POSTMODERN INSON XAYOLNOMASI
Bor ma’noga shukr qilmadik,
Izlab chiqdik o‘zga bir ma’no.
Nima bo‘larini avval bilmadik,
Bo‘shliq bilan qoldik so‘ng tanho...
© Ulugʻbek Hamdam
@maknunnnnnnn
Bor ma’noga shukr qilmadik,
Izlab chiqdik o‘zga bir ma’no.
Nima bo‘larini avval bilmadik,
Bo‘shliq bilan qoldik so‘ng tanho...
© Ulugʻbek Hamdam
@maknunnnnnnn
👍4
Alisher Navoiy tarixiy manbalarda ilk bor, 1470-yilda yozib tugallangan «Matlai saʼdayn va majmai bahrayn» asarida tilga olinadi. Unda Alisher Navoiyning ajdodlari haqida «qadim zamonlardan uning izzat-ikromlari bobolari, ulug‘ ajdodlari amirlar (Temuriy amirlar) silkidan – safidan joy olgan edi» deyiladi.
Mirxond va Xondamir bu maʼlumotni yanada aniqlashtirib, Navoiyning bobosi Umarshayx Mirzoning xos kishilardan-koʻkaldoshi boʻlganini qayd etadi.
Faxriy Hirotiyning yozishicha «ona tomonidan bobosi Shayx
Sa’id Chang Mirzo Boyqaro (Umarshayx oʻgʻli) xonadonida amir ul–umaro vazifasida edi».
Demakki, Alisher Navoiy va Sulton Husayn doʻstlik ham bejiz boʻlmagan, bu ikki oila vakillari azaldan doʻst boʻlib kelishgan. Ahmadali Asqarov Alisher Navoiyni barloslardan deb yozgan.

👍3❤1
Menimcha Mirzo Ulugʻbekning siyosiy faoliyatini 3 davrga boʻlib oʻrganishsa maqsadga muvofiq boʻlardi.
Birinchi-davr: 1404-1427-yillar
Bu davr Temurbek tomonidan yangi ulus tashkil qilinib, Ulugʻbekka inʼom etilishidan to Movarounnahr hokimligi, Qipchoq dashti va Moʻgʻulistonga nisbatan muvaffaqiyatli siyosat olib borganligi bilan xarakterlanadi. 1427-yilda Baroqxon bilan boʻlgan jangda yengilgandan soʻng, Ulugʻbek siyosiy faoliyatida yangi davr boshlanadi.
Ikkinchi davr: 1427-1447.
Baroqxon bilan magʻlubiyatdan soʻng 20 yil davomida Ulugʻbek shaxsan oʻzi urushlarga boshchilik qilmaydi, shimol va shimoli-sharqiy qoʻshnilariga avvalgi kabi yurishlar bilan javob qaytarish oʻrniga mudofaa siyosatini qoʻllaydi. Bu davrda Temuriylarning Oltin Oʻrda va Moʻgʻulistondagi taʼsiri pasayib ketadi.
Ulugʻbek boshchiligidagi Samarqand akademiyasi gullab-yashnaydi.
Uchinchi davr:1447-1449
Avvalgilaridan farqli ravishda bu davrda Ulugʻbek noib sifatida emas, balki mustaqil hukmdor sifatida namoyon boʻladi. 2 yil-u 8 oy davom etgan mustaqil hukmdorlik davri, umrining soʻnggi kunlari ziddiyatlarga va noaniqliklarga boy.

👍2❤1
Forwarded from Menimcha
Turk tilidagi sheʼrlarni oʻqiyapman, maʼno-mazmuni yaxshi, chuqur falsafiylarida bor, ammo negadir oʻzbekchadagi sheʼrlarni oʻqigandagi zavqni ololmayapman.
Ozarbayjonning ulugʻ shoiri Ramiz Ravshanning oʻsha mashhur «Ayriliq» sheʼridan parcha keltiraman, men turkchani ham, ozarbayjonchani ham tushunaman, ammo koʻproq menga oʻzbekchasi yoqdi.
Bu yerda qaysidir tilni darajasini yerga urmoqchi emasman, shunchaki subyektiv fikrimni yozdim, bu uchun toshboʻron qilish ham shart emas.
Eʼtirozingiz boʻlsa bemalol izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
Ozarbayjon tilida:
Yene bu şeherde üz-üze geldik,
Neyleyek, ayrıca şeherimiz yox.
Belke de, biz xoşbext ola bilerdik,
Belke de, xoşbextik, xeberimiz yox.
Turkcha:
Yine bu şehirde yüz-yüze geldik,
Ne yapsak, bir başka şehirimiz yok.
Belki de, biz mutlu olabilirdik,
Belki, mutluyuz da, haberimiz yok.
Oʻzbekcha:
Yana shu shaharda yuzma-yuz keldik,
Naylaylik, boshqa bir shaharimiz yoʻq.
Balki biz baxtiyor boʻla olardik,
Balki, baxtiyormiz, xabarimiz yoʻq...

🔥2
• Muhammad Haydarga koʻra, Temurbekning Xitoy yurishiga 600 ming qoʻshin safarbar qilingan.
• Yana bir eʼtiborli nuqta, qoʼshingga yurish oldidan yetti yillik ulufa tarqatilgan. Bu mavzuda proff B. Usmonovning «Fikrat»dagi chiqishini koʻrishni tavsiya qilaman, Xitoy yurishi haqida asosli va qiziqarli farazlar ilgari surilgan.
• Temur yurish oldidan Moʻgʻuliston xoniga yem-xashak, oziq-ovqat tayyorlashni buyurgan, aynan bu davrda Moʻgʻuliston xoni Xizrxon emas, balki Shami Jahon edi. Bundan Xizrxon davridan boshlab (1390) Moʻgʻuliston yarim vassal davlat ekanligi oydinlashadi.(1405)

Sulton Ahmad savodsiz boʻlganmi?
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida amakisi, Samarqand taxtida 25 yil oʻtirgan Sulton Ahmad (1469-94) haqida «hech nimarsa o‘qug‘on emas edi, omi edi, turk va sodda edi. Tab’din bahrasi yo‘q edi» deydi.
Tabiiy savol tugʻiladi, temuriy shahzodalar yoshligidan madrasada tahsil olgan holda, Abu Saidning (1451-69) toʻngʻich farzandi, 6 yoshligidan Samarqand hokimi boʻlgan Sulton Ahmadning savodsiz, omi boʻlishi shubhalidir.
Tadqiqotchi Elmira Hazratqulovaga koʻra,
«Bu ta’rif Sulton Ahmad mirzoning mutlaqo savodsizligini anglatmaydi. Mirzo Bobur yashagan davrlarda temuriylar erishgan mislsiz muvaffaqiyatlarda oqil va ko‘p o‘qiydigan hukmdorlarning ulushi katta bo‘lgan. Shu bois Bobur amakisi Ahmad mirzoning shahar markazida, turli ilmlar o‘chog‘ida ulg‘aya turib, bironta ilmda kamolot hosil qilmagani va badiiyat olamidan yiroqligini omilik deya baholagan bo‘lishi mumkin».

❤1👍1
Teshiktosh gʻoridan topilgan neandertal odamning yoshi baʻzi tadqiqotchilar tomonidan 8-9, baʼzilari tomonidan esa 11-12 yosh deb taxmin qilinadi.
Koʻpgina kitoblarda unga nisbatan «neandertal bola» iborasi ishlatiladi, biroq bu notoʻgʻri boʻlib, oʻrta paleolit davri uchun bu oʻrta yosh hisoblangan. Yaʼni oʻrta paleolit davrida insonning oʻrtacha umr davomiyligi 25 yil boʻlgan.
Suratda Teshiktosh gʻoridan topilgan neandertal odamning 3D tasviri.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pedagog ogʻir sharoitda ishlamaydimi?
3 yil yashaganda 30 yil yashagandek boʻladi.
Milliy tiklanish demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov oʻqituvchilarning pensiya yoshini 50 yosh deb taklif qilyapti.
A. Qodirovning bu taklifini qoʻllab-quvvatlayman!
@maknunnnnnnn
❤2🔥2
Turkiyaning ikkinchi yirik chuchuk suvli koʻli – Egirdir qurgʻoqchilik oqibatida ikkiga boʻlinib qoldi.
Turkiyada 454 ta qush turi mavjud boʻlsa, ularning 225 turi Egirdir koʻli va atrofida yashaydi.
Koʻlning qurishi nafaqat ekologik balki, katta iqtisodiy zararlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

👍2
#nazm
Ketgan ketaversin, eshiklar ochiq,
Omonat devorlar nurab ketadi.
Ko‘ngilda qolmoqlik ko‘ngilga bog‘liq,
Bizga qolganlarning o‘zi yetadi.
Ketgan ketaversin, choramiz qancha,
Ketmoq istadimi, niyatga yetsin.
Muqaddas o‘ringa talabgor ancha,
Shartta ko‘nglimizni bo‘shatib ketsin.
Ketgan ketaversin, vaqt degani ziq,
Besh kun umrimizning yarmi ham o‘tdi.
Vafosi yo‘qlarning ketmog‘i aniq,
O‘shalar juda ko‘p manzildan ketdi.
Ketgan ketaversin, qol degan nomard,
Qish ketsa, o‘rniga keladi bahor.
Qancha ishonganlar bermadimi pand,
Bizning Xudodan ko‘p umidimiz bor.
Ketgan ketadida, nima ham derdik,
Ketishni niyatlab kelgan u boshdan.
Nima ham kutasiz kun bo‘yi yonib,
Oqshomda indamay botgan quyoshdan.
Ketgan ketaversin, kuldik sharaqlab,
Tunda qolasiz deb xo‘p urdilar bong.
Ertaga boshqa bir quyosh yaraqlab,
Ertaga albatta otar yangi tong.
Ketgan ketaversin, eshiklar ochiq....
© Malika Tavfiq
@maknunnnnnnn
Ketgan ketaversin, eshiklar ochiq,
Omonat devorlar nurab ketadi.
Ko‘ngilda qolmoqlik ko‘ngilga bog‘liq,
Bizga qolganlarning o‘zi yetadi.
Ketgan ketaversin, choramiz qancha,
Ketmoq istadimi, niyatga yetsin.
Muqaddas o‘ringa talabgor ancha,
Shartta ko‘nglimizni bo‘shatib ketsin.
Ketgan ketaversin, vaqt degani ziq,
Besh kun umrimizning yarmi ham o‘tdi.
Vafosi yo‘qlarning ketmog‘i aniq,
O‘shalar juda ko‘p manzildan ketdi.
Ketgan ketaversin, qol degan nomard,
Qish ketsa, o‘rniga keladi bahor.
Qancha ishonganlar bermadimi pand,
Bizning Xudodan ko‘p umidimiz bor.
Ketgan ketadida, nima ham derdik,
Ketishni niyatlab kelgan u boshdan.
Nima ham kutasiz kun bo‘yi yonib,
Oqshomda indamay botgan quyoshdan.
Ketgan ketaversin, kuldik sharaqlab,
Tunda qolasiz deb xo‘p urdilar bong.
Ertaga boshqa bir quyosh yaraqlab,
Ertaga albatta otar yangi tong.
Ketgan ketaversin, eshiklar ochiq....
© Malika Tavfiq
@maknunnnnnnn
👍4👏3
Qaysi ahmoq oʻzini aqlli deb his qilsa, tarixga burun suqib, goʻyoki donishmandligini isbotlagan boʻladi.
Blogerlardan biri Hitlerning «Mening kurashim» asarini oʻzbekchaga tarjima qilish kerakligi haqida yozibdi.
Menga izohlar qiziq boʻldi, Hitler kabi millionlar insonlarning hayotiga zomin boʻlgan, ikkinchi jahon urushini boshlagan kimsani ulugʻlab, sigʻinadigan darajada debil va ongsiz mavjudotlarning borligi meni hayratga soldi.
Umrida alifbodan boshqa kitob oʻqimagan bu omi, manqurtlar instagram, you tobeda oʻzlariga oʻxshagan debillar tayyorlagan videolarni koʻrib, undan ,,iloh" yasab olishgan.
Baraka topgur, ozroq oʻqi, fikr qil, oq it, qora it baribir it. Menga Stalin ham Hitler ham bir xil, ikkovi ham xalqlar qotili.
Hitler gʻalaba qilsa bizni ozod qilarmish, Hitler oʻylab topgan «oliy irqlar» orasida na biz, na boshqa qoʻshnilarimiz boʻlgan, biz uni naznida «ikkinchi darajali» xalq boʻlganmiz, u gʻalaba uchun har narsaga tayyor boʻlgan, musulmonlarga yaxshi munosabati ham shu sababdan edi, eslab koʻring, Napoleon hech qaysi dinga eʼtiqod qilmagan, lekin Xudoga ishongan, Misrga borganda oʻzini musulmon qilib koʻrsatmaganmidi?!
Tarixiy voqelik, davrni tushunmasdan har baloni yozish kerak emas.
Shu oʻrinda ayrim, umuman tarix sohasiga aloqasi boʻlmasdan, ikkita kitob oʻqib olib, oʻzidan professional tarixchi yasab olganlarga murojaatim:
Oʻzingiz bilmagan narsaga burningizni tiqib, ommani chalgʻitmang, toʻgʻri kelgani tarixga burun tiqib rasvoni chiqardi, yolgʻonni ham haqiqatga aylantirib yubordi.

🔥5💯3👍2❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Bitsin urush»
@maknunnnnnnn
Dunyomiz allaqachon qabohat va razolatga toʼlib boʻldi, goʻyoki unda yaxshi hislatlarga joy qolmadi.
Eng zoʻr dramma – bu hayotning oʻzi.
Bu qoʻshiq urushda yakka-yu yolgʻiz farzandidan ayrilgan ona tilidan aytilgan.
Oʻzbek estradasida ijtimoiy-siyosiy mavzudagi qoʻshiqlar koʻp emas, bu qoʻshiq umuminsoniy ruhda kuylangan.
@maknunnnnnnn
👍1
BMT assambleyasi davomida Italiya bosh vaziri Jorjina Meloni va Suriya prezidenti Ahmad Shara Nyu-York shahrida uchrashishdi.
Tarmoqlarda J. Meloning Ahmad Sharaga boqishlari turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Undan avvalroq, Melonining Oq uydagi gʻalati harakatlari muhokamalarga sabab boʻlgandi.

🤣4
👍3🔥2