Telegram Web
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “O‘zbekistonda super-kontrakt to‘liq bekor qilindi” degan xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Ma’lum qilinadiki, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori bilan 2017-yil 20-iyunda qabul qilingan 393-sonli qaror o‘z kuchini yo‘qotdi.

393-sonli qarorga muvofiq, avval kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining (o‘quv yiliga amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobar va undan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining) 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilar edi.

Hozirgi kunda aynan shu tartib bekor qilindi.

Endilikda to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy materiallar roʻyxati (rasm)

Ushbu ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan.

2025-yil 2-sentyabr holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan mazkur manba va kontent (material)lar Internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki ikki tomonlama, yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Buning javobi juda oddiy.

2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda, agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

‼️ Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o’tirmang.

3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi. - Xushnudbek

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Super kontrakt miqdorlari:

🏛 Andijon davlat pedagogika instituti — bazaviy to‘lov-kontraktning 4 baravaridan 5 baravarigacha (yo‘nalishlarga qarab);

🏛 Andijon davlat chet tillari instituti4 baravardan 5 baravargacha;

🏛 Buxoro davlat texnika universiteti4 baravardan 6 baravargacha;

🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti3 baravardan 5 baravargacha;

🏛 Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti — 8 baravardan 15 baravargacha;

🏛 Jizzax politexnika instituti4 baravardan 6 baravargacha;

🏛 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti 4 baravardan 6 baravargacha;

🏛 Milliy estrada san’ati instituti6 baravar;

🏛 Milliy rassomlik va dizayn instituti8 baravar;

🏛 Namangan davlat universiteti4 baravardan 12 baravargacha;

🏛 Namangan davlat texnika universiteti4 baravardan 5 baravargacha;

🏛 Nukus davlat pedagogika instituti 4 baravardan 5 baravargacha;

🏛 Qoraqalpoq davlat universiteti5 baravardan 10 baravargacha;

🏛 Qoʻqon davlat universiteti6 baravardan 8 baravargacha;

🏛 Samarqand davlat pedagogika instituti5 baravardan 6 baravargacha;

🏛 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti4 baravar;

🏛 Samarqand davlat universiteti Urgut filiali4 baravardan 6 baravargacha;

🏛 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 5 baravardan 7 baravargacha;

🏛 Termiz davlat pedagogika instituti4 baravar;

🏛 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti5 baravar;

🏛 TATU Samarqand filiali4 baravardan 5 baravargacha;

🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali5 baravar;

🏛 Toshkent davlat texnika universiteti3,5 baravardan 4 baravargacha;

🏛 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti6 baravardan 10 baravargacha;

🏛 “TIQXMMI”  Milliy tadqiqot universiteti6 baravardan 19 baravargacha;

🏛 Toshkent kimyo-texnologiya instituti3,5 baravar;

🏛 TKTI Yangiyer filiali3 baravardan 4 baravargacha;

🏛 TTA Urganch filiali4 baravardan 12 baravargacha;

🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti4 baravar;

🏛 Oʻzbekiston Milliy universiteti3 baravardan 8 baravargacha;

🏛 Shahrisabz davlat pedagogika instituti3,5 baravardan 6 baravargacha;

🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti5 baravardan 7 baravargacha.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2025

⚡️Magistraturaga ham qo'shimcha qabul ochildi


2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy ta’lim tashkilotlariga yetkazildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida o‘qishga kira olmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul imkoniyati mavjud.

Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-o‘qituvchilar tarkibi inobatga olinadi.

Qo‘shimcha qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qo‘shimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur ma’lumotlarni olish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatma: davlat OTMlari magistraturasiga qo‘shimcha qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishonch telefonlari

Davlat xavfsizlik xizmati 📞 1520
Murojaat masalalari:
milliy xavfsizlikka tahdid, korrupsiya, giyohvandlik va narkojinoyatlar, terrorizmga aloqadorlik, josuslik va konstitutsiyaviy tuzumga qarshi jinoyatlar.

Bosh prokuratura 📞 1007
Murojaat masalalari:
qonun buzilishlari, prokuratura nazoratiga doir masalalar, sudgacha tergovdagi qonunbuzarliklar, mansabdorlarning noqonuniy harakatlari.

Adliya vazirligi 📞 1008
Murojaat masalalari:
huquqiy maslahat, fuqarolarning huquqiy savodxonligi, NNT faoliyati, yuridik xizmatlar sifati, notarial faoliyat va davlat xizmatlari.

Ichki ishlar vazirligi (IIV) 📞 1102
Murojaat masalalari:
jinoyatchilik, ma’muriy huquqbuzarlik, jamoat tartibi buzilishi, yo‘l harakati xavfsizligi, IIB xodimlarining xatti-harakatlari.

Davlat soliq qo‘mitasi 📞 1198
Murojaat masalalari:
soliq qonunchiligiga rioya etilmasligi, noqonuniy tadbirkorlik, soxta hisob-fakturalar, soliqdan bo‘yin tovlash.

Davlat bojxona qo‘mitasi📞 1108. Murojaat masalalari: noqonuniy yuk tashish, bojxona qoidalari buzilishi, korrupsiya holatlari, bojxona to‘lovlari bilan bog‘liq muammolar.

❗️Buzilgan huquqlaringiz yoki qonuniy manfaatlaringizni himoya qilish uchun ushbu organlarga murojaat qilishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Eslatma: nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun HEMIS tizimi 1-oktyabrdan yopiladi.

Agar tizim yopilsa, oktyabr oyidan boshlab birorta ham nodavlat oliygoh yangi talaba qabul qilolmaydi. Bu nafaqat abituriyentlarga, balki o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarga ham taalluqli!

Nodavlat oliygohlar yangi qabul qilayotgan talabalarni faqat 1-oktabrgacha HEMISga kiritishi mumkin. Shundan keyin tizim yopiladi va qabul qilish imkoni bo‘lmaydi.

Demak, 1-oktabrga qadar hujjat topshirib, HEMISga kiritib oling, aks holda kelasi yilgi qabulni kutishga to‘g‘ri keladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan davlat granti uchun ro'yxatdan o'tish boshlanadi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga 1 320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

2025-yil 29-sentyabrdan 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha) abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 12-oktyabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.

Eslatma: roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to'lov undiriladi.

Oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra abituriyentlarning toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantirilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 17-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga yetkaziladi.

Shuningdek, ushbu tanlovda 2025/2026-oʻquv yiliga davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tib, kirish imtihonlarida ishtirok etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga ham to‘plagan ballari bilan fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tanlovda ishtirok etish imkoniyati berildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/17 20:16:04
Back to Top
HTML Embed Code: