Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Демократияга глобал таҳдид.docx
20.7 KB
Sizlarga yangi maqola tarjimasi.
Muallif: Yakov Rabin
Manba: https://globalaffairs.ru/articles/ugroza-demokratii-rabkin/

Maqolada Isroilning bugungi harakatlari tahlil qilinadi.
Mubashshir Ahmad domlaning hibs etilishi bilan yana g'alvir suvdan ko'tarilib oldi. Ichida marazi bor kimsalarni ham ko'rib oldik.

Afsuski, kuzatuvlarimizda na dindorlar, na bu liberal-sekulyarlarning xolis harakat qilishini ko'rmayapmiz. Noxolis islomofoblar haqida gapirishga hojat yòq. Ammo boshqa toifaning harakatlari qiziq.

Mana shu postda Hasanxon domla mahorat va ayyorlik bilan sóz óyini qilmoqdalar:

1) Tarmoqdagi dindorlarning malomatidan ózlarini himoyalab, góyoki M.Ahmad tarafda turgandek post joylayaptilar;

2) Organ xodimlarining nazari uchun "vositalar farqli" deyish bilan ózlarini suğurtalab olmoqdalar.

Kamina bu ish haqida hech qanday xulosa chiqarmoqchi emasman. Ammo mazkur post bu yerdagi siyosat va diplomatik manyovrlarga qiziquvchilar uchun yaxshi keys bólib xizmat qiladi.
Odilxon
Mubashshir Ahmad domlaning hibs etilishi bilan yana g'alvir suvdan ko'tarilib oldi. Ichida marazi bor kimsalarni ham ko'rib oldik. Afsuski, kuzatuvlarimizda na dindorlar, na bu liberal-sekulyarlarning xolis harakat qilishini ko'rmayapmiz. Noxolis islomofoblar…
So'nggi voqealarni kuzatib, risoladagi jamiyatga erishish haqidagi xayollarim yana tushkunlik jarligiga quladi. Birdamlikni namoyish qilish órniga bayram qilayotgan "dunyoviy"lar tódasi qayta-qayta takrorlanaversa ham, hali-hamon eng oddiy haqiqatni kóra olmaydigandek: Bugun boshqalar boshiga tushgan kaltak ertaga sizning ham boshingizda sinadi. Shaxsiy munosabatini chetga surolmay, jamiyatning bir vakilining zulmga uchrashiga qarsak chalayotgan toifa yana "toqatlilik, tolerantlik, inklyuzivlik" haqida saboq berishga urinishi ajoyib. Radikallik faqat dinda bólmasligiga ochiq-oydin namunalarning guvohi bólmoqdamiz.
Ertaga Fikratda tomosha qilinglar:
Makiavelli va Makiavellizm.

Spikerlar Hamid aka va men
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Odilxon
https://www.youtube.com/live/B-p-plXts44?si=a3Daow3tBoibhrdQ
Birinchi chiqish, hayajonlar bor. Xatolarga rozi bólinglar)
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Oshga to’ygan norveg mehmonlar haqida

Bundan 2 yil avval klinikamizga investor bo’lib kirgan bir tadbirkor haqida yozgan edim.

Klinika sohasida hech qanday tajribaga ega bo’lmagan bu bola, 2 yilda 2 ta qo’shimcha filial ochdi, 6 million dollar pul jalb etdi. Klinikani 10 milliondan 100 million baholanishga olib chiqmoqchi.

Maqsadlari katta.

O’sha odamni va yana bir sherikni o’tgan oy O’zbekistonga olib bordim.

Birga ishlaymiz ular bilan. Ikkisida ham avvalgi bizneslaridan puli bor. Investitsiyaga biznes qidirishmoqda. Chetdan.

Mendagi maqsad ular pulini Uzbga olib kirish edi. Ma’qul bo’lsa yarim mil investitsiya haqida gaplashdik.

Uzb haqida uzoq suhbatlar qilganmiz oldin. Potensialini sota olganman. Shu sabab o’z ko’zlari bilan ko’rishmoqchi bo’ldi. Potensiali katta, yosh avlod, soliqlar jozibador, to’yinmagan bozor va hok.

Sayohat oxirida ular katta imkoniyatlarni ko’rishgan bo’lsada hozircha sabr qilishlarini aytdi.

Xohlasang bizsiz davom etaver deyishdi.

Sabablarini so’radim (tahminan bilsam ham).

To’rtta misol keltirdi haligi yigit.

- birinchi kecha yotgan mehmonxonasini Bookingdagi bahosi 9,1/10 edi. Asl sharoit esa unday bo’lmadi. Kirishda kanalizatsiya hidi kelib turar edi. Ertasiga chiqib ketishdi. Bookingda 4/10 baho berdi. Mayli bu ham tajriba bo’ldi dedi.

Ertasi kuni mehmonxona ular bilan bog’lanib past bahoni o’chirib tashlashini iltimos qilgan. Yalingan. Xulosa: «bu biznes yolg’on ustiga qurilgan. Mijozlarni aldayapti»

- oradan 2 kun o’tdi, yana bir boshqa hoteldan joy band qildik. Kechroq bordik, faqat uxlash uchun. Bizga «siz bron qilgan xonadagi tualet quvuri yorilib ketdi. Afsus boshqa xonamiz yo’q» dedi resepshndagi yigit. Yorilgan quvur rasmini ko’rsatdi. Ahmoqlikni qarangki rasmda u olingan sana turipti va u 2023-yilni ko’rsatmoqda. Xonalarni ortiqcha sotib yuborishgan. Boshqaruv joyida emas. Xulosa: «mijozni aldamoqda». Hech kim aldanishni xohlamaydi!

- bir xususiy maktab egasi bilan uchrashuv belgiladik. Birga tushlik qiladigan bo’ldik. Maktabga investitsiya haqida gaplashmoqchi edik. Akamiz 30 min kech qolib keldi. Kech qolayotganini aytmadi ham. Kelgandan keyin ham sababini aytmadi. «Uzr ozgina ushlanib qoldim» dedi xolos. Xulosa: «vaqtingni qadrlamagan, pulingni ham qadrlamaydi»

- klinikalar ko’p pul topadigan lazer operatsiyalari bor. Ularni qanday qilinishi haqida so’rashdi. Qoidaga ko’ra ko’zoynakdan qutulish uchun qilinadigan lazer operatsiyalar ko’z stabil holatda bo’lgandagina qilinadi. Ya’ni minus yoki plyus o’smagan bo’lishi kerak. Bunga ishonch hosil qilish uchun bemorni kamida 6 oy kuzatiladi. Bu eng muhim talablardan biri. Stabil bo’lmagan bemorlar operatsiya uchun yaxshi kandidat emas. Uzbda bunga ko’p xirurglar amal qilmasligini ko’rishdi. Xulosa: «daromad bemordan ustun»


Kelgan mehmonlarda baraka degan tushuncha yo’q. Qadriyatlar haqida bong urganini eshitmaganman. Ammo biznesi rivojlanishi uchun aldov bo’lmasligiga juda katta e’tibor berishadi. Mijozni aldagan, hamkorni ham aldaydi degan fikr bor ularda. Ishonch eng muhim ko’rsatkich, biznesdagi asosiy kompas darajasida.


Men esa o’zimcha hursand bo’ldim.

«Zato rosa osh bilan go’shtga mehmon qildim bularni» deb.


Bek Olimjon
Eidsvoll, Norvegiya
09.05.25

PS. Investitsiya fikridan butunlay voz kechilgani yo’q. Sababi uchrashgan tanishlarimiz ichida kelishuvga amal qilganlari ham ko’p edi. Ular biznesi hali katta bo’lgani yo’q, yo ular chetga ketmoqchi bo’lganlar. Umid katta.

Bu mavzuga yana qaytamiz…
Қашқадарё сафари!

Генри Киссенджернинг "Дунё тартиботи" асари таҳрири билан!

Ушбу асарни Одилхон Орифжонов таржима қилган.
Сиёсий адабиётлар таржима мактаби шаклланишидан умидвормиз.

@Hamid_Sodiq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Menimcha, bu — men
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kechadan
Odilxon pinned a photo
Keyingi podkastlar uchun qurollar)
Muqaddima ham yodimizda, albatta!

Bu kolleksiyaga "Ildiz"dan chiqqan Muqaddima yetishmayapti. Topishim bilan qo'shib qo'yaman.
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Mavzu: Dunyo tartiboti

Ekspertlarimiz: Fikrat tahlilchisi, siyosatshunos Hamid Sodiq va Odilxon Orifjonov

Tomosha qiling ➡️ https://youtube.com/live/U_BzQLV3pkc?feature=share

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling
telegram |instagram | facebook | youtube | fikratonline
Qattiq baqir-chaqir bilan e’lon qilmoqchi edim. Lekin lotin yozuvida qanday baqiriladi, bilmayman!

Konsert qo‘yyapman! Qariyb 2 yildan beri qayta-qayta yozilgan, tahrirlangan, to‘ldirilgan material! O‘zim bilan “O‘zim” o‘rtasida to‘xtovsiz va muntazam muhokama qilingan, biriga o‘ta kuchli, biriga o‘ta sayoz tuyulgan hazillardan iborat katta konsert! Biri uchun o‘zbek tilidagi eng yaxshi stand-up, boshqasi uchun esa navbatdagi halokatli mag‘lubiyat! Qaysi birovi haq bo‘lib chiqishi esa yozning chillasida ma’lum bo‘ladi!

6-iyul, 19:00da
“Diydor” teatr-studiyasida

Barchadan tashrifini so‘rab qolaman! Bu eng kamida o‘zim uchun tarixiy konsert bo‘ladi)

Chiptalarni shu yerdan xarid qilishingiz mumkin!

Hurmat bilan Abu Bakr Fozilov!
2025/05/31 22:46:40
Back to Top
HTML Embed Code: