Telegram Web
Audio
🔊 Upwork'da 3D Max, Interyer dizayn o'zi umuman dizaynerlar uchun ishlar bormi?

Siz yana qanday mavzularda Zafarbek Ibrohimovdan audio podcast eshitishni xohlaysiz?


Facebook I Instagram I Website
Upwork'dagi muvaffaqiyatli frilans agentliklardan namunalar

Sizlar yuqorida ko'rib turgan Logic IT Solutions frilans agentligi 2012-yil Upwork'da ilk ishlarini olishni boshlagan. U hozirda birgina shu platforma orqali $10,000,000 dan ortiq pul ishlab topgan.

IT Stars loyihasi zamonaviy kasb egalarini mana shunday muvaffaqiyatga erishishlari uchun ilk qadamlarni tashlashlarida ko'makchi bo'la oladi.

IT Stars loyihasi yaqin orada sizlarga yana bir nechta katta yangiliklarini e'lon qiladi.

Bizni kuzatib boring!


Facebook I Instagram I Website
Grafik dizaynerlarga Upwork'da talab qanday?

Ma'lumotlarga yuzlanadigan bo'lsak, Upwork'da ishlayotgan grafik dizaynerning o'rtacha soatlik stavkasi $15 dan $35 gachani tashkil etadi. Odatda, dizaynerlar har doim ham soatga oladigan ishlarini hisob-kitob qilishmaydi. Ya'ni mijoz berayotgan ishga qarab umumiy narx aytiladi.

Bugungi kunda birgina Amerika misolida 129 mingdan ortiq grafik dizaynerlar frilanserlik bilan shug'ullanishadi. Shulardan, 50 %'ni ayollar jamoasi tashkil etadi. Ular esa hozirgi ish uslublaridan mamnunliklarini ta'kidlashadi.

Sizga yana qaysi soha vakillari bo'yicha ma'lumotlar qiziq?


Facebook I Instagram I Website
Upwork'da birinchi ishimni 12 kunda oldim!

"Bundan oldin ham UpWork'da ishlashga urinib ko'rgandim lekin tajribasizligim uchun bo'lmagan. Upwork kursini boshlab o'rganganlarim natijasida birinchi ishimni 12 kun ichida oldim va yaxshi bajarib mijozga topshirdim ham. O'ylaymanki kelajakda frilanserlik orqali ancha katta yutuqlarga erishamiz."

Asadbek sizni frilanserlikda katta yutuqlar kutayotganiga ishonamiz. 🙂


Facebook I Instagram I IT Stars
Oybek Kucharov IT Stars bitiruvchisi!

Upwork kursi qatnashchilaridan biri Oybek IT Stars ofisiga tashrif buyurib loyiha shartnomalarini yopdi. Endilikda u IT Stars'ning muvaffaqiyatli frilanserlaridan biri hisoblanadi.

U birinchi ishini 15-noyabrda qo'lga kiritgan ekan. 2,5 oyda u kursning shartnomalarini tamomlay oldi. Ma'lumot o'rnida aytadigan bo'lsak, u hozirda 2 yillik shartnoma bilan Shvetsiya kompaniyasiga boshlanishi uchun soatiga $10 dan ishga qabul qilingan.

Hoziroq siz ham frilanserlikni o'rganishni boshlang!

Upwork frilanserlik kursida qatnashish uchun izohlarda + belgisini qoldiring.


Facebook I Instagram I Website
Upwork'dagi ishlar bilan tanishamiz!

Junior darajadagi Flutter developerlar uchun 3 oydan 6 oygacha bo'lgan jamoa bilan ishlanadigan loyihaning bir ko'rinishi. Bu ish junior dasturchilar uchun anchagina qo'l kela oladi. Haftasida 30 soatdan kam ish vaqti maosh esa soatiga $8 dan $20 gacha.

Boshlang'ich darajacha bo'lsangiz ham masofadan ishlab o'z karyerangizni qura olasiz. (Yaxshi maosh bilan birgalikda). Albatta frilanserlikka qiziqsangiz.

Siz ham frilanserlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz izohlarda + belgisini qoldiring.

Facebook I Instagram I Website
Yaxshi yangilikni, yaxshilar uchun ilindik!

Upwork kursi va uning formatiga qator o'zgarishlari kiritilmoqda:

1. Endi Upwork kursi mentorship xizmatisiz taqdim qilinadi. Ya'ni online darslikning faqat o'zi bo'ladi. Bunga asosiy sabab, kurs muallifi Zafarbek Ibrohimovning TechCells kompaniyasidagi kengayishlar sabab mentorshipga yetarlicha vaqt ajrata olmasligidir.

2. Endilikda, Upwork kursining narxi faqatgina bir marotabalik 1,500,000 so'm etib belgilandi. Maqsadimiz Upwork kursi yanada ko'proq insonlarga yetib borishi va manfaatli bolishidir. Zora kimlarnidir jahon bozoriga chiqishiga shu kurs turtki bo'lsa.

3. Yaqin kunlarda, Upwork kursiga shu vaqtgacha mentorship tarifi foydalanuvchilaridan kelgan savollar, ularning javoblari va o'quvchilarga berilgan tavsiyalar kursning ichiga qo'shimcha yangi video sifatida qo'shib beriladi. Bu kursning ichidagi bilim va uning qiymati yanada oshiradi.

4. Bundan tashqari, kursning bir qancha videolari "preview" sifatida tekinga ochib beriladi. Va yana doimiy tarzda Zafarbek Ibrohimov YouTube sahifasiga zamonaviy kasb egalari uchun foydali bo'lgan videolarni joylab borish yo'lga qo'yiladi.

"Ushbu qilinayotgan yangiliklar va berilayotgan bilimlarning barchasi loyihaning narx qiymatini tushirish emas, uning sizlarga berayotgan himmatini oshirishdir!"

IT Stars loyihasiga yaqin orada yangi xizmatlar qo'shilishini va katta yangiliklar bo'lishini ma'lum qilamiz.

Facebook I Instagram I Website
Android dasturchilar uchun Upwork'da talab qanday?

Upwork'dagi ma'lumotlarga yuzlanadigan bo'lsak, platformaga endigina kirgan android developer soatida o'rtacha $12, $15 atrofida ishlaydi. Middle va Senior darajadagi frilanserlar esa soatiga o'rtacha $30, $35+ atrofida ishlaydilar.

Hozirning o'zida Upwork platformasida 5,557'dan ortiq Android developerlar uchun ish e'lonlari mavjud. Ma'lumot o'rnida Upwork kursi qatnashchisi o'zining ilk loyihasini $2,000'ga olganini va keyingi loyihasi $1,800'lik bo'lganini ma'lum qilgan edik.

Siz ham frilanserlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz izohlarda + belgisini qoldiring.

Facebook I Instagram I Website
Forwarded from Zafar Ibrohimov
UpWork endi Rassiya va Belarusda ishlamaydi. Bu yuz minglab UpWork accountlari degani. UpWorkda bizning mintaqadagi frilanserlarga talab oshishi kutilayabdi. Bizni accountlarga mijozlardan murojatlar ham ohirgi kunlarda ancha ko'payib qoldi.

Manba

@ZafarbekIbrohimov
Forwarded from Avlo Podcast
Avlo Podcast Zafarbek Ibrohimov.mp3
22.6 MB
Ukrainadagi siyosiy vaziyatning O‘zbekiston IT bozoriga ta’siri

🗞 Xabaringiz bor, hozirgi kunda Ukrainada kuzatilayotgan siyosiy notinchlik tufayli Oʻzbekiston IT bozorida ham mos ravishda oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Xususan, koʻplab mahoratli mutaxassislarning bizning bozorga kirib kelayotgani soha vakillarida bir talay savollarni uygʻotishi tabiiy.

⁉️ Ushbu savollarga yechim izlash maqsadida tajribali freelancer, “Tech Cells” kompaniyasi rahbari Zafarbek Ibrohimov bilan telegram ijtimoiy tarmog‘ida audio suhbat o‘tkazdik.

🎙 Muloqotga qatnasha olmagan kuzatuvchilarimiz uchun suhbatning yozib olingan ko‘rinishini taqdim etamiz.

📌 Marhamat, o‘zingiz uchun kerakli ma’lumotlarni tinglang va yaqinlaringizga ham ulashing!

Video suhbat - https://youtu.be/0mdthmNSvfQ

Telegram | Instagram | YouTube
Sabr ila mexnat qilganlar natijalarga erishib kelmoqdalar :)

Tabriklaymiz!

@ITStarsUz

Facebook I Instagram I Website
Forwarded from Zafar Ibrohimov
Ertaga (Juma, 3-Iyun), soat 10:00 da AKT Vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida frilanserlik mavzusida ochiq muloqot boʻladi.

Muloqotda vazirlik xodimlari, bir qancha frilanserlar, va shu jumladan men ham qatnashaman.

Soha istiqbollari va muammolari haqida gaplashamiz.

Koʻp savollarga javob va muammolarga potensial yechim olishingiz mumkin! Savol soʻrash imkoniyati ham boʻladi.

Muloqotni AKT vazirligining YouTubeʼdagi va Facebookʼdagi sahifalari, va AKT vaziri Sherzod Shermatov'ning Facebook sahifasi orqali kuzatish mumkin.

Ha aytgancha, bu qisqa soʻrovnomani ham toʻldirishni unutmang: https://forms.gle/24zGScy3SdCjC3886

@ZafarbekIbrohimov
Bugungi online suhbatdan so'ng saytga kirishlar soni KESKIN ko'tarilishi natijasida itstars.uz saytimizda texnik nosozliklar yuzaga keldi.

Saytga hujum uyushtirilgan bo'lishi ham mumkin.

Noqulayliklar uchun urz so'raymiz. Tez orada qaytamiz.

@itstarsuz
Biz yana onlinemiz!

Saytga hujum uyushtirilgan ekan. Hacker Sirdaryodan. Ichki ishlar bo'limiga IP address (lar) va barcha qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etildi.

@itstarsuz
Forwarded from Zafar Ibrohimov
AKT Vazirining frilanserlar bilan ochiq muloqoti va u yerda qilgan qisqa nutqim.

Boshlang'ich frilanserlarga tavsiyalar berilgan.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=5uwIBOFxeAM

@ZafarbekIbrohimov
Koʻp soʻraladigan savollar...

Faqat HTML/CSSʼni (verstka) bilsam ham UpWorkʼda ish topa olamanmi?

Javob: Yoʻq!

Izoh: Tasavvur qiling, UpWorkʼga kirdingiz, raqobatchilaringiz kimlar? Butun dunyodan ishlaydigan mutaxassislar. Siz hozir HTML/CSSʼni oʻzi bilan hatto Oʻzbekistonda ish topishga qiynalayotgan bir paytda, qanday qilib butun jahon raqobat qiladigan muhitda HTML/CSS'ning oʻzi bilan raqobatbardosh boʻla olasiz?

Juda qiyin masala.

UpWork da ishlash uchun yaxshigina qurollanishingiz kerak.

@itstarsuz
Amity universiteti, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi bilan hamkorlikda “Frilanserlikka birinchi qadam” mahorat darslari tashkil etilmoqda.

Frilanser sohasidagi yetakchi mutaxassislar:

Zafarbek Ibragimov – TechCells va IT Stars asoschisi

Munira Begmuratova – Toptal Talent networkda katta muhandis-dasturchi, va O‘zbekistondagi Toptal Community yetakchisi

Abdusattor Abdurahimov – Dizipro asoschisi, IT-tadbirkor;

Yoshlarning IT sohasidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashib, Upwork, Fiverr va boshqa ko‘plab xorijiy platformalar bilan ishlashda yordam beradilar.

Dastur 3 yo‘nalish bo‘yicha keng qamrovli mahorat darslarini o‘z ichiga oladi:
•️ Dasturlash;
•️ Dizayn;
• Loyiha boshqaruvi / Tarjima.

Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
🔗RO'YXATDAN O'TING

Oʻtkazilish joyi:
Amity universiteti
O‘tkazilish sanasi: 2 iyul
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 55 501 03 02
(Ichki raqam - 25)
UpWork kursiga ikkita yangi va juda muhim qo'shimchalar qo'shildi.

Kurs: https://itstars.uz/courses/upwork

@ITStarsUz
IT Stars Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi, va vazirlik qoshidagi Raqamli Iqtisodiyot Tadqiqotlari Markazi (RITM) bilan hamkorlikda, yoshlarni frilanserlikka jalb qilish, zamonaviy kasb egasi boʻlgan yoshlarni jahon bozorida oʻz oʻrnini topishida yanada koʻmaklashish maqsadida IT Stars dagi “UpWork da muvaffaqiyatlik frilanserlik qilish” kursiga chegirmalar eʼlon qiladi!

Chegirmaga ega boʻlish uchun, RITM tomonidan tashkillashtirilgan saytdan roʻyxatdan oʻtib, promocode qoʻlga kiritishingiz kerak.

Promocode orqalik esa, siz 500,000 soʻmlik chegirmaga ega boʻlasiz, va kursni bor yoʻgʻi 1,000,000 soʻm ga sotib olishingiz mumkin.

Promocodeni qoʻlga kiritish uchun sayt: https://myfreelance.uz/aksiyalar

Bu ajoyib imkoniyatni do'stlaringiz bilan ham ulashing!

@ITStarsUz
Forwarded from Ibrohim
📢 Salom, kreativ frilanserlar va mustaqil professionallar! 🎨💼

🌟 Sizni frilansing fenomenini o'rganadigan qiziqarli so'rovimizda ishtirok etishga taklif qilamiz. 💡

💪 Ushbu qiziqarli tadqiqot missiyasining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Tajribangiz va mustaqil faoliyatingiz haqidagi qiziqarli savollarga javob bering. 📋🔍

🏆 Ishtirokingiz uchun tashakkur sifatida biz sizga ishingizni yaxshilash va karerangizda yangi cho'qqilarni zabt etishingizga yordam beradigan eksklyuziv tadqiqot natijalari bilan tanishish imkoniyatini taklif qilamiz. 📈

📢 So‘rovnomada qatnashish uchun quyidagi havolani bosing. 💪🌟

🔗 So'rovnoma

📆 Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang! So‘rov faqat cheklangan vaqt mobaynida ochiq bo‘ladi. Frilansing sohasini rivojiga hissa qo‘shishga shoshiling! 🌍💻

🙌 Tajribangizni baham ko‘rganingiz va siz bilan rivojlanishimiz va o‘sishimizga yordam berganingiz uchun katta rahmat. 🚀💼

📌 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Website
2024/06/16 04:14:53
Back to Top
HTML Embed Code: