Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
2024- yil Sarhisobi

Kitoblar

1. Alining joynamozi yoxud oilasiga nur kiritgan farzand -Junayd Suavi
2. Farzand tarbiyasida buyuk murabbiy sollallohu alayhi vasallam - Anbiyo Yildirim
3. Uyimiz jannatga aylansin- Ahmet Bulut, Ahmet Aqin
4. Bozor va unga bogʻliq masalalar - Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir kunlari.
6. Qurʼon qorilariga nasihatnoma - Talʼat Muhammad Afifiy
7. Ota - onalik sanʼati - Marhabo Moʻminjon qizi, Abdulaziz Miravazov, Zubayda Zokir qizi
8. Oila - saodat maskani - Shayx Yusuf Xattor Muhammad
9. Dunyodagi eng baxtli ayol - Doktor Oiz Qarniy
10. Yodda tut- Doktor Linda Fulder- Hug
11. Biz gunohdan qanday saqlanamiz? - Muftiy Shuaybulloh Xon Miftafiy

Elektron kitoblar

12.Hazrati Odam alayhissalom va Momo havo. Hobil va Qobil qissalari.
13.Nuh alayhissalom qissasi

14.Ibrohim alayhissalom va Ismoil alayhissalom qissalari
15.Hud alayhissalom qissasi

16. Quloqqa aytiladigan gaplar- Gʻiyosiddin Yusuf

Audio kitoblar

17. Tarixi Muhammadiy - Alixontoʻra Sogʻuniy

Tugallanmagan kitoblar

Sahro roman 30-bobgacha eshitdim- Mustafo Yusuf
"Dangasa ona"ning katta kitobi - Anna Aleksandrovna Bikova

Trening va darsliklar:
1. Ong osti sirlari 3.0
2. Muborak Ramazon
3. TTT
4. Yosh onalar uchun tavsiyalar
5. Xayrli nikoh(2023)
6. Uyqu mashgʻulot.

Shuningdek, oʻgʻlim uchun 3ta ertak kitobni ham tugatib oldik😊

Bu yil har yilgiga nisbatan ancha kam oʻz ustimda ishlashga sarflabman. Inson raqobatlashadigan insoni har doim oʻzi boʻlishi kerak. Asosiysi, toʻxtamaslik.
Alloh barchamizning ilmimizga, umrimizga, rizqimizga barokat bersin.

📌 @hasanovablog
5🔥4🥰3
Allohga tomon yugurmoq va Unga tezroq yetmoq uchun, dunyoni ustingizdan tushiring.

Dunyo qalbingizga kirmasin.

Dunyo ne deb so'ralganda:" Allohdan chalg'ituvchi har narsa dunyodir", deb javob berilgan ekan.

📌 @hasanovablog
Iymoningizni ehtiyot qiling!

U dunyo boyliklari va insonlarning turli gap soʻzlaridan qimmatroq turadi .

📌 @hasanovablog
😢31👍1
#Gunoh

Haromning eng qiyin joyi boshidir. Keyin osonlashadi, keyin oddiy holga aylanadi, keyin o'rganib qolinadi, keyin shirin tuyulishni boshlaydi va qalbga o'rnashib oladi. Keyin esa qalb o'ziga yana boshqa haromni qidiradi.

https://www.tgoop.com/+qdfNK5IE4RFlYzky
👍1
Bir sahifada shuni oʻqidim oila qurish arafasida boʻlganlar va yangi oila qurganlar uchun muhim eslatma sifatida bildim. Bir ustozimiz ayollariga toʻydan oldin bir maktub beribdilar va unda quyidagicha yozuv bor edi:

Bizning oilada mening aytganim boʻlmasin, sening ham aytganing boʻlmasin. Alloh taoloning aytgani boʻlsin. Shunda biz eng baxtli oila boʻlamiz inshaalloh.


Oilada Alloh va solih ulamolar soʻzlari hikmatlari, hamda Alloh buyurganlariga rioya qilinsa u chinakam goʻzal va baxtli oila boʻladi.
Aslida oila qurishdan ham mohiyat shu emasmi? Solih farzand dunyoga keltirib, berilgan qisqa umrda oʻzimiz bilan Alloh oldiga olib borishga arzigulik narsa qoldirish.

📌 @hasanovablog
🔥2
HOMILADOR YOKI EMIZIKLI AYOL RO‘ZA TUTSA BO‘LADIMI
Шайх Муҳаммад Содиқ | Shayx Muhammad Sodiq
🔊 Homilador yoki emizikli ayollar roʻza tutsa boʻladimi?

Xalqimiz orasida diniy ilmga ega boʻlmay turib emizikli yoki homilador ayollar tutsa boʻlmaydi fatvo beradiganlar koʻpaygan. Shu sabab hazrat shu haqida umumiy tushuncha berib oʻtganlar.

📌 @hasanovablog
Birov qoʻy yetaklab oʻtdiyov,
Menga nima dedi Afandi.
Senikiga kirib ketdiyov
Senga nima dedi Afandi.

Abdulla Oripov.

📌 @hasanovablog
👍1
Ramazon oyi kirib keldi. Hayotimizni oʻzligimizni tartiblash uchun yana bir imkon. Shaytonlar kishanlanadigan payt. Bunda kimdir gunoh qilsa shaytonga toʻnkash yoʻq, balki nafsidan deb bilsin.
Men kanalimga u darajada post joylamayotganim sababi, shu meni kuzatayotganlarning ketkazgan vaqtiga javob bera olamanmi yoki yoʻq? Shu savol juda koʻp oʻylantirdi. Nimadir manfaat bera olamanmi? Qaysidir postimni oʻqishga sarflangan 1daqiqa 100ta insonniki qoʻshib hisoblansa 1soat 40daqiqa boʻladi. Shu vaqt uchun Alloh oldida javob berishim bor. Shu sababdan manfaatli nimadir yozishga qaror qildim.
👍4
Bir kishi Abu Dardoni xafa qildi. Abu Dardo:"Ey Allohim! Unga sog'lik, ofiyat ber. Unga ko'p mol ato qil. Uzun umr ber", dedi. Vaholanki bu badduo kabi edi. Chunki kimga bu so'zlar aytilsa, u g'aflatda qoladi, oxiratni unutib, zalolatga cho'kadi.

🔗"Qalb davosi" kitobidan

📌 @hasanovablog
Ko'zlar doim quvnasin deganlar uchun!

Ofis yoki uy uchun chiroyli gullar izlayotgan bo‘lsangiz, @ofis_xona_gul kanalidan o‘zingizga yoqqanini tanlab olishingiz mumkin.

Bu yerda siz nafaqat gul xarid qilasiz, balki ularni parvarish qilish bo‘yicha doimiy maslahat va yordam ham olasiz. Gulingiz uzoq yashashi uchun kerakli bilim va qo‘llab-quvvatlash har doim mavjud!

Kooooo‘p gapirishim shart emas – asosiysi bu gullarni onam mehr bilan o‘stirganlar.

Marhamat: @ofis_xona_gul
👍5
#Ona

Yoshlikda bemor bo'lib qolsang, shifokor sendan qayering og'riyotganini so'rasa onangga qarab, onang javob berishini ishora qilar eding. Chunki sen his qilayotgan og'riqni onang ham his qilishini bilarding. Mana endi qarib qolgan paytda sen onangni o'z taqdiriga tashlab qo'yma..

Ona boʻlib onamni anglayapman...
Otamni tushunyapman.
Yaqinlarimni qadrlayapman.


📌 @hasanovablog
👍2
Bugun kanalimning 4 yilligi. Shu payt mobaynida kanalimizdagi oilamiz kengaydi va kamaydi. Turli ilmlar oldim. Orada ancha uzilishlar toʻxtatishlar boʻldi. Ammo men bilan hozirda shu yerda boʻlgan hammaga rahmat. Albatta, hali kanalimiz ming, 10minglarda oʻtadi inshaalloh. Ungacha men sizlarga ilm ulashish uchun oʻrganib izlanishdaman. Hozirgacha birga boʻlganlarga samimiy rahmatlarim. Hamisha Alloh panohida boʻling.
4🥰2
19.07.2024

Tonggi soat 6:00. 11soatlik darddan soʻng Allohim ilk onalik baxtini nasib etgan onlar. 🤱Oʻzgacha tuygʻu - baxt, quvonch, masʼuliyat, mehr, tushkunlik, charchoq hammasi aralashib ketgan soniyalar. Shu lahzalar uchun yashagandeksan goʻyo, aslida bu boshlanishi oldinda ulkan mashaqqatli yoʻllar bor.
Mana, hozir oʻsha paytlarga ham 1yil boʻldi. Oʻgʻlim bugun 1yoshni qarshiladi. Allohim hamisha toʻgʻri yoʻlidan adashtirmasin. Oʻzi ilmiga, boyligiga, vaqtiga, ishiga barokatlar yogʻdirsin. Sogʻlam aql va ruh, tana ato etsin. Oʻzi hamisha qoʻllab quvvatlasin.
Hamisha menga yordam bergan meni qoʻllab- quvvatlagan, mehrini ayamagan ota-onamni va oila aʼzolarimni Alloh oʻzi siylasin.

📌 @hasanovablog
4
....Davomi

Qiz bola turmushga chiqar ekan hayot yoʻlining davomi uning yori bilan boʻladi. Har xil vaziyatlardan birga oʻtadi. Baxtiga quvonadi, qiyinchilikda birga kurashadi.
Eng qiyin paytlarda, tushkunligimda tushunishga harakat qilgan, qoʻlidan kelgunicha meni ovutgan, yordam berishga uringan, har qanday holatda hamisha men bilan boʻlgani uchun umr yoʻldoshimga rahmatlar aytaman va uni shunday tarbiyalashgani uchun va doimo meni qoʻllashgani, mehr berishgani uchun qaynona- qaynotamni hamisha duo qilaman. Alloh oʻzi yaqinlarimni va menga yordam, mehr va gʻamxoʻrlik koʻrsatgan barchasini oʻzi siylasin. Cheksiz baxt va barokatlar hadya qilsin. Amin!


Mashaalloh, deyish esdan chiqmasin🤲

📌@hasanovablog
5
#hayotiy

Bugun hayotiy bir hikoya boʻyicha boʻlishmoqchiman. Bunda Alloh borligi va senga kim chogʻ qazigan boʻlsa, unga oʻzi tushib el orasida yomon nom olgani haqida.
Xullas, bir oilaboshi oila aʼzosidagi bir qiz haqida uncha eʼtiborga molik boʻlmagan bir gap eshitibdi. Va xayolida har xil narsalarni gavdalantirib, Koʻp insonlar orasida qiz haqida yomon gaplar chiqyapti deb, oila aʼzolari bilan urush-janjallar qilibdi. Va qizni gʻururiga tegib har xil gaplar qilibdi. Oradan bir kun oʻtibdi, gaplar tugamas, qizga turli tuhmatlar qilib, oilasini tinchini buzib, uning yaqinlariga nisbatan har xil haqoratomus gaplar aytibdi. Ikkinchi kun, bu davr takrorlanibdi.

Shunda qiz Allohga 5mahal namozida ham nido qilibdi: " Ey, Allohim ularga nisbatan bir yomonligim yoʻq, qargʻamayman, faqat meni gapdan himoya qilish oʻrniga turli gaplar chiqardi, yana tuhmat qildi va meni nomusimga tegadigan gap gapirdi, oʻzing haqiqatni ochiqla, yomonlar yuzini koʻrsat, ayb menda boʻlsa anglat".

Duolar ijobat boʻlib uchinchi kun haqiqat ochiqlanibdi. Shunda aslida hech nima boʻlmagani oila aʼzoning boshi qiz haqida nomaqbul gaplarni oʻzi chiqargani, aslida oddiy gap boʻlgan hatto gapirishga arzimaydigan gapni oʻzini xayollari bilan boyitib yolgʻon gapirgani ayon boʻlibdi.
Shunda ham u oilaboshi haqiqatni tan olmabdi.
Asl mohiyat u haqiqatni tan olish, olmasligida emas, sen bu sensan. Seni millionta tuhmat bilan oʻzgartira olishmaydi. Tuhmat qilganlarni hamisha yuzi qora boʻlaveradi, yoki shu dunyoda yoki u dunyoda.
Shunchaki, kuzat, Allohga tavakkal qil. Seni himoya qiladiganlarni va ishonadiganlarni atrofingda yigʻ.
🥰2
🦅"Qush qoʻngan daraxtining shoxi sinib ketishidan qoʻrqmaydi. Chunki u qanotlariga ishonadi. Men ham Allohga ishonib tavakkal qildim. Alloh har safar meni yaqinlarimga, asosiysi umr yoʻldoshim menga yanada koʻproq ishonishlari uchun sabab topib berdi. Bu ham bir sabablardan biri edi". deb javob qildi haligi qiz :)
Aybni oʻzingizdan qidirishni boshlamasangiz, doimo hamma aybdor boʻlib qolaveradi. Oqibat siz jabrdiyda va yolgʻiz inson boʻlib qolaverasiz. Chunki, oʻzidan boshqa hammani ayblab ularni yomonlab, qargʻishdan buyoqga oʻta olmaydiganlar hayotiga faqat achinishadi, sabab oxir aniq boʻlib qolgan. Shu sabab oʻzgarishni hozir oʻzingdan boshla.

Ustoz suhbatlaridan
👍1
2025/10/13 14:44:29
Back to Top
HTML Embed Code: