Telegram Web
Tongni isrof qilma

Ertalab 3:00. Stolga o’tirib kitobni ochdim. Darsni boshladim. Yoqmayapti, uyqim kelyapti. Lekin o’qishim kerak.

Fajrda duo qilyapman. Uni ber buni ber. Bermasang bo’lmaydi.



Hozir ertalabgi darslarimdan o’rganganlarim asosida yaxshi pul topyapman.

Qilgan duolarni ijobatini ko’rdim, tamom degan joyimda sodir bo’lgan mo’jizalar - tongning barakasidan ekanligini his qildim

1 bet o’qiganlarim asosida 100 lab narsalarni tushundim

Bir kitobdan olgan ta’limimni 100 lab insonlarga bo’lishdim

Foydalangan ozgina tonglardan shuncha ne’mat, isrof qilganlarimda qanchasi qolib ketdi

Sahar vaqtlarga e’tiborli bo’l

Tonging barakali bo’ldi = kuning barakali bo’ldi

Kuning barakali bo’ldi = umring barakali bo’ldi

Baraka faqat “kal boboy” ko’rinishida emas, ilm, quvvat, ichki hotirjamlik ko’rinishida ham kelishi mumkin.

P.S
Postga hoziroq amal qilish uchun, darrovgina yotib uxla)

@khasanov_blog
1 minutlik video ko'rasan

Uni tayyorlash uchun soatlab ishlashadi. Soatlab montaj qilishadi. Videoning analitikasini soatlab o'rganishadi

Nima uchun?

E'tiboring muhimligi uchun. Diqqating qimmat bo'lgani uchun

Sening kichkina e'tiboring insonlarga - baxt, hotirjamlik, sokinlik olib kelishi

Shu kichkina e'tiboring o'zinga - kamchiliklaringni ko'rsatishi

Shu kichkina e'tiboring g'aribni shod, kambag'alni boy qilishi mumkin

Qimmat narsangni 5 minutdan keyin esingdan chiqaradigan narsa uchun sarflama

Diqqatingni arzon video/narsa/inson larga ishlatma

Qimmatli e'tiboringni qiymatsiz narsalar uchun isrof qilma

@khasanov_blog
Day one or one day
2023 yil. Qadr kechasi.

Qo’limni ochib 3 narsani so’rab qattiq duo qildim.

Orqasidan aytdimki:

Shu so’raganlarim man uchun foydali bo’lsa bergin. Agar man uchun zarar bo’lsa, mani undan, uni mandan uzoq qilgin.

Deyarli 2 yil o’tdi.

So’raganlarimdan ikkitasini ro’yobini ko’rdim. Demak duo qabul bo’lgan.

Bittasi bo’lmadi va bu mani yanada ko’proq xursand qildi.

Ko’p narsa sani qo’lingda emas. Shuning uchun duoda bo’l. Maqbul vaqtlarda O’zidan so’ra.

Yangi milodiy yilda “yorib tashlayman” dema “yorib tashlash uchun duo va harakat qilaman” de.

(40:60)

@khasanov_blog
Birinchi o’rinda o’qishga kirdim. Eng oxiri bitirdim.

Eng yaxshi o’qigan davrim 2-kurs bo’ldi. Fundamental fanlarni yaxshi ko’rib o’qidim.

Kitob chiqdi. Ilmiy laboratoriyada ishladim.

Karyera 3-4 kursdan boshlandi. Asosan turli proyektlar bilan band bo’ldim. Til o’rgandim. Tanishlar orttirdim.

Bu blog ham talabalik davridan esdalik bo’ldi.

1-kursimda orzu qilgan ko’p narsalarimni, 4-kursda qo’lga kiritdim.

Va oxiridagi xulosa shu bo’ldi: bu 4 yillik kelayotgan 20-30 yillini qanday bo’lishini belgilab beradigan davr ekan.

Shuning uchun ham balki oltindir.

Balki shuning uchun talabalik - oltin davrdir.

P.S
12.10.20 - 27.01.25

Bir narsani doim sog’inaman. Domlalar bilan bo’lgan ilmiy bahslardan olgan “kayf”ni boshqa hech narsadan olmasam kerak).

@khasanov_blog
Haldunning o'g'li yozgan "Muqaddima" kitobi chiqdi. Ko'pchilik o'qidi o'qiyapti, ammo muallifning ismini deyarli hech kim bilmaydi.

Restoranlarda tansiq taomlar yeyiladi, ovqatlar maqtaladi, ammo tayyorlagan odamni hech kim tanimaydi.

Shinam uylar, go'zal koshonalar, yashaymiz, o'qiymiz. Binoni qurgan ustalar hayolni bir chetidan ham o'tmaydi.

Yuzida niqobi bor zobitlar tinchlikni saqlayapti, xavflarni oldini olyapti. Niqob ostida kimligi sirligicha qoladi.

...

Sahna ortida mehnat qilgan ko'pchilik esdan chiqiladi.

Harf tanitgan ustozlar

Yoshligingni shirin xotiraga burkagan do'stlar

Sasib yurganingda yuvgan, och qorningni to'ydirgan, istagingni bajargan, erkaligingni ko'targan ota-onalar

Zikr qilinmaydi. Xol ahvol so'ralmaydi. Ko'ngillari olinmaydi.

Qilinmaydiki, yuqoridagi nematlarni yuborgan Zot ham eslanmaydi. Buyurganlariga amal qilinmaydi.

Sahna ortidagilarni unutma, ular zo'r kinoning zo'r rejjisyorlaridirlar

@khasanov_blog
- Saodat ahli ma’siyat qilgan insonni ko’rsa, zohirda inkor va botinda haqqiga duo qiladi

- Mo’min doim birodariga nasihatgo’y, xolis bo’ladi, birga bo’lganda ham, ortidan ham unga yaxshilik tilaydi

- Nafsingdan kuchli raqobatchi, havoyi xohishdan zararliroq illat yo’q

- Kibr haqiqatni qabul qilmaslikdir

- Quvvat hosil bo’lishi uchun eng foydali ibodat bu zikrdir

- Bandalar so’zlarini tinglashdan voz kech, Allohning kalomiga quloq tut

- To’rt amal qalb jilovini tutishda yordamchi bo’ladi:

Ko’p zikr, sukut, xilvatni ixtiyor etish, yeyish va ichishni ozaytirish

- Kuchlilar senga zulm qilsa, eng Kuchliga murojaat qil va qo’rqma

Aks holda ularni ustingdan hukmron qiladi.

Ibn Atoulloh Sakandariy

@khasanov_blog
Yigit kishisan

Hayotingdagi muammolarni hal qilging

Hammasini joy-joyiga qo’yging

Yoshligingdan orzu qilgan hayotda yashaging keladi



Nimadan boshlashni bilmayapsan

Sportdan boshla. Qimmat zallar, qimmat abonamentlardan emas, oddiygina yugurishdan

Bonusiga o’zing bilan o’zing qilgan suhbatga erishasan

O’zing bilan o’zing gaplashgandan keyin, o’zinga konkret vadalar bergandan keyin, qandaydir maqsadni ko’ngilga tugib qo’yasan

Endi esa maqsadga erishish uchun, sasib uxlamaysan, muborak counter-strikeni kamaytirasan yoki umuman yig’ishtirasan

Counterga 1-2 chiqmasang, boshqa chaqirishmaydi

Shu nuqtadan kruging almashadi, o’zinga o’xshagan maqsadlilarni topib olasan

Fikr almashasan, do’stlar topasan. Hayotga boshqa rakursdan qarashni o’rganasan

Kunlik fikrlaringni kundaliginga tushurib borasan, har kuni 24 soat ichida olgan xulosalaringni daftarga yozasan

Ma’lum vaqtdan keyin, daftarni ochib, birinchi betini o’qiganingda,

San endi oldingi yigit emasligingni tushunasan

Sport hayotingni bir qismi bo’lsin. Uni to’g’ridan - to’g’ri organizm uchun bergan foydasidan ham ko’ra

O’zing bilan o’zingni qoldirishi kattaroq natija olib kelishi mumkin

@khasanov_blog
Yangi ma’suliyat = yangi bilim

Yangi bilim = yangi pul

Birinchi kursimda 50/50 risk bilan ish boshlagandim. Abituriyent tayyorlash. Yil oxirida tayyorlagan hamma o’quvchim o’qishga kirgan edi.

Ikkinchi yil kitob yozish ma’suliyatini oldim. Bo’lganda ham boshqacha kitob. Boshlaganda qila olmasam kerak deb o’ylar edim. Ammo o’xshagandi.

Uchinchi yili rus/ingliz tillarida kimyoni o’rgata boshladim. Har darsdan oldin, yurak pulsi bir ko’tarilar edi. Katta tavakkal bilan shartnoma imzolagandim.

Natija: o’quv yili oxirida rahmatlar eshitdim

Bular faoliyatimdagi qiyin kechgan va oltinga teng bo’lgan ilk uch yil

Qandaydir qiyinchilikka duch kelsam, shu yillarni xotirlayman va o’shanda bundan-da qiyin bo’lganini o’zimga eslataman

Yangi ma’suliyat olganingda, yangi bilimlar olishga majbur bo’lasan.

Yangi bilimlar orqali, qimmatli/qiymatli inson bo’lasan

Vaqting qimmatlashadi. Pul o’zi sani qidirb keladi

Hisoblab ko’rsam(post yozayotganda) birinchi oy topgan pulim bilan hozir topayotgan pulim farqi deyarli 250x ekan

Demak, yangi ishlarni sinab ko’rishga qo’rqma. Tavakkal qilishda O’ziga suyan (65:3)

Hech narsaga erishmagan insonlarni, gap so’zlariga e’tibor qilmaslik, hech narsaga erishmay qolishdan sani asraydi.

@khasanov_blog
O’zbek qo’shiqlarida “man kambag’alni emas, boyni tanladi” mavzusi doim topda turadi

Qo’shiqni tinglayotganlarchi, ular unday emasmi?

Yashash uchun kambag’al davlatni emas, boy davlatni orzu qilamiz. “U yerda sharoitlar zo’r” deymiz, “kam mehnatga ko’p to’laydi” deymiz

Boy bo’lishni uzoq yo’llari(kitob o’qish, til o’rganish, kursga qatnashish)ni emas, qisqa yo’llarini qidiramiz(stavka, trading…)

Ikki xil kompaniyadan taklif tushsa, puli ko’piga chopamiz, ish vaqtida ibodatga ruxsat bormi yo’qmi, qadriyatlari mosmi mos emasmi tekshirmaymiz

Puli ko’plarga boshqa muomila, kamlarga boshqa muomila qilamiz. Odam ajratamiz

Pul topishni iflos yo’llarini o’rgatadiganlarga obuna bo’lamiz, ko’proq kuzatamiz. Ilmni, yaxshilikni, kitobni yorituvchi kontentlardan uzoqmiz

Insofni o’rtaga oladigan bo’lsak, biz aslida o’zimiz shunaqamiz



Ayol kishiga ichi to’la bo’lgan muzlatgich, ovqatlari shirin chiqishi uchun zamonaviy oshxona, sanga go’zal ko’rinishi uchun biroz ziynat

Oyda bir-ikki marta samimiy suhbat qiladigan o’zing bo’lsang bo’ldi

U eng baxtli insonga aylanadi

Bu sharoitni qilib berishing uchun sandan milliarder bo’lish emas, yetarli miqdorda pul topish so’ralyapti

Talab esa tabiiy va o’rinli

Shuning uchun mehnat qil. Vaqtni bekorchi va yolg’on xayollar bilan o’tkazma, farzandlaringni buvisini va onasini baxtli qil jigar.

@khasanov_blog
Hayit ayyomi barchangizga muborak bo’lsin do’stlar!
«As David Allen said, “If you’re not sure why you’re doing something, you can never do enough of it.»

«Neuroscience consultant Marilee Springer says, “Multitasking is known to slow people down by 50% and add 50% more mistakes.»

«We can make all our learning more creative and memorable if we use our unlimited imagination.»

«John Medina said, “Hear a piece of information and three days later you’ll remember 10% of it. Add a picture and you’ll remember 65%.»

«When you are interested in a subject and your concentration is at a peak, you can remember mountains of information. It almost feels automatic. Attention deficits are mostly interest deficits.»

Отрывок из книги
Unlimited Memory
Kevin Horsley

@khasanov_blog
Boylik ko’zga tashlanmaydigan narsalarda

@khasanov_blog
Масиятлардан саклан, гохо улар ризқинг тўхтаб колишига сабаб булиши мумкин.

Ибн Атауллоҳ Сакандарий

@khasanov_blog
O’quv yili boshida 4 ta ta’lim kompaniyasidan taklif tushdi

Rahbarlarining qadriytlarini, dunyoqarashini surushtirdim, o’tgan yillardagi ishlarini tekshirdim

Tanlovni qildim, afsuslanmadim.

Bilim olishim uchun ustoz qidirdim

Turli variantlar chiqdi, backgroundni, CV sini o’rganib chiqdim

Ma’qulini tanladim, afsuslanmadim.

Kattaroq bosqichga o’tishda cv ning ahamiyati muhimligini topshirib ko’rganlar biladi.

Shu cv ga yolg’on qo’shish eng xato ekanligini esa ko’pchilik bilmaydi.

Hayotda ham shunday.

Do’st tanlashda, qo’shni tanlashda, ishlaydigan muhit tanlashda, bir umr yoningda bo’ladigan yor tanlashda, cv ni yaxshilab o’rganib chiq.

Afsuslanmaysan.

Endi shu o’rganishni maxviy qilsang va ozgina loxni yoqib tursang ikki baravar afsuslanmaysan.

“Har bir insonning hozirgi holatini bilish uchun, uning o’tmishini bilish kerak” Carl Yung

@khasanov_blog
"Цена - это то, что вы платите. Стоимость (ценность) - это то, что вы получаете"

"Price is what you pay. Value is what you get."
O’qilmagan kitoblardan ko’ra, o’qigan kitoblaringni kitob do’konlarida ko’rish, odamga boshqacha “kayf” beradi.

Yozgan kitobingni ko’rish - umuman boshqa tuyg’u)

P.S
Sizlarda ham shunaqami?

@khasanov_blog
Erkinlik sindromi

Toshkentda yashayotganimga 5 yil bo’lar ekan

Bu shaharda qiziq paradoksni yillar mobaynida ko’rib kelyapman

Bu shahar:

Hech narsani bilmay kelib, ekspert bo’lib ketganlar

Ekspert bo’lib kelib, hech narsa qila olmaganlar

O’qiyman deb kelib, pul ortidan chopganlar

Ishlayman deb kelib, o’qib ketganlar

Bir tiyinsiz kelib, boyib ketganlar

Pachka ko’kat bilan kelib, bir tiyinsiz qolganlar

“Oilam” deb kelib oilasini buzganlar

“Oilaga hali erta” deb baxtini topganlar

Havaslar ila kelib, ichkilik bilan qizlarga botib ketganlar

Qo’lida butilka bilan kelib, uni sindirib masjidni kanda qilmaydiganlar

Hayoni olib kelib, yirtib otganlar

Hayosiz kelib, tavba qilganlar

Halol bo’lib kelib, harom bo’lganlar

Faxshga botib kelib, Haqni topganlarning

Hikoyalarini o’zida mujassam etadigan shahar

Erkinsan degani gazini bos degani.

“Gazini bos” degani = ikki yo’ldan biri degani

@khasanov_blog
8-sinflar edim, boshqa sinf bollari tashashmoqchi bo’lishdi

Sabab: kim zo’rligini bilish.

Talpa yig’ildi, borildi, urushildi. Iqtidorli sinfdan oddiy sinfga haydaldik.

Asosiy urushni tashkil qilgan man edim.

Do’stim bor edi. G’arbga taqlid qilar edi. Qo’shiqlarini tinglardi, qalbiga maza bemaza tekstlarni kiritardi. Gaplarida so’kinishlar ko’p edi

Jahon do’stim gamer edi. O’yinlarini u yog’idan kirib bu yog’idan chiqardi. Vaqtini bebaraka qilardi

Jamol do’stim, maydagap edi, hamma bilan tortishardi, vaqtini mazmunsiz o’tqazar edi. Ko’rgan odam undan uzoqlashardi.



Yuqoridagilar o’zgardi.

Man oxirgi mushtlashuvimni 4 yil oldin qilganman. Shu bilan boshqa hech kimni qattiq urmadim (O’zimga yaqin olgan shogirdlarimdan tashqari)))

Temur qo’shiq po’shiqni telefonidan o’chirib tashladi. Naushnikida faqat kitob yoki ruhiyatini kuchaytiradigan narsalarni eshitdi.

Jahon, “o’yinni qo’y gaplashib o’tiraylik” degan gapini o’z og’zidan eshitdim

Jamoldek do’stni topish qiyin bo’lib qoldi, maydagaplikan bag’rikenglikka, urushqoqdan yarashtiruvchiga aylandi. Kitobsevar samimiy bola bo’ldi qoldi.

Bizlarni bog’lab turgan narsalar - maktabdagi sinf va masjiddagi gilam.

Hammamiz xatokormiz, adashamiz, oqibatini o’ylamay ish qilamiz

It is okay

Ammo qilar ishni qilib, O’ziga qaytmasak, xatolarimizni tan olmasak, O’zidan kechirim so’ramasak yanada yomonlashib boraveradi.

Xulosa:
1. Insonlarni o’tmishda qilgan xatolari uchun ma’lomat qilma
2. O’tmishing razolat bo’lsa, O’zidan boshqaga yolvorib borma.

@khasanov_blog
2025/06/16 01:01:56
Back to Top
HTML Embed Code: