Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MDC Uzbekistan
💻 Dive into the Future with Our Online AI Workshop!

Topic:
Your first steps with Azure Machine Learning Studio, Azure OpenAI and Azure DevOps

Date: 13.04.2024
Time: 20:00
Online

Speaker: Artem Chernevskiy (Microsoft trainer)

Join us as we pave the way for a smarter, more innovative future with AI. See you at the workshop!

Join Zoom Meeting
https://us06web.zoom.us/j/84226909555?pwd=TmatdYymMcqaJWxAPaPYEvrFcxfghh.1

Meeting ID: 842 2690 9555
Passcode: 083417
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Khumoyun Codes
2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Troll.Uz kanali misolida

2019-yil menga Telegram uchun qo'shimcha raqam kerak bo'lib qoldi va operatorga bog'lanish nuqtalaridan biriga kirib, oxiri 1218 bilan tugaydigan raqam so'radim, ishlatilganidan bo'lsinmi ishlatilmaganidanmi deb so'rashdi, farqi yo'q desam, shunday raqamlardan birini berishdi, rasmiylashtirdik va men Telegram ochishga harakat qilib ko'rdim, bilsam bu raqamda akkaunt oldin ochilgan. Yangi raqamni kontaktlarga qo'shib qarasam, akkaunt kimniki ekan deng? Troll.Uz asoschisi Umid Gafurovniki ekan 😈. Akkauntga kirib ko'rdim, sms orqali kod keldi, kodni tersam akkauntga kirdi va kanalga kirsam, kanalga post yozish uchun forma ishlamoqda. "Test" deb yozib boshqa akkauntdan qarasam post paydo bo'lgan. BINGO! degan xayol keldi boshimga, lekin vijdonim qiynalib, o'zlarini ogohlantirib akkauntni qaytarib bermoqchi bo'ldim 😇, buning uchun kanal adminlari orasidan kanal egasini qidirdim, mendagi raqam qo'shimcha admin sifatida qo'shilgan ekan. Asosiy admin raqamini ko'rib, o'zimning akkauntimdan yozdim, oradan vaqt o'tdi, xabarim o'qilmadi, menga Telegram akkaunt kerak, yangi raqamni sotib olgim kelmadi. Shu bilan e'tiborni o'zimga tortish uchun, birinchi bo'lib 2 faktorli autentifikatsiyani yoqdim, Telegram akkaunt o'zimda qolishi va akkauntni o'chirib bo'lmasligi uchun, keyin kanalga do'stlarim bilan hazil sifatida "Hacked" degan GIF va "Troll ni troll qilish maza ekan" degan postlar qoldirdik 😁, qarabsizki, yugur yugur boshlandi. Mendagi raqamga vahima qilgan odamlar yozishni boshlashdi, kanaldan post o'chdi, adminlar soni kamaydi, botlar kick qilindi, lekin adminlar orasidan mendagi akkauntni o'chirishni o'ylab ham ko'rishmadi. O'ylab ko'rishganda esa, menda to'liq Troll uzga tegishli xabarlar yig'ilgan Telegram akkaunt bor edi, reklama narxlari, kontraklar, shaxsiy xabarlar va hkz.

Bu xabarlar bilan har xil ish qilish mumkin edi, lekin men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan yo'lni tutdim va qaytadan Umid aka bilan aloqaga chiqdim. Har ehtimolga qarshi o'zimni kimligimni sir saqlab qolish uchun 🕵️‍♂️, Minskga bo'lgan sayohatdan qolgan Belorus raqami bilan ochilgan Telegram akkaunt orqali aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, lekin boshida doq-popsalar keldi, sudga beraman, militsiyaga xabar qilaman va hkz. Lekin, meni qilgan ishimda o'zim noqonuniylik ko'rmadim, raqamni passportim va pulim bilan sotib olganimni tushuntirib, qo'llaridan hech narsa kelmasligini tushuntirdim. Xalq uchun qilayotgan ishlarini va kerakli ijtimoiy masalalarni ko'tarishlarini yaxshiligini aytib, akkauntni boshqa raqamga o'tkazib olishlarini so'radim. Aka rozi bo'ldilar, lekin 2 faktorlik autentifikatsiyaga backup qilib o'zimni shaxsiy emailimni qoldirgan ekanman, qaysiki u yerda to'liq ism familyam bor 😂. Anonimlik yoqoldi, o'zimni yana bir tanishtirdimda akkauntni qaytarib berib raqamni o'zimda saqlab qoldim. Umid aka ham rahmat aytib jimgina tinchib ketdilar.

Qissadan xissa: Hardoim shaxsiy ma'lumotlaringiz saqlanadigan har qanday platformada, 2 faktorlik autentifikatsiya yoqing, sizni telefon raqamingiz yoki emailingizga yo'l topa olishsa, siz yodingizda saqlab turadigan qo'shimcha 2 parol sizni saqlab qolishi mumkin. Shaxsan aynan shu voqeadan keyin barcha platformalarda ushbu xavfsizlik yo'lini tutaman. O'zbekistonda millionlab mobil raqamlar bor, har kuni ular minglab sotiladi, ehtimolligi past bo'lsa ham shunday tasodif bilan ko'p narsangizni yoqotib qo'yishingiz mumkin.

Pastda voqea payti olingan skrinshotlar keltirilgan 👇

P.S. Meni o'rnimda bo'lganingizda siz qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz?

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from dilafruza.log
.NET'dagi o'sha mashhur Garbage Collector(GC) haqida gaplashamiz !

Garbage Collector - bu .NET tizimida juda muhim tushuncha bo'lib, xotirani samarali boshqarish va xotiraning behuda sarflanishini(Memory Leak) oldini olish uchun ishlab chiqilgan. Keling, .NET tizimida GC'ning asosiy 3 ta tushunchasiga nazar solamiz.

1. Garbage Collector (GC) o'zi nima?

GC - bu .NET runtime'ida ishlaydigan komponent bo‘lib, kerak bo'lmagan obyektlar tomonidan band qilingan xotirani tozalaydi. U muntazam ravishda Managed Heap'ni kuzatib turadi, ishlatilmaydigan obyektlarni aniqlaydi va ularni xotiradan tozalaydi. GC xotiradan keraksiz obyektlarni tozalashda turli algoritmlardan foydalanadi, bu esa xotira boshqaruvini optimallashtiradi.

2. Automatic Memory Management / Avtomatik Xotira Boshqaruvi

C yoki C++ kabi tillarda dasturchilar qo'lda xotirani ajratib olishadi va o‘zlari GC'ning vazifasini bajarishadi, ya'ni xotirani davomiy ravishda tozalab turishadi, .NET tizimi esa GC orqali avtomatik ravishda xotira boshqaruvini amalga oshiradi. Bu dasturchilarga bu tizimdan foydalanganlaridan keyin xotirani o‘zlari tozalashlari shart emasligini anglatadi, bu esa Memory Leak va Segmentation Faults xavfini kamaytiradi.

3. GC Generations / GC Avlodlar

GC obyektlarni ularning "yoshi" asosida avlodlarga bo'ladi. .NET tizimida odatda uchta avlod mavjud:
0-avlod, 1-avlod va 2-avlod.
Yangi yaratilgan har bir obyekt 0-avlodga joylashtiriladi va ular short lived objects deyiladi. Agar biror bir 0-avloddagi obyekt hali ham dastur doirasida foydalanilayotgan bo'lsa,(obyekt GC'ning tozalash siklidan omon qolsa) u keyingi 1-avlodga o'tkaziladi va ular intermediate lived objects deb ataladi. 2-avloddagi obyektlar ko‘pincha static member'lar va global o'zgaruvchilar bo'ladi, ular esa long lived objects deb ataladi)

.NET tizimida GC'ning ushbu asosiy tushunchalarini anglash, mustahkam va samarali ilovalarni ishlab chiqish uchun muhim omil hisoblanadi.

P.S. Iloji boricha qisqa-lo'nda, lekin tushunarli article bo'ldi degan umiddaman, xatolari bo'lsa, feedback'larni kutaman, hammaga rahmat!

#GarbageCollector #dotNET #ShortArticle #CoreConcepts #LearnWithMe #LetsDiscuss

@dotnetwithdilafruz
11 minutda .NET haqidagi barcha savollaringizga javob oling:

https://youtu.be/bXzTXD_OJo0

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Telegram asoschisi Pavel Durov ning intervyusi chiqibdi. U so'ngi marta 2016-yilda intervyu bergandi.

Havola: https://youtu.be/1Ut6RouSs0w

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Janob Panda
💻 Join the online Sharpist AI Hackathon 2024 powered by Microsoft Technologies! 🌟 Calling all developers, AI enthusiasts and tech wizards! Don't miss this opportunity to Microsoft based tomorrow's technology landscape. Register now to secure your spot!…
Dear participants,
We hope you are doing well and ready for the Sharpist AI Hackathon 2024! Here is the AGENDA with GMT+5 timezone.

1st DAY:


15:00 - Welcome Speech Organizers
15:10 - Task Explanation
15:30 - Speech by our Partners
16:00 - Checkpoint starts | Team Registration on Padlet
17:00 - Working on projects

From 17:00 - Intensive work on your projects
______________________

2nd DAY:

14:00 - Welcome Speech by Organizers
14:30 - Mentorship (Checkpoints)
15:30 - Mentorship (Checkpoints)
16:30 - Mentorship (Checkpoints)
17:00 - Working on projects
17:30 - Closing remarks of 2nd day

From 18:00 - Intensive work on your projects
______________________

3rd DAY:

14:00 - Welcome Speech by Organizers
14:30 - Mentorship (Checkpoints)
15:30 - Mentorship (Checkpoints)
16:30 - Mentorship (Checkpoints)
17:00 - Working on projects
17:30 - Closing remarks of 3rd day

From 18:00 - Intensive work on your projects


@mukhammadkarim_tukhtaboev
Ozodani kompyuterida bo'lgani uchun sifati yaxshi chiqmabdi 😁 O'zim screenshot qilishim kerak edi, to'g'rimi Ozoda? 😅😄

Sharpist 2024 - AI Hackathon boshlandi!

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Bugun Sharpist hackathonining 2-kuni va mentorlar turli mavzularda speech qilib, qatnashuvchilarning savollariga javob bermoqdalar.

Elbek Normurodov - Microsoft .NET MVP, Senior Software Engineer
Bobur Umurzokov - Microsoft AI MVP, Ex-Microsoft
Doniyor Niazov - Azure Cloud Expert, Team Lead

Youtubega videolarni joylaymiz, sizlar ham ko'rishingiz mumkin ))

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Umar “IT English” va “Business English” bo’yicha kurslarni o’z o’quv markazida yo’lga qo’yibdi. O’rganmoqchi bo’lganlarga tavsiya qilaman.

Janob Pandaning kanalidan ko’rib keldik desangiz, sizga 10% chegirma berishadi. Uyog’i - tanish bilish 😄

Havola: https://www.tgoop.com/JoshDeveloper/2315

@mukhammadkarim_tukhtaboev
.NET 8 bo'yicha kurs yozyapman. Hozircha 3 ta modul tamom. Dars o'tishni yorib tashemanda borku 😁😂

10 kunda chiqadi inshaAlloh.
Menga Microsoftdan SWAG kelibdi.

Endi Exadelning bakali dam oladigan bo’ldi. Endi uning joyi oshxonada. 😁

@mukhammadkarim_tukhtaboev
Odatda dasturchilar ishni Upworkdan olishadi. Men esa instagramdan oldim 😁

@mukhammadkarim_tukhtaboev
2025/07/04 21:44:12
Back to Top
HTML Embed Code: