Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
30 - Telegram Web
Telegram Web
Channel created
@ikboljonsobirov kanali orqali, quyidagilar haqida yozib turaman.
- Sunʼiy intellekt (umumiy)
- Kompyuter ilmi
- Oxford hayoti
- Akademiya hayoti
- Turli xildagi sayohatlar
- Va umumiy maʼnoda gaplar

Aynan sunʼiy intellekt boʻyicha chuqur yoritilgan mavzular va darslarni @ikboljonsobirov_ai orqali yozib boraman.

Oxford, UK
16 Jan 2024
@ikboljonsobirov
@ikboljonsobirov_ai
O'zimni tanishtirsam:

Ism: Ikboljon Sobirov
Tug'ilgan joy: Andijon, O'zbekiston

Ta'lim:
Yanvar 2024 - davom etmoqda
DPhil (doktorantura) - Sun'iy Zako (Tibbiyotda)
Oxford Universiteti
To'liq grant

Yanvar 2021 - Dekabr 2022
MS (magistratura) - Kompyuter Ko'rishi (Sun'iy Zako)
Mohamed bin Zayed University of Artificial Intelligence
To'liq grant

Oktyabr 2015 - May 2019
BS (bakalavr) - Biznes Axborot Tizimlari
Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universiteti
To'liq grant

Tajriba:
Iyun 2021 - davom etmoqda
Ilmiy Tadqiqotchi (Tibbiyotda Sun'iy Zako)
Oxford Universiteti

Fevral 2022 - Dekabr 2023
Ilmiy Tadqiqotchi (Sun'iy Zako)
MBZUAI

Dekabr 2019 - Dekabr 2020
Ilmiy Tadqiqotchi Yordamchi (Mashina O'rganishi)
Toshkentdagi Xalqaro Westminster Universiteti

Ilmiy Maqolalar/Patentlar/Proyektlar:
Shu yerda barchasini ko'rishingiz mumkin

Oxford, UK
15 Jan 2024
@ikboljonsobirov
👍101
Bugun ikkinchi darsimizni yozib, sizlar bilan bo'lishmoqdamiz. Albatta, asosiy maqsad O'zbek tilida mavzu bo'yicha tushunchalar berish, lekin ingliz va rus tillaridan foydalanish ko'p bo'lib turibdi. Hozirda aynan sun'iy zakoga tegishli barcha terminlarni O'zbek tiliga tarjima qilish bo'yicha ham ish olib bormoqdamiz. Keyinchalik, umid qilamizki, to'liqligicha O'zbek tiliga moslashgan holda, videolarni ulashib boramiz.

https://www.youtube.com/watch?v=P-Jmu7ZgQV4

Oxford, UK
4 Feb 2024
Telegram | YouTube | LinkedIn
👍72
Va nihoyat, AI in Cardio proyektimizga start berib oldik. Bugun chuqur o'rganishga kirish qilib, barcha asosiy tushunchalar haqida gaplashib o'tdik. Ko'rilgan mavzular:

- Sun’iy zako (SZ) va hayotdan misollari
- SZ va chuqur o’rganish nima?
- SZ tarixi
- Chuqur o’rganish kirib kelishi
- Vazifalar turlari
- Neyron tarmog’i
- Birlashtirish neyron tarmog’i va Transformer tarmog’i

https://youtu.be/z4_CsLYs-Sw

Oxford, UK
23 March 2024
Telegram | YouTube | LinkedIn
👍14
chuqur_organish_glossary_lugat.pdf
485.3 KB
SZ bo'yicha birinchi so'zlar jamlanmasi. Listni davom ettirib boraman. Fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring.

Oxford, UK
26 March 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
👍81🔥1
AI in Cardio proyektimizning ikkinchi qismida modelni shug'ullantirish (model training) haqida gaplashib o'tdik. Yo'qotish nima, yo'qotish funksiyasi, paramrtlashgan funksiyalar haqida o'rgandik.

- Asosiy qismlar
- Iris ma’lumotlar to’plami
- Oddiy tasnifchi
- Yo’qotish funksiyasi
- Funksiya
- Parametrlashgan funksiya

https://youtu.be/g2e8n_uJMbQ

Oxford, UK
30 March 2024
Telegram | YouTube | LinkedIn
👍7🔥2🤓21
Forwarded from Ikboljon Sobirov (Ikboljon Sobirov)
Bepul Tushlik Bo'lmas Teoremasi

Barcha modellar noto'g'ri, lekin ba'zilari foydali. - Jorj Box

Adabiyotdagi mashina o'rganishi modellarining xilma-xilligini hisobga olsak, qaysi biri eng yaxshisi degan savol tug'ilishi tabiiy.

Afsuski, barcha turdagi muammolar uchun optimal ishlaydigan yagona eng yaxshi model yo'q - bu bepul tushlik bo'lmas teoremasi deb ataladi. Buning sababi shundaki, bir domenda (sohada) yaxshi ishlaydigan farazlar to'plami (ya'ni induktiv moyillik) boshqasida yomon ishlashi mumkin.

Muvofiq modelni tanlashning eng yaxshi usuli domen bilimiga ega bo'lish va/yoki sinov va xatolikka asoslangan bo'lishi, ya'ni, model tanlash usullari, masalan, o'zaro tekshirish (cross validation) yoki Bayes usullaridan foydalanish.

Shu sababli, inson ko'plab modellar va algoritmik usullarga ega bo'lishi muhimdir.

cr. asl rasm

Oxford, UK
12 April 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
👍6
AI in Cardio proyektimizning yangi qismida ma'lumot to'plami va old ishlov berish (preprocessing) haqida gaplashib o'tdik.

- CAS ilmiy maqolasi
- CAS ma’lumot to’plami
- Slicer
- (Tadqiyiy) ma’lumotlarni tahlil qilish (EDA)
- SimpleITK
- Resampling
- Normallashtirish

https://youtu.be/24wxidy-GF8

Oxford, UK
13 April 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
🔥5👏41
AI in Cardio proyektimizning yangi qismida ma'lumot va monai haqida gaplashib o'tdik.

- ImageNet
- Dataset sinfi
- Monai
- Monai’da old ishlov berish
- Monai’da ma’lumot yuklovchi
- Monai’da modellar

https://youtu.be/iN9DCcLT9t0

Oxford, UK
20 April 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
🔥3👍2
AI in Cardio proyektimizning yangi qismida shug'ullantirish haqida gaplashib o'tdik.

Shug’ullantirish loop’i
Tasqidlash loop’i
Loss (Yo’qotish) funksiyasi
Optimizer (Optimallashtiruvchi)
Metric (Metrika)

https://www.youtube.com/watch?v=QjYaniMTLgA

Oxford, UK
11 May 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
👍10
AI in Cardio proyektimizning yangi qismida Ko’p Qatlamli Perseptron (MLP) haqida gaplashib o'tdik.

Shug’ullantirish Aylanmasi
Ko’p Qatlamli Perseptron (MLP)
Kompyuter Ko’rishi
Birlashtirish Neyron Tarmoqlari (CNN)

https://www.youtube.com/watch?v=esO_7ch8rJ8

Oxford, UK
1 June 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
👍5
AI in Cardio proyektimizning yangi qismida Birlashtirish Neyron Tarmoqlari (CNNs) haqida gaplashib o'tdik.

- Matritsada ko’paytirish
- Kompyuter ko’rishi
- An’anaviy kompyuter ko’rishi
- Fazoviy xususiyatni saqlab qolish
- Birlashtirish qatlami
- Birlashtirish qatlami – Yaqindan qaraganda
- Birlashtirish neyron tarmog'i
- Paramertrlarni hisoblash
- Pooling (jamlash)

https://www.youtube.com/watch?v=AUWLChpfUQE

Oxford, UK
15 June 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
🔥5👍1
Sizga kerak bo'lgan hammasi bu E'TIBOR. AI in Cardio proyektimizning yangi qismida Transformer modellari haqida gaplashib o'tdik.

Bugun mehmonimiz Otabek Nazarov transformerlar nima ekani va qanday ishlashi haqida leksiya o'qib berdi.

- Kirish
- Yuqoridan qaranganda
- Batafsil:
-- So'z Joylashtirmalari (Word Embeddings)
-- So'zni Kodlash (Encoding)
-- O'z-o'ziga e'tibor (Self-attention)
-- Joylashuvni Kodlash (Positional Encoding)
-- Dekodlovchi (Decoder)
- Shug'ullantirish

https://www.youtube.com/watch?v=CqZEYVKHQ3k

Oxford, UK
22 June 2024
Telegram | YouTube | Telegram AI
👍81
Hurmatli kuzatuvchilar,

Bizning AI in Cardio proyekt doirasida sun’iy intellekt bo‘yicha nazariy qismni yakunlaganimizni e’lon qilamiz. O‘tgan 6 oy davomida biz chuqur o‘rganish va tibbiyotdagi tasvirlar tushunchalarini batafsil ko‘rib chiqdik va kardiologiyada sun’iy intellektni qo‘llash uchun poydevor yaratib oldik.

Birgalikdagi sayohatimiz davomida biz sun’iy intellektning asosiy mavzularini ko'rib chiqdik va o'rganilgan ko'nikmalarni kardiologiya tadqiqotlari va amaliyotida qanday qo‘llash mumkinligini o‘rgandik. Umid qilamizki, ushbu nazariy bilimlar sizga ushbu sohadagi asosiy mavzular va ularning sog‘liqni saqlash sohasidagi amaliyotlari haqida chuqurroq tushuncha berdi.

Dastlab biz amaliy va ilmiy tadqiqotlar qismlarini ham rejalashtirgan edik, biroq proyektimizni ushbu bosqichda yakunlaymiz. Ishonamizki, olgan nazariy ma’lumotlaringiz kelajakdagi loyiha va tadqiqotlaringizda katta foyda keltiradi.

Hurmat bilan,
Ikboljon
👍20🔥8👌1
Assalomu alaykum, barchaga.

Muhim bir yangilik bor!

Sunʼiy intellekt uchun Python kursini tamomlab, sizlar bilan boʻlishmoqdaman.

Ushbu yangi boshlovchilar uchun moʻljallangan sunʼiy intellektga (SI) yoʻnaltirilgan Python kursida siz dasturlashning asoslari va SI yaratishda zarur boʻlgan muhim kutubxonalarni oʻrganib, oʻz sunʼiy intellekt modellaringizni yaratishni boshlaysiz.

1. Kirish
2. Python sintaksi
3. Nazorat tuzilmalari
4. Funksiya va modullar
5. Listlar, lugʻatlar va toʻplamlar
6. Ma'lumot strukturalari bilan ishlash
7. Numpy massivlari va undagi amallar
8. Pandas va DataFrame'lar
9. Pandas bilan maʼlumotlarni yuklash va tekshirish
10. Maʼlumotga ishlov berish va tozalash
11. Matplotlib bilan grafiklar chizish
12. Grafiklarni moslashtirish va saqlab olish
13. Mashina Oʻrganishi. Asosiy Tushunchalar
14. Birinchi MOʻ modeli. Scikit Learn bilan chiziqli regressiya
15. Model ishlashini baholash
16. Tasniflash bilan tanishish. Logistik Regressiya
17-19. Mini Loyiha. Uy narxlarini bashorat qilish
20. Xulosa

Umid qilamanki, barchaga foydali ilm boʻladi.

Oxford, UK
9 February 2025
Telegram | YouTube | Telegram AI
👍42🔥94❤‍🔥1
PhD oʻqish uchun takliflarni qayerdan olasiz? Ilmiy maqolalarni siz qanday topasiz va oʻqiysiz?

Shu ikki savol juda koʻp soʻralayotgan savollardan. Menda LinkedIndagi network juda katta boʻlgani uchun shu ikki savolga javob qilib rosa koʻp postlar koʻraman.

Ushbu kanalimiz faqat video darslar bilan biz oz faolligi sust boʻlgani uchun, videolarga qoʻshimcha ikki xil postlarni boʻlishib boraman. (i) PhD va ilmiy pozitsiyalar hamda (ii) qiziq deb topgan ilmiy maqolalarim. Bular hech qanday reklama qilish maʼnosida emas, balki qiziq va foydali deb bilgan maʼlumotlarni boʻlishish deb bildim.

Quyidagi ikki misol kabi.

Foydali deb topasizlar degan umiddaman.
7👍5🔥2👏1
2025/10/12 18:24:12
Back to Top
HTML Embed Code: