Telegram Web
Nimaga hayvonlarda sezish qobilyati
kuchliroq bo'ladi?


Insonda rivojlangan miyaning katta qismi ma’lumotni qayta ishlash va ijodiy fikrlash uchun mas’uldir. Hayvonlarda esa, sezgi organlariga ko‘proq ahamiyat beriladi, chunki ular uchun omon qolishning asosiy vositasi sezgi hisoblanadi.

Hayvonlarning sezgi organlari evolyutsiya davomida ular yashash muhiti va talablariga ko‘ra mukammallashgan. Shu sababdan, hayvonlar ko‘pincha insonga qaraganda tabiiy signallarga tezroq javob bera olishadi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍75🔥3
Nimaga sochlarimiz yog'lanadi?

— Bosh terisi yog' bezlari normaldan ko'proq yog' ishlab chiqarishi natijasida sochlar yog'lanadi. Bu holat (seboreya) deb ataladi va ko'pincha stress, gormonal o'zgarishlar, noto'g'ri parvarish, yoki ularga ko'p teginish natijasida yuzaga kelishi mumkin.

— Yog'lanishni kamaytirish usullaridan bir qanchasi bor: Tabiiy va bosh teriga mos keladigan shampunlardan foydalanish, kerak bo'lganda yuvish ( haddan tashqari ko'p emas) sochlarga qo'l bilan tegishdan saqlanish, to'g'ri ovqatlanish shular qatoridadir.


👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍111🔥1
Nimaga dunyo mo'jizalar soni
7 dan oshmadi?


— Dunyoda faqat 7 ta mo'jiza sifatida tan olingan joylar bor. Bu joylar o'z davrida odamlarning ilmiy va texnologik cheklovlariga qaramay yaratilgan va shu sababli ular mo'jiza deb hisoblangan. Ular nafaqat tarixiy ahamiyatga ega, balki ular insoniyatning imkoniyatlarini ko'rsatgan, ajoyib va o'ziga xos joylardir.

— Bugungi kunda ko'pchilik yangi mo'jizalarni yaratishga harakat qilsa-da, tarixiy yetti mo'jiza ro'yxati o'zining tarixiy ahamiyati va simvolik qiymati tufayli saqlanib qolmoqda. Ular insoniyat tomonidan yaratilgan eng ajoyib asarlar sifatida tan olinadi va bu obidalar orqali insoniyatning kreativ salohiyati namoyon bo'ladi

P.S. Tarixshunoslarga va bilishni xohlagan insonlaringizga ulashib qo'ying

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍8🔥5
Nimaga ba'zi odamlar qorong'u joylarda
o'zlarini qulay his qilishadi?

Qorong'u joylar ba'zi odamlar uchun xotirjamlik va izolyatsiya hissini keltirib chiqaradi. Bu, ayniqsa, stressli hayot sharoitida qochish va dam olish imkoniyatini beradi. Bu holat har bir insonning shaxsiy tajribasi va his-tuyg'ulariga bog'liq bo'lishi mumkin.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍123🔥3
Nimaga quyosh nuri inson organizmi uchun zarur?

— Quyosh nuri inson terisida D vitaminining sintezini ta'minlaydi. Uning asosiy vazifalaridan suyaklarning sog'lom bo'lishini ta'minlash maqsadida kalsiy va fosforning so'rilishini yaxshilashidir.

— Quyosh nuri ba'zi teri kasalliklariga qarshi kurashishda ham yordam beradi. Masalan, psoriaz va ekzema kabi kasalliklarni davolashda quyosh nuri foydali bo'lishi mumkin.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍13❤‍🔥1🔥1
Nimaga odamlar turli xil tillarda gaplashadi?

— Har bir millatning o'z tarixi, madaniyati va an'analari bor. O'zaro aloqalar, urushlar, migratsiyalar va savdo-sotiq kabi tarixiy voqealar tillarning tarqalishiga yordam beradi.

— Odamlar turli ijtimoiy guruhlarga mansub bo'lganligi sababli, ular o'zaro muloqot qilish uchun turli tillarni o'rganadilar. Ko'p hollarda, odamlar ta'lim olish yoki ish topish maqsadida yangi tillarni o'rganishga majbur bo'lishadi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍9🔥2
Nimaga Monalizaning sur'atida qosh yo'q?

— Leonardo da Vinchining eng mashhur asari Mona Liza tahminan 1503-1506 yillar oralig'ida chizilgan.

— Mona Liza rasmidagi qahramon, 1479-yilda tug'ilgan Liza Gherardini rasmida qoshi yo'qligi, san'at uslubidir Leonardo da Vinchi o'z asarlarida boshqa rassomlar kabi go'zallikni ifodalashga intilgan. Yuzining boshqa qismlariga e'tiborni jalb qilish, bu ayolning sirli tabiati va ichki dunyosini ifodalashga qaratilgan degan tahminlar bor, lekin bu haqida aniq dalil yo'q...

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍9
Nima sababdan orzu qilishimiz kerak?

— Orzular bizga o'z hayotimizni qanday yo'naltirishimiz, qaysi yo'nalishda harakat qilishimiz, ichki motivatsiya orqali qiyinchiliklarga ko'z yumishimiz, o'z qobiliyatlarimizni va istaklarimizni anglashga, yangi g'oyalar va fikrlarni yaratishga ilhomlantirganligi, kelajakdagi maqsadlar va istaklarni hamda hozirgi pozitsiyamizni aniqlab olishda yordam berganligi uchun ham biz orzu qilishdan to'xtamasligimiz kerak.

— Sotsiolog Émile Durkheim "anomiya" deb atagan holat, ya'ni o'z maqsadlari va orzularini yo'qotgan insonlar o'zini jamiyatdan chetlatilgan deb his qilishi haqida aytgan.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
🔥8👍3❤‍🔥2
Nimaga dunyo iqtisodiy inqirozga yuz tutmoqda?

— 2020-yilda tarqalgan COVID-19 pandemiyasi jahon iqtisodiyotini jiddiy inqirozga olib keldi. BMTning hisobotiga ko'ra, pandemiya natijasida jahon iqtisodiyoti qariyb 8,5 trillion dollar yo'qotishi prognoz qilingan.

— Iqtisodiyotning o'sish sur'atlari 2020 yilda 5 foizgacha qisqarganligi aytilgan, bu esa tarixda kuzatilgan eng katta pasayishlardan biri sifatida baholangan. Turizm, mehmonxona,restoran hullas raqamli savdo va elektron tijoratdan boshqa barchasi katta zarar ko'rdi shu sababli xam iqtisodiy inqiroz butun dunyoni egallashga ulgurgan edi.

P.S. Ko'rinib turibdiki Covid-19 ning inqirozidan chiqib ketish haligacha oson bo'lmayapti.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍7🔥3
Nimaga yosh o'tgan sari uyqusizlik boshlanadi?

— Yosh o'tgan sari insonning biologik soati va uyqu ritmi o'zgaradi. Organizmda uxlab qolishingiz va uyg'onishingizga yordam beradigan, uyqu chastotasi uchun ham javobgar bo'lgan Melotonin garmoni ishlab chiqarilishi yosh o'tkan sari kamayishi mumkin.

— Noqulay muhit, shovqin, yorug'lik yoki yotoq sharoitlari (noqulay to'shak) ham yosh o'tkan sari uyqusizlikka olib kelishi mumkin.

P.S. Yoshi ulug' insonlaringizni shovqinli, stresli va havotirli vaziyatlardan himoya qiling, injiqliklarini yashash uchun kurashayotkanliklarining sababi deya qabul qilib ulardan hursand bo'ling.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍103🔥2
Nimaga marafon yugurish masofasi 42,195 kilometr?

— Ushbu masofa qadimiy Gretsiya tarixi bilan bog'liqdir. Afsonaga ko‘ra, 490-yilda bo‘lib o‘tgan Marafon jangidan so‘ng, grek askari Pheidippides Marafon maydonidan Afinaga taxminan 40 kilometr masofani yugurib kelib, yunonlarning forslarni mag‘lub etgani haqidagi xabarni etkazgan.

— Biroq, hozirgi masofa, 42 kilometr 195 metr, asl tarixiy voqeadan emas, 1908-yildagi London Olimpiadasida o‘zgartirilgan. London Olimpiadasida marafon masofasi Vindzor qasridan (Britaniya qirollik oilasining rezidensiyasi) boshlanib, London stadioni ichidagi qirollik oilasining shoh tribunasi oldida tugashi uchun qo‘shimcha 195 metr qo‘shilgan. Bu masofa xalqaro miqyosda standart qilib belgilangan va marafon musobaqalarida qabul qilingan...

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍111
Nimaga kinoteatrlarda popkorn eng mashhur gazak hisoblanadi?

— Popkornning kinoteatrlarda tarqalishi 20-asr boshlarida boshlangan. Dastlab, bu oziq-ovqat mahsuloti kinoseanslar uchun maxsus tayyorlangan edi, buning sababi popkornni film tomosha qilish jarayonida tomoshabinlarga taqdim etish orqali kino tajribasini yanada qiziqarli qilish bo'lgan.

— Kinoteatrlar yangi, issiq popkorn bilan ta'minlash orqali tomoshabinlarning qiziqishini oshirishni uddasidan chiqdi va bugungi kunda ham popkorn kinoseanslarning ajralmas qismi bo'lib qolmoqda.

P.S. Kinoga kirib popkornni unutib qo'yib ichkaridan qimmatga olganlar bormi? 😁

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
🔥9👍3😁31
Nimaga Vulqonlar portlaydi?

— Vulqonning markazida magma havzasi mavjud bo'lib, bu yerda suyuq magma yig'iladi. Magma, yerning yuqori mantiyasidan kelib chiqqan issiq va erigan jinslardan iborat. Magma ichidagi gazlar ko'paygan sari, ichki bosim oshadi bu jarayon Vulqonning portlashiga olib keladi.

— Vulqon otilishining tabiat va insonlar uchun bir qancha foydasi bor masalan, vulqon gazlari va suyuqliklari orqali oltingugurt, temir, marganes, mis, simob va boshqa foydali mineral resurslarning hosil bo'lishi, geotermal energiya ishlab chiqarish, Vulqonlar otilganda chiqarilgan lava va vulqon jinslari tuproq unumdorligini oshirishda xizmat qiladi...

P.S. Ekoturizmga ham foydasi bor ligi haqida eshitganmisiz?

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
🔥5👍31
Nimaga atrof muhitni iflos qilmaslik kerak?

— Atrof muhitning ifloslanishi, havoning, suvning va tuproqning ifloslanishi, turli kasalliklar va sog'liq muammolariga olib kelishi mumkin. Toza muhitda yashash inson salomatligini yaxshilaydi va kasalliklar ehtimolini kamaytiradi. Shuningdek yana muhim sabablaridan biri toza suv va unumdor tuproqni saqlash orqali qishloq xo'jaligida samaradorlikni oshirish mumkin. Bu resurslarni saqlash kelajakda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhimdir.

— Tabiat bilan aloqada bo'lish va toza muhitda yashash odamlarning ruhiy salomatligini yaxshilaydi. Tabiatning go'zalligi va tozaligi stressni kamaytiradi va umumiy ruhiy holatga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ifloslangan muhit esa ruhiy salomatlikka salbiy ta'sir ko'rsatishi aniq.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring
👍8😁1
Nimaga katta maqsadlar qo'yishdan qo'rqamiz?

— Biz o'z qobiliyatlarimizga ishonch hosil qilmasligimiz yoki o'zimizni cheklashimiz mumkin, bu esa katta maqsadlarni qo‘yishga to‘sqinlik qiladi.

— Katta maqsadlar ko'pincha noaniq kelajak bilan bog'liq, maqsad yo'lida yolg'iz qolishdan qo'rqamiz.

— Katta maqsadlarni kichik, erishilishi oson bo‘lgan qismlarga bo'lamiz. Har bir kichik maqsadga erishganimizda o'zimizga bo'lgan ishonch ortadi va shu zaylda mayda qismlarga bo'lgan holda yengib o'tamiz.

P.S. Siz nima deb o'ylaysiz?

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍16🔥62
Nimaga biz uyquga ehtiyoj sezamiz?

— Biz uchun ma'lumlari uyqu asab tizimini, miyya faoliyati, immunitet tizimini nazorat qiladi.

— Miya markazidagi ventrolateral preoptik yadrolar (VLPO) uyquni boshlash va davom ettirishga mas’ul. Bu neyronlar o'zidan uyquga sabab bo‘luvchi GABA va galanin kabi (tinchlantiruvchi) kimyoviy moddalarni chiqaradi.

— Inson organizmidagi juhayralarning ya'ni Mitoxondriyalarning vazifasi energiya ishlab chiqarishdir, va uxlash ularga zararli oksidlovchi moddalarni chiqarib tashlash hamda ertangi kun uchun yangi energiya ishlab chiqarish imkonini beradi.Uxlash vaqtida tanada o‘sish gormoni (somatotropin) ishlab chiqargan holda , Jarohatlar tezroq bitishi, mushaklar tiklanishi va umumiy sog‘lom o‘sish jarayonini tezlashtirishda xizmat qiladi.

P.S. Bir ish qilmay ko'p uhlaysan deb dakki beradigan yaqinlaringizga ulashib qo'ying, foydali ish qilayotganingizni bilishsin.😁

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍111😁1
Nimaga shiferlar kulrang va to'lqinsimon shaklda?

— Fransuz ixtirochisi Lui Gatier (Louis Vicat) tomonidan 1840-yilda ixtiro qilingan tom yopish plitasini to'lqinsimon shakli uning mustahkamligini oshirish, qor yomg'irni tezda eritib yuborish va bosimga bardosh berish uchun mo'ljallangan.

— Uning kulrang xolda chiqarilishining sababi tarkibidagi tsementning rangidir.

— Tom yopishda foydalanilishining sababi, tarkibidagi mineral oʻtda kuymaslik tovush va elektr energiyasini oʻtkazmaslik xususiyatlariga ega asbestga bog'liqdir.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍11
Nimaga daraxtlar tabiatni va havoni tozalaydi?

— Daraxtlar fotosintez jarayoni orqali havodan karbonat angidrid (CO₂) ni so'rib olishadi. Bu jarayonda daraxtlar quyosh nuri yordamida karbonat angidridni kislorodga aylantiradi va kislorodni havoga chiqaradi. Shu bilan birga havoga zarar beruvchi moddalarni , ozon, shu kabi boshqa zararli gazlarni barglari va shoxlari orqali filtrlaydi.

— Yana shuni aytishimiz mumkinki Daraxt ildizlari tuproqni ushlab turishi natijasida tuproq sifatini yaxshilashga va havoning toza bo'lishiga hissa qo'shadi.

P.S. Shunga qaramay ularni kesishda davom etamiz :(

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍14
Nimaga odamlar aksirganda ko‘zlarini yumib oladi?

— Aksirish paytida burun va og‘iz orqali juda katta bosim bilan havo chiqariladi. Bu jarayonda mikroblar, changlar yoki boshqa zarrachalar tashqariga chiqadi. Ko‘zlarni yumish orqali organizm ularni ko‘z ichiga tushishidan himoya qiladi. Odamlarning aksirganda ko‘zlarini yummasliklari deyarli mumkin emas, chunki bu tabiiy refleks hisoblanadi.

— Aksirish bu murakkab refleks bo‘lib, u asab tizimi tomonidan boshqariladi. Aksirganda ko‘p muskullar, jumladan, ko‘z qovoqlarini boshqaruvchi muskullar ham faollashadi. Bu reflekslarning bir-biriga bog‘liqligi sababli aksirish bilan ko‘zlarni yumish bir vaqtda sodir bo‘ladi.

P.S. Ko‘plab odamlar aksirganda ko‘zlarini ochiq tutib aksirish mumkin deb o‘ylashadi, ammo bu deyarli imkonsiz, chunki aksirish refleksi va ko‘z yumilishi birgalikda ishlaydi ekan..

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍12😁1
Nimaga do‘stlar bilan vaqt tez o‘tib ketadi?

— Tadqiqotlarga ko‘ra, odam vaqtni sub'ektiv ravishda his qiladi. Agar biror kishi zerikkan bo‘lsa, vaqt sekinroq o'tadi, lekin qiziqarli faoliyatlarda vaqt qisqarib ketgandek tuyuladi. Do‘stlar bilan vaqtni qiziqarli o‘tkazish bu holatning asosiy sabablaridan biri.

— Do‘stlar bilan bo‘lish stressni kamaytiradi va organizmda "baxt gormoni" oksitotsin va dopamin ishlab chiqaradi. Ushbu gormonlar miya faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va vaqtning o‘tishini sezmaslikka olib keladi.

P.S. Shunday do'stlaringizga ulashib qo'ying.☺️

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍11
2025/10/19 23:40:40
Back to Top
HTML Embed Code: