Telegram Web
⚡️Samarqand viloyatida bayram shukuhi...

🔰 "21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni”  hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan viloyatning Toyloq va Pastdarg'om tumanlari markaziy ko‘chalariga, aholi gavjum joylarga ona tilimizni ulug‘lovchi targ‘ibot materiallari joylashtirildi. Bu kabi targ'ibot materiallari viloyatdagi barcha tuman (shahar)larga o'rnatiladi.

🔵 Qadring baland bo’lsin, ona tilim!

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
📌Qo‘shrabot tumanida tashqi reklama vositalari tartibga keltirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shrabot tumani hokimligi mas’ul xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Tadbirlar davomida tumandagi savdo majmualari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarida shaharsozlik me’yorlariga zid ravishda, ruxsatsiz o‘rnatilgan hamda “Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga mos kelmagan tashqi reklama vositalari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan obyekt egalari bilan tushuntirish ishlari olib borildi, ularga qonun hujjatlari talablari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Qo‘shrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Ulaning va ulashing:
👇👇👇
👉 https://www.tgoop.com/qushrabottumanhokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbek tilini bilish va unga amal qilish qanday imkoniyatlar eshigini ochdi?

🔰 Pastdargʻom tumanida yashab, mehnat faoliyatini olib borayotgan turli millat vakillari va soha egalarining o‘zbek tiliga bo‘lgan ishonchi.

🇺🇿 Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Ozoda Norimova,
Pastdarg‘om tumani hokimining maslahatchisi.

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
💐 Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb bilishimiz kerak.

🇺🇿 “21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni” hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan Samarqand viloyatining 16 ta tuman (shahar)larining markaziy ko‘chalari, xalqaro magistral yoʻllari, aholi gavjum joylaridagi bilbordlar va pannolarga ona tilimizni ulug‘lovchi 90 ta targ‘ibot materiallari joylashtirildi.

🔵 Qadring baland bo’lsin, ona tilim!

Sherali Temirov,
Samarqand viloyati hokimining maslahatchisi,
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori

Kanalga ulanish
👇👇👇
@iftixorim_tilim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼnaviyatga_sayohat

Samarqand tumanida “Ma’naviyatga sayohat” kitob yarmarkasi doirasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tantanali ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Kanalimizga a’zo bo‘ling! 👇
Web-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
2025/10/04 03:24:25
Back to Top
HTML Embed Code: