Telegram Web
Nimaga "Cambridge" rebrending qildi?

Ingliz tiliga asoslangan "Cambridge" o'quv markazi kutilmagan rebrendingni amalga oshirdi. Bunga sabab esa yoshlarga yanada sifatli ta'lim berish, kuchaytirilgan nazorat tizimi, eng yaxshi o'quvchilarni saralash va gibrid ta'lim olish imkoniyatini yaratish!

— Bilasizmi, yuqorida aytilgan fikrlar shunchaki oddiy gaplar emas. Hozirgi raqobat yuksalgan davrda yanada sifatli ta'lim muhitini yaratib, natijaga erishish orqali barchaning ishonchini oqlash mumkin.

P.S. Yangilangan "Cambridge"ning amalga oshirgan rebrending videosini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin! 😊

Havola: https://youtu.be/3KOgQwAFLjA

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍68🔥13😁12
Nimaga sovuq dush odamni tetiklashtiradi?

Sovuq dushni inson tanasi stress chaqiruvchi sifatida qabul qiladi. Uning taʼsirida qon tomirlar torayadi va hujayralardagi metabolizm sezilarli darajada ortadi. Aynan shu jarayon taʼsirida inson oʻzini tetik his qiladi.

P.S. Agarda oʻzingizni tetik his qilishni istasangiz sovuq dushni sinab koʻring.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍138😁33🔥15👏72
Nimaga trenerovkadan keyin mushaklar kengayadi?

Yuklama bilan mashq qilingandan soʻng, inson mushak hujayralari membranalari va miyositlarda biologik kengayishlar sodir boʻladi. Buning taʼsirida mushak tolalarida yorilishlar sodir boʻladi, natijada umumiy mushaklar kattalashadi.

P.S. Baʼzi tez taʼsir qiluvchi sport ozuqalarini ham mashgʻulotdan keyin, 30 daqiqa ichida qabul qilish kerakligi qoidasi ham aynan shu jarayon sababli vujudga kelgan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍98😁14🔥10👏6🤩54
Nimaga super yelim oʻzini idishiga yopishib qolmaydi?

Ushbu savol dunyodagi eng mashhur savollardan biri hisoblanadi. Gap shundaki, super yelim (суперклей) kimyoviy taʼsirga kirishishi uchun kislorod kerak. Uning idishi ichida esa kislorod boʻlmaydi va shu sababli ham yelim idishga yopishib qolmaydi.

P.S. Oʻz yaqinlaringizdan ushbu savolni soʻrab koʻringchi, qanday javob berishar ekan? 😁

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍191😁41🔥13👏7🤩7
Nimaga ishtaha yoʻqoladi?

Ishtahaning yo'qolishi mutlaq (anoreksiya), qisman (giporeksiya) va kamayishi (doimiy ochlik hissi bilan oz miqdorda ovqatlanish) bo'lishi mumkin. Buning sabablari turlicha bo'lishi mumkin.

— Ishtaha yoʻqolishining sabablari qilib masalan, stress va turli hayotiy voqealar taʼsiri, ma'lum dori-darmonlarni qabul qilish, harakatsiz turmush tarzi, aqliy va jismoniy charchoq va qattiq oqsilli dieta kabilarni keltirishimiz mumkin. Yana bu holatni yoshga bog'liq o'zgarishlar taʼsiri, yaʼni, ta'm va hidni sezadigan retseptorlar soni kamayashi bilan ham izohlash mumkin. Eslatib oʻtamiz, ishtahasizlik 1 oy davom etsa, albatta shifokorga uchrashish tavsiya etiladi.

P.S. Shu kunlarda ishtahasiz yurgan yaqinlarimizga yuboramiz, qani ularning sabablari nima ekan 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍88😁8🔥6🤩6
Nimaga Cambridge hozirgi logotipni tanladi?

— Yaqindagina ingliz tiliga asoslangan Cambridge o'quv markazi rebrending e'lon qildi. Ushbu rebrending O'rta Osiyoning 1-raqamli dizayn agentligi Ma'no brending agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

— Rebrending nimaga amalga oshirildi? Nimaga aynan hozirgi logotip tanlandi? Nimaga Ma'no brending bilan hamkorlik qilindi? Shu kabi barcha savollarga quyidagi premyerada batafsil javob olasiz!

P.S. Bugun — dushanba soat 20:30 dan boshlab, quyidagi havola orqali premyerani tomosha qilishingiz mumkin! 😊

Havola: https://youtu.be/Kj9aIiCGk6I

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍33🔥3👏2
3-4 oy tayyorlanib, DTMdan maksimal 189 ball olsa bo‘ladimi?

Iloji bor. Suxrob (@suxrob_oddiy_odam) o‘tgan yili DTM imtihonidan shunday qilib 189 ball olgan. A yolg‘on deb xulosa qilishga shoshilmang, Suxrob qanday qilib shu natijaga erishganini o‘qing: www.tgoop.com/suxrob_oddiy_odam/4

Bu yil esa 2 oy uning kursida vazifalarni bajarganlar talaba bo'lishdi. 22000 dollarlik grantni ham yutganlar bo'ldi: www.tgoop.com/suxrob_oddiy_odam/35

Suxrob kanalida imtihonlarga qisqa muddatda tayyorlanish bo‘yicha yaxshi postlar berib boradi. Masalan:
 Imtihon sanasigacha qanday qilib hamma savollarga tayyor bo‘lish mumkin?
— Qanday qilib imtihonlarga chalg‘imasdan tayyorlanish mumkin?
— Abituriyentlar imtihonlarga tayyorlanishda ko‘p qiladigan 5 xato nimalar?
Imtihonlarga qayerda tayyorlangan yaxshi: uydami yoki repetitordami?

Umuman, imtihonlarga tayyorlanish haqida o'ylab yurgan bo'lsangiz, sifatli ma'lumotlarni @suxrob_oddiy_odam kanalidan bilib borsangiz bo'ladi. Tavsiya qilishga arziydi

👉 @suxrob_oddiy_odam
👍608😁6🔥5🤩4👏3
Nimaga uzoq vaqt davomidagi suvning taʼsiri kaftlarimizdagi terini boʻshashtiradi?

Uzoq vaqt davomida kaftlarda hosil boʻladigan ajinlar — suv taʼsiridagi terining shishishi deb hisoblanar edi. Ammo soʻngi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, suv taʼsirida qon tomirlari siqiladi, buning natijasida simpatik asab tizimi harakatga keladi va teri "boʻshashib qoladi".

P.S. Shunaqa, bizning koʻzimizga oddiy koʻringan voqeliklar aslida murakkab jarayonlardir.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍76😁22👏64🔥4
Nimaga koʻzlar qizaradi?

Ko'zlarning qichishi va qizarishi tez-tez uchraydi. Ko'zlar ko'z olmasining yuzasida joylashgan kichik qon tomirlarining kengayishi tufayli qizaradi.

Agar koʻzingiz qizarsa, unda qichishish yoki og'riq his qilsangiz, birinchi navbatda ko'zda begona jism – qum zarrasi, soch yoki kiprik borligini tekshiring. Agar bunday narsalarni topa olmagan bo'lsangiz, unda har qanday holatda ko'zingizga tegmang, aks holda alomatlar kuchayadi. Bu holatda eng maʼqul yoʻl — darhol shifokor qabuliga borishdir.

P.S. Yaqinlaringizga ushbu postni ulashing. Oʻzingizni va qadrdonlaringizni asrang.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍94👏125😁4🥰1
Nimaga koʻzimizni qisib qarasak narsalar yaxshiroq koʻrinadi?

Bilamizki, nimadir koʻzimizga yaxshi koʻrinmasa, koʻzimizni qisib qaraymiz va bu koʻrishimiz yaxshilanishiga olib keladi. Nimaga bunday, bilasizmi? Hamma gap koʻzimiz yuzasidagi namlikni hosil qiluvchi suyuqlikda. Koʻz qisilgan holatda suyuqlik kichik yuzaga toʻplanadi va linza vazifasini bajarib qoladi.

P.S. Biror narsaga qarayotganda doimo koʻzini qisib oladigan tanishlaringizga yuboring 😁

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
👍91😁27👏5🔥43🤩2
Nimaga ba'zi odamlar uyqusida gapirishadi?

— Tushda gaplashish odati, aniq maʼlumotlarga koʻra, ota-onadan meros bo'lib o'tadi. Psixologlar odam ilgari aytgan so'zlarini tushida takrorlaydi, deb hisoblashadi.

— Olimlarning fikricha, bu shunchaki stress yoki ruhiy zarba oqibatida kelib chiqadi. Dunyoda katta yoshli kishilarning 5 foizi, yosh bolalarning esa 30 foizi tushida gapiradi.

👉 @NIMAGAkanalini kuzatib boring!
👍154😁50👏108🤩7🔥6
Nimaga CEFR’ga “Zaman”da tayyorlanishingiz kerak?

Gap shundaki, psixolingvistik tadqiqotlarga asoslangan oddiydan murakkabga o’tiladigan, to’g’ri yo’naltirilgan dastur hamda to’g’ri yondashilgan yo’l-yo’riq har qanday o’quvchi o’rganish jarayonini yanada qiziqroq, tezroq hamda samaraliroq qiladi.

“Zaman”da esa yuqoridagilarning barchasi + quyidagilar kafolatlanadi:

— arab tilida fikrlash koʻnikmasi;
— fikrni yozma ifodalash mahorati;
— fikrni ogʻzaki ifodalash mahorati;
— individuallashtirilgan oʻquv materiallari;
— mutolaa va tushunish mahorati;
— o’zbek-arab tarjima mahorati;


Negaligini bildingiz, endi amalda sinab ko’rish vaqti keldi:
🖇 https://forms.gle/uXfFAHKsGskyYBFE9
👍39😁13🤩5👏3🔥21
Nimaga sharqiy osiyoliklarning koʻzlari qisiq boʻladi?

Osiyoning sharqidagi xalqlarning koʻzlarining torligi, qovoqlarning maxsus tuzilmasini, yaʼni yuqori qovoqning mavjudligi sababidandir.

Haqiqatga eng yaqin taxminlardan biri, bu quruq cho'llar yaʼni iqlimning taʼsiri hisoblanadi. Bu — shamol ko'taradigan chang, qum va qordan saqlash uchun shakllangan tananing evolyutsion immuniteti deb izohlanadi.

P.S. Koʻzi qisiq tanishlarga yuboring 😁

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
😁120👍719🤩7🔥6👏4
Nimaga chips idishining yarmi havoga toʻla boʻladi?

Chips yeb koʻrganingizda, hech idish ichidagi havoga eʼtibor qilganmisiz? Aslida bu havo emas, balki azot gazidir. Bu albatta chipsning ogʻirligini oshirib, narxini koʻtarish uchun oʻylab topilmagan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha azot gazi chipslarni yana uzoq muddat qarsildoq boʻlishini yaʼni yaxshi saqlanishini taʼminlaydi. Yana shuni maʼlum qilishimiz kerakki, ushbu azotning inson sogʻligiga zarari yoʻq.

P.S. "Chipsxoʻr" tanishlaringizga chips isteʼmolini meʼyorda saqlashlarini tavsiya qiling va albatta ushbu postni ular bilan boʻlishing 😊

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍92😁2010👏7🥰2🔥1
Nimaga suyaklarimiz qarsillaydi?

Aslida qarsillash suyak emas, balki, bo'gʻim sohasida boʻladi. Demak baʼzida keskin harakat sababli boʻgʻimlardagi suyaklarning taʼsir qismlari kengayadi va suyuqlik yetishmovchiligi sababli gaz pufakchalari paydo boʻladi.

Bunday boʻshliqlarning paydo boʻlishida ovoz chiqadi va biz uni qarsillash deb tushunamiz. Sogʻlom insonda bunday qarsillash davri 15 daqiqadan uzoq boʻlishi kerak.

P.S. Qoʻllarini doim qarsillatib, asabga tegadigan tanishlarga yuboramiz 😁

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
🤩59👍43😁32🔥52👏2
Nimaga televizorda "Ferrari" ni reklama qilishmaydi?

Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak Ferrari minadigan odamlar televizor ko'rmaydilar. Ularning bunga vaqti ham, qiziqishi ham yo'q.

Boshqacha qilib aytganda, marketingda maqsadli auditoriya degan tushuncha mavjud. Televizor ko'radiganlarning hattoki 1% ham Ferrarining maqsadli auditoriyasi hisoblanmas ekan.

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
🔥145👍76👏24🤩19😁104
Nimaga ovozimiz yozib olinganda boshqacha eshitiladi?

Ovozimizni diktofon yoki telefonda yozib olib eshitganimizda xuddi birovning ovozidek eshitiladi. Lekin yozib olish jarayonida ovozimizga hech qanday o'zgartirishlar qilinmaydi.

Gap shundaki, o'zimiz gapirayotgan paytimizda tovushimizni past tebranishda eshitamiz. Yozib olingan tovushlarni esa nisbatan yuqori tebranishda yetib keladi. Ushbu farq hisobiga yozib olingan ovozimiz xuddi bizniki emasdek eshitiladi.

👉 @NIMAGA kanalini kuzatib boring!
👍171😁60🔥10🤩8👏73
Forwarded from Abdusattor
💉 Shakar - ommaviy narkotik.

🧬Dofamin tizimi, ishlarni chala qoldirish va diqqatni jamlolmaslik.

Obuna bo’ling 👉 @abdusattor
👍37😁8🔥4🤩2
Nimaga mushuklar bodringdan qoʻrqadilar?

TikTok, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar, YouTube'ga oʻxshash platformalarda mushuklarning bodringni tasodifan koʻrib qolib, qattiq qoʻrqqani aks etgan videolar tarqalmoqda. Koʻpchilik bundan hayratda.

Olimlar mushuklarning bodringga bo'lgan munosabati — ularning azaliy instinktlari uyg'onishi deb hisoblashmoqda. Mushuklar bodringni ilonga oʻxshatadi va qo'rqib ketishadi. Xuddi shu uslub bilan siz har qanday cho'zinchoq narsalarni - banan, sabzi, baqlajon va boshqalarni qoʻyganingizda ham mushuklarning sakrashiga guvoh boʻlasiz.

P.S. Mushugi borlarga yuboramiz 😉

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
😁115👍57👏8🤩8🔥65
Nimaga ko’p xollardagi reklamalarda samsung smartfonlari 12:45 soati bilan ko’rsatiladi?

Buning sababi oddiy. Samsung yangi smartfonlarini odatda mahalliy vaqt bilan soat 12:45 da e’lon qiladi. Bu bilan kompaniya vizual va mantiqiy bog’liqlik yaratish maqsadida haqiqiy vaqt bilan smartfon ko’rsatadigan vaqt bir xil bo’lishini istashgan.

👉 @NIMAGA — kanalini kuzatib boring!
👍136😁29🤩11👏8🔥1
2025/10/21 12:25:51
Back to Top
HTML Embed Code: