Telegram Web
⚜️Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan adabiy-ma'rifiy kecha tashkil etildi.

📚Adabiy-ma'rifiy kechada O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar masalalari bo'yicha maslahatchisi, shoir Botir Ergashev, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Namangan viloyat bo'limi rahbari Musoxon Appaqov, Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat rahbari, shoir Ziyoviddin Mansur hamda tarjimon, adiba Shahodat Isaxonova, shoiralar Begoyim Holbekova, Hulkar Sherzodova, navoiylik Alisher tahallasi bilan nom taratgan shoir Alisher Boymurodov, namanganlik ijodkorlardan Ruqiya G'oziyeva, Gulchehra Zokirova, Adiba Hushroy shuningdek, institut proffesor-o'qituvchilari, "Yoshlar kengashi" hamda "Talabalar akademyasi" koordinatorlari va ijodkor talabalar ishtirok etishdi.

💠Yuqori kayfiyatda o'tkazilgan adabiy-ma'rifiy kechada institutimizning ijodkor talabalari ustoz ijodkorlar tomonidan e'tirof etilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hisobot_konserti

🗣Qashqadaryoda “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida hisobot konserti bo‘lib o‘tdi!

♦️Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida Xalqaro innovatsion universitetining hisobot konserti tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori Ortiqov Umidjon Doniyorovich ochib berdi. Tadbir universitet nomidan Respublika miqyosidagi tanlovlarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan iqtidorli talabalarni taqdirlash jarayonlariga ulandi. Jumladan, “Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan “Hurriyat” jamoasi a’zolarining ota-onalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. QvZ “Voha ligasi” final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan universitetning “Kotta bollar” jamoasi a’zolari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

🔴Tadbir davomida kelin salom, milliy liboslar ko‘rgazmasi, tarixiy shaxslar siymosi, “Guldasta” raqs ansambli, “Dutorchi qizlar” ansambli a’zolarining badiiy va musiqiy chiqishlari hamda jadidchilar hayotidan sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Bundan tashqari hisobot konsertida taniqli Qahhor baxshi ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar konsert dasturi fayziga fayz qo‘shdi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 1-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro ota-onalar kuni.
🌏 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
🌏 Xalqaro sut bayrami kuni.
🇺🇿 O‘zbekiston – Bolalarni himoya qilish kuni.
🇨🇻 Kabo-Verde – Yoshlar kuni.
🇨🇳 Xitoy – Bolalar kuni.
🇲🇳 Mo‘g’uliston – Ona va bola kuni.

#voqealar
🔸Kopengagenda Daniyadagi birinchi universitet ochildi (1479).
🔸Tomas Alva Edison birinchi ovozli elektr registrator ixtirosi uchun patent oldi (1869).
🔸Oltoy viloyati tashkil topdi (1922).
🔸“Kraysler” avtomobil kompaniyasi tashkil topdi (1925). 
🔸AQShning Konnektikut shtatidagi Nyu-Xayven shahrida birinchi pullik telefon apparati o‘rnatildi (1880).
🔸Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlana boshlandi (1950).
🔸Birinchi uzluksiz informatsion kanal – CNN ish boshladi (1980).

#tavalludlar:
🔹1804-yil: Mixail Glinka (1857) – bastakor, rus mumtoz musiqasi asoschisi.
🔹1906-yil: Ahmedov Hojiakbar (1980) – O‘zbek xonandasi (bariton) va aktyori, O‘zbekiston xalq hofizi (1939).
🔹1926-yil: Merilin Monro (1962) – amerikalik aktrisa, qo‘shiqchi va model.
🔹1929-yil: Nargis (1981) – taniqli hind aktrisasi.
🔹1937-yil: Morgan Frimen – Gollivud kinoyulduzi, aktyor, rejissyor, suxandon.
🔹1948-yil: Qadamboy Rahimov – dirijyor, bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanʼat arbobi (1991).
🔹1965-yil: Larisa Lazutina – sovet va rus chang’i ustasi, besh karra olimpiada, ko‘p karra jahon chempioni.
🔹1965-yil: Neyjel Short – ingliz shaxmatchisi, grossmeyster.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
2024/06/01 03:57:31
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243