Telegram Web
AQShda pandemiya davridan beri kuzatilayotgan, o’zimga shaxsan qiziq hodisa bu minilgan mashinalarning narxi ko’tarilgani bo’ldi. Odatda yangi mashinani avtosalondan minib chiqishingiz bilanoq narxi tushib ketadi. Minilgan mashinalar yangilaridan qimmat bo’lmasada, avvalgiga nisbatan qimmatroq narxga sotilmoqda. Masalan, bir yil avval olingan mashinalar zarariga sotilishi o’rniga foydaga sotilmoqda. Ba’zi hisob-kitoblarga ko’ra, minilgan mashina narxlari so’nggi bir yilda 48% ga oshgan.

Minilgan mashinalar ko’tarilgani pandemiya bilan bog’lab, bir nechta sabablarni ko’rsatish mumkin. Pandemiya boshlanishidagi moliyaviy tahlika tufayli ko’pchilik ishini yo’qotishdan qo’rqib, mashina sotib olmagan. Ular mashinaga bo’lgan talblarini endi qondirishmoqda. Davlat tomonidan berilgan yordam pullari ham aholi daromadlarini ko'paytirdi, ayniqsa sayohat uchun ajratishgan shaxsiy mablag’larini deyarli ishlatishmagani hisobga olganda. Bundan tashqari, dunyo bo’ylab chiplarning yetishmovchiligi yuzaga kelgani bois, mashina ishlab chiqarish hajmi ham kamaygan. Bu mashina bozoridagi taklifni kamaytirgan.

Eng qizig’i, ishlatilgan mashinalar bozorida narxlar o’sishi AQShda inflatsiyaning 5% gacha ko’tarilishiga biroz hissa qo’shgan bo’lishi mumkin. Umuman olganda, AQShda iste’mol mahsulotlarining ham narxi oshmoqda va inflatsiya 2008-yildan beri eng yuqori nuqtaga chiqqan. Inflatsiya darajasi osishda davom etadimi yoki kamayadimi, bu esa juda qiziq.

https://www.economist.com/graphic-detail/2021/06/15/why-the-used-car-market-is-sending-american-inflation-soaring
Tavsiya, reklama emas!

Behzod Hoshimov dunyodagi eng mashhur siyosatshunos olimlardan biri Fransis Fukuyama bilan suhbat uyushtiribdi. Bu olim faoliyatini “Sovetshunos” sifatida boshlagan va Sovet Ittifoqi qulagandan so’ng yozgan “Tarixning oxiri va so’nggi odam” asari bilan nom qozongan. Kommunizm qulagach, liberalizm ideologik rivojlanishning so’nggi bosqichi bo’lib qoladi va bu go’ya universallikka erishadi, deb bashorat qilgan. Bu fikr keyinchalik xato bashorat bo’lib chiqdi va Fukuyama ijtimoiy fanlarda kam kuzatiladigan holat-ya’ni xato qilgani tan olib chiqdi. Lekin u bu xato bilan yo’q bo’lib ketmadi, aksincha liberal tizimga xaf soluvchi, rivojlanishni orqaga tortuvchu omillarni o’rganishga kirishdi.

Ilmiy sohada o’zini o’znini yana topib, ko’plab kitoblar yozgan, ularning aksariyati juda mashhur. Masalan, uning “Siyosiy tartibot va siyosiy yemirilish” kitobi qanday qilib davlatlar siyosiy tartibga erishadiyu, qanday omillar siyosiy institutlarni qulatadi degan masalalarni ko’targan. Suhbatda ham shunga o’xshagan mavzular ko’tarilgan. Fukuyama yuqoridagi mavzular bo’yicha ilmiy adabiyotlarni umumiylashtirib, savollarga tushunarli va qiziqarli javob bergan. Agar Siz davlatlar rivojlanish masalalariga qiziqsangiz, zamonamizning tirik afsonalaridan biri bo’lgan olim bilan bo’lgan suhbatni albatta tomosha qiling.

https://youtu.be/c10409bHIAI
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Illinoys universiteti siyosatshunoslik bo’yicha doktoranti Ikromjon Tuhtasunov migratsiyaning siyosiy qarashlar va ijtimoiy ishonchga ta’siri bo’yicha so’rovnoma o’tkazyaptilar. So’rovnoma natijalariga qarab, ilmiy ish chop etilishi mo’ljallangan. So’rovnoma 10-15 minut vaqt oladi. So’rovnomada qatnashib, ilmiy ishga o’z hissangizni qo’shishingizni so’rab qolaman.

https://forms.gle/MG2VBuQiDyhudQPx5
Anchadan beri bu kanalda yozolmadim yoki, shunchaki, yozmadim. Bunga sabablar ko’p va umuman olganda o’zim uchun bu vaqt boshqa ishlar uchun foydali bo’ldi deb ayta olaman. Yozishimdan maqsad odatda hayolimdagi fikrlarni hayolotdan chiqarib tashlash. Qandaydir orom bor bu mashg’ulotda. Albatta, hamma narsani bu berda yoza olmayman. Hamma narsa deganda esa, keng ma’noda shaxsiyatdagi fikrlar va, hatto, siyosiy va ijtimoiy qarashlar ham kiradi. Mayli, bu boshqa masala. Lekin bu yerda ko’proq yozib turishga harakat qilaman.

Bugun AQShning zamonaviy tarixidagi eng mashxur generallaridan biri Kolin Povel 84 yoshida vafot etdi. AQShliklar odatda harbiylarni juda qadrlashadi, generallarni esa aytmasa ham bo’ladi. Harbiylar siyosatlashmagan deb qaraladi (aslida boshqacha ekanligiga yetarlicha sabalar bor) va ularni haqiqiy (shubhasiz) vatarparvarlar deb hisoblashadi. Kolin Povel 4 yulduzli general va turli yuqori davlat lavozimlarida, jumladan, davlat kotibi ham bo’lgan. Ya’ni Amerika uchun haqiqiy qahramon amaldor. Uning chet davlatlardagi obro’si ham shu qadar yuqori ediki, hatto uning Iroqda ommaviy qirg’in qurollari bor ekanligini anglatuvchi unchalik ishonarli bo’lmagan “dalil”lari ham ko’pchilikni ishontirgan. Iroq urushini keyinchalik u bilan bog’lashdi. U ham keyinchalik razvedka natijalarida yanglishmovchiliklar bo’lganini tan oladi.

Bu postda Kolin Povelni oqlash yoki Iroqdagi urush bo’yicha vaziyatga chuqurroq analiz berish maqsad yo’q. Shunchaki magistraturada darsda bo’lgan bir vaziyat haqida qisman so’zlab bermoqchiman. O’shanda Iroq urushi mavzusida ma’ruza o’qilgandi (kim o’qigani aytmaganim ma’qul). Mavzu urushgacha bo’lgan jarayonlar va qanday xatolarga yo’l qo’yilgani haqida edi. Razvedkadagi muammolar ham sanab o’tilgan edi. Lekin meni esimda qolgan epizodlardan biri o’sha ma’ruzachi Kolin Povel aslida qanday muhitda qaror qabul qilgani tushuntirishi bo’lgan. Kichik detallariga kirib ketmagan holda aytish mumkinki, Kolin Povelga “sifatsiz” razvedkani ishonarli qilib ko’rsatishgan va u razvedka ishonchli ekanligiga bir necha marta og’zaki kafolat olgan. U o’sha paytda davlat kotibi bo’lgan, Oq Uy tomonidan BMTda “dalil”ni ko’rsatib, nutq so’zlashi ko’p marta so’ralgan. Oxir-oqibat shu nutq ko’p davlatlar oldida Iroqqa urush ochish zaruratini yaratgan. (Bu ma’lumotlarni faqat ma’ruzachi aytmagan, ochiq ma’lumotlarda ham bor)

Vaqt eng oliy hakam. “Gamilton” musiqiy spektaklida aytilganidek, “tarix o’z ko’zlarini sizga qaratib turibdi”. Kolin Povelning ham Iroq urushi boshlanishidagi o’rniga adolatli baho berilar. Lekin bu post umuman boshqa narsalar haqida. Qaror qabul qilishdagi atrofdagi odamlar va Siz a’zo bo’lgan tashkilot qanday fikrdaligi, siz ularga qanchalik ishonasiz bu juda muhimligi. Ya’ni sizda mukammal ma’lumot bo’lmaganda ham odamlarga bo’lgan ishonch yetishmagan ma’lumot o’rnini to’ldirishi mumkin va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bu ishonch odamlarning oldindan shakllangan qarashlariga (inglizchadagi “bias”) ga asoslangan bo’lsa va deyarli butun tashkilot shu qarash asosida ish ko’rsa. Yana bir xulosa shuki, davlat boshqaruvi, u qanday darajada bo’lmasin va qanchalik muhim qarorlarni, masalan, bir davlatga urush ochish kabilarni qabul qilmasin, insonlar tomonidan amalga oshiriladi. Ya’ni bu insonlar super odamlar emas. Hayotingizdagi ko’radigan odamlar xilma-xilligi davlat boshqaruvining har qanday darajasida mavjud va bu deyarli daraja yuqorilagani sari ham o’zgarmas.
“Oqko’ngil” diktatorlar

Avtoritar hukmdorlar agar xalqiga manfaatli bo’lsa, uning yomon tomonlari unutilishi va bunday tizimlar demokratiyadan samaraliroq ekanligi to’g’risida ba’zi fikrlar mavjud. Bunday avtoritar rahbarlarni ingliz tilida “benovelenet dictators”--ya’ni “oqko’ngil, mehribon” diktaror deb ta’riflash mumkin. Ular garchi so’z erkinligi, inson huquqlari va saylovlarni ma’lum cheklovlar bilan ruxsat berishsada, rejim demokratiyaga aylanmaydi va avtoritat sifatida qolaveradi. Mustafo Kamol Otaturk, Li Kvan Yyu(Lee Kuan Yew) yoki Yozef Broz Titolarni shundaylar qatorida keltirish mumkin. “Oqko’ngil” diktatorlar demokratiyadan yaxshiroqmi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:

Demokratiyada saylovlar boshqaruvni hukumatga saylovchilar tomonidan taqdim etish hisoblanadi. Ya’ni kuch aholi tomonida bo’ladi va rahbar yaxshi ishlash yoki ishlamasligiga qarab unga kuch taqdim etishga qaror qilishadi. Masalan, 4-5 yilda prezidentni qayta saylashadi yoki o’rniga boshqasini saylashadi. Parlamentga vakillarni saylash orqali prezident kuchini ma’lum darajada tiyib turishadi va o’z navbatida ushbu vakillarni ustidan saylov orqali hisobdorlikni talab qilishadi. “Oqko’ngil” diktaror reijimida esa aholi qo’lidagi kuchni noma’lum muddatga yo’qotadi. Saylov orqali o’sha kuchni qayta o’ziniki qilib olishi qiyin bo’ladi. “Oqko’ngil” diktator hozir “yaxshi” bo’lishi mumkin, lekin besh yildan keyin ham “yaxshi” bo’lishiga ishonch yo’q. Odamlar u “yaxshi” bo’lmay qolganda esa uni o’zgartirishlari odatda juda qiyin bo’ladi. Shu jihatdan odamlar demokratiyada avtokratiyaga nisbatan erkinroq bo’lishadi.

Shu jihatdan olib qaraganda, avtoritar tuzumlar bilan demokratik tuzumlar o’rtasidagi asosiy konseptual farqlardan biri --kuch kimning qo’lida ekanligi. To’g’ri, har qanday tuzum, avtoritar bo’ladimi, demokratiya bo’ladimi, odamlar “kayfiyati” bilan ma’lum darajada hisoblashishga to’g’ri keladi. Demokratik rahbar ham vakolarlari juda katta bo’lishi mumkin. Lekin aynan demokratiya rahbarlar, vijdonli bo’ladimi yoki yo’q, aholisiga zulm qiladigan rahbarga aylanib qolishi ehtimolini pasaytiradi. Avtokratiyada esa bu xavfni istisno qilish juda qiyin.
Demokratiya va yetakchilar

Demokratiya haqida gapirda, erkinlik va adolat kabi qadriyatlar, konstitutsiya va qonun ustivorligi hamda boshqa insitutsional g’oyalar borasida so’z boradi. Albatta, bu institutlar demokratiyaning qon-tomirlari va ularsiz demokratiyani tasavvur qilib bo’lmaydi. Demokratiyaning asosi esa-albatta odamlar. Agar demokratiyaning turli xil nazariy shakllariga qaralsa, unda odamlarga turlicha vazifalar yuklangan. Masalan, “liberal” demokratiyada odamalar siyosiy hayotda faolroq qatnashishi ko’zda tutilgan bo’lsa, elita demokratiyasida esa ularning vazifalari asosan saylash vazifasi bilan cheklangan.

Lekin demokratiyaning deyarli barcha nazariy modellarida qadriyatlarga sodiq turadigan jamoaga muhim e’tibor qaratilgan. Ya’ni demokratik institutlarning yaratilishi muhim, lekin yetarli emas. Ularni haqiqatda amal qilishini ta’minlaydigan jamoa bo’lishi muhim. Bu umumiy xalq bo’ladimi, yoki ma’lum odamlar guruhimi, asli farqi yo’q, muhimi ularda bu vazifani amalga oshirish uchun kuch va xoxish bo’lishi. Biz aynan shu omilni odatda unutib qo’yamiz.

Demokratik insitutlarning ishlash yoki ishlamasligi nafaqat ularning qanday ko’rinishga ega ekanligi, shu bilan birgalikda ularni qanday shaxslar boshqarishi va ularni nima rag’batlantirishiga ham bog’liq. Agar rahbarlar “qog’ozda” ish beradigan, lekin amalda ish bermaydigan institutlarni yaratishsadan manfaatdor bo’lishsa, bunga qobiliyatlari yetarli bo’lsa, aholiga hisobdor bo’lishmasa, qonunlarni yoki ushbu institutlarni xalq manfaati yo’lida ishlashidan umidni uzsa bo’ladi. Konstitutsiya mukammal yozilgan taqdirda ham, undagi prinsiplarga qadriyat sifatida sodiq qoladigan odamlarsiz, u ish berishi qiyin.

Xo’sh, yechim nimada? Albatta, har qanday demokratik nazariya odamlarda ma’lum darajada demokratik qadriyatlarga sodiqlik mavjud bo’lishini ma’qul deb hisoblaydi. Lekin hamma odamlarda ham demokraiyaga nisbatan ijobiy fikr bo’lishi shart emas. Masalan, dunyodagi eng avtoritar davlatlarda ham aholida demokratiyaga bo’lgan qarashlar demokratik davlatlardagi aholinikidan ijobiyroq. Odatda, avtoritar davlatlardagi aholi to’gri va notog’ri sabablarga ko’ra demokratiyani ma’qul ko’radi (masalan, demokratiyani mamlakatda ishsizlikni yo’q bo’lishi bilan bog’lashadi). Demokratiyaning jon saqlab qolishi uchun esa uning qadriyatlariga sodiq bo’lgan yetakchilar zarur. AQSh misolida aytganda, demokratiya uchun Madison, Gamilton va Vashington kabilar kerak. (1/2)
O’zimizning tariximizda ham bunday shaxslar yetarli. Balki ular aynan demokratiya atamasi ostida kurashmagandurlar. Lekin ularning g’oyalari asosida millat ozodligi va erkinligi yotgan. Ular millat taqdirini faqat millat hal qilishini hoxlashgan. Millat o’zi xohlagan hukmdorni tanlay olishini va kezi kelganda qonuniy yo’l bilan uni rahbarlikdan ayirishni istashgan. Hech kim hech narsaga majburlanmasligini xohlashgan. Jamiyatda adolat bo’lishini xohlashgan. Ular hukmdorlikni omonat deb hisoblab, hukmdor xalq oldida hisobdor ekanligiga ishonishgan. muhim qarorlarni qabul qilishga xalq qudrati yetarli deb hisoblashgan. Erkin millatgina rivojlangan iqtisodiyot va farovonlikni yaratia olishiga ishonishgan. Bularning bari demokratiya bo’lmay nima? Demokratiya emas, boshqacha atasak ham mayli. Bu yerda demokratiyaning qandaydir nomukammal, abstrak shakli nazarda tutilmayapti. Yoki demokratiya so’nggi maqsad sifatida emas aynan millatni erkinlik va adolatga olib boradigan vosita yoki yo’l sifatida nazarda tutilyapti.

Agar demokratik davlatlar tajribasiga qarasak, demokratiyaning yaralishi tabiiy jarayondek kechgan. Ya’ni tarixiy jarayonlar odamlarda o’z erklarini himoya qilish, ozodlik uchun demokratiya eng muqobil yo’l ekanligini anglab yetishlari orqali vujudga kelgan. Erkinlikni chegaralanishi erkinlikning qadrini yaxshi biladigan va unga erishishga qat’iy bel bog’lagan yetakchilarni yaratgan. Ularni erkinlik va adolat yo’lida kurashi demokratiyani qo’llab-quvvatlagan va uni qadriyat sifatida shakllanishiga olib kelgan. Bizda ham erkinlik, tenglik va adolatni mahkam tutganlar yetarlicha bor, manimcha. Mamlakat bo’ylab 250 tadan ko’p chiqsa kerak. Lekin ular Oliy Majlis binosida yoki boshqa muhim kursilarida o’tirishadimi yoki yo’qmi degan savolga ko’pchilikda darhol javob bo’lsa kerak. Lekin shu yetakchilarning har birida tarixga yaxshi nom bilan kirish imkoni mavjud. Tarix barchamizga ko’z tikib turibdi. (2/2)
Siyosatshunoslikda eng nufuzli jurnallardan biri hisoblangan APSR da ko’p muhokamalarga sabab bo’lgan maqola e’lon qilindi. U maqolaga ko’ra, pandemiya kabi favqulotda holatlarda ya’ni jamiyat xavfsizligiga zarar yetishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan demokratik va inson huquqlarga mos bo’lmagan qarorlar ham legitim hisoblanishi mumkin. Maqola muallifiga ko’ra, iqlim o’zgarishi kelajakda Covid pandemiyasidan ham yomonroq oqibatlarga olib kelishini hisobga olganda davlatlar tomonidan avtoritar ko’rinishdagi legitim bo’lgan ko’plab qarorlarni kutushimiz mumkin. Bu fikrlar siyosatshunoslar o’rtasida katta bahslarga va mish-mishlarga sabab bo’ldi.

Bir tomondan olib qaraganda, siyosiy legitimlilikning manbayi bu demokratiya ya’ni odamlar huquqlarni buzmagan holda, umumiy e’tirof etilgan normalar asosida qabul qilingan qarorlar hisoblanadi. Pandemiya tufayli demokratik davlatlarda ham insonlarning birlamchi ehtiyojlariga ma’lum cheklovlar o’rnatildi. Erkin harakat qilish va to’planishni cheklash, maska majburiyligi va hozirgi kundagi vaksina mandatlari ham shular jumlasidan. Bu qarorlar jamiyat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingani ortidan ularni legitimligi ma’lum darajada ta’minlandi. Garchi ba’zi qarorlarga haligacha yetarlicha qarshiliklar bo’lib kelmoqda.

Lekin ikkinchi tomondan esa demokratik legitimlilik juda muhim qadriyat va uni buzilishi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Davlat pandemiya kabi favqulotda vaziyatlarda eng samarali qaror qabul qila olishga asosli shubhalar mavjud. Masalan, dastlab maska taqish kerak emas deyishdi, keyinchalik taqishni shart qilishdi va qisman bu cheklovni yengillashtirishdi. To’g’ri, AQShda umumilliy maska mandatini qo’llashga erisha olishmadi, lekin imkon topishsa qilishardi. Shunday holatlarda davlatning avtoritar qarorlar qabul qilishi chegarasini kim belgilaydi? Albatta, nazariy jihatdan sudlar bunday vazifalarni amalga oshirishadi, lekin ularning ham vakolati va resusrlari ma’lum daraja cheklangan va sud jarayonlari uzoq vaqt olishi mumkin. Davlat avtoritar choralarga o’tishdan avval aholiga tushuntirish va ularni ixtiyoriy tarzda bu qarorlarga amal qilishga ko’ndirishlari kerak. Bu davlatga ishonch pasaygan paytda demokratik davlatlar uchun mushkul masala, lekin bundan boshqacha yo’l demokratik emas.

Bundan tashqari, pandemiya kabi favqulotda vaziyatlar ham to’laligicha jamiyat xavfsizligi masalasi emas. Bunday masalalar ancha siyosiy ko’rinish olishi mumkin va boshqa masalalar prizmasidan ko’rish mumkin. Iqlim o’zgarishi ham shunday siyosiylashgan masalalardan biri. AQShda iqlim o’zgarishi muammosining ko’lami ham, uning yechimi ham o’ta bahsli hamda uni tenglizlik va irq masalalariga ham bog’lashadi. Ya’ni iqlim o’zgarishini favqulotda vaziyat sifatida e’lon qilib, avtokratik qarorlar qabul qilish hukumat tepasidagi siyosatchilarni manfaatdor qiladi va ko’proq bo’linishga sabab bo’lishi mumkin. Siyosatchilar keyinchalik har qanday katta muammoni favqulotda holat deb atab, avtokratik qarorlar qabul qilishlaridan kim ushlab qoladi ularni? Siyosiy legitimlilikning asosiy vazifasi esa qarorlarni ko’pchilik tomonidan ma’qullanishi hamda jarayon qonun va umum qabul qilingan normalarga amal qilishi hisoblanadi. Avtoritar qarorlar legitimlilikning ta’minlanishi esa demokratiyaning eng muhim asosini yemirishi mumkin.
Putinni yaxshi strateg deb atashni bas qilish kerak

Avtoritar davlatlarda rahbarlar uzoq yillar hukmronlik qilishlari ortidan ularni strategik qarorlar qabul qilishga qobiliyatlari ko’proq degan qarashlar mavjud. Ayniqsa, Putinga o’xshagan rahbarlar boshqaruvda uzoq qolishlarini istab, 8-10 yoki 20 yillik rejalar tuzishadi deydiganlar topiladi. Misol uchun, hozirgi paytdagi Rossiya 2000-yillardagi Rossiya bilan solishtirganda ancha harbiy jihatdan rivojlanganroq ekanligini inkor qilish qiyin. Bundan tashqari, Putinni Qrimni anneksiya qilishi va Suriyadagi harbiy harakatlari ortidan uni hisob-kitobli risk oladigan, samarali strateg deb atashardi. Deyarli har safar kutilgmagan qaror qabul qilib, G’arb davlatlarini hayratda qoldirardi.

Lekin diktatorlarga xos yana bir boshqa xususiyat shuki, ular odatda yolg’izlanib qolishadi. Atroflaridagi uning fikrini ma’qullaydigan bir necha kishinida eshitadigan hamda uni fikriga qarshi fikr bildiradiganlarga yopiq bo’lishadi. O’zlarining ishongan dogmalariga mahkum bo’lib qolishadi. Dunyo ular tasavvur qilganlaridek ishlaydi deb o’ylashadi. Bu deyarli uzoq vaqt hukmronlik qilgan har qanday diktatorga xos. Ular risklarga notog’ri baho bera boshlashadi va oxir-oqibat bir notog’ri qarorni orqasini yopish uchun boshqa undanda yomonroq qaror qabul qilishadi.

Putin Ukraina bo’yicha ikkita katta yaxshi hisob-kitob qilinmagan riskni amalga oshirdi. U Ukraina hozirgidek bardovom va sobitqadamlik bilan qarshilik qilishini kutmagani aniq. Bundan tashqari, G’arb urushdan avval Rossiya masalasi bo’yicha bo’linganini hisobga olib, ular Ukrainaga urush ochilsa bunchalik birlashib ketishlarini kutmagan bo’lsa kerak. Hozir Rossiya agressiyasiga qarshi nafaqat Yevropa, balki deyarli butun dunyo birlashdi. Afsuski, boshqa davlatlarning Rossiyaga nisbatan qahri Rossiya hukumati va unga yaqin doiralar bilan cheklanmaydi. Oddiy Rus xalqi buning aziyatini yillar davomida nafaqat o’z yurtida, balki chet elda ham his etishi turgan gap. Ushbu oqibatlarni ayniqsa “bekor qilish madaniyati (cancel culture) paytida oldindan taxmin qila bilmaslik– bu katta xato.

Lekin Putin yaxshi strateg emasligiga boshqa strategik xatolari dalolat beradi. Rossiya Ukrainaga hujum qilishi oqibatida bosib olishdan ko’zlangan strategik ikkita maqsad–NATOni Rossiya tomon yaqinlashishini cheklash va Ukraina demokratik davlat o’laroq Yevropa Ittifoqiga qo’shilishini oldini olish—aksincha trayektoriga ega bo’ladigan ko’rinadi. Rossiya hujumi natijasida endi NATO Boltiq bo’yi davlatlari harbiy himoya tizimi kuchaytiradi. NATOga a’zo bo’lmagan boshqa Yevropa davlatlari ham NATOga kirishga harakat qiladi, Umumiy olganda, Rossiya hujumi NATO nima uchun mavjud bo’lishi kerakligini isbotlab berdi. Ukrainaning demokratik davlatga aylanishi va keyinchalik Yevropa Ittifoqiga qo’shilishi– agar Rossiya bosqinidan omon qolsa (shunday bo’lsin) – ehtimoli oshadi. Ukrainada Rossiya siyosatini yoqlaydigan siyosiy kuchning shakllanishi esa endi juda qiyin. Garchi vaqt oliy hakam bo’lsada, Putinning Ukrainaga hujumi strategik xato ekanligini hozircha ko’pchilik tushunib yetdi. O’zi shuni tushunib yetsa edi. Putin endi urush qanday ketishiga qarab boshqa notog’ri hisob-kitob qilingan risklarni olishi va noratsional bo’lgan qaror qabul qilishidan ajablanmaslik kerak. Qayerdadir o’qigandim: “strategiyaning asosi nima qilmaslikni anglab yetish”. Putin urushni to’xtatishi boshqa muqobil variantlarni o’ylaganda o’zining hukmronligi davomiyligi uchun ham ratsional qaror bo’lardi.
Sanksiyalar

Sanksiyalar siyosatshunoslik fanida sanksiya qo’llanilgan davlat amaldagi siyosatni o’zgartiradimi degan savol ostida ko’rib chiqiladi. Bunga ko’ra, sansiyalar unchalik muvaffaqiyatli emas. Sanksiyaga uchragan davlatlar ko’p holatda amaldagi siyosatlarini o’zgartirishmaydi. Lekin yana bir muhim savol ham bor: Sanksiyalar kelajakdagi shunga o’xshash sanksiyalanadigan harakatlar sodir bo’lishini oldini oladimi? Bunga javob berish qiyin. Dunyo o’zgardi va Rossiya boshqa davlatni bosib olishga urunish orqali bunday harakatlar uchun pretsedent yaratgandek. Shu bilan birgalikda esa, sanksiyalar nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ma’naviy jihatdan ham oddiy aholiga ham Rossiya oligarxlariga ham avval kuzatilmagan bosimlar yuklamoqda. Urush hali davom etyapti va sanksiyalar hali davom etishi mumkin. Biz bularning barchasi qanday tugashini bilmaymiz. Lekin uning natijasi boshqa potensial agressor davlatlar uchun hisob-kitoblarini o’zgartirib yuborishini tasavvur qilish mumkin.
Neft-gaz sanksiyalardan yiroq, lekin baribir sanksiyada

Rossiyaga qarshi sanksiyalar G’arb davlatlari uchun zararini kamaytirish, ayniqsa neft-gaz bozoridagi bo’lajak tahdidlarni bartaraf etish uchun bu soha sanksiyalar paketiga kiritilmadi. Ya’ni bu soha deyarli avvalgidek ishlashi mumkin ekanligi ta’kidlandi. Lekin har qanday sohada kuzatilayotganidek, neft-gaz sohasidagi yirik G’arb kompaniyalari Rossiya bozorini tark etishmoqda. Sansiyalar qo’llanilmagan bo’lsada, bu kompaniyalar o’zlarini-o’zlari sanksiya qilayotgandek. Rossiya “bekor qilish madaniyati (“cancel culture”) qurboniga aylangan birinchi davlat bo’lishi ortidan ushbu kompaniyalar ham oddiy iste’molchilar tomonidan “otmen” bo’lib ketishdan o’zini olib qochishmoqda. Bundan tashqari, investorlar kelajakdagi moliyaviy va siyosiy risklarga darhol javob berishpayti. Rossiya boshlagan urush ushbu kompaniyalarda kim tarafda bo’lish borasidagi ma’naviy-ahloqiy savolni ham ko’taryapti va bu biznes uchun hatto faqat foyda tomonidan o’ylaganda ham muhim savol.

O’zim yashayotgan AQShdagi kichik shaharda urush boshlanishidan avval benzin narxi bir gallonga (3.78 literga) $3.55 atrofida edi. Urushni 2-kuni taxminan $3.85 ga ko’tarildi. Hozir esa $4.15. Umuman olganda, AQShda 1970-yillardagi kabi energiya inqirozi bo’lishidan havotir olishadi va AQSh bunga strategik neft rezervlari uchun bunday holatga o’zini yaxshi tayyorlagan. Rossiyadan AQShga neft importi uncha ko’p ham emas, taxminan umumiy importning 3% ni tashkil qiladi. Lekin dunyo neft bozoridagi avvaldan o’sib borayotgan narxlar va hozirgi tahlikali holat AQShga ta’sir qilmay qolmaydi. Sentabrda AQShda kelganimda yuqoridagi benzin narxi taxminan $3.15 edi va u bugunga kelib 1 dollarga oshdi. Bu bitta sedan mashinaga to’la yoqilg’i quyish taxminan $10 ga qimmatladi degani. Hozirgi kundagi AQShdagi yuqori darajadagi inflatsiyani hisobga olganda va bu saylovchilar ovozlarida o’z aksini topadi deb baholasak, bu o’zgarishlar muhim siyosiy ahamiyatga ega, ayniqsa bu yilgi Kongressga bo’ladigan “mid-term” saylovlar va, garchi gapirishga hozir erta bo’lsada, 2024-yilgi prezident saylovlari uchun.
Ukrainadagi urush odamlar naznida biroz unutila boshlangandek tuyilayotgandi. Rossiya va Ukraina o’rtasida dastlabki muzokaralar natijasi nisbatan muvaffaqiyatli yakunlangani hamda Ukraina himoya frontida ko’p yutuqlarga erishgani ortidan vaziyat biroz yumshagandek—deeskalatsiya bo’lgandek tuyilgandi. Lekin Rossiya harbiylari biroz ortga chekinar ekan, ular nafaqat Ukraina shahar qishloqlarini vayrona holatda tashlab ketishmoqda, shu bilan birgalikda, juda qo’rqilganidek, tinch aholi vakillarini o’ldirib ketishmoqda. Ukrainining Bucha shahrida Rossiyalik harbiylar oddiy aholi vakillarini qo’llarini bog’lab, ularni qatl etgan holatda ularning uylari oldida va ko’chalarda qoldirib ketishgan(buni tasqidlaydigan dalillar yetarli, lekin ularni ko’rish yurakni ezadi). Katta ehtimol bilan bu holat Ukrainaning boshqa hududlarida ham uchramoqda. Afsuski, bu ma’nosiz urushning qurbonlari nafaqat harbiylar, balki tinch aholi vakillari bo’lib qolmoqda. Albatta, bunday harakatlarni umuman oqlab bo’lmaydi va hech qachon unutilmaydi. 21-asrga kelib ham urush balosi hamon mavjudligini o’ylash judayam og’riqli.
O’zbekistonlik Zelenskiyning qiyofadoshi Umid Isabayev esingizdami? Washington Post nashri urush boshlanganda Umid Isabaev Ukrainada bo’lgani va Putin va Kim Jong Un qiyofadoshlari tomonidan yordam orqali Polshaga qochib o’tgani haqida qiziq maqola tayyorlashibdi.
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Tonirovka haqidagi diskussiya — bu doimgidek hokimiyatlar boʻlinishi haqidagi diskussiya boʻlishi kerak edi, lekin doimgidek unday diskussiya boʻlmayapti.

Tonirovka — boshqa barcha aholidan pul olish turlari va holatlari kabi — hukumatni va ijro oʻrganlarini vakolati va vazifasi emas.

Hozirgi qonunchilikda bu faqat va faqat parlament hal qiladigan vazifa. Qancha turishi, qanday shartlari boʻlishi — bularni barchasi parlamentni vazifasi. Xuddi shunday, deylik haydovchilik guvohnomasi masalasi ham, qonun ishlab chiquvchi oʻrganlarni masalasi — qonun darajasidagi hujjat buni hal qilishi kerak.

Oʻzi eslatma tariqasida — Oʻzbekistondagi barcha soliq va toʻlovlar, davlatga toʻlanadigan har bir tiyiningizni sababi va shartlarini belgilash, faqat va faqat parlamentni vazifasi (buni nomi “soliq”, “patta”, “boj” yoki “jarima” boʻladimi — farqi yoʻq). Parlament oʻz vazifa va vakolatlarini, oʻzi shundoq ham boshqa ishi koʻp boʻlgan hukumat va ijro oʻrganlariga berishi — katta konstitutsiyaviy muammo.

Shuning uchun bu masalani oʻz uyiga parlamentga qaytarish kerak va Ichki Ishlar Vazirligini bunday bosh ogʻriq va muammolardan erkin qilish kerak. Agar millat vakillariga IIVni ekspertiza va mutaxassislari fikri kerak boʻlsa, yoki qiziq boʻlsa, unda ularni ekspertlar sifatida qonun qabul qilayotganda chaqirib fikrlarini bilsa boʻladi. Hukumat qonunga amal qiluvchi organ, ishlab chiquvchi emas. Demak bu masalada soʻz faqat deputatlarda boʻlishi kerak.
Forwarded from davletovuz
❗️Конституцияга киритилаётган ўзгартиш ва қўшимчаларда Президент ваколат муддатини беш йилдан етти йилга ўзгартириш таклиф қилинмоқда.
Forwarded from Vashington kundaligi
2022-yilning dastlabki olti oyi AQSh moliya bozori uchun og'ir keldi. Yo'qotishlar so'nggi yarim asr ichida eng og'iri ekani aytilmoqda. "Nasdaq" 30 foiz, "S&P500" birjasi esa 20 foiz qiymatini boy berdi.

Bu muddat boylar uchun ham jiddiy yo'qotishlar davri bo'ldi. O'tgan olti oy ichida dunyoning eng boy odami Ilon Mask qariyb 62 milliard dollar yo'qotgan. Jef Bezos 63 milliard, Mark Zukerberg esa bor-budining yarmidan ko'pini boy bergan.

Inflyatsiya, iqtisodiy turg'unlik boshlanayotgani haqidagi xavotirlar hamda pandemiya va Ukraina urushi bilan bog'liq ta'minotdagi uzilishlar fond bozorining tarixiy darajada pastga sho'ng'ishiga sabab bo'ldi. Bu nafaqat AQShda, balki dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida yuz bermoqda.

Yilning qolgan olti oyi haqida ham prognozlar u qadar umidli emas. Ammo shu davrgacha mavjud statistikaga ishonadigan bo'lsak, turg'unlik, bozordagi cho'kishlar vaqtincha va baribir fond bozoridagi narxlar o'sish bo'yicha yana yangi rekordlarni qayd etadi. Agar risklarga tayyor bo'lsangiz va uzoq muddatni investitsiya qilsangiz, hozir aksiyalarni sotib olishning ayni payti.

@bmamadiev
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Нукус шаҳрига келди.

Ҳозирда давлатимиз раҳбари Жўқорғи Кенгес депутатлари, Қорақалпоғистон фахрийлари ва фаоллари билан учрашув ўтказмоқда.

Конституцияга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш муҳокамаси ҳали давом этаётганини инобатга олиб ҳамда Қорақалпоғистон аҳолиси билдираётган фикр ва мулоҳазаларни ўрганган ҳолда Президентимиз Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 70, 71, 72, 74, 75-моддаларини амалдаги таҳрирда ўзгаришсиз қолдириш зарурлигини таъкидлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Нукус.

Сейчас глава государства проводит встречу с депутатами Жокаргы Кенеса, представителями старшего поколения и активом Каракалпакстана.

С учетом того, что процесс обсуждения изменений и дополнений в Конституцию еще продолжается, а также на основе изучения высказываемых жителями Каракалпакстана мнений, Президент обозначил необходимость сохранения без изменений действующие редакции статей 70, 71, 72, 74, 75 Конституции Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|Twitter
Ochiq budget bo’yicha bu yerda aytilgan juda ko’p fikrlarga qo’shilaman. Darhaqiqat, Tashabbusli byudjet loyihasi so’nggi yillardagi eng ilg’or islohotlardan biri bo’ldi. “Policy design” (ishlash mexanizmlari desak bo’lar) bo’yicha kamchiliklar mavjud, lekin bu islohot rivojlnashimiz uchun muhim ro’l o’ynaydi degan fikrdaman.
Forwarded from Uzbekonomics
"Openbudget - Tashabbusli byudjet" haqida yana bir bor.

Men uchun bu loyiha haligacha O’zbekistonda oxirgi yillarda sodir bo’lgan eng zo'r jarayonlardan biri. Bu haqda avvalroq bir necha marotaba yozganman.

Bu yil turli fikrlar va voqealarni kuzatar ekanman, ikki o’g’iz fikrimni (ba’zilari takroriy bo’lsa ham) bildirib ketay.

Birinchidan, “o’zbekistonliklar o’z soliqlari taqsimlanishida, mahalliy saylovlarda va fuqarolik jamiyati qurishga qiziqish bildirmaydilar, biz boshqachamiz, biz unga va bunga tayyor emasmiz” mazmunidagi shablon gaplarni ba'zida eshitamiz. Shu gaplar to’g’ri emasligiga dalilni aynan "Tashabbusli byudjet” loyihasi ko’rsatib bermoqda desam ham bo’ladi. Biroz bo’lsa ham fuqarolik jamiyati paydo bo’layotgani, fuqarolar o’z soliqlari taqsimotida faollashib borayotganlari faqat va faqat yaxshi emasmi?

Ikkinchidan, aslida Openbudget parlament qilishi kerak bo’lgan ishni qilyapti. Byudjet, soliq to’lovchilarning pullari taqsimoti aslida uning asosiy maydonida, parlamentda xalq vakillari orqali bo’lishi kerak edi. Openbudget atrofidagi hozirgi faollik bizga shu jarayon keyingi bosqichda chinakamiga parlamentga ko’chishiga, tuman, hududlardan saylagan deputatlar o’z ovoz beruvchilariga nima kerak ekanligini boshqa xalq vakillari oldida bahslashib kelishishlariga va nihoyat parlament degan institut to’liq tashkil topishiga menda umid bor.

Uchinchidan, erkinlik va rivojlanishning garovi o’sha oddiy savollarda va unga javob izlashda yotadi: "soliqlarim qayerga ketayapti, nimalarga sarflanyapti? Nima uchun mening soliqlarim taqsimoti mensiz bo’lyapti?” Bu savollar sizni o’ylantirishi kerak, uni berishingiz kerak, javob izlashingiz kerak. Tashabbusli byudjetga qarshi tanqidiy fikrda bo’lganlar aytadi: “Bu narsa uchun davlat borku, bu loyihalar barchasi o’zi qilinishi kerak bo’lgan ishlarku. Biz soliqlarni to’lab qo’yganmizku, vazifamizni bajarib qo’yganmizku, endi davlat o’z ishini qilsin, axir ular maosh oladilar, axir ular bunga majbur” degan.
Ha balki, lekin davlat ota emas, u bizga hamma narsani muhayyo qilib beradigan kuch ham emas. Davlat bu odamlardan alohida tekislikda faoliyat olib boradigan idora, mavhum mashina ham emas, balki shu odamlarni o'zidan vaqtincha tayinlangan boshqaruv instituti. U samarali ishlashi uchun unga checks and balances kerak, uning kuchi tiyib faoliyati nazoratda bo’lishi kerak. Soliq to’lovchi o’z soliqlarini vakillari orqali boshqa soliq to’lovchining vakillari bilan kelishib-baxslashib taqsimlashlari, uning ijrosini ijro hokimiyati qilish kerak ekanligi va uning ustidan nazorat bo’lishi kerak ekanligini qayta-qayta eslab turishimiz kerak.

To’rtinchidan, meni quvontirayotgan kuzatuvlardan biri insonlarda “bu bizning pulimiz, davlatniki emas, davlat bizning tumanga, qishloqqa qachon pul ajratar, qachon asfalt qilar ekan deb kutib o’tirguncha, o’zimiz shuni faolroq bo’lib qilsak bo’lar ekan” degan tushunchalar ko’paymoqda. Oddiygina raqamlarga ko’ra, bu mavsumgi loyihada shu damda qariyb 13.4 million o’zbekistonliklar ovoz beribdilar. Juda katta raqamku bu.

1/2
Forwarded from Uzbekonomics
Endi ovoz berish jarayoniga kelsak.
To’g’ri u mukammal emas, ba’zi texnik muammolari balki bordir, shubxasiz bularni bartaraf etish va jarayonni takomillashtirish kerak. Openbudgetni tandiq qilayotganlar aynan ovoz berish jarayonidagi muammolar va yoki tabiiy vaziyatlarga urg’u berishyapti.

Birinchi masala bu bir ovoz uchun moddiy rag’bat, tovar berish qanchalik o’rinli? Qarang, o’tgan yili bir ovoz uchun 1L suv taklif qilinayotgan edi, bu yil esa ovoz beruvchining ovozi qiymati ancha oshibdi. Chunki odamlar bilishmoqda, har bir ovozning qiymatini. Lekin ovoz berish vositasi bo’yicha men unchalik katta havotirda emasman, istalgan saylovlarda ovoz beruvchining ovozini olish uchun qandaydir ma’naviy rag’bat, va’da yoki moddiy narsa beriladi. Ovoz beruvchining ovozini olish uchun uni qanday qilib bo’lsa ham qiziqtirish kerak. Istalgan saylovlar shunday o’tadi. Kimdir mashxur artistlarning Instagrami orqali, kimdir blogerning kanali orqali, kimdir ko’chada bekatlarning yonida ovoz olish kampaniyasini olib bormoqda. Eng muhimi, ovoz beruvchida kimga ovoz berish imkoniyati paydo bo’lyapti. Menda bitta ovoz bor, shartli asfalt qilishga ovoz beraymi, yoki maktab tomini yopishgami degan yaxshi dilemma paydo bo’lmoqda. Parlamentda ham mana shunday dilemma turadi aslida.

Ikkinchi masala, shartli bir mahalladagi faollar 1 milliardlik loyihani yutib olish uchun aytaylik 100 million pul xarajat qilishdi deylik. Bu xarajat ovoz olishga o’sha 1L suv, yoki boshqa moddiy marketingga ketdi deylik. Ba’zilar “bu narsa g’irt xatoku, nima uchun ular avvalambor soliqlarini to’lab undan keyin mahallaga asfalt qilish imkoniyatini yutib olish uchun cho’ntaklardan yana 100 million ishlatishmoqda?” degan savolni berishadi. Gap shundaki, bu mahalladoshlar aynan ratsional va puxta hisob-kitob qilgan holda harakatlanishmoqda deb aytish mumkin. Qarang, mikro darajada odamlar yig’ilib cost-benefit analiz qilib, break-even pointni aniqlagan holda loyihaga qo’l urishgan.

Uchinchi masala bu ovoz yig’ish jarayonida maktab o’qituvchilari, o’quvchilari, va boshqa byudjet ishchilari majburiy-ixtiyoriy ravishda qatnashayotgani deb aytilishi mumkin. Ko’chada o’qituvchilar ovoz olish uchu “yalinib” yurishlari qanchalik to’g’ri degan o’rinli savol berilishi mumkin. Agar shunday bo’lsa muammo bu yerda Openbudgetda emas, balki aksincha, Openbudget boshqa muammoga ishora qilyapti xolos, menimcha. U ham bo’lsa o’sha eski muammo - joylarda majburiy mehnat, buyruqbozlik alomatlari. Openbudget parlamentning barometri bo’lgani kabi, boshqa mavjud bo’lgan muammolarni ham yuzaga chiqarib berayapti xolos.

Mana shu va boshqa ovoz berishdagi ba’zi logistik kamchiliklarni deb fuqarolar o’z soliqlarini bevosita taqsimlanishida qatnashishni boshlaganliklarini bekor qilishimiz menimcha xato bo’ladi. Aytaylik, Openbudget tanqidchilarga yoqmadi, va uni bekor qilish kerak deyishmoqda. Alternativa qanday? Status-kvoni qoldirish kerakmi? Hech kim soliqlar taqsimotida qatnashmasin, bunday imkoniyatdan maxrum etilsin, va joylarda qayerda asfalt qilish, qayerga ichimlik suv o’tqazish va qaysi maktabni tomini yopishnii faqat va faqat davlat qilib berishi kerak ediku deb yillar davomida kutish kerakmi?

Openbudget haqida podkastimizda batafsil gaplashganmiz.

Mavzuga oid avvalgi postlar: 1, 2, 3, 4

2/2

@uzbekonomics
2024/06/16 11:54:52
Back to Top
HTML Embed Code: