroqchilar:

🚢 Kemada suzib, xazina izlar edilar.
⚔️ Qilich va miltiq bilan "Ah!" deb qo'rqitardilar.
🦜 To'tiqush yelkada, ko'zda bint – moda o'sha! 
💰 Oltin sandiqni ko'mib, xaritada "X" belgi qo'yardilar.
😎 Eng katta muammo? Dengiz kasalligi va bo'ron!

Zamonaviy qaroqchilar:

🖥 Internetda "suzadi", torrentda xazina izlaydi. 
🕵️‍♂️ Klaviatura va VPN bilan "hujum" qiladi. 
😎 Ko'z o'rniga "inkognito" rejimi, to'tiqush o'rniga chatbot! 
💸 Kriptovalyuta "sandig'ini" hack qiladi, lekin parolni unutadi. 
🤦‍♂️ Eng katta muammo? Wi-Fi uzilib qolishi yoki antivirus!

Umumiy jihat:
Ikkalasiyam xazina ortidan yuguradi, lekin biri dengizda, biri "cloud"da! 😜 

Qaroqchi bo'lish osonmas: o'shanda dengizchilar, hozir kiberspasechilar!

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Navbatdagi koʻrsatuvlar

Bugun soat 16:30 dan 19:00 ga qadar   efirga uzatiladigan koʻrsatuvlarni ushbu video-jadvaldan bilib olishingiz mumkin.

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
💥 “Jonli tarix”ni kutyapsizmi?

🌟 Televiktorinada qiziqarli savollar, yangi bilimlar va tarixning sirli sahifalari bilan tanishasiz.

18:00 da! Oʻtkazib yubormang!

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
Davomi

O‘zbekxon
Oltin O‘rdada katta islohotlarni amalga oshirgan. U 19 ta ulusni o‘ziga sodiq odamlarga topshirib, boshqaruvni mustahkamladi. Ko‘chmanchi dasht xalqlarini birlashtirib, urbanizatsiyani rivojlantirdi, bu esa hududlarda shaharlar va iqtisodiy faollikning o‘sishiga yordam berdi. Uning adolatli boshqaruvi zamondoshlari tomonidan yuqori baholangan.

O‘zbekxon davrida islom Oltin O‘rdaning davlat dini sifatida e’lon qilindi. Bu muhim qadam hududdagi xalqlarning o‘ziga xosligini shakllantirdi. Islom dinini qabul qilganlar “o‘zbek”, qilmaganlar esa “qalmoq” deb atala boshladi. Bu jarayon mo‘g‘ul identifikatsiyasining yo‘qolishiga va o‘zbek xalqining shakllanishiga olib keldi.

Mahmud ibn Valining “Bahr ul-asror” asariga ko‘ra, O‘zbekxon davrida “o‘zbek” nomi shuhrat topdi va butun Turon xalqi shu nom bilan atala boshladi. Turon tushunchasi Kaspiy dengizidan Hindistongacha keng hududni qamrab, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz va boshqa xalqlarni birlashtirgan. O‘zbekxonning merosi Shayboniylar va boshqa sulolalar orqali O‘zbekiston davlatchiligining asosiga aylandi.

Nega O‘zbekxon tarixi unutilgan?

Tarixchi olim G‘aybulla Boboyorovning ta’kidlashicha, O‘zbekxonning faoliyati ko‘pincha e’tibordan chetda qolgan, chunki u hozirgi O‘zbekiston hududida emas, Oltin O‘rda (Volga bo‘ylari, Qrim)da hukmronlik qilgan. Sovet davrida uning Chingizxon avlodlariga taalluqliligi tufayli tarixi yashirilgan. Chingizxonning bosqinchi sifatidagi salbiy obrazi O‘zbekxonga ham soyasini tashlagan, ammo bu munosabatni qayta ko‘rib chiqish zarur.

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
💥 O'rta asrlardagi Vikinglar davri

VIII-XI asrlarga to'g'ri keladigan o'sha paytda Yevropa dengizlarini Skandinaviyadan kelgan jasur qaroqchilar bosib o'tgan. Ularning yurishlari Eski Dunyoning madaniyatli aholisini dahshatga solardi. Vikinglar nafaqat qaroqchilar, balki savdogarlar, shuningdek, kashshoflar  ham edilar.

VIII asrda zamonaviy Norvegiya, Shvetsiya va Daniya hududi aholisi o'sha paytdagi eng tez kemalarni qurishni va ularda uzoq sayohatlarga chiqishni boshlaganlar. O‘z ona yurtlarining noqulay tabiati ularni bu sarguzashtlarga undagan edi.

Skandinaviyada qishloq xoʻjaligi sovuq iqlim tufayli rivojlanmagandi. Kamtarona hosil mahalliy aholiga o'z oilalarini yetarli darajada boqishga imkon bermasdi.

Dengizchilarning qo'shni mamlakatlarga birinchi hujumi 789-yilda sodir bo'lgan...

😊 Davomini bugun bilib olasiz.

Har dushanba soat 21:30 da Qiziqarli tarix koʻrsatuvini tomosha qiling

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Ertalabki koʻrsatuvlar

Bugun soat 06:05 dan 08:00 ga qadar   efirga uzatiladigan koʻrsatuvlarni ushbu video-jadvaldan bilib olishingiz mumkin.

Kuningiz yoqimli o‘tsin!

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Navbatdagi koʻrsatuvlar

Bugun soat 08:30 dan 10:30 ga qadar   efirga uzatiladigan koʻrsatuvlarni ushbu video-jadvaldan bilib olishingiz mumkin.

🔹 Telegram   🔸 Instagram 
♦️ Youtube     ▪️ Facebook
2025/06/25 13:07:34
Back to Top
HTML Embed Code: