Telegram Web
INSPECTOR_UZ
MILITSIYA QIZ... SHAXRIYORBEK OSTONBEKOV IJROSIDA, BEGZOD HAMRO SHE'RI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MILITSIYA QIZ...
BEGZOD HAMRO SHE'RI VA IJROSIDA

QO'SHIQNI 👈 SHAXRIYORBEK OSTONBEKOV IJRO ETGAN

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍91
Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga

Hurmatli ichki ishlar tizimi xodimlari!

Qadrli ofitser va generallar, serjant va safdorlar!

Muhtaram faxriylar!


Siz, azizlarni 25-oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Ushbu qutlug‘ ayyomda, avvalo, Vatan oldidagi muqaddas qasamyodingizga doimo sodiq qolib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida o‘z zimmangizdagi g‘oyat muhim vazifalarni yuksak mas’uliyat bilan ado etib kelayotganingizni alohida ta’kidlashni istardim.

So‘nggi yillarda ichki ishlar organlarini chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish borasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz natijasida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik muhitini ishonchli ta’minlash bo‘yicha mustahkam zamin yaratildi.

2025-yilda “Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” barcha darajadagi rahbarlar uchun eng ustuvor vazifa etib belgilandi. Shu maqsadda jinoyatlar sodir etilishi nuqtayi nazaridan vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarga ichki ishlar organlari bilan birgalikda

barcha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamda huquq-tartibot tizimidagi oliygohlar biriktirilib, ularning joylardagi kundalik manzilli faoliyati va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan “yagona faoliyat zanjiri” yaratildi.

Ushbu toifadagi mahallalar kichik hududlarga birlashtirilib, ularda “tezkor yordam” funksiyasini bajaradigan huquq-tartibot maskanlari tashkil etildi, migrantlar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha alohida tashkiliy-profilaktik mexanizmlar shakllantirildi. Profilaktika, tezkor-qidiruv, patrul-post, yo‘l-patrul va qo‘riqlash xizmati inspektorlarining birgalikdagi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ular “mahalla yettiligi” va aholi bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy dasturlar hamda huquqiy-tartibotni mustahkamlash borasidagi tadbirlar natijasida yil davomida jami mahallalarning yarmidan ko‘pida jinoyat sodir etilmadi, yoshlar, ayollar va ishsizlar o‘rtasida jinoyatchilikning keskin kamayishiga erishildi.

O‘z navbatida, sohada zamon talablariga mos ravishda samaradorlikka erishishga qaratilgan yangicha ishlash amaliyoti qaror topmoqda. Xususan, ichki ishlar organlarining raqamli infratuzilmasida transformatsiya jarayonlari boshlandi, jamoat xavfsizligini ta’minlash amaliyotiga sun’iy intellekt imkoniyatlari keng tatbiq etilmoqda.

Qisqa muddatda vazirlik va idoralarning qirqqa yaqin ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan “Xavfsiz shahar” yagona platformasi yaratildi, 20 dan ortiq yangi axborot tizimlari ishga tushirildi, “Yagona migrant” axborot bazasi yordamida uzoq vaqt xorijda yurgan shaxslar bilan manzilli ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Dunyo miqyosida tobora kuchayib borayotgan kiberjinoyatlarning tahdid va ta’siridan mamlakatimizni ishonchli himoya qilish, ayniqsa, aholimizning ulardan jabrlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha kompleks mexanizmlar joriy etilmoqda. Tabiiyki, bu sohada zamonaviy professional kadrlarga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

Shu jihatdan 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida dual ta’lim jarayoni va innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati” yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilgani muhim qadam bo‘ldi.

Hurmatli soha xodimlari!

Jinoyatlarning barvaqt oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish orqali xalqimiz hayotini yanada osoyishta va fayzli qilishga qaratilgan harakatlarimizni biz bundan buyon ham ustuvor darajada izchillik bilan davom ettiramiz. Bunda “mahalla yettiligi” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, oila, ta’lim muassasasi, mahalla faollari va davlat idoralari o‘rtasida uzviy hamkorlikni ta’minlashga alohida e’tibor berish lozim.
3👍3
Biz zamon talablarini hisobga olib, ichki ishlar organlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayonini raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini keng joriy etgan holda tashkil etish, kiberfiribgarlik va kibero‘g‘irliklarga chek qo‘yish bo‘yicha ishlarni yangicha yondashuvlar asosida yanada faollashtiramiz.

Butun jahonda giyohvandlik balosi asosan voyaga yetmaganlar va yoshlarni o‘z domiga tortayotgani hammamizni ogohlikka undashi zarur. Ushbu illatdan milliy genofondimizni asrash maqsadida uyushgan narkojinoyatchilikka butunlay chek qo‘yish borasidagi harakatlarimizni yangi bosqichga olib chiqishimiz, tezkor-profilaktik va tergov faoliyatini manzilli tashkil etishimiz kerak.

Ishonchim komil, ana shu ustuvor yo‘nalishlarda safarbarlikni kuchaytirib, birgalikda harakat qilib, ishimiz samarasini keskin oshirsak, xalqimizning chinakam roziligiga erishamiz.

Aziz do‘stlar!

Fursatdan foydalanib, siz, azizlarga Vatanimiz va xalqimiz tinchligi yo‘lidagi sadoqatli va fidokorona xizmatingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

Ushbu shonli ayyomda el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur soha xodimlarining xotirasini hurmat bilan yodga olib, ularning oilalari va farzandlariga ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz.

Hech shubhasiz, ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy ish sharoitlari, zarur texnik vositalar bilan ta’minlash, malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib qoladi.

Sizlarni bugungi shukuhli bayram bilan yana bir bor chin dildan tabriklab, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Гўзал жуфтлик. Тошкент шаҳар ИИББ ходимлари

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-leytenant A.A.Tashpulatovning 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
———
Ўзбекистон Республикаси ички ишлар вазири, генерал-лейтенант А.А.Ташпулатовнинг 25 октябрь – Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан байрам табриги

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ота...

Бошловчи: Салом том
Дада: Салом
Бошловчи: Хозир сени миллонер шоудан безовта қилябмиз, ўғлинг хозир 500 минг доллар пул ютди ва 1 миллион долларлик саволни ўйнаябди
Дада: Вауу, зўрку
Бошловчи: 1 миллион долларлик саволни жавобини топиш ун сендан ёрдам сўраб телефон қилябди, хозир ўғлинга гўшакни бераман
Ўғил: Салом дада
Дада: Салом
Ўғил: Аслида менга сизнинг ёрдамингиз керак эмас фақат миллион доллар ютганимни биринчи бўлиб сиз эшитинг дедим...

Шундан сўнг гўшакни қўйди ва тўғри жавобни айтиб миллион доллар ютиб олди...

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
63
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Яна бир бор касб байрамингиз муборак ички ишлар ходимлари

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
25 ОКТЯБР... БИЗ ХАЛҚ ХИЗМАТИДАГИЛАР БИЛАН БИР САФДАМИЗ...

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93❤‍🔥1
25 - октябрь куни хизматда бўлиб ёки бошқа биронта сабабга кўра ижтимоий тармоқлар орқали тақдим этилган клип ва қўшиқларни ўтказиб юборганлар учун махсус таклиф. Барча янги клип ва қўшиқлар бир жойда 👇👇👇
👍43
O‘zbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir aviakompaniyasi haqida kanadalik xonanda qo‘shiq kuylabdi.

Devid Keroll qo‘shiqqa “Don’t fly Wizness class”, ya’ni “Wizness class’da uchmang” deb nom bergan. U bu qo‘shiqni o‘zbekistonlik talaba Suhrob Ubaydullayevni qo‘llab yozgan va unga klip ham olgan. Klipda Suhrobning o‘zi ham qatnashgan.

Ko‘pchilik Devid Kerollni 2008-yili “United Airlines” aviakompaniyasi bilan shov-shuvli voqea orqali yaxshi taniydi. O‘shanda mazkur aviakompaniya uning  3500 dollar turadigan gitarasini sindirib, tovon to‘lab bermagan. Shunda Keroll bu haqda qo‘shiq yozib YouTube’ga chiqargan va kompaniyani sharmanda qilib, ularning 180 million dollar zarar ko‘rishiga sababchi bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, WizzAir kompaniyasi Suhrobni 2023-yil avgustida Rimdagi aeroportda samolyot bortiga chiqarmagan — shunchaki o‘zbekistonlik bo‘lgani uchun! Natijada Abu Dabi orqali tranzit bilan uchayotgan talabaning chiptalari kuyib ketgan, bechora bir hafta yurtma-yurt sarson bo‘lib, qarzga botib, arang uyiga yetib kelgan.

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5❤‍🔥1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бобо инспекторни хизматига рахматни шу тарзда изхор этибдилар

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Опа қаттиқ йиқилмадимикин-а?

@INSPECTOR_UZ 👈  🏪 QONUN HUJJATLARI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi u o’zgaradimi ?
👍1
2025/10/26 09:28:58
Back to Top
HTML Embed Code: