Telegram Web
Yigitlar 1/8 finalda !

⚽️ Bugun o'tkazilgan JDU va Plexanov universiteti talabalari o'rtasida o'tkazilgan futbol bahsida talabalarimiz 5:2 hisobi bilan g'alab qozonishdi.
Talabalarimiz turnirning 1/8 finaliga yo'l olishdi !

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
JDU talabasi Coursera platformasida faol !

     Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Ta'lim Uyushmasi, Raqamli Ta'limni Rivojlantirish markazi hamda Coursera platformasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Coursera ta’lim platformasida eng faol o‘rganuvchilar taqdirlandi.
     Masharipov Ergashboy — Japan Digital Universityda IT engineering fakulteti 3-kurs talabasi. U Coursera platformasida 2 yarim oy davomida tahsil olib, 4 ta professional sertifikatga ega bo‘ldi. Masharipov Ergashboy platformadagi eng faol o‘rganuvchilar orasida birinchi o‘rinni egallab, xalqaro sertifikat va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
     Coursera ta’lim platformasi - 300 dan ortiq xalqaro universitetlar hamda yetakchi kompaniyalar dasturlarini o‘z ichiga olgan platforma..batafsil

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchilar

Men bu kompaniyada birinchi O'zbekistonlik bo'lyapman !

Yaponiyaning nufuzli kompaniyalaridan biri SRA kompaniyasi tarixida birinchi O'zbekistonlik ishga qabul qilindi. Bu inson - JDU ni yaqinda tamomlagan Sarvarbek Fozilov !

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ? Bizda navbatdagi online seminar !

🧐 Yaponiyada qanday qilib ishga joylaymiz ? Aynan shu savolga seminarimiz mehmonlaridan javob olishingiz, shuningdek JDU haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin !
Seminarda ishtirok etadi:
Toshiyuki Kudo - Yaponiyada ish bilan ta'minlash bo'lim rahbari, rektor yordamchisi
Jasur Hikmatullayev - Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor

Seminar telegram kanalimizda jonli suhbat tarzida bo'lib o'tadi.
Online seminar vaqti: 20-may / 16:00

Savollaringizni ushbu botga hozirdanoq jo'natib qo'yishingiz mumkin: @ravshanbek_imomali_bot

📞
71-200-05-95

Telegram  |  InstagramFacebookYouTube | Web site
Forwarded from Sherzod Shermatov
Yapon tilini o’rganing, kelgusida yuqori daromadli ishga ega bo’lishingiz aniq!

Prezidentimizning dunyoning ilg’or davlatlari bilan do’stona aloqalarni kengaytirib borishlari ortidan Yaponiya bilan ham hamkorlik imkoniyatlarimiz ochilib borayotganini guvohi bo'ldik. Ularning AKT vaziri, Tashqi iqtisodiy aloqalar davlat vaziri, Tokiyo gubernatori va barcha boshqa tashkilotlari rahbarlari juda iliq kutib olishdi.

Uchrashuvlarda Prezidentimiz tomonlaridan yurtimizni IT habga aylantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy qabul qilib, ushbu imkoniyatlardan Yapon kompaniyalarini kengroq xabardor qilish va shu orqali yoshlarimizga masofaviy ishchi o’rinlarini kengaytirishga ko’maklashishga tayyorliklarini aytib o’tishdi.

Ikki yil avval Yapon kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti 1 dona bo'lgan bo’lsa, hozir 16 taga yetdi. Osaka hamda Tokiyoda o’tkazilgan Outsourcing konferensiyalarida qiziqayotgan kompaniyalar soni ancha ko’p bo’ldi. Tokiyoda ochilgan IT Park vakolatxonasi ham ularni sonini oshib borishiga yordam beradi. Bu yilgi ICT Week Uzbekistan doirasidagi ko'rgazmada ilk bor Yaponiya pavilioni tashkil etiladi, bu ham kompaniyalar soni ortishiga sabab bo’ladi.

Yangi kelayotgan kompaniyalarning hammasiga Yapon tilini biladigan va Yapon mehnatkashligiga mos ishlay oladigan mutaxassislar juda kerak bo’ladi. Shuning uchun imkoni boricha Yapon tilini o’rganing, yurtimizdagi Japan Digital University kabi Yaponiya ta’lim tashkilotlariga yoki Yaponiyaning o’zidagi universitetlariga kirishga harakat qiling.

PS. Claude.ai tomonidan yaratilgan ikki davlat aholi piramidasida ularda yoshi kattalar ulushi ortib borayotganini, bizda esa asosan yoshlar ko’pligini ko’rish mumkin. Shuning uchun Yaponiya kompaniyalari o’zlarining tajribali xodimlari yordamida yoshlarnizni masofaviy xizmatlar ko’rsatishga ko’proq olishsa va startuplarimizni qo’llashsa xarajatlarni optimizatsiya qilish va yangi innovatsiyalarni joriy qilish orqali Yapon kompaniyalari raqobatbardoshligi oshishi bilan birga, bizdagi bir necha til biladigan yoshlardan foydalanib esa uchinchi davlatlarga xizmatlari eksportlarini ko’paytirishlari mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumki, Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 1-maydan 25 - maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi “Talabalar festivali” o'tkazilmoqda. Tadbirdan asosiy ko'zlangan maqsadlardan bir bu talabalar oliygohni tamomlaganlaridan keyin turli korxona va kompaniyalarda o'z ish o'rinlarini qiyinchiliksiz topishdir. Kuni kecha JDU talabalari ham ushbu festivalga tashirif buyurib ish beruvchilar haqida ma'lumotlarga ega bo'lib, jarayon bilan yaqindan tanishishdi.

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JDU IT Expo-2025 ga marhamat

⚡️ Japan Digital University sizni 26-may kuni bo'lib o'tadigan, JDUda yilning eng yirik IT ko'rgazmasi - JDU IT Expo-2025 ga taklif qiladi.
💻  Mazkur ko‘rgazmada Japan Digital University talabalarining 20 ga yaqin innovatsion IT loyihalari namoyish etiladi. Tadbir davomida siz:
   - Yoshlar ijodiy ishlari bilan yaqindan tanishishingiz,
   - Ilmiy va amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishingiz,
   - IT sohasidagi yangi g‘oya va yechimlar bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

Tadbir boshlanish vaqti : 09:00 / 26-may

Sizni ushbu manzilda kutamiz

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
2025/06/18 14:50:07
Back to Top
HTML Embed Code: