Telegram Web
Tavsiya!

Yaqinda akademiklik unvoniga ega bo'lgan ajoyib o'zbek matematigi, Akademik O'tkir Roziqov bilan ajoyib suhbat bo'libdi:

https://youtu.be/SyALWDjugV4

Ko'rishni tavsiya qilaman.

O'tkir aka bilan ko'p suhbatda bo'lganman, yoshlarni hurmatini joyiga qo'yadigan va ular bilan oraliq saqlamaydigan matematik. Bu olim uchun juda muhim xislat deb o'ylayman!

Suhbatni nomatematiklar ko'rsa ham juda foydali bo'ladi, chunki suhbatda matematikaning hozirgi hayotda qanchalik zarurligiga urg'u berib misollar yordami aytib o'tilgan.

@karimraximov
Motivatsiya!

Bugun Singapur Milliy Universitetida ish boshalaganimga bir yil to`ldi. Shu bir yil davomida quyidagilarni Alloh menga nasib ko`rdi:

1) 3 ta katta maqolani tugatdim va yana 3 tasi oxirgi bosqichida;
2) Hammualiflarim bilan Monografiya yozishni boshladik va uni yakunlanishiga 3-4 oy qoldi;
3) O`zbekistondan Singapur Milliy Universiteti doktoranturasiga ikki talaba va bir ilmiy izlanuvchi kelib qo`shilishiga Alloh meni bir sababchi qildi;
4) Fikrat loyihasiga qo`shildim;
5) Kriptografiya va Kvant mexanikasiga qiziqib o`rgana boshladim va shu sohalarni o`zlashtirishni o`zimga maqsad qilib qo`ydim;
6) Matematikaga oid kitoblardan tashqari boshqa adabiyotlarni ham mutoala qildim va ular orasida menga eng yoqqani va motivatsiya bergani Professor Najmiddin Erbaqonning G'oyam asari bo`ldi;
7) Eng asosiysi Singapurda juda ko`p va ajoyib tanishlar orttirdim.

Nasib qilsa fevraldan O`zbekistonda ish boshlayman. Alloh xayrli qilgan bo`lsin!

@karimraximov
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
#Prezident_stipendiati
#O’zMU_magistranti

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibi:

🔹 Oltiboyev Davrbek Nodirbek o’g’li, Matematika fakulteti “Matematika” mutaxassisligi 2-bosqich magistranti

🔸 Ilmiy rahbar: Raximov Karim Xoshimovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor

Stipendiat talabamiz va uning ilmiy rahbarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz.

Bizni kuzating:
Web-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Fizika bo`yicha ilmiy suhbat!

Bugun soat 11:30da youtubedagi jonli ilmiy suhbatlarimizni davom ettiramiz. Bu safar Fizika bo`yicha Hakimjon bilan ilmiy suhbat quramiz. Suhbatimiz Nanofizika va Nanotexnologiyalar boshlanish tarixi, hozirdagi ahvoli va kelajakdagi istiqbolli yo'nalishlar haqida bo'ladi. Undan tashqari Fizika bo`yicha chetda o`qish imkoniyatlari va bizning yangi loyihamiz haqida ham gaplashamiz. Savollarni youtube chatida online tarzda berishingiz mumkin.

Suhbatni jonli ko`rish uchun link suhbatdan 5 daqiqa oldin ushbu kanalda e'lon qilinadi!

@karimraximov
Matematika va shaxmat!

Hozirda dunyodagi eng kuchli shaxmatchi kuchli kompyuterni shaxmatda yengishi im(possible)konsiz!!!


Lekin matematika bo'yicha o'rtacha olim qila oladigan matematik yangilikni eng kuchli kompyuterlar ham eplolmaydi. Aslida kompyuter(AI) rivojlanishi uchun matematik yangililiklar juda zarur. Bu esa kompyuter bilan bahsda inson qo'lini bir karra yuqori tutib turadi.

Shu o'rinda har doimgi fikrimni yana qaytaraman, shaxmat matematikani umuman anglatmaydi. Shaxmat matematika qamrab olgan cheksiz(aslida kontiniumdan ham katta) ko'p o'yin nazariyalaridan bir kichkinasi xolos.

Men shaxmatni va shaxmatchilarni hurmat qilaman. Shaxmat ajoyib kombinatsiyalarga ega murakkab o'yin. Men shunchaki matematika bilan shaxmatni bog'lashlarini va shaxmatchi bo'lsa matematikani yaxshi biladi deb noto'g'ri xulosa qilishlarini yoqtirmayman.

@karimraximov
Singapur kitob do'konining maktab yoshidagi va undan yoshroq bolalar uchun ajratilgan kitoblar bo'limini ozroq videoga oldim:

https://youtu.be/UB76yBt5eh0?si=C7auDOI7wtJuGV1z

Videoni ko'rib, shuni xulosa qilish mumkinki, Singapurda matematika va tilga bo'lgan e'tibor juda yuqori. Bizda matematikaga oid turli tuman kitoblar yetarlimikin???


@karimraximov
Bugun soat 14:15larda Fikratda matematika bo'yicha ko'rsatuvlar davom etadi! Ajoyib matematiklarimizdan biri Marks aka Ro'ziboev "Kundalik matematika: Determinizm va xaos" mavzusida suhbat olib boradilar:

https://www.youtube.com/live/E5NiBJdlbjk?si=JKDs-Mzwi032tJdK

@karimraximov
Ertaga Singapur milliy universitetidagi oxirgi ish kunim. NUS dagi jamoamiz bilan bugun ajoyib kun o'tkazdik. Singapurdagi ilmiy ishlarga omad tilayman yoshlar: Hakimboy, Hakimjon, Laziz, Shohruh!


Do'stlar(Singapurdagi) bilan xayrlashish uncha yoqimli hissiyot emas, sog'inganim oilam va (O'zbekistondagi) do'stlar bilan qaytadan ko'rishish ishtiyoqi esa ajoyib hissiyot.

Alloh nasib qilsa bundan keyin O'zimizda, qo'ldan kelgancha O'zimizga(O'zbekistonga) xizmat qilishga harakat qilaman.

@karimraximov
Assalomu aleykum hammaga! Bugundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti da yetakchi ilmiy xodim sifatida yangi ish boshladim. Alloh xayrli qilsin. Nasib bo`lsa rejalar juda katta:

1. Hamkasblar bilan birga 3-kurs va undan yuqori(magistr phd)lar uchun jahon darajasidagi maxsus kurslar tashkil qilish(tez orada e'lon qilamiz).

2. 1-2 kurs talabalari uchun regulyar haftalik olimpiadalar tashkil qilish.

3. Riemann gipotezasi va hozirgacha bo`lgan natijalar bo`yicha maxsus seminar tashkil qilish.

4. Fizika bo`yicha ham rejalarimiz bor uni ozgina vaqtdan keyin boshlaymiz.

va boshqalarini yo`l-yo`lakay e'lon qilib boramiz. Yoshlar faol bo`lishga harakat qilinglar!

@karimraximov
Maxsus kurslar:

3-4-kurs bakalavr talabalari, magistrlar va doktoranturada tahsil olayotganlar uchun hozircha 4 ta maxsus kurs tashkil qilindi:
1. Algebraik topologiya---haftaning har Shanba kuni soat 13:30 da matematika instituti 105-xonasida

2. Abstrakt algebra---haftaning har Chorshanba kuni soat 15:00 da matematika instituti 105-xonasida

3. Ergodiklik nazariyasi I---haftaning har Payshanba kuni soat 14:00 da matematika instituti 105-xonasida

4. Differensial topologiya---haftaning har Juma kuni soat 14:30 da matematika instituti 105-xonasida!


Yuqoridagi kurslar haqida ma'lumotlar va kurslar videomateriallarini @maxsuskurslar telegram kanalida xabar berib boriladi!

Musobaqalar va Olimpiadalar!

3-kursgacha bo'lgan talabalar uchun nazariy musobaqalar va olimpiadalar tashkil qilindi. Tayyorlov olimpiadalari haftaning har shanba kuni onlayn tarzda o'tkaziladi.

Ushbu musobaqalar va olimpiadalar haqida ma'lumotlar @matinstcomp telegram kanalida berib boriladi!

@karimraximov
ICTP Diploma dasturiga hujjatlar qabuli davom etayapti!


O`zbekiston matematik va fizik (va boshqa sohalar, quyidagi linkdan tanishing) talabalari uchun yaxshi dastur bo`lgan ICTP diploma dasturi navbatdagi akademik yil uchun hujjatlar qabul qilishni davom ettirayapti. Bu dastur Yevropa universitetlari phd dasturlariga tom ma'noda ko`prik vazifasini o`tuvchi dastur bo`lib ko`pgina o`zbek olimlari shu dasturni muvaffaqqiyatli tamomlab Yevropa va Amerikaning bir qator yuqori darajali universitetlarida PhD grandlarini yutishgan. Ushbu dasturga bakalavr bosqichi 4-kursida tahsil olayotgan yoki tugatgan talabalar yoki magistraturada tahsil olayotgan yoki bitirganlar topshirishi mumkin. Topshirish uchun link:

https://www.ictp.it/news/2024/2/call-applications-postgraduate-diploma-programme

Deadline 15-mart.

@karimraximov
O'zbekistonga kelganimga 1 oydan oshdi. Chetda ko'p yurganimdanmi yaqingacha o'zimni haliyam O'zbekistonda emas chetdadek his qilib yurgandim, ko'nikish qiyin bo'layotgandi. Bugun jamoamiz bilan qizg'in ilmiy seminar qilib turganimizda eshik ochilib "doskalatta olsam bo'ladimi" deb so'rab kelishganda o'zimni haqiqiy ma'noda O'zbekistonda his qildim😂.

@karimraximov
#aynidamda #live

Hakimjon bilan O'zbekiston Milliy Universitetida!

@karimraximov
Sen ratsional emassan, irratsionalsan, buni bilish uchun necha necha matematiklar umrini senga bag`ishladi. Seni verguldan keyingi sonlaringni topish uchun qanchadan qancha matematiklar doiraga ichki va tashqi ko`pburchaklar chizib yuzalarni solishtirdi. Seni yetarlicha aniqlikda topish uchun 2^62-burchakni yuzi bilan ishlashlariga to`g`ri keldi. Lekin Nyuton seni yetarlicha aniqlikda topishning eng yaxshi usuli bo`lgan qatorni integrallash usuli bilan seni aniqlashni o`ylab topdi va Matematik analiz rivojlanishiga katta poydevor qo`ydi. Hozir kompyuterlar seni verguldan keyingi millionlab raqamlaringni topyabdi, lekin bu ham seni to`liq anglash imkonini bermaydi, sen takrorlanmassan. Bugun sening kuning (03.14), lekin o`zing bilmaysan janob π=3.14159265...


Xalqaro matematiklar kuni bilan barchani tabriklayman, doimo π sonidek muhim, murakkab va o`rganilishga arziydigan bo`lib yuring!

@karimraximov
Ozginadan keyin Fikrat dasturida Fraktallar haqida gaplashamiz:

https://www.youtube.com/live/Igh0gckoZ80?si=q0bWgNDW_0gG6f-a

@karimraximov
Inson uchun oddiy lekin robot uchun murakkab!

Bilasizmi kundalik hayotda inson miyasi murakkab darajadagi matematikaga tayanib ishlaydi, lekin insonning o`zi buni uncha his qilmaydi. Eng sodda misol:

Barchamiz katta yo`llarni kesib o`tganmiz, ayniqsa bizda odatiy hol bo`lgan svetofor ishlamay qolganda bu ishni amalga oshirish ancha diqqat talab qiladi, lekin inson odatda vaziyatni tez tahlil qiladi va o`zi uchun optimal vaqt topib yo`lni kesib o`tadi. Aynan shu vaziyatda robot shu ishni bajarishi uchun nima qilishi kerak bilasizmi? U yo`lni kesib o`tishdagi optimal vaqtni topish uchun xususiy hosilali differensial tenglama yechishiga to`g`ri keladi, bu esa oddiy hisob kitob emas, bu murakkab darajadagi matematika.

Inson bu o`zini haligacha to`liq anglay olmagan bir mo`jiza. O`zimizni oz bo`lsada anglay olish undan tashqari dunyoda o`z o`rnimizni munosib egallash uchun kompleks bilim kerak bo`ladi, bu uchun esa ilm olishdan, murakkab bo`lsada yuqori darajadagi aniq fanlarni o`rganishdan to`xtamaslik kerak. O`zimiz o`rgana olmasak ham hech bo`lmaganda shu fanlar muhimligini his qilishimiz va yoshlarni aniq fanlarni chuqur o`rganishga targ`ib qilishimiz lozim.

@karimraximov
Forwarded from Sodiq School
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2-son

❤️‍🔥Bu safargi podkastimizda ayrim muammolarga matematiklar nuqtayi nazaridan fikr bildirishga harakat qildik.

O‘zbekistonda xalqaro darajadagi matematiklar bormi?

Ular yiliga qancha pul topa olishi mumkin?

Xalqaro matematik olimpiadani nega yuta olmaymiz?

Finlandiya yoki Singapur? Qaysi birining ta’lim tizimi biz uchun ma’qul?


Shu kabi savollarga quyidagi spikerlar javob berishadi:

Karim Rahimov – V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori.

Sardor Bazarboyev – bir necha xalqaro olimpiadalar g‘olibi, xalq ta’limi a’lochisi, matematikaga oid kitoblar muallifi.

Azimjon Mahmudov – "Sodiq School" maktabi matematika va SAT fani ustozi, “Abituriyent” gazetasi va kitobi muallifi.

Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq – "Sodiq School" maktabi asoschisi, matematika fani ustozi.

P.S. bundan keyin buxanka trendga chiqsa kerak.

🕸To'liq videoni ko'rish uchun
https://youtu.be/oQhNtTutVhc
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kriptografiya va Matematika

Yaqin insoningiz bilan boshqalar tushunmaydigan qilib gaplaringizni shifrlab gapirib ko'rganmisiz? Shuni o'zi kriptografiyadi shifrlashning bir ko'rinishi. Shifrlash anchadan buyon juda dolzarb hisoblanadi va ayni damda esa super dolzarb.


Kriptografiyaga yaqinda qiziqib oz oz o'rganib boshlagan edim. Lekin ajoyib yosh matematiklarimizdan biri Dr. Aliyev Abdurahmon mendan oldin qiziqib ancha narsa o'rganib qo'yibdi. Bugun Fikratda shu haqida suhbatlashdik. Matematikani zamonaviy kriptografiyadagi roli juda katta ekanligini ushbu ko'rsatuvda oz bo'lsada anglab olishingiz mumkin deb umid qilaman:

https://www.youtube.com/live/8Dr2G9F4BTs?si=vQ21ZxQ4MLKTPKgK

@karimraximov
2024/06/01 07:42:35
Back to Top
HTML Embed Code:


Fatal error: Uncaught Error: Call to undefined function pop() in /var/www/tgoop/chat.php:243 Stack trace: #0 /var/www/tgoop/route.php(43): include_once() #1 {main} thrown in /var/www/tgoop/chat.php on line 243