Telegram Web
JDU IT Expo 2025 - yangi g'oyalar, yechimlar taqdimoti !

 ⚡️ Bugun universitetimzida uzoq kutilgan JDU IT Expo 2025 ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Aytish mumkinki, bu tadbir talabalarga o'z innovatsion g'oyalarini ommaga taqdim qilish uchun qulay bir imkoniyat bo'ldi.
💻 IT ko'rgazmasidagi loyihalar raqamli ta'lim, tizimlashtirish, qishloq xo'jaligi va boshqa bir qator yo'nalishlarni qamrab olgani tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
     G'oliblarni hafta yakunida e'lon qilish ko'zda tutilgan. JDU jamoasi IT ko'rgazmasida faol bo'lgan barcha jamoalarga minnatdorchilik bildiradi !

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
JDUda yapon tilini qanday o'rganasiz ?

🇯🇵 Yaponiyaga ishlash uchun yapon tilini bilmay ketish bu albatta xato fikr. Talabalarimiz Yaponiyada til to'siqlarisiz, bemalol ishlab ketishlari uchun JDUda yapon tili ustozlari katta mehnat qilishmoqda.
💬 Japan Digital Universityda yapon tili qanday o'qitiladi ? O'qishni tamomlash vaqtida yapon tili darajasi qanday bo'lishi kerak ? Shu kabi va JDU haqida boshqa savollarga javob olmoqchi bo'lsangiz navbatdagi online seminar aynan siz uchun !
Online seminar mehmoni : Yapon tili ta'limi bo'limi rahbari - Sheraliyev Komiljon ! Seminar telegram kanalimizda jonli suhbat tarzida bo'lib o'tadi.

Seminar vaqti : 30-may / 16:00

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchilar

🇯🇵 "Yaponiyaga eng oson yo‘l — JDU bilan!"

     G'anijonov Botirjon - JDU bitiruvchisi. U hozirda Yaponiyaning CAL Co. Ltd kompaniyasida IT sohasida ishlamoqda.
     Bitiruvchimiz Yaponiyaga uchib ketishdan oldin aeroportda qisqa intervyu bergan edi (an'anamizga ko'ra 😉). Video orqali Botirjonning JDU haqida fikr va mulohazlari bilan tanishishingiz mumkin !

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
JDU IT Expo 2025 g'oliblari aniqlandi

O'tgan hafta oxirida universitetimizda "JDU IT expo 2025" sovrindorlari aniqlandi. Umuman olganda ularning har biri g'olib hisoblanadi. Aytish kerakki, talabalarimizning ko'rgazmadagi loyihalari ularning yana bir yuqori darajaga chiqqanini anglatmoqda.
Keling turli nominatsiyalar bo'yicha tanlangan loyiha va prototiplar bilan tanishamiz. Batafsil

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"O'rganganlarimni o'z loyihalarimda qo'llashni boshlaganman"

➡️ Yodingizda bo'lsa Japan Digital Universityda IT engineering fakulteti 3-kurs Masharipov Ergashboyning Coursera* darslarini o'zlashtirishda universitetlar aro eng faol talaba bo'lgani haqida xabar bergan edik.

🔗 Quyidagi havola orqali esa Ergashboy Coursera ta'lim platformasida qanday ta'lim olgani haqida yoki Coursera ning Mijozlar bilan ishlash bo'yicha senior menejeri Vera Ignateyva JDU talabalari uchun bergan maxsus intervyusi haqida bilib olishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=2aImQ252xVc

*Coursera ta’lim platformasi - 300 dan ortiq xalqaro universitetlar hamda yetakchi kompaniyalar dasturlarini o‘z ichiga olgan ta'lim platformasi.

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Muqaddas ayyom bilan qutlaymiz !

🎉 Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin! Xonadoningizni xayr-u baraka aslo tark etmasin ! 

      Hurmat bilan Japan Digital University jamoasi !

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Navbatdagi bitiruvchimiz Yaponiyaga uchib ketdi !

🇯🇵 Yaponiyaga karyera qilish uchun ketgan navbatdagi talaba - Sarvarbek Fozilov ! Bitiruvchimiz Yaponiyaning SRA kompaniyasida IT muhandisi sifatida ish boshlaydi. Yana bir e'tiborli jihat shundaki, Sarvarbek Fozilov bu kompaniyada birinchi o'zbek xodimi bo'ldi.
    Sarvarbekka omad tilaymiz !

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Tayyorlaning, bizda katta seminar !

🇯🇵 JDU ni tashkil etgan Yaponiya kompaniyasi Digital Knowledge Co, Ltd ijrochi direktoriga savollaringiz bormi ? Balki JDU rektoriga savollaringiz bordir ?
Agar shunday bo'lsa sizda qulay imkoniyat - bu safargi online seminarimiz mehmonlari JDU rahbariyatidan tuzilgan butun boshli tarkib :

- Hiroaki Haga, JDU ta'sischi kompaniyasi ijrochi direktori
- Ravshanbek Mamajonov, JDU rektori
- Toshiyuki Kudo, JDUda Yaponiyada bandlikni ta'minlash bo'limi rahbari, rektor yordamchisi
- Jasur Hikmatullayev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor

Online seminar Youtube sahifamizda jonli tarzda bo'lib o'tadi, sizni kutib qolamiz ! 😊

Vaqt : 11-iyun / 16:00

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Talabalar Yaponiyaga amaliyot uchun jo'nab ketdi !

🛫 🇯🇵 Kecha JDU ning ikki talabalari Muhammadnurislom To'xtamishhojizoda va Asilbek Boysoatov Yaponiyaga 6 oylik amaliyot uchun jo'nab ketishdi. Ular Digital Knowledge Co, Ltd kompaniyasida IT sohasida amaliyot o'tashadi.
    Talabalarimiz eson-omon Yaponiyaga yetib olishgan va kelasi haftadan amaliyot o'tashni boshlashadi 😊

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookYouTube | Web site
Forwarded from Lolazor.podcast
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#43 O‘ZGA SAYYORALIK YAPONLAR — Lolazor Yaponiyada

Lolazorning navbatdagi soni Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlarida suratga olindi. Unda biz O‘zbekistonning Expo-2025 dagi ishtiroki va noyob paviloni, ikkala yurtni bog‘lab turadigan madaniy rishtalar va yaponlarning nafaqat biz, balki butun dunyodan ilgarilab ketgan jihatlarini muhokama qildik.

🎙Podcastni eshitish uchun:

📹YouTube: https://youtu.be/D0iSdRhku1k

Spotify:
https://open.spotify.com/episode/02qpNEFrx0ykvIXpj8rml5
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/15 20:28:59
Back to Top
HTML Embed Code: