Telegram Web
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Qoraqalpog‘istonda umummilliy “Salomatlik marafoni” o‘tkazilmoqda, bu tashabbus — insonning o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘iga e’tiborni odatiy hayot tarziga aylantirishga qaratilgan.

Nukus shahridagi 12 ta oilaviy poliklinika va 3 ta jamoat maskanida aholi diagnostikadan o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, bemorlarni yo‘naltirish va raqamlashtirish tizimi joriy etilmoqda.
Shifokorlarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari va AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI, AI Mammo singari sun’iy intellekt yechimlari joriy etilishi natijasida yanada tezkor va aniq tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni yaratilmoqda.

Atigi to‘rt kun ichida qariyb 12 ming nafar fuqaro ko‘rikdan o‘tdi, shulardan 1 700 dan ortig‘i chuqur tekshiruvlardan o‘tkazildi, 116 nafari esa davolanishga yo‘naltirildi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti bolalar jarrohligi bo‘limida murakkab operatsiyalarni boshdan kechirgan kichik bemorlar bilan uchrashib, suhbatlashdik. Ularning matonati va samimiy tabassumlari beixtiyor har birimizni ta’sirlantirdi.

Ikkita yangi loyiha ishga tushirildi — raqamli oilaviy pasportni joriy etishga asoslangan “Oilaviy salomatlik maktabi” hamda yoshlar ko‘magida aholi tibbiy savodxonligini oshirishni ko‘zda tutuvchi “Salomatlik volontyorlari” shular jumlasidan.

Sogʼliqni saqlashni zamon talablariga mos hamda har bir inson uchun qulay va foydali tizimga aylantirishni maqsad qilgan “Tibbiyot novatorlari” jamoasidagi yosh mutaxassislarga minnatdorlik bildiraman.

Millat salomatligi — bu barchamiz yelkama-yelka bosib o‘tadigan umumiy yo‘limiz va masʼuliyatimizdir.



В Каракалпакстане проходит общенациональный марафон здоровья «Саломатлик марафони», направленный на то, чтобы забота о себе и близких стала естественной частью жизни.

В 12 семейных поликлиниках и трёх общественных местах Нукуса проводится диагностика населения.
Внедряется маршрутизация и цифровизация пациентов.
Благодаря совместной работе врачей и внедрению решений AI TOP-3 CDSS, MuxlisaMED AI и AI Mammo помощь становится быстрее и точнее.

Всего за четыре дня обследовано почти 12 тысяч человек, более 1 700 прошли углублённые исследования, 116 направлены на лечение.

Мы также посетили детскую хирургию Каракалпакского мединститута — встретились с детьми, перенёсшими сложные операции. Их мужество и улыбки тронули каждого из нас.

Запущены два новых проекта — «Школа семейного здоровья» с цифровым семейным паспортом и «Волонтёры здоровья», где молодёжь помогает повышать медицинскую грамотность населения.

Я искренне благодарна молодым специалистам сообщества «Новаторы медицины», вдохновлённым идеей сделать здравоохранение современным и доступным для всех.

Здоровье нации — наш общий путь и общая ответственность.
2👍1🔥1🥰1🤩1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Kecha Nukusda qad rostlagan yangi, zamonaviy 55-maktabning ochilish marosimida ishtirok etdim.

Ushbu maktab 870 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, uning binosida Raqamli avlod markazi va bolalarni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab to‘garaklar ish boshladi. Majmua ta’limga yangicha yondashuv namunasidir — bolalarni shubhasiz jalb qiluvchi bu maskanda zamonaviy texnologiyalar hamda kelajak sari ajoyib start nuqtasi mujassam. To‘rtko‘l tumanida ham yana bir yangi, 77-maktab ochildi — Qoraqalpog‘iston asosiy e’tiborni sifatli ta’limga qaratmoqda va bu tahsinga loyiq!

Nukuslik bolalar va ularning yuzidagi tabassumdan atrofga iliqlik, yangi nafas va shodlik taralib turgandek bo‘ldi. Bu dargohdan ko‘plab bilimdon va muvaffaqiyatli, barchamiz faxrlanadigan bitiruvchilar yetishib chiqishini tilayman.



Вчера я приняла участие в  открытии новой современной школы № 55 в Нукусе.

Школа рассчитана на 870 учеников. В её стенах открыты Центр цифрового поколения и множество развивающих кружков. Эта школа знаменует собой новый подход к образованию — место притяжения детей с современными технологиями, в котором можно получить отличный старт в будущее. Одновременно  с ней открылась ещё одна новая школа № 77 в Турткульском районе —  Каракалпакстан делает ставку на качественное образование и это невероятно вдохновляет!

В Нукусе было тепло, свежо и радостно от улыбок детей. Я желаю школе много умных и успешных выпускников, которыми мы все будем гордиться.
5👍1🎉1😍1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Nukus shahridagi “Jeketerek” mahallasida to‘liq modernizatsiya qilingan va kengaytirilgan suv tozalash inshootini borib ko‘rdik. Ushbu inshoot ichimlik suvining sifatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Shuningdek, suv xo‘jaligi, ichimlik va oqova suv sohalarida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar taqdimoti bilan ham tanishdik.

Аholi salomatligi muhofazasi — doim kompleks yondashuvni talab etadi va bunda sifatli oziq-ovqat, musaffo havo, toza suv muhim omil hisoblanadi. Yangi suv tozalash inshooti 71 ta mahallaga, ya’ni qariyb 350 ming nafar aholiga hamda maktab va shifoxona kabi ijtimoiy soha obyektlariga toza suv yetkazib berish imkonini yaratadi.

Loyiha Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilib, o‘zbekistonlik muhandislar tomonidan amalga oshirildi.



В Нукусе в махалле «Жекетерек» мы посетили полностью модернизированное и расширенное водоочистное сооружение, позволяющее значительно улучшить качество воды, а также ознакомились с презентацией инновационных проектов в сфере водного хозяйства, питьевой и сточной воды.

Охрана здоровья населения — это всегда комплексная задача: качественное питание, чистый воздух и безопасная вода. Новое водоочистное сооружение позволит подавать чистую воду в 71 махаллю, а это почти 350 тысяч жителей, а также в социальные объекты — школы и больницы.

Проект профинансирован из республиканского бюджета и реализован силами узбекистанских инженеров.
👍21🔥1🥰1🕊1😍1
2025/10/09 01:47:50
Back to Top
HTML Embed Code: