Telegram Web
Forwarded from Sherzod Samatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👏82👨‍💻21👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#reportaj

“O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari avariya holati qayd etilgan quduq yonida yana 4 ta burg‘ulash minorasini o‘rnatib, zamonaviy texnologiyalar yordamida kun-u tun ish olib borishmoqda.


Bir kunda 935 metr burg‘ulash ishlari yo‘lga qo‘yilib, O‘zbekiston tarixidagi rekord o‘rnatildi.

📹 Jarayonlar haqida to‘liq ma’lumotni “O‘zbekiston 24” telekanalining “Ortga qaytmas islohotlar” ko‘rsatuvida tomosha qiling!

@ng_uz
👍104👌2
#qoyil

Қашқадарёда 1,5 млрд куб метр ҳажмдаги ерости газ сақлаш омбори қурилади

Энергетика вазирлиги Хитойнинг China National Petroleum Corporation компанияси билан Косонда газни еростида сақлаш омбори қуриш бўйича шартнома имзолади. Иншоот «Қорабайир» кони негизида барпо этилади, унинг ҳажми 1,5 млрд куб метр бўлади.

👉: https://kun.uz/kr/92750816

@ng_uz
7
SO'ROVNOMA / ОПРОСНИК

Hurmatli kanalimiz a'zolari!

“Uzbekistan GTL” kompaniyasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari orasidan eng munosib professor-o‘qituvchilarni saralash, fidoiy ustozlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili “ENG FIDOYI USTOZ” tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.

Shunday qilib, Siz oliy ta’lim muassasasidan qaysi o‘qituvchini eng fidoyi ustoz sifatida baholaysiz va bu borada sizning fikringiz muhim. Quyidagi so‘rovnomamiz orqali o‘z fikringizni bildiring va munosib ustozlarni tanlashda faol ishtirok eting.
So‘rovnomada ishtirok etish 2025-yil 14-Oktabr kuni 23:59 ga qadar davom etadi.

SO'ROVNOMAGA O'TISH BU YERDA!

@ng_uz
Aziz ustozlar va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!


Mamlakatimizda ustoz va murabbiylarni e’zozlash, mehnat faxriylarini qadrlash davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotgani quvonarlidir. Istiqbolli neft va gaz sanoati korxonalarining bunyod etilishi, yangi konlarning o‘zlashtirishda Siz kabi mehri daryo insonlarning beqiyos hissasi bor. Sizlarning boy tajribangiz yosh avlod kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu qutlug‘ kunda sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

@ng_uz
1
Россияда бензин тақчиллиги кузатилмоқда – фотосуратлар

Ёнилғи қуйиш шохобчаларида узун навбатлар юзага келган, ёнилғи талон бўйича сотилмоқда.

📸 👉 https://kun.uz/kr/92369275

@ng_uz
👍3
Qozog‘iston Rossiya orqali Germaniyaga neft sotish hajmini oshirdi

Qozog‘istonning “QazMunayGaz” (QMG) kompaniyasi va Germaniyaning Rosneft Deutschland GmbH kompaniyasi Germaniyaga neft yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnomani 2026 yil oxirigacha uzaytirish haqida kelishuvga erishdi. Yangi shartlarga ko‘ra, har oylik yetkazib berish hajmi 100 ming tonnadan 130 ming tonnagacha oshiriladi. Bu haqdagi ma’lumotni QMG bugun, 7 oktyabr kuni e’lon qilingan press-relizda bildirdi.

Shartnoma shartiga ko‘ra, neft asosan “Karachaganak Petroleum Operating B.V.” kompaniyasi resurslaridan yetkazib beriladi. Bu kompaniya neftni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida, Rossiya bilan chegarada qazib chiqaradi. QMG qo‘shimcha qilishicha, 2024 yildan boshlab Germaniyaga yetkazib beriladigan neftning bir qismi Kaspiy dengizidagi Qashagan konidan, 2025 yildan esa Tengiz konidan olinadi.

👉 BATAFSIL

@ng_uz
4
Ukraina Rossiyadagi neft zavodlariga hujumni ko‘paytirmoqda

Ukraina armiyasi Rossiya energetika obektlariga tobora ko‘proq zarba yo‘llamoqda, deb yozadi The Economist jurnali. Ukraina dronlarining Rossiya hududidagi neftni qayta ishlash zavodlariga muvofiqlashtirilgan hujumlari avgust oyida boshlagandi va zarbalar soni oshib bormoqda: haftasiga ikki-uch martadan to‘rt-besh martagacha, «tez orada har kuni bo‘lishi mumkin», deya qayd etadi jurnalistlar.

Neftni haydash stansiyalari va nef saqlanuvchi omborlar ham hujumga uchramoqda, ammo, Berlindagi Karnegi markazining Rossiya va Yevrosiyoni o‘rganish bo‘yicha katta ilmiy xodimi Sergey Vakulenkoning fikricha, bunday obektlarni uzoq muddatga ishdan chiqarish murakkab vazifa va hozircha Rossiya nefti eksporti qisqarayotgani yo‘q. Shu bilan birga, Rossiya uchun neft xomashyosini sotish neft mahsulotlarini sotishdan ko‘ra kamroq daromad keltiradi.

👉 BATAFSIL

@ng_uz
5👍3🤷‍♂2
TalabaExpo–2025 Qashqadaryo: Kelajak kasbiga qadam

9-oktabr kuni Qarshi shahrida “Qarshi davlat universiteti” hududida "TalabaExpo–2025" kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat Palatasi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda:
◻️ 150 ga yaqin korxona va tashkilotlar
◻️ 1350 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari, shu jumladan amaliyot va stajirovkalar
◻️ Konsultatsiyalar va tadbirkorlik imkoniyatlari

Ko’rgazmaning maqsadi — bitiruvchilarni bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir.

Sizni "TalabaExpo–2025" kasb ko‘rgazmasida kutib qolamiz!

@ng_uz
4
Forwarded from Ibrohim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 Neft va gaz sohasidagi faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqing!

Siz O‘zbekiston neft va gaz sohasida ishlashni xohlaysizmi? Oliy ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki neft va gaz bo‘yicha ta’limni tugatayotgan bo‘lsangiz – bu kurs aynan siz uchun!

📕 Bizning o‘quv kursimizda quyidagilarga tayyorlanasiz:

Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish asoslari
Neft va gazni konlarda birlamchi tayyorlash jarayonlari
Neft va gazni iste’molchilarga yetkazish texnologiyasi
Neft va gazni qayta ishlash bosqichlari
Gazni chuqur qayta ishlash (GTL texnologiyasi, gaz-kimyo majmualari)
Soha tashkilotlariga kirish uchun zarur savol-javoblar asosida tayyorlov

📍 Kimlar uchun mo‘ljallangan?
🔹 Neft va gaz sohasi bo‘yicha oliy ta’lim olgan mutaxassislar
🔹 Bakalavriatni tamomlayotgan soha talabalari

🧠 Kurs davomida siz sohaga oid nazariy bilimlar bilan birga, amaliy savol-javoblar asosida suhbatga tayyorlanasiz. Maqsad – yirik tashkilotlarda ish topishingizga ko‘maklashish!

📲 Kursga yozilish va batafsil ma’lumot uchun biz bilan bog‘laning:
➡️ +998881253008
+998883193717
@shokhsifar
@b_gulmurodovich

📌 Joylar soni cheklangan!
💼 Kelajakdagi ish joyingizga bugun poydevor qo‘ying!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍21
Rossiya Amudaryo, Sirdaryo va Orol uchun 33 mln dollar ajratdi – Putin

Bu mablag‘lar Amudaryo va Sirdaryo havzalarini monitoring qilish, suvni tejash texnologiyalarini joriy etish va Orol dengizida o‘rmonzorlar barpo etishga yo‘naltirildi. Bu haqda kecha, 9 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilgan “Rossiya – Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida so‘z ochdi.

Putinga ko‘ra, 2024 yilda Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 45 milliard dollardan oshgan. U bu raqamni Belarus bilan bo‘lgan 50 milliard dollarlik savdo hajmi bilan solishtirib, mintaqaning ulkan iqtisodiy salohiyatiga e’tibor qaratgan.

Shuningdek, Putin 2025 yilning yanvar–iyul oylarida savdo hajmi yana 4 foizga o‘sganini, o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga o‘tish jarayoni boshlanganini, banklar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hisob raqamlari ochilayotgani va Rossiya investitsiyalari hajmi 20 milliard dollardan oshganini ma’lum qilgan.

👉 BATAFSIL

@ng_uz
8👍8🤣3😴1🗿1
Qayta tiklanadigan energiya manbalari – quyosh va shamol – 2025 yilda ko‘mirni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik elektr energiyasi manbaiga aylandi.

Yangi energiyaga bo‘lgan global talab to‘liq qayta tiklanadigan manbalar hisobidan qoplanmoqda.

So‘nggi 50 yil ichida yetakchilik qilgan ko‘mir o‘rnini quyosh energiyasi egalladi. 1975 yildan beri quyosh texnologiyalarining narxi 99,9 foizga arzonlashgani past va o‘rta daromadli mamlakatlarda bu sohani tez rivojlantirdi.

Xitoy eng yirik ishlab chiqaruvchi bo‘lib, o‘tgan yili butun dunyodan ko‘ra ko‘proq toza energiya ishlab chiqardi va ko‘mir iste’molini kamaytirdi. Ember markazi tahlilchisi Margarita Vyatros-Motika bu yillni “toza energiya o‘tish davrining boshlanishi” deb atadi.

Hozirda quyosh energiyasining 58 foizi past daromadli mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Pokiston 2024 yilda 17 GVt quvvatli quyosh panellarini import qilib, ishlab chiqarish quvvatining uchdan birini qayta tiklanadigan manbalardan olmoqda.

👉 BATAFSIL

@ng_uz
6👍2
Surxondaryoda esa aholiga ko‘mir tarqatish paytida tartibsizlik yuz berdi.

Gaz koniga boy bo'lgan Surxondaryo, Boysun tumanida 8 oktyabrda “Boshrabot” mahallasidagi ko‘mir omborida 278 tonna ko‘mir taqsimlanayotganda grafikka rioya qilmagan fuqaro guruhlari tartibsizlik yuzaga keltirdi. Ichki ishlar va mutasaddi tashkilotlar aralashuvi bilan vaziyat tinchitildi, avvalo olis tog‘li hududlar aholisi uchun yetkazib berishga e’tibor qaratildi. Keyingi taqsimot mahalla kesimida va belgilangan grafik asosida o‘tkazilishi belgilandi. 2025–2026 yillarda tuman uchun jami 3 036 tonna ko‘mir keltirish rejalashtirilgan; hozirgacha 1 325 tonna yetkazib berilgan.

👉 BATAFSIL

@ng_uz
😢102💯1
Neft va gaz quduqlarini.pdf
18 MB
#ng_kitob

Muhim kitoblardan biri:

Нефть ва газ кудукларини бургилаш.
(Neft va gaz quduqlarini burg'ilash - kirillchada)

Mualliflar: Аминов А.М., Назарбекова Д.К.
Toshkent 2016
Darslik

@ng_uz
#oppa

Jizzaxda AES qurilishi boshlandi

Jizzax, Forishda kichik quvvatli AES qurilishi boshlandi — 9 oktyabrda Dushanbedagi Markaziy Osiyo–Rossiya sammitida marosim o‘tkazilib, poydevor kotlovani qazish ishlari boshlandi. Birinchi beton quyilishi 2026 yil martiga rejalashtirilgan. Loyihani “Rosatom” va “O‘zatom” hamkorlikda amalga oshiradi; subpudratchi — Enter Engineering. Kotlovan qazishda ~1,5 mln m³ tuproq ko‘chiriladi, chuqurlik 13 m. Birinchi bosqichda ikki 55 MW RITM-200N reaktori (kichik AES), keyinchalik maydonda ikkita 1 GW VVER-1000 reaktori bilan jami ~2,1 GW quvvat ko‘zda tutilgan. Kichik AES qiymati 1 mlrd dollardan kam deb ko‘rsatilmoqda; loyiha XAEA (IAEA) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Shuningdek, Toshkent, Mirzo Ulug‘bekda Yadro tibbiyot markazi tashkil etish ishlari ham boshlandi.

👉 BATAFSIL

@ng_uz
👍2🙏2🤷‍♂1🗿1
2025/10/13 02:02:50
Back to Top
HTML Embed Code: