👍3
#shaxsiy
Biz oʻqishga kirish uchun tayyorlanamiz, til oʻrganish uchun, turli imtihonlar uchun tayyorlanamiz, lekin oila masalasiga kelganda, har kim oʻzicha haq va unga tayyorlanmay ulkan yutuqga erishamiz deb oʻylaymiz. Xuddi imtihonga tayyorlanganimiz kabi har bir erkak va ayol oila uchun tayyorlanganida bugungi kunda avj olayotgan ajrimlar, tushunmovchiliklar ancha kamaygan boʻlar edimi?
📌 @hasanovablog

👍6
#iqtibos
Moziy qoldi ortingda, kelajak mavhum,
Vaqting qadrin bil, boʻlma undan ham mahrum.
Shayx Doktor Oiz Qarniy

🔥3
Qarg‘ish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, nohaq qarg‘ish, umuman kimmidur qarg‘ash nima oqibatlarga olib keladi? Hech kimni qarg‘ama, nohaq qarg‘ish o‘z yaqininga uradi deb aytishadi kottalar. Qarg‘ish yoki qarg‘ash to‘g‘risida muqaddas kitoblarimizda nimalar deyilgan. Javobingiz uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللَّعَّانِينَ لَا يَكُونُونَ شُهَدَاءَ وَلَا شُفَعَاءَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «La’natlovchilar qiyomat kuni guvoh ham, shafoatchi ham bo‘lmaydilar», dedilar». Muslim va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Sharh: Bu dunyoda odamlarni la’natlab yuradigan odamlar u dunyoda yuqori martabalarga erisha olmas ekanlar. Kim u dunyoda guvohlik yoki shafoatchilik kabi oliy maqomlarga erishish niyatida bo‘lsa, zinhor birovni la’natlamasin. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَنْبَغِي لِصِدِّيقٍ أَنْ يَكُونَ لَعَّانًا. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Siddiq uchun la’natlovchi bo‘lish yarashmaydi», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Siddiqlik o‘zini bilgan har bir banda uchun ulug‘ bir maqomdir. Alloh taolo Qur’oni Karimda «Allohga va Uning Rasullariga iymon keltirgan kishilar – ana o‘shalar siddiqlardir va Robbilari huzuridagi shohidlardir. Ularning ajrlari va nurlari bordir», degan («Hadid» surasi, 19-oyat). Bas, ana shunday maqom egalariga hech qachon la’natlovchi bo‘lish yarashmaydi. Mo‘min kishining mo‘minligiga la’natlovchi bo‘lish to‘g‘ri kelmaydi. وَنَازَعَتِ الرِّيحُ رَجُلًا رِدَاءَهُ عَلَى عَهْدِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَلَعَنَهَا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا تَلْعَنْهَا فَإِنَّهَا مَأْمُورَةٌ، وَإِنَّهُ مَنْ لَعَنَ شَيْئًا لَيْسَ لَهُ بِأَهْلٍ رَجَعَتِ اللَّعْنَةُ عَلَيْهِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning paytlarida bir kishining ridosini shamol tortib ketdi. Bas, u uni la’natladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni la’natlama! Unga amr qilingandir. Kim la’natga sazovor bo‘lmagan narsani la’natlasa, uning o‘ziga qaytadi», dedilar». Ikkisini Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Bundan shamol va shunga o‘xshash narsalarni la’natlab bo‘lmasligi kelib chiqadi. Kim bunday narsalarni la’natlasa, uning la’nati o‘ziga uradi. عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الْعَبْدَ إِذَا لَعَنَ شَيْئًا صَعِدَتِ اللَّعْنَةُ إِلَى السَّمَاءِ فَتُغْلَقُ أَبْوَابُ السَّمَاءِ دُونَهَا، ثُمَّ تَهْبِطُ إِلَى الْأَرْضِ فَتُغْلَقُ أَبْوَابُهَا دُونَهَا، ثُمَّ تَأْخُذُ يَمِينًا وَشِمَالًا فَإِذَا لَمْ تَجِدْ مَسَاغًا رَجَعَتْ إِلَى الَّذِي لُعِنَ فَإِنْ كَانَ لِذَلِكَ أَهْلًا وَإِلَّا رَجَعَتْ إِلَى قَائِلِهَا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon banda bir narsani la’natlasa, la’nat osmonga ko‘tariladi. Shunda uning ortidan osmonning eshiklari yopiladi. Keyin u erga tushadi. Uning (osmonning) eshiklari ham uning ortidan yopiladi. Keyin u o‘ngga, so‘lga borib-keladi. Agar boradigan joy topmasa, la’natlanganning oldiga keladi. Ammo u bunga loyiq bo‘lmasa, albatta aytuvchisiga qaytadi», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisi sharifdan la’nat ko‘proq holatlarda o‘z aytguvchisiga urishi ko‘rinib turibdi. Bas, shunday ekan, la’natni zinhor tilga olmaslik kerak.

🔥1😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iymon
Ruhan bardam boʻling. Yasmin Mujahed.
🌱Shoyad, bugun boshimga tushgan bu gʻam,
Kun kelar ortidan boʻlib shodu xurram.
Doktor Oiz Qarniy

👍4
#shaxsiy
Tonggi sayr. Insonga yengillik va sokinlik bagʻishlaydi. Alloh yaratgan goʻzalliklardan bahra olib uning qudratini anglashga, naqadar Musavvir zot ekanligini his qilishga va biz uchun yaratgan nafisligidan bahra olish uchun ajoyib vaqt. Aslida buni anglash uchun qayoqqadir borish ham shart emas, atrofga qarashni oʻzi kifoya. Allohga hamd boʻlsinki, naqadar betakror diyorda tugʻilganmiz. Shu payt ustozimizning bir gaplarini yodimga tushdi: " Qizil koʻzoynak taqib hamma narsani qizil rangda koʻrish, bu hamma narsa qizil degani emas, bunda koʻzoynakni ayblash behuda. Xossatan, uning vazifasi shu. Barcha narsani qizil koʻrishni xohlagan oʻzimiz, koʻzoynakni taqgan ham oʻzimiz, endi uni yechib atrofga boshqacha qarashni ham oʻrganaylik".

#mutolaa
Hozirgi paytda oʻqiyotgan kitobim.
Bu kitobni barcha muslima opa-singillarimizga tavsiya etgan boʻlar edim. Kitobdan iqtiboslar koʻp keltirish mumkin. Deyarli har bir satrda ming maʼno mujassam. Butun boshli kitobni koʻchirib yozolmaymanda). Shu sabab ushbu kitobni tezroq olib oʻqishga shoshiling .
Hurmat ila, Hasanova ^_^

👍2
#shaxsiy
Tonggi sayr (2-kun). Ertalabdan vaqtli uygʻonish inson nafsiga qiyinchilik olib keladi. Yurish yoki sport bilan shugʻullanishni esa aytmasa ham boʻladi. Men ham turmush oʻrtogʻimga ergashgan holda tongda sayrga chiqishga harakat qilayapman. Bir ish odatga aylanishi uchun kamida 20kun kerak boʻlar ekan. Men ham bu ishni odatga aylantirish niyatidaman.

#tavsiya
Sultonim bilan sayrga chiqar ekanmiz, ulardan soʻradim:
- Sultonim erta tongdan har kuni yurishga chiqishga erinmaysizmi?
- Baʼzida boʻladi.
- Shunda qanday kuch topib chiqasiz?
- Shunchaki, oʻzimga bugun tongda yugurmayman, mashq bajarmayman, faqatgina 5 daqiqa yuraman va qaytaman deyman. Asosiysi, siz koʻchaga chiqa olishingiz. Shundan soʻng, 5 daqiqa emas 20- 30 daqiqa qanday sayr qilib kelganingizni bilmay qolasiz.
Ajoyib va foydali qoʻllanma boʻldi men uchun. Sizlarga ham ilindim.

Oilada ziddiyatlar kelib chiqqan vaqtda uch narsani tezda toʻxtatish kerak: toʻxtovsiz malomat qilish, juftingizni birovlar bilan solishtirish va qattiq tanqid qilish.
" Oila saodat maskani " kitobidan

👍5
#shaxsiy
Tonggi sayr (3-kun). Erta tongdan Allohga hamd aytib, vaqtli uygʻonish inson kuniga baraka bagʻishlaydi.
Baraka – yaxshilikning ziyoda boʻlishi, unib-oʻsishi, barqaror va davomli boʻlishidir.
Baraka vaqtga tushsa, uni kengaytiradi, inson oʻsha vaqt ichida koʻp ishlarni qilishga ulguradi.
Baraka jasadga tushsa, uni quvvatli qilib, koʻp narsaga imkoniyati yetishiga sabab boʻladi.
Baraka farzandlarga tushsa, ularning solih, axloqli boʻlishiga sabab boʻladi.
Baraka pulga tushsa, u pulning koʻp narsalarga yetishiga sabab boʻladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 23-yil ichida butparastlik, jaholatni yoʻqotib, tavhid, axloq, maʼrifatni yoydilar. Insoniyatga ustozlik qiladigan ummatni tarbiya etdilar. Bular vaqt, umr, tana, daʼvat ishlariga berilgan barakaning koʻrinishidir.

🔥4👍2
#iqtibos
🩺Doktorlarning biri bunday deydi:
" Dunyodagi eng baxtli ayol " kitobidan
📌 @hasanovablog
🩺Doktorlarning biri bunday deydi:
Har besh bemorningning toʻrttasining kasallik manbasi qoʻrquv, iztirob, nafrat, kuchli gʻaraz hamda insonning joni va hayoti oʻrtasidagi muvozanatni saqlay olmasligidan kelib chiqadi.
" Dunyodagi eng baxtli ayol " kitobidan
📌 @hasanovablog
🔥4😱1
#shaxsiy
🚶♀Tonggi sayr (4-kun). Anchayin oʻrganib qoldik. Hatto oʻzgacha gasht bilan chiqishni boshladik. Ertani kutmay sizlar ham sayrni tezroq boshlab olinglar. Tekin maslahat^)
Baxtsizlik haddidan oshsa bilki, u tezda ketar,
Tun zulmati shiddatlansa unga nurli tong yetar.

Diqqat eʼlon!
Hurmatli kanalimiz obunachilari, sizlar uchun manfaatli taklif bilan keldim. Uyingizda foydalanmay turgan buyumlaringizni endi bemalol sotishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi havola ustiga bosing:
👉@bekoryotmasin_1
Barchamizga manfaatli boʻlsin. Yaqinlaringizni ham taklif qiling.
📌@hasanovablog

👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#shaxsiy
Tonggi sayr (5-kun). Kecha kech uyquga yotdik, erta tongda uyqusirab uygʻonib sayrga chiqmasammikan deb oʻylandim. Agar shu oddiy ishda qanoat va sabr hosil qilib doimiy olib bora olmasam boshqa ulkan maqsadlar haqida oʻylashga shoshilmaslik kerakligi kuch berdi. Xullas sayr ajoyib oʻtdi. Bu kunning hikmati oʻlaroq turmush oʻrtogʻim aytgan gaplarini ulashmoqchiman.

- Oilada er yoki ayol oʻrtasida tushunmovchilik yoxud biror ayb oʻtsa, ular bir-birlarining tinchlanib, asabiylikdan bosilib, oʻzlariga kelib olishlarini kutishi kerak va vaziyat boʻlishi bilan kichik muammolarni tezda gaplashib hal qilib olishlari zarur. Zero, u muammolar vaqt oʻtgan sayin kattalashib borib yechimi ogʻir boʻladi. Muammo joyida qanchalik tez yechilsa, oilaviy totuvlik shuqadar uzun boʻladi. Gaplashib olayotganda har kim hissiyotini jilovlab, oʻz foydasidan koʻra oilasini oʻylab bir-biriga hurmat koʻrsatmogʻi va oʻtgan gaplarni unutib qaytib eslatmasligi lozim.
📌 @hasanovablog
👏3👍1
#shaxsiy
Sayr(6-kun). Bugun tongda sayrga chiqa olmadim. Ammo quyosh chiqqach, biroz kech boʻlsa ham yurish uchun chiqib keldim. Havo insonni bolaligini eslatadi. Mayin shabboda esib, insonga huzr beradi. Bugun olgan hikmatim shu boʻldiki, inson muammolarini emas ularga yechimni koʻproq oʻylashi lozim. Odatda, biz muammolar bilan oʻralashib yechim uchun yoʻlni koʻra olmas ekanmiz.
Doktor Oiz Qarniy shunday deydilar:

Oshqozon yarasi siz yeydigan narsalar emas, sizni yeb bitiradigan narsalar tufayli paydo boʻladi.
📌@hasanovablog
👍3