Telegram Web
🔴 🟦🟦🟦

📌 Бугун пойтахтимизда “Гиёҳванд моддалар савдоси ва уюшган жиноятчиликка қарши курашиш — қатъий ва доимий назоратни талаб қиладиган муҳим масала” мавзусида матбуот анжумани бўлиб ўтди.


📝 Ички ишлар, Соғлиқни сақлаш вазирликлари, Божхона қўмитаси, Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази ҳамда бошқа ҳамкор ташкилотлар томонидан ташкил этилган ушбу тадбир Президентимизнинг жорий йил 3 ноябрдаги тегишли фармонига кўра қабул қилинган Миллий дастурда белгиланган устувор вазифалар ижросига бағишланди.

❇️ Унда юртимизда гиёҳвандликнинг олдини олиш ва уюшган жиноятчиликка қарши курашиш масаласи атрофлича муҳокама қилинди.


🔎 Таъкидланганидек, мамлакатимизда ёшлар орасида гиёҳванд моддалар тарқалишига йўл қўймаслик, ёш авлодни ушбу зарарли иллатдан асраш ва фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш ҳамда бу йўналишдаги ҳар қандай ноқонуний хатти-ҳаракатларга қатъий чек қўйиш – муҳим масала.

Шу боисдан эндиликда юртимизда бу йўналишда мувофиқлаштирилган самарали тизим яратилиб, гиёҳвандликка қарши курашиш бўйича амалий чора-тадбирлар янада кучайтирилади.

➡️ Тадбирда спикерлар томонидан гиёҳвандликнинг олдини олиш ва уюшган жиноятчиликка қарши курашиш бўйича тадбирлар режасига кўра амалга ошириладиган йўналишлар ҳақида атрофлича маълумот берилди.

📎 Қолаверса, Миллий дастурда белгиланган барқарор профилактика медиа муҳитини яратиш, таҳдидларни аниқлаш бўйича рақамли воситаларни ривожлантириш, маҳаллалар, нодавлат нотижорат ташкилотлари ва жамоатчилик иштирокини кенгайтириш, шунингдек, уюшган гуруҳлар ҳамда наркобизнеснинг қуйи бўғинлари фаолиятини қатъий тўхтатиш бўйича чора-тадбирларни амалга оширишда ОАВ вакилларининг ўрни муҳим экани таъкидланди.

‼️Матбуот анжуманида журналист ва блогерлар ўзларини қизиқтирган саволларга мутахассислардан атрофлича жавоб олди.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


🔵@ssvuz|🔵@ssvmatbuotkotibi|👥Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 3-noyabrdagi 207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini, viloyatimizdagi ijrosi yuzasidan, Samarqand teleradiokanalida “Kun mavzusi” jonli efir ko‘rsatuvi bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

© Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🟦🟦🟦

Mehnatsiz muvaffaqiyatga intilish bu o‘zingiz urug‘ ekmagan yerdan hosil olishni istash bilan barobar.


🔻 Devid Blay

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

© Web-sayt | ✈️ Telegram | ™️ Facebook | 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 🟦🟦🟦

Кеча Президентимиз соғлиқни сақлаш, таълим, транспорт ва космос соҳаларида сунъий интеллект технологияларини жорий қилиш бўйича олиб борилаётган ишлар тақдимоти билан танишди.


📊 Қайд этилганидек, Тиббиёт соҳасида сунъий интеллект бўйича 5 та лойиҳа жорий қилинмоқда. Хусусан, инсульт, кўкрак саратонини сунъий интеллект ёрдамида аниқлаш орқали диагностика вақти 80 фоизга тежалиб, ҳаёт учун хавфли ҳолатлар барвақт аниқланмоқда.

📌 Президентимиз бу етарли эмаслиги, сунъий интеллект ёрдамидаги диагностикани ишлатиш мумкин бўлган касалликлар турини янада кенгайтириш зарурлигини таъкидлади...

👉 БАТАФСИЛ

🔵@ssvuz|🔵@ssvmatbuotkotibi|👥Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Narkotiklar tahdidi: kuchayib borayotgan xavf va kurashish chora-tadbirlari

Ishtirokchi : Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi psixiatriya bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rajabov Muzaffar Nematovich


Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

© Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.

Davlatimiz rahbari yo‘l-transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot va xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Джизакскую область.

Глава нашего государства ознакомится с проводимой работой в сферах дорожно-транспортной инфраструктуры, сельского хозяйства, образования, медицины и услуг, а также примет участие во внеочередной сессии Джизакского областного Кенгаша народных депутатов.

Facebook|Instagram|X
1👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
➡️OAV uchun kontent tayyorlash markazida Narkotiklarni nazorat qilish markazining matbuot anjumani o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

© Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1🤝1
JAMIYAT XAVFSIZLIGI VA INSON QADRI:
PSIXIATRIYA YORDAMI KO‘RSATISH TIZIMIDA MUHIM
TAKLIFLAR ILGARI SURILDI

O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Adolat” SDP fraksiyasi hamda Toshkent shahar sudi tashabbusi bilan “Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti va muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent shahar sudi va tumanlararo sudlar sudyalari, prokuratura, ichki ishlar organlari vakillari hamda tibbiyot muassasalari ekspertlari ishtirok etgan mazkur tadbirda sud-huquq islohotlarining markazida turgan inson qadrini ulug‘lash va jamiyat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Tadbirning dolzarbligi so‘nggi vaqtlarda jamiyatimizda ruhiy nosog‘lom shaxslar tomonidan sodir etilayotgan og‘ir jinoyatlar soni ortib borayotgani, xususan, Toshkent shahrida ruhiy xasta fuqaroning ichki ishlar xodimiga og‘ir tan jarohati yetkazgani, Surxondaryoda 3 yoshli qizaloqning o‘limi bilan bog‘liq holat va 2025 yilda o‘z onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan qizcha voqeasi kabi holatlar bilan izohlanib, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish hayotiy zarurat ekanligi ta’kidlandi.

Anjumanda so‘z olganlar yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26- va 55-moddalariga asosan hech kimda uning roziligisiz tibbiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emasligi hamda har kimga o‘z huquqlarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlanganini e’tirof etdilar.

🔴 Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi a’zolari Zuhriddin Mavlonov, Tohir Palvanov hamda Behzod To‘xtamurodovlar ishtirok etib, partiyaning ijtimoiy adolatni ta’minlash va aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqlarini himoya qilishdagi pozitsiyasini bildirdilar.

Deputatlar va soha mutaxassislari tomonidan amaldagi qonunchilikda mavjud bo‘shliqlar tanqidiy tahlil qilindi; xususan, Fuqarolik protsessual kodeksida shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda statsionarga yotqizish haqidagi sud qarorlarini darhol ijro etish mexanizmining aniq ko‘rsatilmagani amaliyotda muammolar tug‘dirayotgani qayd etildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda sudlar tomonidan shu mazmundagi 19 ta ish ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 2025 yilning o‘tgan 10 oyida bu ko‘rsatkich 25 tani tashkil etgani muammoning ko‘lami kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Qizg‘in muhokamalar davomida deputat Zuhriddin Mavlonov tomonidan qator muhim takliflar ilgari surildi.

Xususan, xavf darajasini inobatga olgan holda Fuqarolik protsessual kodeksining 318-moddasiga o‘zgartirish kiritib, shaxsni statsionarga majburiy, g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish haqidagi ishlarni ko‘rish muddatini 10 kundan 3 kunga qisqartirish, shuningdek, 266-moddaga o‘zgartirish kiritish orqali sud qarorlarining tezkor ijrosini ta’minlash taklif qilindi.


Shuningdek, ortiqcha ovoragarchilikning oldini olish maqsadida sud va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, vasiysi bo‘lmagan shaxslarni "Muruvvat" uylariga joylashtirish tartibini soddalashtirish hamda majburiy davolanishdagi bemorlarni bepul pasport bilan ta’minlash mexanizmlarini joriy etish lozimligi qayd etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

© Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1💯1
Bugun "Ochig'ini ayting" ko'rsatuvining bu galgi sonida giyohvandlikka qarshi kurash, ushbu illat domidan xalos bo'lish borasida so'z bordi. Bizdan uzoqlashmang ko'rsatuvning to'liq sonini tez orada e'tiboringizga havola etamiz.

Ishtirokchi : Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologik bemorlar bilan ishlash bo‘lim mudiri Mukaddas Rustamova


Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

© Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🙏1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🏥 Ҳукумат қарори билан тиббиёт ташкилотларида дори воситаларини электрон рецепт асосида тайинлаш тартиби белгиланган.


Хўш, бу амалиёт қачондан қўлланила бошлайди?

Янги тартиб қандай афзалликларга эга?

📹 Юқоридаги видеоролик орқали шу саволларга жавоб топшингиз мумкин.

🔵@ssvuz|🔵@ssvmatbuotkotibi|👥Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/12/12 10:43:25
Back to Top
HTML Embed Code: